Mavzu: “Vatan” X.Rahmat she’ri, X.Hasanova musiqasi Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat 1941-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida
Xabib Rahmat
Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat 1941-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida tugʻildi. 1956-yilda oʻrta maktabni tugatgach, qurilishda ishchi boʻlib mehnat faoliyatini boshladi. Soʻngra podshivnik zavodida tokarlik qildi. 1962-yilda Toshkent madaniy oqartuv texnikumiga oʻqishga kirib kutubxonachilik sohasini egalladi. Shundan soʻng bir muddat “Gulxan” jurnalida, “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetalarida adabiy xodim boʻlib ishladi. Bu faoliyati unga ijodiy maktab boʻldi desak xato qilmagan boʻlamiz. Uning jajji, ammo juda teran fikrli sheʼrlari Oʻzbekiston xalq shoiri Quddus Muhammadiy nazariga tushdi. Ustoz Habib Rahmatdan qimmatli maslahatlarini ayamadi. Keyinchalik ham uning ijodini kuzatib, matbuot orqali fikrlarini bildirib turdi. Uning ilk sheʼri 1958-yilda “Gʻuncha” jurnalida eʼlon qilindi. Shoirning 1966-yilda yoshlar nashriyotida 30 ming nusxada nashrdan chiqqan “Sizni Vatan erkalar” nomli birinchi kitobi oʻquvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Shundan soʻng shoirning “Uloq solmadi quloq” (1971), “Qushlar odati”(1974), “Ali bilan bolari” (1976), “Kim kimga oʻrtoq” (1982), “Olam toʻlsin qoʻshiqqa” (1984), “Bilgim kelar sirini” (1986), “Kulib tursinlar doim” (1987), “Qani, oʻqib koʻray-chi” (1988) nomli biri-biridan quvnoq ruhdagi kitoblari chop etildi. 1991-yilda Choʻlpon nashriyoti shoirning 50 yillik yubileyiga bagʻishlab “Qiziq sovgʻalar” nomli toʻplamini nashrdan chiqardi. Bolalar psixologiyasini yaxshi bilgan ijodkorning har bir asari kitobxonlar tomonidan sevib oʻqiladi. Uning “Botir askarcha”, “Alomat-e alomat” nomli kitoblari ham bolalar adabiyotida muhim voqea boʻldi. Shundan soʻng shoir oʻzini dramaturgiyada ham sinab koʻrishga qaror qildi. Uning “Ovdagi hodisa” nomli pyesasi respublika qoʻgʻirchoq teatrida sahnalashtirildi. Pyesa Bolalar uchun yozilgan eng yaxshi sahna asari respublika tanlovida faxrli 2-oʻringa loyiq topildi. 1967-yilning 7-sentabrida Xurshida Hasanova tug’ildi. 1975-yili T. Sodiqov 1967-yilning 7-sentabrida Xurshida Hasanova tug’ildi. 1975-yili T. Sodiqov nomidagi Toshkent shahar Bolalar musiqa maktabining fortepiano sinfida hamda kompozitorlik mutaxassisligidan Avaz Mansurov sinfida tahsil oladi. 1982-yili maktabni a’lo baholarga bitirib, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining musiqa nazari- yasi bo’limiga o’qishga qabul qilindi. So’ng M.ASHRAFIY nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga kirib saboq oladi. Konservatoriyani imtiyozli tugatib yo’llanma bilan Nizomiy nomidagi TDPU ning musiqa fakultetida musiqa nazariyasidan 1998-yilga qadar dars berdi. 2000-yildan konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishladi. Shu bilan bir qatorda kompozitor Toshkent shahar qo’shimcha ta’lim majmuasi qoshidagi Sevinch vokal studiyasida musiqa rahbari lavozimida ishlamoqda. Uning ilk asari “Pilla qurtim” qo’shig’I bo’lgan. ESTRADA VA BOLALAR UCHUN YOZGAN QO’SHIQLARI Estrada xonandasi K.Razzoqova repertuaridan quyidagilar: 1.Chinni gullar, 2.Sog’inaman, 3.Yetolmayman, 4.Kuz gullari, 5.Rostini ayting 6.Alangadan nido “Sevinch” bolalar vocal guruhining repertuari-dan esa quyidagi qo’shiqlar o’rin olgan: 1.O’zbekiston Jannat (Dildosh Rajab so’zi); 2.Tabbasum qil (N.Nazrullayev so’zi); 3.Sevinch (S.Muzaffarova so’zi); 4.Turnalar; 5.Vatan (X.Rahmat so’zi); 6.Kamalak (P.Mo’min) 7.Humo qushi(O’.Xoshimov so’zi) 8.Sog’lom avlod (O’.Qo’chqorov) 9.Lola (I.Muslim so’zi) 10.Majnuntol (I.Jiyanov so’zi) va boshqalar. Kompozitor X.Hasanova 2000-yilda Navro’zga bag’ishlangan qo’shiq ko’rik tanlovida “Turnalar”qo’shig’I uchun 2-darajali mukofotga sazovor bo’ldi. 2000-yilda yana “Chegaramiz harbiylari”degan asari uchun eng yahshi bastakor nomini olishga muyassar bo’ldi.
Xurshida Hasanova
Kuylayman Vatan haqda,
So'ylayman uning haqda.
Oshsin yana dovrug'i,
O'ylayman shuning haqda.
Naqarot:
Vatan qora ko'zimdir,
Dildan chiqqan so'zimdir.
Ardoqlayman onamdek,
Vatan - xalqim, o'zimdir.
Niyati pok, ulug'dir,
Diyor gulga to'liqdir.
U tinchlikka bayroqdor,
Shum urushga yo'l yo'qdir!
Naqarot:
Vatan qora ko'zimdir,
Dildan chiqqan so'zimdir.
Ardoqlayman onamdek,
Vatan - xalqim, o'zimdir.
Tempi – tantanvor
“Vatan” qo`shiq`i tahlili:
O’lchovi – 4/4
“Vatan” qo`shiq`i tahlili:
Tonalligi – Es-dur
“Vatan” qo`shiq`i tahlili:
Dinamik belgilari: F, P, dim, cresc.
Nota cho`zimlari: chorak, nimchorak, òn oltitalik notalar.
Pauza: nimchorak
“Vatan” qo`shiq`i tahlili:
Ovoz diapazoni: 1 oktava mi dan, 2 oktava re gacha.
“Vatan” qo`shiq`i tahlili:
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bajardi: Axatqulova Sitora Olimjon qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |