1. Qambar Ota hayoti va ijodi. Muhammad Ali yaratgan tarixiy romanlardagi bolalar obrazlari



Download 47 Kb.
bet1/5
Sana07.06.2021
Hajmi47 Kb.
  1   2   3   4   5

4- maashg`ulot.

Qambar Otaning va Muhammad Ali Anvar Obidjonning hayoti va ijodiy faoliyati yuzasidan test topshiriqlarini, adabiy tahlil qoliplarini bajarish, “Blits” texnologiyasi bo`yicha ishlash. (2 soat).
Mashg’ulot rejasi

1. Qambar Ota hayoti va ijodi.

2. Muhammad Ali yaratgan tarixiy romanlardagi bolalar obrazlari.

3. Anvar Obidjonning hayoti va ijodiy faoliyati.

Mavzuga qisqacha sharh.

Qambar Ota hayoti va ijodi. Bolalarning sevikli shoirlaridan biri Qambar Ota 1941 yilda Kattaqo’rg’on shahrida tavallud topdi. 2-o’rta maktabda o’qidi. O’quvchilik davridan she’rlar mashq qila boshladi.

U 1958-1967 yillar shahardagi Suv xo’jaligi texnikumida so’ngra Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetida o’qidi.

1970-1974-yillarda turli oliy o’quv yurtlarida muallimlik qildi.

Qambar Otaning kichkintoylar hayotidan olib yozgan turli she’riy mashqlari tuman, viloyat, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez bosilib turdi.

1975-yilda oilasi bilan Toshkentga ko’chib kelib G’afur G’ulom nomli adabiyot va san’at nashriyoti, “O’zbekiston agitatori” jurnali, “Xalq so’zi”, “Ma’rifat” gazetalarida, O’zbeiston istiqbolini belgilash Davlat qo’mitasida turli lavozimlarda ishlash bilan birga qizg’in va samarali badiiy ijod qilish bilan mashg’ul bo’ladi.

Kichkintoylarning katta shoiri tinimsiz o’z ustida tinimsiz ishlar, mashq qilar, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmatdek zabardast bolalar ijodkorlarining she’rlarini o’qir, xulosalar chiqarar, yosh kitobxonlar davrasida bo’lar, yozuvchilar tomonidan uyushtirilayotgan adabiy-badiiy yig’inlarda ishtirok etar edi. Bunday intilish va harakatlar shoir ijodida o’z samarasini berdi. Natijada “Vatan tuprog’i”, “Yuzlar”, “Diydor”, “Dil ko’rki”, “CHavandoz orzusi”, “Tinim bilmas shamolvoy”, “Quyoshli dunyo”, “Sizday yashagim kelar”, “SHirin so’z”, “Bolalarning ko’zlari”, “Quyosh bilan gaplashdim”, “Mashhur Toshpolvon haqida ertak”, “Tinmay izlan, yuragim” kabi bolalar va kattalarga atalgan 30ga yaqin she’riy kitoblar chop etilgan. Respublikamizning iqtidorli bolalariga ustozlik qilib, adabiy to’garaklar olib borgan.

Qambar Ota bir necha o’nlab jahon bolalar shoirlari ijodidan sara tarjimalar qilgan va o’z navbatida uning she’rlaridan rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uyg’ur, turk tillariga namunalar tarjima qilingan.


Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat