10- Ma’ruza.
UCH SHARNIRLI ARKALARNI ICHKI ZO‘RIQISH KUCHLARINING TA’SIR CHIZIQLARINI CHIZISH
Reja:
1. Uch sharnirli arka tayanch reaktsiya kuchlarining ta’sir chiziqlarini qurish.
2. Uch sharnirli arkalarni ixtiyoriy kesimidagi ichki zo’riqish kuchlarining ta’sir chiziqlarini qurish.
Tayanch iboralar: uch sharnirli arkaning tayanch reaktsiyalari va ixtiyoriy ko’ndalang kesimidagi zo’riqishlar ta’sir chiziklari, uch sharnirli arkasimon fermalarni hisoblash.
U ch sharnirli arkalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblashda zo’riqishlarning ta’sir chiziqlari ta’sir chiziqlari nazariyasiga ko’ra quriladi. Arkada hosil bo’ladigan zo’riqish kuchlarini aniqlash uchun 11– ma’ruzada keltirilgan (11.1), (11.2) va (11.3) formulalardan foydalaniladi. Bu formulalarga asoslanib harakatlanuvchi (R=1) birlik yuk ta’sirida arkada hosil bo’luvchi zo’riqishlarning ta’sir chiziqlari quriladi.
1. Uch sharnirli arka tayanch reaktsiya kuchlarining ta’sir chiziqlarini qurish.
Birlik (R=1) yuk uch sharnirli arka bo’ylab harakatlanadi (12.1-rasm, a) deb, uning tayanch reaktsiyalarining ta’sir chiziqlarini quramiz. Harakatlanuvchi birlik yuk chap tayanchdan x masofada bo’lganda muvozanat tenglamasini tuzamiz:
MA = 0; VV - R = 0, bundan
bu yerda 0 ≤ ≤ oraliqda o’zgaradi.
Shunga o’xshash MV = 0; VA - R( - ) = 0,
tenglamadan
bu yerda ham 0 ≤ ≤ oraliqda o’zgaradi.
Bu ifodalardan ko’rinib turibdiki, arkaning VA va VV tayanch reaktsiyalari ta’sir chiziqlari, Shu arkaga mos kelgan oddiy balka tayanch reaktsiyalarining ta’sir chiziqlari kabi quriladi (12.1-rasm, b, v).
Arkaning hovon tayanch reaktsiyasi H ta’sir chizig’i
yoki formulaga asosan quriladi.
Demak, H ning ta’sir chizig’i Ms0 oddiy balkaning S kesimi eguvchi moment ta’sir chizig’i ordinatalarining f marta kamaytirilganiga teng (12.1-rasm, g).
Uch sharnirli arkalarni ixtiyoriy kesimidagi ichki zo’riqish kuchlarining ta’sir chiziqlarini qurish.
Arkalarning ixtiyoriy kesimida hosil bo’ladigan zo’riqish kuchlarining ta’sir chiziklarini kurishda 11 – ma’ruzada keltirilgan (11.1), (11.2) va (11.3)formulalardan foydalaniladi.
A) Eguvchi moment Mk ning ta’sir chizig’i
Uch sharnirli arka uchun berilgan k kesim eguvchi momenti Mk ning ta’sir chizig’ini quramiz. Mk ning ta’sir chizig’i (11.1) formuladan foydalanib quriladi.
Mk = Mk0 - Nuk
Demak, Mk arkaning ta’sir chizig’ini qurish uchun oddiy balkaning k kesimidagi eguvchi momenti Mk0 ta’sir chizig’ini qurib (12.1-rasm, d), uning har bir ordinatasidan hovon H ning ta’sir chizig’i ordinatalarini uk marta orttirib (12.1-rasm, e) ayirish kerak (12.1-rasm, j). Mk arkaning ta’sir chizig’i 12.1-rasm, z da ko’rsatilgan.
B) Ko’ndalang kuch Qk zo’riqishining ta’sir chizig’i
Arka k kesimidagi ko’ndalang kuch Qk zo’riqishining ta’sir chizig’i quyidagi formuladan foydalanib quriladi.
Qk = Qk0cos - Hsin
Demak, Qk zo’riqishining ta’sir chizig’ini qurish uchun arkaga mos oddiy balkaning k kesimidagi ko’ndalang kuch Qk0 zo’riqishining ta’sir chizig’i ordinatalarini cosk ga (12.2-rasm, b) va H hovon reaktsiyasining ta’sir chizig’i ordinatalarini sink ga (12.2-rasm, v) ko’paytirib, ularni mos ravishda grafik qo’shamiz (12.2-rasm, g). Hosil bo’lgan Qk arkaning ta’sir chizig’i 12.2-rasm, d da ko’rsatilgan.
V) Bo’ylama kuch Nk zo’riqishining ta’sir chizig’i
Arka k kesimidagi bo’ylama kuch Nk ta’sir chizig’ini quyidagi formulaga asosan quramiz.
Nk = - (Qk0 sink + Hcosk )
Nk zo’riqishining ta’sir chizig’ini qurish uchun arkaga mos oddiy balkaning k kesimidagi ko’ndalang kuch Qk0 ning ta’sir chizig’i quriladi va uning ordinatalari sink ga ko’paytiriladi (11.2-rasm, e). So’ngra Ncosk ning ta’sir chizig’ini qurib (11.2-rasm, j), uning ordinatalarini Qk0 sink ta’sir chizig’i ordinatalari bilan qo’shamiz (11.2-rasm, z). Nk ta’sir chizig’i 11.2-rasm, a da ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |