1-mavzu: “O’qituvchi nutqi madaniyati” fanining maqsad va vazifalari Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati»



Download 480,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi480,83 Kb.
#220722
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MARUZA. (2)

oldim. Bu kitoblarni ukam yaxshi o’qisin degan maqsadda oldim. 

Har ikki gap ham to’g’ri tuzilgan. Ular ifodalagan hukmda ham zidlik yo’q. 

Demak, nutqdan mantiqsizlik kuzatilmaydi. Ana shu nutqda mantiqsizlik yo’qligi 

mantiqiy kategoriya hisoblangan hukmning to’g’riligi bilan tasdiqlanadi. Berilgan 

hukm  ikki  xil  gapda  ifodalangan  ekan.  Birida  hissiylik  yo’q,  ikkinchisida  esa 

qisman bo’lsa-da his-tuygu bor. 

 Nutq  madaniyati  bilan  ruhshunoslikning  munosabati,  nutqning  o’rinli-

o’rinsiz  ekanligini  belgilashda  namoyon  bo’ladi.  So’zlovchi  har  xil  vaziyatlarda, 

har  xil  odamlar  o’rtasida  bo’ladi.  Demak,  u  o’z  nutqini  ana  shu  vaziyatlar  va 

odamlar holatini hisobga olgan holda tuzishi kerak. Bundan tashqari tinglovchilar 

kayfiyati  degan  narsa  ham  bor.  So’z  tinglovchilarning  zerikib  turganligi  sezilib 

tursa-yu, nutq qanchalik to’g’ri bo’lmasin, notiq o’sha zerikkanlikni his qilmasa va 

nutqni cho’zib yuborsa, uning ta’sir kuchi yo’qoladi.  

Nutqni  ta’sirchan  qilishda  tilning  tasviriy  vositalaridan  hisoblangan 

metonimiya,  metafora  kabilardai  foydalaniladi.  Nutq  madaniyati  bilan 

ruhshunoslik  munosabatida  ko’proq  notiqning  u  yoki  bu  fikrini  bayon  qilishda 

odamlar  kayfiyatini  hisobga  olishi  birinchi  o’rinda  turadi.  Har  bir  kishining, 

umuman  tinglovchining  kayfiyatiga  qarab  nutq  so’zlash  taqozo  etiladi. 

Tinglovchilar  bilan  samimiy  muomala  hamma  vaqt  notiqning  asosiy  vazifasi 

bo’lishi  lozim.  Tinglovchilarning  yuz  va  ko’z  ifodalarini  ko’rmay,  sezmay  turib, 

eng  zo’r  zarur  gapni  aytib  yuborishni  o’ylab  ko’rish  kerak.  Ana  shunday  zarur 

gaplar hammaning diqqati tortilgan paytda aytilishi zarur. 




Hamma  vaqt  ham  tinglovchilar  oldida  uyalib  qolmaslik,  noo’rin  so’zlarni, 

gaplarni ishlatib yubormaslik uchun notiq odamlar ruhiyatini chuqur ko’zda tutishi 

lozim,  ularni  qiziqtiradigan  narsalarni  topishga  harakat  qilishi,  boshqa  mavzu, 

boshqa hodisalarga o’tib ketmasligi kerak. 

Har  bir  notiq  uning  nutqi  qanday  tuzilganda  tilning  qanday  tasviriy 

vositalarini  qaysi  holatlarda,  nutqning  qaysi  qismida  ishlatganda  tinglovchilar 

kayfiyatiga ta’sir qilinishi, ular kayfiyatini o’zgartirishini yaxshi bilishi lozim. Ana 

shundagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. 

Nutq  madaniyati  nafosat  (estetika),  badiiy  adabiyot,  adabiyotshunoslik, 

adabiy  tanqidchilik  kabi  fanlar  bilan  uzviy  aloqadadir.  Chunki  yaxshi  nutq 

tinglovchiga  estetik  zavq  berishi  kerak,  uni  hayajonlantirishi  lozim.  Badiiy  nutq 

esa ta’sirchan nutq bo’ladi, shu orqali kishilar ongiga ta’sir etadi. Unday nutq egasi 

badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanadi. 

Badiiy  nutqning  adabiy  til  me’yorlariga  munosabati  ham  boshqacha.  Unda 

ba’zi adabiy  me’yorlardan chekinish ham uchrashi mumkin. Biroq bunda ma’lum 

bir maqsad ko’zda tutilgan bo’ladi. 

Xullas,  nutq  madaniyati  sohasi  ko’pgina  boshqa  fanlar  bilan  ham  o’zaro 

munosabatda  bo’ladi.  Ayniqsa,  uning  tilshunoslik,  uslubiyat,  notiqlik  san’ati, 

matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa hamda adabiyotshunoslik fanlari bilan aloqasi 

juda mustahkamdir.  

Tabiat  va  jamiyatda  inson  tilidek  murakkab,  serqirra,  serqatlam,  servazifa, 

shakl  va  mazmun  mosligi  hodisasi  kamdan-kam  topiladi.  Til  dunyoni  bilish, 

bilimlarni  to’plash,  saqlash,  keyingi  avlodlarga  yetkazish,  ruhiy  kategoriyalarni 

voqelantirish  kabi  bir  qancha  vazifalarni  bajarishga  qaramasdan  asosiy  e’tibor 

uning kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga qaratib kelindi. 

Tilni  faqat  insonlar  o’rtasidagi  aloqa  vositasi  sifatidagina  talqin  etish 

insonning  tabiiy  tilini,  bu  benihoya  murakkab  va  muhtasham  hodisani 

soddalashtirishdan,  aniq  bir  milliy  qiyofa  yoki  milliy  -  ruhiy  zamindan  mutloqo 

mosuvo bo’lgan sun’iy tilga (masalan esperanto) tenglashtirishdan, yo’l harakatini 

tartibga  solish  maqsadida  yaratilgan  shartli  «til»ga  baravarlashtirishdan  boshqa 

narsa emas. Agar til faqat aloqa vositasigina bo’lganda edi. U juda oddiy, sodda va 

qashshoq bir narsaga aylangan bo’lardi.  

Holbuki,  til  bemisl  boy,  sehr-u  sinoatga,  ruh-u  ruhoniyatga,  ko’rk-u 

komillikka limmo-lim bir hilqatdir. 

Chinakam  nutq  madaniyati  esa  tilni  ana  shunday  rangin  hilqat  tarzida  idroq 

etish asosida shakllanadi. 

Aniqki,  nutq  madaniyati  jamiyat  madaniy-ma’rifiy  taraqqiyotining,  millat 

ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs 

umummadaniy  saviyasining  favqulodda  muhim  unsurlaridan  biridir.  Shuning 



uchun  ham  mamlakatimizda  ma’naviy-ma’rifiy  islohotlar  davlat  siyosatining 

ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko’nikmalari 

va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq 

muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarblik kasb 

etganligi bejiz emas. 

Respublikamizning «Davlat tili haqida» gi, «Ta’lim to’g’risida» gi qonunlari, 

Kadrlar  tayyorlash  bo’yicha  Milliy  Dastur  va  boshqa  juda  ko’plab  hujjatlarda 

ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya,  til  masalalariga  alohida  ahamiyat  berilgan. 

Jamiyatimizning  har  bir  a’zosi,  har  qanday  mutaxassis,  zamon  bilan  hamqadam 

kadr,  eng  avvalo,  o’z  ona  tilisining  sobit  sohibi  bo’lmog’i  lozim.  Birinchi 

Prezidentimiz  I.Karimov  ham  o’z  nutqlarida  shunday  ta’kidlaganlar:  «O’z  fikrini 

mutlaqo  mustaqil,  ona  tilida  ravon,  go’zal  va  lo’nda  ifoda  eta  olmaydigan 

mutaxassisni,  avvalombor,  rahbar  kursisida  o’tirganlarni  bugun  tushunish  ham, 

oqlash ham qiyin». 

Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go’zal va lo’nda ifoda etmoq uchun odamda 

nutqiy madaniyat yetarli darajada bo’lmog’i lozim. 

Zero,  nutq  madaniyati  tildan  bemalol  va  maqsadga  o’ta  muvofiq  tarzda 

foydalana olishni ta’minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir. 

Nutqning  madaniyligini  ta’min  etadigan  to’g’rilik,  aniqlik,  mantiqiylik, 

ifodalilik,  boylik,  soflik  kabi  bir  qancha  sifatlar  mavjud.  Ana  shu  kommunikativ 

sifatlarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi. 

Albatta,  nutqning  to’g’riligi,  ya’ni  uning  adabiy  til  me’yorlariga  qat’iy 

mosligi  madaniy  nutqning  asosiy,  markaziy  sifatidir.  Ammo  har  qanday  to’g’ri 

nutq madaniy bo’lavermaydi. U yuqorida aytilgan boshqa kommunikativ sifatlarga 

ega  bo’lgandagina  chin  ma’nodagi  madaniy  nutq  atamasini  oladi.  Shunga 

qaramasdan,  uzoq  vaqtlar  bizning  ta’lim  tizimimizda,  asosan,  nutqning 

to’g’riligigagina diqqat qilindi, shu sifatni o’rgatishga zo’r berildi. 

Rossiyada  Pyotr  I  zamonida  shunday  farmon  chiqarilgan  ekan,  unga  ko’ra 

jismoniy  yoki  nutqiy  nuqsonga  ega  bo’lgan  odam,  har  qancha  yetuk  mutaxassis 

bo’lmasin,  dars  berish  uchun  sinfga  kiritilmagan.  Dunyoda  boladay  ziyrak 

taqlidchi va tanqidchi yo’q, shuning uchun «jonli ko’rgazmali qurol» har jihatdan 

to’kis va tugal bo’lishi lozimligi oddiy mantiqning talabidir. 

O’qituvchining  asosiy  quroli  «ketmoni»  uning  tili,  nutqi  ekan,  bu  qurol 

samarali ishlamog’i uchun u o’tkir bo’lishi kerak, shuning uchun «O’qituvchi nutq 

madaniyati» fani faqat filologiya fakulteti talabalarigagina emas, balki har qanday 

fan o’qituvchilarini tayyorlaydigan fakultetlarda ham o’qitilyapti.  

Xulosa  qilib  aytganda,  nutq  madaniyati  muammolarini  ilmiy  asosda 

o’rganishni  yanada  chuqurlashtirish  ham  bugungi  kunda  alohida  dolzarblik  kasb 

etdi. Bu borada anchagina ishlar qilingan. Ammo hali qilinadigan ishlar juda ko’p. 



Mustaqillik  sharofati  bilan  erkin  taraqqiyot  yo’liga  tushib  olgan  tilimizning  o’z 

tabiatiga  xos  mezonlarni  tayin  etish  unuttirilgan  boyliklarni  tiklash,  sofligini 

ta’minlash  tamoyillarini  takomillashtirish,  bir  necha  ming  yillik  madaniyatimiz 

tarixidagi  nutqiy  odob  an’analarini  o’rganish,  so’zni  benazir  ne’mat  sifatida 

ardoqlagan  ulug’  ajdodlarimizning  ulkan  merosini  bor  bo’yicha  ko’rsatib  berish 

o’qituvchilar va bo’lajak o’qituvchilar oldida turgan muhim vazifalardir. 




Download 480,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish