1-mavzu: “O’qituvchi nutqi madaniyati” fanining maqsad va vazifalari Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati»



Download 480,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi480,83 Kb.
#220722
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MARUZA. (2)



1-mavzu:   “O’qituvchi nutqi madaniyati” fanining maqsad va 

vazifalari 

 

Reja: 

1. «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari 

2. Nutq madaniyati va boshqa fanlar 

3. Nutq madaniyati - millat ma’naviy kamolotining muhim belgisi 

4. Xulosa 

 

O’zbek  nutqi  madaniyati  va  uslubiyati  masalalarini  tadqiq  qilish  o’zbek 



tilshunosligi  oldida  turgan  eng  dolzarb  muammolardan  biridir.  Chunki  notiqlik 

san’ati  sirlarini  o’rganish,  o’z  fikrini  bayon  qilayotgan  lisoniy  materiallardan 

to’g’ri foydalanish, har bir til vositasini kerakli va lozim bo’lgan o’rinda mantiqan 

va  grammatik    jihatdan  to’g’ri  qo’llash  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida 

xizmat  qiluvchi  har  bir  mutaxassis  uchun,  umuman  har  qanday  madaniyatli  kishi 

uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak. 

Har bir shaxsning nutqi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir kishining nutqi 

tinglovchiga  yaxshi  tushuniladi,  voqea-hodisalar  haqida  aniq,  ravshan  ma’lumot 

beradi,  o’zining  til  qurilishi  bilan  tinglovchining  xulqiga  ta’sir  etadi.  Boshqa  bir 

kishining nutqidan tinglovchi asosiy narsalarni ajratib ololmaydi. 

Bunday nutqning til qurilishida grammatik  - uslubiy nuqsonlar bo’ladi. Tilga 

olingan nutqlarning birinchisi to’g’ri, madaniyatli nutq, keyingisini nuqsonli nutq 

deyish mumkin. 

Tor  ma’noda  nutq  madaniyati  -  til  me’yorlarini  egallamoq,  ya’ni  talaffuz, 

urg’u,  so’z  ishlatish,  gap  tuzish  qonunlarini  yaxshi  bilmoq,  shuningdek,  tilning 

tasviriy  vositalaridan  har  xil  sharoitlarga  mos  va  maqsadga  muvofiq  foydalana 

olish, ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir. 

Nutq  madaniyati  - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq  madaniyatini 

egallash  orqali  kishi  yetuklik  sari  bir  qadam  tashlagan  bo’ladi.  Insoniyat 

umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi. 

Nutq  madaniyati  atamasi  adabiyotlarda  asosan  ikki  xil  ma’noda  ishlatiladi: 

birinchidan,  nutq  madaniyati  deyilganda,  nutqning  fazilatlari  (sifatlari)  yig’indisi, 

bu  fazilatlarning  tizimi  tushuniladi;  ikkinchidan,  nutq  madaniyati  atamasi 

namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limotni anglatadi. 

O’qituvchi nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma-xil 

muammolarini  tadqiq  qiluvchi  fan.,  Pedagogika  institutlarida  tilshunoslikning 

nazariy  kurslaridan  olingan  bilimlarga  suyangan  holda  to’g’ri  va  chiroyli  nutq 

tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til me’yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy 




uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning 

ko’rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. 

O’qituvchi nutqi madaniyati fan sifatida o’z tekshirish ob’ekti va vazifalariga 

ega.  Uning  tekshirish  predmeti  nutqning  til  qurilishi,  adabiy  til  me’yorlari  va 

nutqning  kommunikativ  (aloqaviy)  fazilatlaridir.  Bu  fazilatlar  har  qanday  nutqda 

bir  xil  darajada  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  turli  kishining  nutqi  tinglovchi 

tomonidan  turlicha  qabul  qilinadi.  Hatto  bir  kishining  turli  mavzuda  so’zlagan 

nutqi ham har xil bo’lishi mumkin.  

Ma’lumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan 

bog’langan  bo’ladi,  unda  ko’tarilgan  masalalar,  muammolar  boshqa  fanlar 

tomonidan ham o’rganiladi, ba’zan ularning ham tekshirish ob’ekti bo’ladi. Ba’zan 

esa ma’lum bir muammoni hal qilishga boshqa-boshqa fanlar o’z xususiyatlaridan 

kelib yondashadi va uni ana shu xususiyatlardan kelib chiqib hal qiladi. Jumladan, 

uslubiyat ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning tekshirish ob’ekti bo’la 

oladi.  Faqat  tilshunoslik  nuqtayi  nazaridan  boshqa  yo’sinda,  adabiyotshunoslik 

nuqtayi  nazaridan  boshqa  yo’sinda  tekshiriladi.  Uslubiyatga  har  ikki  fan  o’z 

xususiyatlaridan kelib chiqib yondashadi, ikki xil munosabatda bo’ladi. 

O’qituvchi  nutq  madaniyati  fan  sohasi  sifatida  shakllangan  ekan,  u  albatta, 

boshqa fanlar bilan munosabatda bo’ladi. Nutq madaniyati ta’limotining lingvistik 

va  nolingvistik  fanlar  o’rtasida  tutgan  o’rnini  belgilashda  uning  boshqa  fanlarga 

qay  darajada  aloqasi  borligini,  poetika,  uslubiyat,  me’yoriy  grammatika  kabi 

ta’limotlar bilan aloqasini ular orasidagi umumiy tomonlar va tafovutlarni aniqlash 

katta ahamiyatga egadir.  

Rus tilshunosi B.N.Golovinning fikricha: «...bu soha tilshunoslikning barcha 

bo’limlariga,  shuningdek  ruhshunoslik,  mantiqshunoslik,  estetika,  sotsiologiya, 

pedagogika fanlariga tayanib ish ko’radi. Nutq madaniyati, ayniqsa stilistika bilan 

yaqin  munosabatdadur.  Ba’zi  mutaxassislar  nutq  madaniyatini  uslubiyatga 

singdirib  yubormoqchi  bo’lishadi.  Holbuki,  uslubiyatning  o’z  predmeti  va  o’ziga 

xos vazifalari bor». 

Ko’rinadiki, o’qituvchi nutq madaniyati alohida soha sifatida shakllangan va 

o’quv rejalariga alohida fan sifatida kiritilgan bo’lishiga qaramay, bu soha ayniqsa 

tilshunoslik fani bilan juda mustahkam aloqadadir. 

Nutqning aloqaviy sifatlari ichida nutqning to’g’riligi eng asosiy belgilardan 

hisoblanadi. Namunaviy nutq birinchi navbatda to’g’ri tuzilgan nutq bo’lishi kerak. 

Nutq to’g’riligi esa adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi. Demak, 

nutq  madaniyatida  asosiy  narsa  nutq  to’g’riligi  bo’lsa,  bu  esa  adabiy  til 

me’yorlariga amal qilish orqali yuzaga keladigan bo’lsa, o’z-o’zidan har bir xalq 

nutqiy madaniyatining, u haqidagi ta’limotning asosini shu xalq tilining me’yoriy 

grammatikasi, shu xalq tili sistemasi tashkil etadi. 



Nutq  madaniyati  sohasi  til  hodisalariga  boshqa  tomondan  yondashadi: 

grammatik  hodisalar,  grammatik  kategoriyalar,  til  qurilishi  kabi  masalalar  bilan 

shug’ullanmaydi.  Nutq  madaniyati  grammatik  hodisalarga,  til  dalillariga  asosan 

shu  til  adabiy  me’yorlariga  mos  kelish-kelmasligi  nuqtayi  nazaridan  yondashadi. 

Qanday  holatda  me’yorga  qat’iy  amal  qilish  juda  zarur bo’lib,  qanday  holatlarda 

undan  chekinish  mumkinligi,  unga  yo’l  qo’yilishi  mumkinligi  nuqtayi  nazaridan 

baholaydi. Grammatik kategoriyalar, grammatik shakllar, til birliklariga adabiy til 

me’yori  talabi  bilan  baho  beradi.  Ularning  tabiati  bilan  shug’ullanmaydi. 

Jumladan,  masalan  so’zning  qaysi  turkumga  oidligi,  qanday  grammatik 

kategoriyalarga,  qanday  fonetik  yoki  morfologik  tuzilishlarga  ega  ekanligi  nutq 

madaniyati fanining tekshirish ob’ekti emas. Biroq o’sha so’z o’zbek adabiy tilida 

kam  qo’llanadimi,  uning  qo’llanishi,  ma’lum  bir  shakli,  talaffuz  ma’lum  bir 

ma’nosi bilan hozirgi tilda ishlatilib turishi o’zini oqlaydimi yoki yo’qmi ekanligi 

nutq madaniyashga aloqadordir. 

"Tildagi  so’zlar,  grammatik  shakllarning  ma’no  va  vazifalari,  ularning 

tuzilishi  tilshunoslikda  o’rganiladi.  Biroq  nutqning  ma’lum  bir  jarayonida  o’sha 

so’z yoki grammatik shakl qaysi shaklda va qaysi ma’noda qo’llanishi mumkinligi, 

qo’llashning o’zini oqlash-oqlamasligi nutq madaniyatiga aloqadordir.  

Nutq  madaniyatining  aloqaviy  sifatlaridan  hisoblangani  mantiqlilik  va 

ta’sirchanlik  ham,  ma’lumki,  adabiy  til  me’yorlariga  to’la  amal  qilish  orqali 

ta’minlanadi.  Me’yorga  amal  qilmaslik  mantiqsizlikni  vujudga  keltirib  qo’yishi, 

nutqni buzishi mumkin. Masalan, «Kunlar isib ketdi, muzlar eridi» gapini olaylik. 

Bu  gap  bog’lovchisiz  qo’shma  gapdir.  Grammatik  qurilish  to’g’ri,  so’zlar  o’zaro 

to’g’ri  bog’langan,  qo’shma  gap  qismlari  hisoblangan  har  bir  sodda  gap  orqali 

ifodalangan  fikr  ham  to’g’ri,  umumiy  fikr  ham  mantiqqa  mos  keladi.  Shu  gapni 


Download 480,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish