Iqtisodiy bilim asoslari masalalar 9-sinf 1. Firma birinchi yili 30000000 so`m xarajat qilib,33500000 so`m daromad qildi,ikkinchi yili esa 33500000 so`m xarajat qilib 40000000 so`m daromad oldi.Agar keyingi yili narxlar 1.3ga o`zgargan bo`lsa, ikkinchi yili foydaning real miqdori qanchani tashkil qiladi?
2. Quyidagi tovarga talab va taklif funksiyalari berilgan:
Qd=100-2p; Qs=-20+2p muvozanat narx va muvozanat miqdorini aniqlang.
3.Bozorda tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
Qd=1600-2p va Qs=400+3p bo`lsa, bu yerda P narx(so`mda),Q-(donada).
Muvozanat miqdor va narxini aniqlang?
4.Yillik foiz stavkasi 34 % bo`lgan bankda saqlanayotgan 5000000 so`m pul 6 oydan so`ng qancha bo`lib egasiga qaytadi.
5.Aziz 60000 so`m pulini jamg`arma bankka bir yilga qo`yib 45 % daromad ko`rgan?Azizning foizda olgan daromadi qanchani tashkil etadi?