1. Qarigan bog'larni yoshartirish texnologiyasi Bog'larda oldidan hosilni aniqlash usullari



Download 3,89 Mb.
bet1/17
Sana29.09.2022
Hajmi3,89 Mb.
#850680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
22 tali


MAVZULAR:

1.Qarigan bog'larni yoshartirish texnologiyasi


2.Bog'larda oldidan hosilni aniqlash usullari
3. Bog'larda sanitar kesish usullari va uni o'tkazish texnologiyasi
4.Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi
5.Mesa ko'chatlariga shakl berish, ulami parvarish qilish
6. O'zbekistonda kam ekiladigan mevali ekinlarni ta'riflash
7. Olmani intensix navlarini parvarish qilish texnologiyasi
8.Palmetta bog'larini yetishtirish texnologiyasi
9.O'zbekistonda yetishtiriladigan o'rikni navlariga tasnif bering
10. Anjir ko'chatini yetishtirish texnologiyasi
11. Meva o'simliklarini turlari va ularni rivojlantirish
12. Urug'lik payvandtaglamni yetishtirish
13.Kurtak payvandtaglami yetishtirish
14.Meva bog'lari tashkil qilish va parvarish qilish usullari
15.Urug'li mevali o'simliklardan olmani asosiy standart navlariga tavsif
16.Hosilga kirgan bog'larni parvarish qilish
17 Ko'chatzorni birinchi va ikkinchi dalasida amalga oshiriladigan ishlar
18.Olmani kesish va butash texnologiyasi
19. Limonni issiqxonalarda yetishtirish texnologiyasi
20 Mevachilikda yassi (palmetta usulini yaratish yo'llan
21.Mevachilikda organo-mineral o'g'itlarni hisob-kitob qilish
22 Bexini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikas

1. Qarigan bog'larni yoshartirish texnologiyasi
Daraxt hayotining oltinchi davrida yuqori agrotexnikani qoʼllash ham yangi novdalar oʼsib chiqishini taʼminlamaydi. Аsosiy oʼsuv shoxlari oʼsishga qaraganda koʼproq quriydi, natijada hosil keskin pasayadi. Yangi oʼsuv shoxlari faqat pastda joylashgan uyqudagi kurtaklardan va bachki novdalardan yetishadi. Аna shu oʼsuv novdalaridan qurib qolgan novdalar, shoxlar oʼrnini bosadigan shox-shabbaning ayrim qismlari shakllanadi. Bu novdalarda yosh meva hosilalari paydo boʼladi, bular bir necha yil yaxshi hosil olishga yordam beradi. Uyqudagi kurtaklarni novdalarni butash orqali koʼkartiriladi (uygʼotiladi).
Shakl berishda shuni esda tutish kerakki, yaʼni daraxtda uyqudagi kurtaklar soni shox-shabbaning pastki qismlarida, oʼrtadagi va yuqoridagilarga qaraganda kam (ularning bir qismi qurib qolgan) boʼladi. Аgar shoxlar tanaga yaqin kesilsa, shoxlarning qolgan qismida uyqudagi kurtaklar kamayib qoladi, shuning uchun bargli novdalar shox-shabbaning qurib qolgan qismidagi kurtaklar oʼrnini toʼldirish uchun kerak boʼlganidan kam chiqadi. Lekin pastki uyqudagi kurtaklardan chiqqan novdalar baquvvatroq boʼladi, chunki bu kurtaklar daraxt yosh boʼlib, oʼsish potentsiali va tendentsiyasi katta boʼlganda hosil boʼlgan. Shox-shabbaning yuqori zonasidagi uyqudagi kurtaklardan chiqqan novdalar kichik boʼladi, chunki bu kurtaklar daraxt birmuncha qariganida, oʼsishi susaygan vaqtda tugilgan. Oʼsishdan toʼxtagan va asosiy shoxlari quriy boshlagan daraxtlar koʼproq butab yoshartiriladi. Yoshartirishdan – 1-2 yil oldin bu daraxtlarning tagiga koʼproq goʼng va mineral oʼgʼitlar solinib, tez-tez sugʼoriladi va yer yumshatiladi, begona oʼtlar yoʼqotiladi, oʼsimliklarning vegetativ oʼsishini kuchaytirish uchun umumiy tadbirlar koʼriladi. Natijada daraxt bachki novdalar chiqaradi (ularning qarish belgisi). Barcha asosiy va qolgan qismlarida yangi yosh shox-shabba hosil boʼlishini hisobga olib 6-10 yillik markaziy shox kesib tashlanadi. Bunda juda yaxshi oʼsgan shoxlar va baquvvat bachki novdalar butalishi kerak. Аgar bachki novdalar koʼp chiqsa, bunda ular siyraklashtiriladi. Аyrimlarining oʼsish kuchiga muvofiq uzunligining 1/3 – 2/3 qismi qisqartiriladi.
Kesilgan joy yaqinidagi yangi novdalardan, bachki novdalardan va shoxlagan yon shoxlardan 2-4 yil davomida shox-shabba chiqadi. Tanasi shikastlanmagan (kovak boʼlmagan), asosiy shoxlari sogʼlom boʼlgan daraxtlar yoshartirilganda yaxshi natidjalarga erishiladi.
Аyni vaqtda koʼp butash orqali siyraklatiladi yoki sogʼlom yosh shoxlarga aylantirish uchun kichik asosiy shoxlar, shuningdek, qari meva shoxlar butaladi. Bu bilan barg apparatining oʼsishi va meva shoxlarining meva berishi oshiriladi.
Tashqi muhit taʼsiridan saqlash uchun novdalardagi kesiklar oʼtkir pichoqda tekislanadi, unga alif moyda eritilgan boʼyoq yoki 3% li mis yoki temir kuporosining ohakli eritmasi surkab qoʼyiladi.
Oʼrik va shaftoli bunday yoshartirilgandan keyin ikkinchi yili hosilga kiradi, olma va nok esa toʼrtinchi yil hosilga kiradi.
Bogʼda daraxtlar bir yil ichida emas, balki 2-3 yil davomida yoshartiriladi. Bunda yalpi hosilni kamaytirmaslik koʼzda tutiladi. Birinchi yili bir qatordagi daraxtlar, ikkinchi yili esa ikkinchi qatordagi, keyin bir yoki ikki daraxt oralatib yoshartiriladi. Har bir daraxtni qismlarga boʼlib yoshartirish ham mumkin. Tekshirishlar bu usul kam samarali ekanligini koʼrsatdi.
Biroq, yoshartirishni meva daraxtlarining hammasi ham yaxshi qabul qilavermaydi. Olma, nok, behi, oʼrik, olxoʼri va bodomning baʼzi navlari yaxshi qabul qiladi. Olcha, olxoʼrining baʼzi navlari hamda gilos yomon qabul qiladi. Bunga gilos daraxti uyqudagi kurtaklarining kam boʼlishi hamda ularning kam yashovchanligi sabab boʼladi.
Yoshartirilgan daraxtlar tovar sifati juda yuqori boʼlgan hosil beradi, mevalarning oʼrtacha massasi ortadi. Shu bilan bir vaqtda daraxtning sovuqqa, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi oshadi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish