1-mavzu Alisher Navoiy hayoti va faoliyati (1441-1501) reja


Sargardonlikning boshlanishi



Download 477.5 Kb.
bet9/13
Sana20.01.2017
Hajmi477.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Sargardonlikning boshlanishi. Samarqand egallanganidan oy o'tar-o'tmas, Bobur askarlarining ozig'i tamom bo'ldi. Tanqislik, uyni sog'inish boshlandi. Bitta-ikkita bo'lib qochishga tushdilar. Bobur bilan birga borgan Sulton Ahmad Tanbal ham qochdi. Axsida qolgan Uzun Hasan xiyonat qildi. Ikki bek bir bo’lib Boburning ukasi Jahongir Mirzoni Andijonga hokim qilmoqchi bo’ldilar. Andijon qamal qilindi. Bu xabar shu kunlarda betob bo’lib qolgan yosh hukmdorni qayg'uga soldi. „To'rt kungacha tilim tutildi, og'zimga paxta bila suv tomizurlar erdi", — deb yozadi Bobur. Yuzinchi kun Samarqandni tashlab chiqishga majbur bo'ladilar. Rajab oyining bir shanbasi (1498-yil fevral, mart oylari) Andijonga qarab yo'l oladilar. Keyingi shanbada Xo'jandga vetib keladilar. Andijondan kelgan chopar esa, bir hafta burun, Bobur Samarqanddan chiqqan kuni shaharni ishonib qoldirgan Ali Do'st Tag'oyi xiyonatchilarga topshirgani xabarini keltiradi. Andijonni yana qo'lga olish maqsadida qilingan xatti-harakatlar, Toshkentga borib tog'asidan yordam kutishlar natija bermaydi. Ko'ch-ko'ronlari Andijonda qolgan yigitlar umidsizlikka tushib, Boburdan ajrala boshlaydilar. Mingga yaqin kishidan ikki yuzdan sal ko'p odam qoladi. Boburning onasi Qutlug' Nigorxonim o'g'li bilan birga qolgan yaqin beklarning ichkilari bilan Xo'jandga yetib keladi. Og'ir kunlar boshlanadi. Andijon qo'ldan ketgan, Samarqand tashlab chiqilgan. Bobur ishongan beklar xiyonat qilishmoqda edi. Qishni Samarqand atrofidagi qishloqlardan birida o'tkazib, yozda uni olishga bo'lgan urinishlar bekor ketadi. Andijon safari ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Shunday sargardon kunlarning birida O'ratepa atrofida andijonlik Ali Do'st Tag'oyining tavba- tazarrusini olib kelgan navkar paydo bo'Iadi.

Ona yurt bilan diydorlashuv. Ali Do'st Tag'oyi Bobur Mirzo uning gunohini kechira olsa, ixtiyoridagi Marg'ilonni topshirib. xizmatini qilish istagini bildirgan edi. Shu tariqa, Bobur 1499- yilning iyun ovida, salkam ikki yildan keyin Andijonga qaytib, qo'ldan chiqqan yurtini qayta egallashga muvaffaq bo'ldi. Biroq Ahmad Tanbal bilan chakana janglar uzoq davom etdi. Tanbal atrofiga odam to'plab, Boburning ukasi Jahongir Mirzoni xon ko'tarish bahonasi bilan urushni davom ettiraverdi. Oxir-oqibat sulhga kelishildi. Sirdaryoning Axsi taraf viloyatlari Jahongir Mirzoga, Andijon tomon Boburga bo'ysunadigan bo'ldi.

1500- yildan Boburning she'r mashq qila boshlagani ma'lum. Dastlabki she'rlari fors tilida edi. Boburni saltanat uchun kurash yana o'z bag'riga oladi. Samarqandda Sulton Ali Mirzo bilan Muhammad Mazid Tarxon boshliq beklar orasida ixtilof chiqadi. Turkistondagi o'zbeklar xoni Shayboniyxon Buxoro va uning atroflarini egalllab. Samarqandga tahdid solib kelar edi. Sulton Ali Boburga murojaat qiladi. Bobur shoshilinch Samarqand tomonga yuradi. Sangzor bo’yiga yetganda, shaharXoja Yahyo qo’lida ekani ma’lum bo’ladi va u Samarqandni Boburga jangsiz topshiradi.Chopar Shayboniyxonning katta kuch bilan Samarqandga yo’l olgani haqida xabar keltiradi. Bobur kuch to'plash uchun Shahrisabzga jo'naydi. Hafta-o'n kun o'tmay, Shayboniyxon Samarqandni qo'lga kiritadi. Ma'lum bo'lishicha, Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrabegim Shayboniyxonga oshiqona: unga uylansa, Samarqandni o'g'lidan olib berajagini bildirgan ekan. Shayboniyxon bundan ustalik bilan foydalanadi.



Samarqandni qaytarib olish. Samarqand qo'ldan ketgach bir hovuch yigitlari bilan yurish-turish joyi tayinsiz bo'lgan Bobur bir muddat Kesh-Hisor oralig'ida sarson kezadi. Oxiri, tavakkal qilib, Samarqandga kirishga ahd qiladi. Tong otmay shaharga kirib keladi. Shahar xalqi uni olqish bilan kutib oladi. Bobur va Shayboniyxon Ohanin darvozasi yonida yuzma-yuz bo'ladilar. Vaziyatning Bobur foydasiga ko'chganir Shayboniyxon shaharni tashlab chiqib ketadi. Shu tariqa Bobur 240 kishi bilan yetti mingga yaqin qo'shinga ega tajribali podshoh Shayboniyxon qo'lidan Samarqandni to Shu davrda Bobur Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozadi. Orqasiga she'r bitib yuboradi. Afsuski. xursandchiliklar uzoq cho'zilmaydi. Shayboniy qo'shini bilan to'qnashuv tobora yaqinlashar, yon-atrofdagi temuriy beklardan yordam ko'rinmasdi. Tog'asi tomonidan kelgan mo'g'ul askarlariga ishonch Nihoyat, Saripulda jang bo'ldi. Tengsiz olishuvda Bobur Samarqandga qochib bekindi. Qamal boshlandi. Bobur madrasasi tomiga oq uy tikib, qo'rg'on devori ustida yurt muhofazasini tashkil qildi.

Notinch kunlar. Qamal uzoq davom etdi. Ochlik boshlandi. “Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yeya kirishtilar”, - deb yozadi Bobur. Qamal sipohni ham, aholini ham Atrofdan madad kelmadi. Shunday bir paytda Shayboniy sulh taklif qiladi. Bobur zaruratdan sulh tuzadi va tunga yaqin ichkilari bilan Samarqandni tark etadi. Samarqandni tashlab chiqqan Bobur Jizzax orqali O'ratepaga o'tadi. Dahkatda qishlashni ko'ngliga tugadi. Toshkentga borib, bobosi Yunusxonni ziyorat qiladi. Xondodasi sargardon nabirasiga O'ratepani inoyat qilajagini aytadi. va'dasini bajarmaydi. Tanholik va umidsizlik tuyg'usi Boburga tinchlik bermaydi. „Aksar yalangoyoq yurur edim, yalangoyoq ko'p yurgandin oyoqlarim andoq bo'lub edikim, tog' va tosh tafovut qilmas edi", — deb yozadi „Boburnoma"da.

Samarqandda mustahkam o'rnashib olgan Shayboniyxon qish chillasida Pskent va Shohnihiyani bosadi. Xo'jand quyisidagi Hashtiyak qishlog'ida temuriylarning Movarounnahrdagi so'nggi chapdast vakili Bobur bilan yangi sulolaning asoschisi Shayboniy qo'shinlari to'qnashadi. Sovuq kunlar edi. Yigitlardan ikki-uchtasi sovuqdan o'ladi. Bobur muzlab yotgan ariqning yaxini o'yib, o'n olti marta sho'ng'iydi, o'z shijoati bilan atrofdagilarning ruhini ko’taradi. Ikki sarkarda yengil to'qnashuv bilan ikki tomonga chekinadi.



Tanbal bilan yuzma-yuz. Boburga eskidan dushrnanlik qilib kelgan beklaridan Ahmad Tanbal O'ratepaga qo'shin tortib keladi. O'ratepa Toshkentga tobe' edi. Shu sabab Boburning tog'asi Sulton Mahmudxon askarlari bilan himoyaga keladi. Tog'a-jiyan O'ratepani mudofaa qiladilar. 1502- yilning bahorida Tanbalning Toshkentga yurishga tayyorgarlik ko'rayotgani xabari keladi. Boburning tog'alari: Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon o'ttiz ming askar to'plab, undan oldinroq Andijonga otlanadilar Boburga bir qism yigitlardan berib, yovning orqa tomoniga o'tib, O'sh va O'zgand orqali kelishni maslahat qiladilar. Bobur O'shni osonlik bilan qo'lga oladi. Atrofning ulug'-kichiklari uni shod-u xurramlik bilan qarshi oladilar, O'zgand ahli vakil yuborib, Bobur ixtiyoriga o'tadi. Marg'ilonliklar shahar dorug'asini haydab yuborib, unga tobe bo'ladilar. Nihoyat, tog'alar Andijonga yetib kelishadi. Tanbal qochadi, shahar olinadi. Lekin Boburga o'zi zabt etgan shaharlarni ham bermaydilar. Bu shaharlar Sulton Ahmadxonga topshiriladi. Aka-ukalar Samarqandni egallagach, Boburni Temurning poytaxtiga hokim qilmoqchi ekanliklarini aytishadi. Shu orada Ahmad Tanbalning Shayboniyxonga itoat izhor qilib odam yuborgani, xon qo'shin bilan yo'lga chiqqani haqida xabar keladi. Aka-uka xonlar orqaga qaytishga qaror qiladilar. O'sh, Marg'ilon aholisi ular tomonidan qo'yilgan amaldorlarni haydab chiqara boshlaydi. Tanbal shunday kunlarning birida erta tongda uch ming yigitini olib, yuztagina odami bilan Axsida qolgan Bobur ustiga keladi. Tengsiz jangda Bobur urusha-urusha qal'adan qochib chiqadr. Bobur so'ngsiz irodasi, g'ayrat va shijoati bilan yolg'iz o'zi ikki kecha-kunduz davom etgan dushman ta'qibidan omon qoladi.

Kobul azimati Temuriylarning bu davrdagi eng mashhur hukmdori Husayn Boyqaro ham kuchlarini to'plab, Shay qarshi yurishga jur'at qilmaydi. Aksincha, har birlari o'z sh mudofaasini mustahkamlash bilan band bo'ladilar. Taxt eg? bunday sustkashligi, loqaydlik va jur'atsizligidan Bobu iztirob chekadi.

1503- yilning sentabri oxirlarida Bobur shiddat bila Kobul va G'aznani jangsiz oladi. Kobuldagi dastlabki yil og’ir keldi. 1505- yilning mayida Boburning onasi Qutlug' Nigorxonim vafot etdi. Uni Bog'i Navro'ziyga dafn etdilar. 1506- yanvarida yosh sarkarda og'ir dardga chalinib, qirq kun qo'zg'ola olmay yotdi.

Shayboniyxon esa yana otining jilovini Xurosonga Husayn Boyqaro barcha temuriy beklarni to'plab, ung jangga chiqishga ahd qildi. Biroq mo'ljallangan ish amalga qoldi. Husayn Boyqaro o'z qo'shini bilan otlangan chog'd yilning mayida yo'lda vafot etdi. Temuriylarning kuchlari olmay qoldi. Shayboniy Balxni bosib, Badaxshonga tal boshladi. Nihoyat, temuriy beklar 1506-yilning 27-oktyabrida Murg'obda to'planadilar. Shayboniyga qarshi yurish ko’klamga qoldiriladi. Beklar o'z joylariga qaytib ketadilar. Husayn Boyqarodan keyin Hirot taxtini sherikchilik bilan idora etayotgan Badiuzzamon va Muzaffar Mirzoning taklifi bilan Bobur poytaxtiga boradi. Sulton Husayn Boyqaro madrasasiga kir qabrini ziyorat qiladi. Navoiyni dunyoga bergan shs muhtasham obidalari bilan tanishadi. Bir muddat buyuk s uyida istiqomat qiladi.

Hindiston orzusi. Bobur Kobulni olgach, Hindistonni rejasini tuza boshlaydi. Bu boradagi birinchi harakat 1507 yanvariga to'g'ri keladi. 1507-yilda temuriylarning poytaxti, Xurosonning markazi Hirot ham Shayboniyxo o'tadi. Bu hoi Boburning Hindistonga ishtiyoqini kuchaytiradi. Shunga qaramasdan, u 1526- yildagina Hir olishgamuvaffaq bo'ldi. O'sha yili 21-apreIda Panipatda B 12 ming kishilik qo'shini hind sultoni Ibrohim Lo'diy 100 ming kishilik askari bilan to'qnashadi.

Boburning “Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim” satri bilan boshlanadigan g’azalida visol sog’inchi ifodalangan. Shoir kuz manzarasini chizadi. Bu manzara podshoh shoirning taqdiriga mos keladi. Muallifning munosabati hamda tuyg'ulari sharhi she'rdagi sog'inch va dardni, ayriliq fojiasini kuchaytirib boradi. Kuz, xazon umrning so'ngidan nishona:

Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim,

Ko'rub, rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardirn.

Shoir umrning ayriliqda o'tayotganidan zorlanib, „lolarux" (lola yuzli)dan rahm qilishini iltijo etadi. Matla'da Bobur tazod san'atidan mohirona foydalanadi. Kuz ko'klamdan qanchalik uzoq bo'lsa, oshiq ham ma'shuqadan o'shanchalik yiroq. Shu bois oshiq yuzi ,,xazon yaprog'i" singari jonsiz, qizning yuzi „gul" kabi yashnaydi, qahramonning „chehrasi zard", ma'shuqaniki „lolarux". Ma'shuqa parvosiz, „sarkash", chunki u sarvdek go'zal va bezavol, xazon ofatiga begona, hamisha yam-yashil:

Sen, ey gul qo'ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,

Ayog'inga tushub bargi xazondek muncha yolbordim.

Kim u „lolarux"? Sarv-chi? Nega she'rning lirik qahramoni uning oyog'iga bargi xazondek tushib muncha yolvoradi? Tik qomatli sarv osmonga intilgani kabi xazonga aylangan yaproqlar og'ochning tepasiga emas, oyog'iga tushadi. Oshiqning holi ayni shu bargi xazonniki singari. G'azalning uchinchi baytida dunyo bog'idan xazon bargidek ketayotgan shoir ishq daraxtining bir umr „sabzu xurram" (yashil va ko'rkam) qolishini istaydi:

Latofat gulshanida gul kabi sen sabzu xurram qol,

Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim.

To'rtinchi baytda sarg'ayib uzilgan barg timsoli yana davom etadi. Kuzning sariq-qizil ranglari „yuz" va ko'z yosh („qon yosh")ga ko'chiriladi va ulardan el (raqiblar)ning nafratlanayotgan („tanaffur")ligi tilga olinadi. Shoir biramallab ulardan qutilganiga shukrona keltiradi:

Xazondek qon yoshim, sorig' yuzimdin el tanaffurda,

Bahar rangi, bihamdilloh, ulusdin o'zni qutqordim.

Shoir dunyoning buyog'idan kirib, u yog'idan chiqqani, qismat kitoblarini birma-bir varaqlagani, ammo baxt yulduzi topilmaganidan yozg’iradi. Gazal maqta’sida o’z e’tiqodidan zarra qadar qaytmagan, ochiq yuz, ochiq ko’ngil, tanti va jo’mard Bobur shaxsiyatiga xos sifatlar yorqin namoyon bo’ladi.

Ulusning ta'n-u ta'rifi manga Bobur, barobardur,

Bu olamda o'zumni chun yamon-yaxshidin o'tkardim.

Oshiq uchun atrofdagilarning ta'nasi ham, maqtovi ham, maqtovi ham farqsiz. Chunki u yaxshilik bilan yomonlikni boshidan o'tkazmagan o'zini yaxshi-yomondan o'tkazgan, ya'ni o'zligini saqlab qola olgan.

She'rda tazod san'atidan mohirona foydalanilgan. Ya'n ma'no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi so'z va iboralar yoki holatni anglatib, aytmoqchi bo'lgan gapining ta'sirchan chiqishiga erishgan: xazon yaprog'i, gul yuz, lolarux, chehrai zard (sariq), ta'na-ta'rif, yaxshi-yomon kabi. Ma'lumki, so'zi ko'pincha „yuz" so'zi bilan yonma-yon ishlatilad navbatida „gul" ma'no jihatdan barg, gulshan, bog' so'zlariga Shoirning she'rda so'zlardan mana shunday ustalik foydalanishiga tanosub san'ati deyiladi. Boburning g'aza mahorati „G'urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur" she'rida yanada yaqqolroq ko'rinadi. Hajman qisqagina besh baytli bu g'azal:

G'urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,

Hijron bila g'urbat menga ta'sir qilibtur

matla'si bilan boshlanadi va u ma'lum ma'noda muallifning kechgan umriga yakun yasaydi. Yor („ul oy")dan ayrilib („hajr") yasl azobi (g'urbat) meni qaritdi („pir qilibtur"), hijron bilan g’urbat o'z ta'sirini ko'rsatdi, deb boshlaydi shoir. Lekin oshiq yetishish orzusidan hech qachon voz kechmaydi, aks hamisha shu umid bilan yashaydi. She'rning qahramoni peshonasiga nima yozganini bilmaydi, lekin imkoni yetguncha erishish harakatini qilish fikrida:

Maqdur boricha qiluram sa'yi visoling,

To tengrini bilmoniki, ne taqdir qilibtur.

Shoir jahon ovorasi bo'lib yurishlarini taqdirdan ko'radi. Gazal:

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o'lmadi Bobur,

Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur

bayti bilan tugallanadi. Buni, Bobur sendan shu qadar uzoqda yashab ham o'lmaydi ey yor. Holbuki, u sensiz allaqachon bo'lishi kerak edi. Vatan, tarzida ham tushunsa bo'Iadi. Vatan ishtiyoqi, g'urbilt iztirobi Boburga qadar hech bir shoirda bunchalik yorqin va betakror ifodalanmagan edi. She'rning o'noqi vazni mazmundagi dard va iztirobni kuchaytirib, ta'sirchanglikni oshirishga yordam bergan. Har bayt so'ngida takrorlanib keluvchi radit'(„qilibtur") ham juda o'rinli tanlangan. G'azalning maqta'si husni ta'lil san'ati asosiga qurilgan, ya'ni shoir yordan uzr so'rash sababiga chiroyli bir dalil keltirmoqa (sensiz o'lish kerak edi, o'lmadim, kechir).

Bobur — so'zning jilvasini, tovlanish xususiyatlarini nozik his eladigan va ijod jarayonida bundan ustalik bilan foydalana oladigan shoir. Uning „Yana" radifli g'azali fikrimizga dalil bo’la oladi:

Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana,

Tiyra bo'ldi ro'zgorim ul qaro qoshtin yana.

Ikki so'zning bir o'zak (bosh)dan ekanligi, soch timsolining bevosita „bosh"ga aloqadorligi, qoshning qaroligi bilan ro'zg'or qaroligining yonma-yon kelishi singari badiiy jihatlarni birgina baytga sig'dirish uchun buyuk iste'dod talab etiladi. Oshiq uzun sochli parivash uchun har qanday sinovga tayyor. Shu bois xonumonining qaytadan buzilishi ham uni suyuklisi haqidagi yaxshi fikrdan qaytarolmaydi. U „Yaxshilig'ni ko'z tutarsen ul parivashtin yana" satridagi holatga qaytaveradi. G'azal maqta'sida shoirning tasvir mahorati yaqqol namoyon bo'lgan:

Oyog'im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,

Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana.

Oshiq nafaqat muhabbatda, balki sadoqatda ham ixtiyorsiz. Unga qolsa, bu azoblardan „oyog'i yetgancha" ketardi, lekin uzun sochli malakning muhabbati boshqatdan uning boshiga tushib tursa, nima qilsin?

Bobur — hamma mutafakkirlar singari olam, odam va ularning sirlari haqida ko'p o'ylaydigan kishi. O'zi komillik yo'liga tushgan bir solik sifatida o'zgalardan ham yuksak ma'naviy sifatlarga egalik, baland odamgarchilik kutadi. Ammo hayotning o'yinlari ham shundaki, kutilgan ezgu mo'ljallarga kamdan-kam hollardagina erishiladi. Bu hol ta'sirchan, shoirona qalbdan quyidagi norozilik otilib chiqishiga sabab bo'Iadi:

Joninidin o'zga yori vafodor topmadim,

Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim.

She'rxon shoir nadomatlarining sababi uning ko'nglini telb gan xumor ko'zli jonon ekanini bilib oladi. Oshiq ishq yo'lida chekkan mashaqqatlari haqda keyingi ikki baytda yanada ozorlanib yozadi. Lekin maqta'da Boburning xulosasi tag'in umumiylik kasb etadi. U chinakam suyukli, sherik, jonkuyar bo'ladigan „yor" „topmagan"ligini bayon etadi va shu holga ko'nikish lozimligini asoslaydi:

Bobur, o'zingni o'rgatako'r, yorsizki men,

Istab jahonni muncha qilib bir yor topmadim.

E'tibor qilgan bo'lsangiz, hazrati Navoiyning ham shu radifli g'azali bor va unda ham Bobur chekkan iztiroblarga yaqin tuyg'ular kuylangan.

Boburning „Yana ko'z uyida ma'vo qilibsen" satri boshlanadigan g'azali g'oyat sho'xchan ohangga ega. Bunda oshiqning ko'zidan uy (ma'vo) qilgan, ko'ngul koshonasidan joy olgan ma's an'anaviy tarzda oshiqni azoblashdan rohat qilishi tasvirlangan. Uning har bir xatti-harakati yigitga azob berishga qaratilgan:

G'aming yo'q jon agar bersam g'amingda,

O'zungni muncha beparvo qilibsen.

Yori shunchalar berahm bo'lishiga qaramay, oshiq jannat uyini emas, balki ko'ngildan joy olgan ma'shuqasini sog'inadi.

Boburning nozik ruhiy sezimlari „Bul kecha kulbamga ul quyoshim yoshurun" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida ya yaqqolroq ko'rinadi. Shoir hayotiy vaziyat bilan qahramon i holatini sabab-oqibat tarzida mutanosib tasvirlaydi. Kechq quyosh chiqishi mumkin emas. Lekin oshiqning quyoshi, suyuklisi kechqurun keldi. Kechqurun bo'lgani uchun „yoshi keldiki, ochiq kelganida olam kunduzga aylanib ketgan boiardi. ( shunchalar baxtliki, necha asrlar mobaynida bunday kechq qaytib kelmasa kerak deb o'ylaydi. Lekin yaxshilarga uzoq baxtiyor bo'lish buyurilmagan. Shu kungi quvonch ham kemtik:

Og'zidek tor fursati vasliyu hajri tuni,

Ul muanbar sochi yanglig' ham qorong'u, ham uzun

Evoh, yashirin kelgan sanamning „fursati vasli" og'zidek tor. Bilasiz, Chiqish go'zallarining og'zi g'oyat tor bo'ladi. Chindan ham baxtsizlik daqiqalari o'tmaydi. Shu bois hijron tuni yor sochiday uzun bo'lishini tushunish mumkin. Oshiq visolni o'ylaganidan buyon uning ko'ngli „bir yonar o't-u" suyaklari „o'tun"ga aylandi. Shoir oshiq holatini o'ta aniqlik bilan chizadi. Yashirin kelgan yor tez qaytishi kerakligi — tabiiy. Uni hijronga tashlash o'limga buyurish bilan baravar. Shu bois oshiqning:

Olg'ali jonimni hijrong'a havola qildi yor,

Qo'yma hijrong'a, ajal, jonimni ol tengri uchun

deya nola qilishi ishonarli va mantiqlidir. Jonni hijron qo'liga tashlab azoblagandan ko'ra, uni ajalning olib qo'ya qolgani ishq odami uchun osondir. G'azal so'ngida shoir: „Ishq ahli emdi Boburni degaysiz zufunun" degan to'xtamga keladi. Ko'p ilmlarni egallagan, Yaratganni anglagan kishilar „zufunun" deyilgan. Bobur muhabbat ilmida shunchalar ko'p narsalami bildiki, uni olimlar olimi deyish mumkin. Bu o'rinda shoirning iftixoridan ko'ra, uning solik ekaniga ishora qilinayotganini ko'rish mumkin.

Bobur—o'ktam shaxsiyat va buyuk iste'dod egasi. Shaxsiyatidagi o'ktamlik, tafakkur parvozi, ruh erkinligi singari jiliatlar uning g'azaliyotida ham yaqqol bo'y ko'rsatib turadi. Jumladan, shoirning „Bahor ayyomidir dag'i yigitlikning avonidur" satri bilan boshlanadigan g'azalida yigitlik shavqiga to'lgan, olamning barcha jihatlaridan go'zallik topishga, undan lazzat olishga qodir oshiq timsoli yaratilgan:

Bahor ayyomidir dag'i yigitlikning avonidur,

Ketur soqiy, sharobi nobkim ishrat zamonidur.

Shoir suyuklisining go'zalligini gullarning chiroyi bilan yonma-yon qo'yib tasvirlaydi. She'rda sahroning yuzini lola qizartirgani singari, gulzorni yor „chehrasi arg'uvoniy" qilgani aks ettiriladi. Eslasangiz, Atoyidan tortib, qator mumtoz shoirlarda yordan uyalgan gulning qizarishi tasvirlangan edi. Bobur „uyaldi" degan so'zni tilga olmaydi. Lekin „Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvoniydur" deb yozar ekan, yor yuzining gulgunligi gullarning qizilligidan ortiq ekani va bu holdan gullar uyalishi kerakligi o'z-o'zidan anglashiladi. G'azalning maqta'sida shoir mahorati bor bo'yi bilan ko'rinadi:

Boburning vatansevarlik tuyg'ulari pinhona, yo'l-yo'l; bo'lsa-da, aks etgan g'azallaridan yana biri

G'ofil o'lma, ey soqiy, gul ehog'in g'animat tut,

Vaqti aysh erur boqiy, ol chog'ir, ketur, bot tut

matla'li she'ridir. Cazaldagi bosh mavzu umrning g'animatlij uni zavqli o'tkazish zarurligidir. Shaxsdan kamolot talab etilga komil insonga xos belgilar badiiy yo'sinda aks ettirilgan bu she shoir birgina so'z bilan yiroqlarda qolgan vatanni qo'msaganl bildiradi. „Ne bo'lur ekin tongla, sen bukun g'animat tut' deydi shoir ko'zda tutilgan suhbatdoshga. Shoir odamzot davl; boylikka mahliyo bo'lmay, himmatli bo'la olsa, „tengri berur albatta"ligini aytadi. Ammo shoir go'yo alohida'„e't bermasdan", „shunchaki" quyidagi satrlarni bitadi:

Xushturur visoli yor, anda bo'lmasa dayyor,

Bo'lsa vasl e'tibor, davlatu saodat tut.

Tamomila o'zga mavzudagi asar zamiriga yurt ishqi hissini singdirmoq uchun vatanga intilish ijodkor ruhiyatining as tuyg'usiga aylanmog'i kerakdir. Bobur shunday shoir edi.

Boburning muhabbat lirikasida uning „Gul jamolin yopqon ul gulning ikki rayhonidur" deb boshlanadigan g'azali ham muhim o'rin tutadi. Bu she'rda shoir ma'shuqa portretining bir qisr yuz, lab va ikki o'rim soch detaliga tayanib, she'riy timsollar silsilasini va obraz ruhiyati tovlanishlarini bera olgan. Ikki o soch dastlabki misrada „ikki rayhon" deb nomlanadi. Bu tasvir sochning uzunligi, qoraligidan tashqari, uning yoqimli bo’y taratishini ham anglatadi. G'unchadek og'izning borligi esa,,. labi xandon" tufayli ma'lum bo'lgan. Ikki zulf yuzni yopadi - baytlarda ikki zulfga bog'liq tasvir kuchaytiriladi, chuqurlashtiladi. To'rtinchi baytga kelib, oshiq tasvir doirasiga olinadi. Uning holati quyuq mubolag'a bilan ifodalangan:

Sel emastur yer yuzin tutqon ko'zumning yoshidur,

Ra'd emastur ko'kka chirmashqon ko'ngul afg'onidur.

Ayni shu g'azal maqta'sida shoir metonimik (kichraytirish) tasvir usulidan mohirona foydalanganligini ko'rish mumkin. Ko'z yoshi bilan dunyoni sclga botirgan, momoqaldiroq singari fig'on chekkanidan telbaga aylangan oshiqni tutqun qilishga zanjir sifatida yorning sochi, zindon o'rnida qizning iyagidagi chuqurcha kifoya ekanligi tasvir qilinadi. Chindan ham telbani tutqunlikda asrash kerak. Uni boshqa odamlar qatoriga qo'shib bo'lmaydi. Lckin jununi olamga sig'maydigan telbani band qilish uchun kerak bo'ladigan narsaning oddiyligi she'rning badiiv quwatini oshirgan. Ketma- ket kelgan baytlar tasvir ruhidagi keskin qarama-qarshilik she'rning ta'sir darajasini orttiradi:

Ul pari ishqida, Bobur, ko'nglum andoq telbadur,

Kim sochi zanjiridur, chohi zaqan zindonidur.

Jo'shqin zavq, bukilmas iroda, yuksak insoniy g'urur egasi bo'lganidan tizginsiz sarguzashtlar ichida hayot kechirgan Bobur turmush-va odamlarning past-baland jihatlarini juda yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning g'azallari orasida insonlar orasidagi nokomillik, xiyonat, jafo, aldov sjngari illatlardan zorlanib bitilganlari ham anchagina. Shulardan biri

Kim ko'rubtur, ey ko'ngul ahli jahondin yaxshilig',

Kimki ondin yaxshi yo'q, ko'z tutma ondin yaxshilig'

matla'si bilan boshlanadigan g'azaldir. Shoir badiiy qamrovni keng oladi. U jahon miqyosida fikrlaydi. Xulosalari ham shunga yarasha ko'lamdor. Jahon ahlidan yaxshilik ko'rmaganligi uchun qayg'urmaslik lozimligi, o'zi yaxshi bo'lmagan odamdan yaxshilik ko'z tutish kerak emasligi borasidagi xulosalar keyingi baytda zamondan yozg'irish darajasiga yetadi. Holbuki, islomda zamonni yomonlamaslik kerak degan qarash bor:

Gar zamonni nafy qilsam ayb qilma, ey rafiq,

Ko'rmadim hargiz, netayin, bu zamontlin yaxshilig'

ucnun nam zamonaan yuz o ginsnga majbur bo’lgan holatini aks ettirgan. G'azalning keyingi baytlarida bu xulosalar hayotiy dalilla yordamida asoslanib, kuchaytirib boriladi:

Ey ko'ngul, chun yaxshidin ko'rdung, yamonlig' asru ko'p,

Emdi ko'z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig'.

Bobur ko'nglini mantiqdan kelib chiqib tikrlashga chorlaydi. Yaxshilarga qaraganda yomonlarning juda ham ko'pligini ko'ra turih yomonlardan yaxshilik kutish chindan ham g'alati-da. O'quvch g'azalning davomi ham shu ruhda bo'lishini kutadi. Lekin Bobu shaxsiga ham, shoirligiga ham xos jihat shundaki, u kutilmagan yo'llardan yura oladi. Shu bois keyingi baytdagi:

Bori elg'a yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo'q,

Kim degaylar: dahr aro qoldi falondin yaxshilig'

tarzidagi chaqiriq kutilmagan bo'lsa-da, Boburga xos bo'lganidai tabiiy ravishda qabul qilinadi. G'azalning maqta'si yana boburona

Yaxshilig' ahli jahondin istama Bobur kibi,

Kim ko'rubtur, ey ko'ngul, ahli jahondin yaxshilig'.

Bobur g'azallari nafaqat mavzu jihatidan, balki ko'proq badii; tarovati nuqtayi nazaridan o'ziga xos va original asarlardir. Shoiminj g'azallari — hajman ixcham. Ko'pincha, besh-olti baytni fashki etadi. To'qqiz baytdan ortiq g'azallari barmoq bilan sanarli. Bi hoi tasvirning quyuq, ruhiyat ifodasining tarang, dramatizmninj kuchli bo'lishiga imkon yaratadi. Shoir g'azallari oson o'qiladi xotiraga yengil ko'chadi.

Savol va topshiriqlar
1. Bobur g'azallariga xos asosiy belgilarni ajratib bering.

2. Boburning: „Xazon yaprog'i yanglig1 gul yuzung hajrida sarg'ardim Ko'rub, rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim" matla'li g'azalin tahlil qiling. Undagi yetakchi ohang qaysi deb bilasiz?

3. Shu g'azal maqta'sida aytilishicha, shoirning „ulus" ta'na-yu tavsifig; beparvoligi sababini izohlang.

4. „Sendin bu qadar qoldi yiroq, o'lmadi Bobur, Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur" baytida shoirning kechirim so'rashiga sabab bo'lgan kamchilik nimadan iboratligi haqida to'xtaling.

5. “Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana, Tiyra bo’ldi ro’zg’orim ul qaro qoshtin yana” misralari badiiyatini tahlil qiling.

6. „Ne yerda bo'lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G'aribingga tarahhum aylagilkim, anda jonidur" misralariga yashirilgan hayotiy va estetik ma'noni topishga urinib ko'ring.

7. „Ul pari ishqida, Bobur, ko'nglum andoq telbadur, Kim sochi zanjiridur, chohi zaqan zindonidur" baytining ma'nosi qanday?

8. Shoirning „Kimki ondin yaxshi yo'q, ko'z tutma ondin yaxshilig'" misrasini sharhlang.

9. Shoirning ikki g'azalini yod oling.

Ruboiylari. Turkiy ruboiy taraqqiyotida Boburning muhim hissasi bor. Bobur ruboiylari soni ko'p bo'lmasa-da, uning o'zbek ruboiychiligida alohida o'rni bor. U ijtimoiy-falsafiy tabiatga ega ruboiy janriga maishiy mazmun kiritdi. Uning ko'pgina ruboiylari sarson-sargardon kechgan hayotining iqrornomalariday taassurot qoldiradi. Bobur ruboiylari tili, ifodasining soddaligi, samimiyati kitobxonni o'ziga bog’lab oladi:

Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi,

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.

Bu ikkisi muyassar bo'lmasa olamda,

Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi.

Bu ruboiyda shoirning tanti shaxsiyati bo'rtib ko'rinib turibdi. U hayot haqida falsafiy o'y surmaydi, balki ko'ngil istaklarini samimiy izhor etadi. Ko'nglining mayllari shu qadar yuksakki, u boshqa ko'ngillarga ham o'tib qoladi. Chindan ham inson umri yillarning uzunligi bilan emas, balki erishilgan maqsadlar bilan o’lchanadi. Maqsadi bo'lsa-yu unga erisholmasa, inson hayotining mazmuni xiralashadi.

Shoir ruboiylari orasida an'anaviy mavzu va ohanglarda yozilganlari ham talaygina. Masalan, quyidagi asarda muhabbat tuyg'ulari aks etgan:

Raftori-yu qaddig'a ravonim sadqa,

Bir boqishig'a ikki jahonim sadqa,

Og'zi-yu belig'a bud-u nobudim sarf,

Ko'zi-yu labig'a jism-u jonim sadqa.

Ruboiy hazajning axrab shoxchasida bitilgan, „sadqa" so'zi radif bo'lib kelyapti. Misralarda ifodalangan tuyg'uni anglashga, mazmjjnni tushunib olishga harakat qilinganda, „raftor" — yurish, „ravon" so'zida ham yurish ma'nosi bor. Lekin u holda she'rdan ma'no chiqmaydi. „Ravon" so'zining yana bir ma'nosi jondir. Endi o’rniga qo’yib ko’ramiz: Yurishi va qaddi-qomatiga jonim fido bo'isin. Bunda ma’no bor. Ikkinchi misradagi ayrim so'zlarga diqqat qilaylik. „Bir" bilan „ikki" so'zlari orasida bor, oz-ko'p ma'nolari singdirilgan. Nega „ikki jahon"? Chunki islomiy tushunchaga ko'ra o'tkinchi va chin yoki bu va narigi singari ikki dunyo bor. „Boqish" va Jahon" so'zlarida ham ma’lum bog'lanish bor (jahonga boqiladi). Demak, misrada so'zlar shu qadar tanlab, hamma ma'no ohanglari ko'zda tutib ishlatilganki, bu yuksak san'atkorlikdan nishonadir.

Ruboiydagi „bud-u nobud" birikmasi bor-yo'q degan ma tashiydi. Nega shoir ma'shuqaning og'zi va beliga bor-yo bag'ishlamoqchi? Go'zalligi uchun, albatta. Ma'no shugir Matndan bir oz chetga chiqamiz. Belning go'zalligi ilga shakllangan did va o'lchovlar bo'yicha ingichkaligida, og' kichikligida. Mubolag'a — ta'rif-tavsifda o'xshatishni haddan oshirib yuborish she'rda keng tarqalgan usullardan. E ma'shuqaning beli va og'ziga „bud-u nobudim sarf" deganida shu mazmunga ham ishora qiladi. Tabiiyki, „bud-u nobud" so’zlari o'z ma'nolarida (bor-yo'q davlatim fido bo'lsin) ham ishlatilmoqda. To'rtinchi misraga ham shunday keng ma'no joylangan: „ko'z „jism"ga, „lab"ning „jon"ga bog'lanishlarida teran mantiq bor. Masalan, ko'z tanada joylashgani uchun ham go'zal qomatga tushganda yashnaydi, lab nafas olishda ishtirok etadi, bo'sa bersa, oshiqqa jon bag'ishlaydi.

Shoirning muhabbat yo'nalishidagi ruboiylaridan biri „Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o'ldim" deb boshlanadi. Oshiq ma'shuqaning azoblarini, o'zini ko'p balolarga duchor qilganini zorlanish bilan bildiradi. Sanam — o'ta beqaror. Shuning uchun ham „avval vasli bila" sevintirib, „hajri bila oqibat" o'ldiradi. esa, ma'shuqadan qaror istaydi, sevilishni xohlaydi. Boburning ruboiychilik mahorati, ayniqsa, uning „Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur" deb boshlanadigan she'rida yaqqol namoyon bo'lgan. Ruboiyning birinchi misrasida xitobdan boshqa birgina so'z —„tuz" to'g'rila, yaxshiia ma'nolarini bildirsa, ikkinchi m sanoqni bildiruvchi yana birgina so'z — „yuz" yangilanadi, „Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur". Ammo butun yangicha ma'no kasb etgan. Uchinchi misrada ma'noni aniqlaydigan va kuchaytiradigan „Sarrishtai ayshdin ko'ngulni zinhor" so’zlari keladi va to'rtinchi misra ana shu mazmunning davomi bo'lib uni bo'rttiradigan, kuchaytiradigan „Uz, oh, Zahiriddin Muha Bobur" shaklini oladi.


15-mavzu

BOBURNOMA" –o’zbek mumtoz janrining nodir namunasi



REJA:


  1. “Boburnoma” haqida

  2. Bobur shaxsi tasviri

  3. U madaniyat arbobi

  4. Bobur Navoiy haqida

  5. Bobur-sarkarda

Boburning eng mashhur asari „Boburnoma"dir. U dastlab „Vaqoye'" („Voqealar") deb atalgan. So'ngroq „Voqeoti „Voqeanoma", ,,Tuzuki Boburiy", „Boburiya" nomla Oxirida „Boburnoma" bo'lib shuhrat topdi. „Boburnoma” Zahiriddin Boburning butun umri davomidagi esdalik 12 yoshidan hayotining so'ngigacha bo'lgan voqealarni qayd qilib borgan va umrining oxirlarida 1525-1530- yillarda ushbu asarni yaratgan, deb taxmin qilinadi. „Boburnoma" 16-asrdayoq turli Sharq tillariga tarjima qilina boshlagan. Jumladan, 1586- tiliga o'girilgan. Yodnoma Ovrupoga 18- asrning boshida kirib bordi.

Boburnoma" — tarixiy va badiiy asar sifatida. O'zbek nasri Nosiruddin Rabg'uziyning „Qisasi Rabg'uziy"sidan „Miftoh ul-adl" va „Gulzor" asarlarigacha bo'lgan katta yo’lni bosib o'tdi. Navoiy uni tarixiy, ilmiy, memuar nasri bilan yangi bosqichga ko'tardi. „Boburnoma" adabiyotimizning mana shu tajribalarini umumlashtirib, uni jahoniy miqyoslarga olib chiqqan asardir. „Boburnoma", avvalo, tarixiy asardir. Unda 1494-yildan, ya'ni Bobur taxtga chiqqanidan 1530- yilgacha — umrining so'ngigacha yuz bergan voqealar o'z ifodasini topgan. Bu tafsilotlar Bobur tug'ilib voyaga yetgan Movarounnahr, so'ngroq o'zi saltanat qurgan Xuroson (Kobul, G'azna, Qandahor) va Hindistonda yuz bergan voqealardir. Demak, „Boburnoma" 15-asrning so'nggi, 16-asrning birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o'rganishda muhim manbadir.

Muallif asarida voqealar bilangina cheklanmaydi, balki ularning ishtirokchilariga, qahramonlariga kcng o'rin beradi. Natijada biz Bobur zamonida yashagan, tariximiz hamda ma'naviyatimizda muhim mavqega ega bo'Igan davlat va madaniyat arboblari bilan tanishamiz. Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Dastlab o'sha yilda yuz bergan muhim voqea bayon qilinadi. Masalan, dastlabki 1494- yil voqealarini hikoya qilganda, Bobur, avvalo, o'zining „Tangri inoyati bilan Farg'ona viloyatida 12 yoshda podshoh bo'lgani" haqida xabar beradi va Farg'ona viloyati bilan tanishtiradi. So'ng voqea tafsilotiga, tog'asi va amakisi Andijonga qo'shin tortib kelgani va otasining tasodif bilan fojiona halok bo'lgani voqealariga to'xtab, uning bosh ishtirokchilari, birinchi navbatda, otasi Umarshayx haqida ma'lumot beradi. Chunonchi, uning tug'ilgan yili, nasl-nasabi, shakl-u shamoyili, xulq-atvori, yurishlari, viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida to'xtaydi. So'ng voqeaning ikkinchi ishtirokchisi — shu 1494- yildagi urushdan qaytishda yo'lda — O'ratepada kasallanib vafot etgan amakisi Sulton Ahmad haqida xuddi o'sha tarzda ma'lumot keltiradi.

Shunday qilib, kitobda Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud kabi o'nlab taxt egalari, Alisher Navoiy, Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy, Behzod, Mirak naqqosh, Husayn Udiy singari adabiyot va san'at arboblari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.

Bobur Butun urnri jang-u jadallarda kechishiga qaramay, tabiatan nihoyatda ziyrak, sinchkov, g'oyat fahmli va idrokli, hamma narsaga qiziquvchan bir zot edi. U qayeiga bormasin, o'sha yerning jug'rofiy o'rnidan tortib, o'simlik va hayvonot dunyosigacha, qish-u yozining ob-havosidan, elining tili-yu urf-udumigacha hamma- hammasi bilan qiziqadi va yozib qoldiradi. Bobur nima va kim haqda yozmasin, g'oyat samimiydir. O'zining quvonchini ham, g'amini ham hech kimdan yashirmay, ro'y-rost aytadi. Do'sti haqida ham, dushmani haqida ham ko'nglidagini so'zlaydi.



Bobur shaxsi tasviri. „Boburnoma" muallifning o'ziga xos tarjimayi holi, aqlini tanigandan boshlab umrining oxirigacha kechgan hayoti solnomasidir. Muhimi, asarda eng og'ir damlarda ham o'zining tanti, jo'mard, mehribon insoniy fazilatlarini saqlab qola olgan muallif timsoli turadi. Bobur vataniga muhabbatini hayotining so'ngigacha asraydi. 1528- yili Bobur Andijonga, Xo'jakalonga yozadi: „Bizni ehtimolimiz ul sorilar bormoqqa behad va beg'oyatdir. Hinduston ishlari ham bir nav' somon topib keladi... Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutqay... Bu fursatta bir qovun keltirib erdilar, kesib yegach, g'arib ta'sir qildi, tamom yig'lab yedim".

Bobur asarida ota va o'g'il, shoh va shahzoda munosabatlariga ham befarq qaramagan. Taxtni egallash uchun Ulug'bekday donishmand otani qatl qildirgan Abdullatifni qattiq qoralaydi. Boburning o'zi esa farzandlariga ham mehribonlik va ham talabchanlikning ajoyib namunalarini ko'rsatadi. Chunonchi, 1528- yili Humoyun o'g'il ko'rganida, Bobur farzandini tabriklaydi. Murabbiy va ustoz sifatida unga otalik nasihatlarini beradi. Humoyunga xatlaridagi imlo xatolaridan tortib, yurish-turishigacha yo'l ko'rsatib, mehribonlik qiladi: „...xatlaringda yolg'uzluq, yolg'uzluqim debsen, podshohliqta aybdur... Podshohliq bila yolg'uzluq rost kelmas... Xatingni xud tashvish bila o'qisa bo'ladur vale asru mug'laqtur ... Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni „to" bilan bitibsen, Qulunjni „yo" bilan bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o'qisa bo'ladur, vale bu mug'laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo'lmaydur... Takalluf qiiay deysen, ul jihattin mug'laq bo'ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham sanga tashvish ozroq bo'lur, ham o'qug'uchig'a".



1529- yili Humoyun kasal bo'lganida, uni Badaxshondan Dehliga, Bobur yoniga yuboradilar. „Boburnoma"da yoziladi: „...tabiblar har necha doru-darmon berdilar, yaxshi bo'lmadi. Mir Abulqosimkim, ulug' kishi erdi, arzg'a yetkurdikim, ushmundoq dardlarg'a darmon budurkim, yaxshi nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak. Toinki tengri taolo sihhat bergay. Mening ko'nglumga keldikim, Muhammad Humoyunning mendin o'zga vaxshiroq nimarsasi yo'q. Men o'zum tasadduq bo'layin, xudoy qabul qilsun. Xoja Xalifa, o'zga muqarrablardin arzg'a tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz bu so'zi nechun tilingizga kelturasiz. G'araz budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas, o'shal olmoskim, Ibrohimni urushida tushub crdi, Muhammad Humoyunga inoyat qilib erdingiz, tasadduq qilmoq kcrak. Tilga keldikim, dunyo moli aning evazig'a nechuk bo'lg'ay, men aning fidosi qilurmenkim, hoi anga mushkul bo'lubtur. Va andin o'tubturkim, men aning betoqatlig'ig'a toqat kelturg'aymen. O'shal holatga kirib, uch qatla boshidin o'rgulub, dedimkim, men ko'tardim, har ne (larding bor. O'shal zamon men og'ir bo'ldum, ul yengil bo'ldi. U1 sihhat bo'lub qopti. Men noxush bo'lub yiqiidim. A'yoni davlat va arkoni mamlakatni chorlab, bay'at qo'llarini Humoyunni qo'lig'a berib, joynishinlig'ig'a va valiahdlig'ig'a nasb qildim. Va taxtni anga topshurdum". Bobur tirikligida taxtini vorisiga topshirgan kamdan- kam hukmdorlar sirasidan edi.

Bobur — madaniyat arbobi. „Boburnoma"da Boburningilk she'r mashqlaridan tortib, yirik asarlarigacha yozilish tarixi, ular bilan bog'liq voqealar haqida ma'lumot berilgan. Bobur o'z asarining ,,909 (1503—'1504)- yil voqealari" degan sahifasida: „Ushbu mahallarda „Boburiy xat"ni ixtiro qildim" deb yozadi. Muallif 1520-1521- yillarda musiqa bilan shug'ullangani haqida ma'lumot beradi. Bobur vatandan uzoqda ham ona tili ravnaqini o'yladi. y. turkiy tildagi ijodni rag'batlantiradi. Tilni sof saqlash uchun kurashadi. Bu ishlarni o'zga tillarni kamsitmagan holda turli beozor shakllarda amalga oshiradi. Masalan, „Boburnoma"da 1519- yil voqealari bayonida shunday bir lavha bor: „Chahorshanba kuni... mutoyaba jihatidan deyildikim, har kim sortcha aytsa, bir ayog' (qadah) ichsun, bu jihattin ko'p kishi ayog' ichti. Sunna vaqtida chaman o'rtasidag'i tolor ustida o'lturuldi. Deyildikim, har kishi turkcha aytsa, bir ayog' ichsun. Bunda ham g'alaba (ko'p) kishi ayog' ichti": Ko'rinadiki, sortcha gapirganlarga jazo sifatida, turkcha so'zlaganlarga siylov sifatida bir ayog'dan ichkilik berilgan. Ona tilida so'zlashganlar shu tariqa ham rag'batlantirilgan.

Bobur Navoiy haqida. Bobur Navoiy bilan uchrashmagan bo'lsa-da, lekin yoshligidan uning shaxsiga va ijodiga katta muhabbat bilan qaragan. Chunki Bobur tug'ilgan 1483- yilda Navoiy o'z „Xamsa"sini yozishga kirishgan, taqdir 1494- yili taxt berib, 1498- yili Samarqandday muqaddas poytaxtni qo'lga kiritganida ulug' shoirning „Xazoyin ul-maoniy"si dovrug'i butun turkiy dunyoga yoyilgan edi. 1500-1501- yil voqealarini bayon qilarekan, Bobur Navoiy bilan xat olishganini, buyuk shoirga ilk she'rlaridan yrtborganini yozgan edi: „Bu ikkinchi navbat Samarqandni olg'onda, Alisherbck lirik erdi. Bir navbat manga kitobati (xati) ham kelib edi. Men ham bir kitobat yiborib edim, orqasida turki bayt aytib, bitib yiborib edim. Javob kelguncha tafriqa (bo'linish) va g'avg'o bo'ldi". Ayni paytda, Navoiy ham temuriyzodalarni sinchiiklab kuzatib borgan ko'rinadi. Aks holda, u Samarqandga, 15 yoshli Boburga maktub yo'llamagan bo'lardi. Bobur „Boburnoma"da Navoiy haqida ma'lumot berar ekan, quyidagi masalalaiga to'xtaladi:

1. Navoiyning kelib chiqishi, temuriylar sulolasiga daxldorlik darajasi: „...begi (temuriyzoda) emas edi, balki musohibi (suhbatdoshi, yaqini) edi".

2. Husayn Boyqaro bilan munosabatlari: „kichikligida hammaktab ekandurlar, xususiyat bisyor ekandur".

3. Abu Said va Navoiy munosabatlari, shoirning Samarqandga borish sabablari: „bilmon ne jarima bila Sulton Abu Said Mirzo ixroj (surgun) qildi".

4. Navoiy ijodiga, shaxsiga baho: „Alisherbek naziri yo'q kishi edi. Turkiy til bila to she'r aytibdurlar, hech kim oncjia ko'b va xo'b aytqon emas".

5. Navoiy ijodi, badiiy, ilmiy asarlari, musiqaga munosabati: „...Yana musiqada yaxshi nimalar bogiabtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur".

6. Navoiyning fe'li-tabiati: „Alisherbekning mizoji nozuk bila mashhurdur".

7. Navoiyning turmush tarzi: ,,o'g'ul va qiz va ahlu ayol yo'q, olamni tavre fard va jarida (tanholikda) o'tkardi...".

8. Navoiyning ilm va hunar ahliga murabbiyligi, g'amxo'rligi: „Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy (kuchli homiy) ma'lum emaskim, hargiz paydo bo'lmish bo'lg'ay".

9. Navoiyning obodonchilik ishlari: „Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, kam kishi mundoqqa muvaffaq bo'lmish bo'lg'ay".

10. Navoiy asarlari haqida ayrim tanqidiy fikrlar: „Yana „Mezon ul-avzon" otliq aruz bitibtur... 24 ruboiy vaznida 4 vaznda... g'alat (xato) qilibtur. Ba'zi buhur (bahrlar)ning avzon (vaznlar)ida ham yangilibtur, aruzg'a mutavajih bo’lg'on (duch kelgan) kishig'a ma'lum bo'lg'usidur".

Bobur — sarkarda. Bobur yoshligidan jang-u jadallar ichida o'sdi. Bu hol uni har bir qadamini o'ylab bosishga, uning natijasini qattiq tahlildan o'tkazishga o'rgatdi. Bobur harbiy yurishlarda katta tajriba orttirdi, bu haqda „Harb ishi" degan maxsus asar yozdi. „Boburnoma"da Boburning sarkardalik faoliyati yoritilgan lavhalar juda ko'p. Jumladan, Hindistonning olinishi, 1526- yilgi Pani pat jangi shunday tasvirlanadi: „tarix to'qqizyuz o'ndakim (1504), Kobul viloyati musaxxar bo'ldi (zabt etildi), ul tarixdan bu tarixqacha hamisha Hinduston havasi qilinur edi...

...yetti-sakkiz yilda (1519—1526) besh navbat Hindustonga cherik (qo'shin) torttuk...

...bu tarixqacha uch kishi Hinduston viloyatiga musallat (ega) bo'lub, saltanat qilibturlar. Bir Sulton Mahmud G'oziy (G'aznaviy). Ikkinchi Sulton Shahobiddin G'uriy... uchinchi mendurmen, vale mening ishim ul podshohlarning ishiga o'xshamas, ne uchunkim Sulton Mahmud Hindustonnikim musaxxar qildi. Xuroson taxti aning taxti zabtida edi va Xorazm va Dorul Murz salotini (sultonlari) anga mute' va munqod edi. Samarqand podshohi aning zeri dasti edi. Cheriki ikki lak (200 ming) bo'lmasa, xud bir lakta ne so'z edi. Yana g'animlari rojalar edi. Tamom Hinduston bir podshohda emas edi. Har roja bir viloyatga o'z boshicha podshohlik qilur edi... Avval navbatkim Behraga kelduk, bir ming besh yuz, nihoyati ikki ming kishi bo'lg'ay edi. Beshinchi navbatkim, kelib Sulton Ibrohimni bosib Hinduston mamolikini fath qildim, hech qachon Hinduston yurushida muncha cherik bila kelilmaydur edi. Navkar va savdar va chokar jami' cherik bila bo'lg'onlar o'n ikki ming kishi qalamg'a keldi. Manga taalluq viloyat Badaxshon va Qunduz va Kobul va Qandahor edi, vale bu viloyatlardin mu'taddun bih naf yo'q edi... Yana jami' Movarounnahr viloyatlari o'zbek xavonin (xonlari) va salotinning tasarrufida edi, yuz mingga yaqin cheriklari bor edi, qadimiy dushman edi. Sulton Ibrohimning (Hindiston hukmdori) viloyat hisobi bila besh lak cheriki bo'lmoq kerak edi. Hozir cherikini bir lak chenarlar (taxmin qilarlar) edi. O'zining va umarosining ming chog'liq fili bor derlar edi. Bu hol va bu quvvat bila tavakkal qilib, o'zbekdek yuz ming qari yog'i (dushman)ni orqada qo'vub Sulton Ibrohimdek qalin cheriklik vase' (keng) mulkluk podshoh bila ro'baro' bo'lduk...".

...vatandin ikki-uch oychaliq yo'l kelilib edi. ...Jami' beklarni va yigitlarni chorlab dedimkim: Beklar va yigitiar... har kimki, hayot majlisig'a kiribtur, oqibat ajal paymonasidin ichgusidur va har kishikim, tiriklik manzilig'a kelubtur, oxir dunyo g'amxonasidin kechg'usidur. Yomon ot bila tirilgandin yaxshi ot bila o'lgan Xaxshiroq. ...Tengri taolo bu nav' saodatni bizga nasib qilibtur va mundog' davlatni bizga qariyb aylabtur. O’lgan shahid, o'lturgan g'ozi. Barcha tengrining kalomi bilan ont ichmak kerakkim, har kim bu qitol (jang)din yuz yondirur (o'zini olib qochish) xayol qilmagay, to badandin joni ayrilmag'uncha, bu muhoraba va muqotaladin ayrilmag'ay. ...Ulug'-kichik borcha mus'hafni1 ilikka olib, ushbu mazmun bila ahd va shart qildilar". Boburning voqea-hodisalarga, do'st-u dushmanlarga o'z munosabatini ochiq ifodalashi, o'zining xatti-harakatlariga tanqidiy nazar bilan qarashi, asarning ilmiy ahamiyatini oshirgan va muallif shaxsiga alohida joziba bag'ishlagan.

„Bobumoma" turk nasri taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Buning yorqin namunasi Abulg'ozi Bahodirxonning „Shajarai turk", „Shajarai tarokima" asarlaridir. ,,Boburnoma"ning tasvir va bayon usuli tarjimalar orqali boshqa adabiyotlarga ham o'tdi. Hindiston tarixini yoritishda esa, mutaxassislar fikricha, hali ham buyuk bobomiz Beruniyning „Hindiston"idan keyingi muhim asar „Boburnoma" bo'lib turibdi. Shoir, olim va shoh Boburning ijodi, faoliyati mana shu xususiyatlariga ko'ra ardoqlanib keladi.

Savol va topshiriqlar

1. Bobur ruboiylariga xos xususiyatlar nimada deb bilasiz?

2. Shoir ruboiylarida uning umr bayoniga xos unsurlar qanday o'rin tutishi va buning she'rlari badiiyatiga ta'sirini izohlang.

3. Bobur ruboiylarining badiiyatini izohlang. Uning „Zahiriddin Muhammad Bobur" radifli ruboiysini tahlil qiling.

4. „Boburnoma"ning yozilgan payti, janri, mazmun yo'nalishi haqida nimalarni bilasiz?

5. „Boburnoma"da muallif shaxsi qanday aks etganligini matndan keltirilgan misollar yordamida ko'rsating.

6. Boburning Navoiy bilan shaxsiy, ijodiy munosabatlari, „Bobumoma"da Navoiy shaxsining yoritilishi haqida to'xtaling.

7. „Bobumoma"dagi tarixiy shaxslar, jumladan, Husayn Boyqaro tasviriga xos xususiyatlar haqida so'zlab bering.

8. Shoirning to'rt ruboiysini yodlang.


16-mavzu

Maxtumquli ijodi

REJA:


  1. Mahtumquli haqida

  2. Shoir she’rlarining mavzusi

  3. Shoirning adabiy merosi

Maxtumquli turkman xalqining iftixori, yorqin adabiy siymosidir. Turkman adabiyoti deganda aksar o'zbek kitobxonlari xayoliga darhol Maxtumquli she'riyati keladi. Maxtumquli adabiy merosida o'zbek-turkman ellarining qon-qardoshlik tuyg'ulari muhrlangan. Maxtumquli she'riyati umumturkiy mushtarak g'oyalar, dardlar, orzu-armonlar bilan yo'g'rilgan. Maxtumquli ma'rifiy asarlarida, pandu nasihatlarida umumturkiy ma'naviyat yaqqol mujassam.

Turkman xalqining mumtoz shoiri Maxtumquli XVIII asrda yashab ijod etgan. Shoirlik iste'dodi uning nasl-nasabida bor edi. Shoirning bobosining nomi ham Maxtumquli bo'lib, u asosan dehqonchilik, to'qim tikish va qamchin to'qish, yugan, qorinbog' tayyorlash bilan shug'ullansa-da, uzoq muddat xalq yodida saqlangan qo'shiqlar ham yaratgan.

Shoirning 1700-yilda tug'ilgan otasida bobosining iste'dodi yorqinroq yuzaga chiqdi. Uning ismi Davlatmamad edi. Davlatmamad yoshligida ovul maktabida o'qidi. Keyinchalik Xiva madrasalarida tahsilini o'tab keldi. Davlatmamad maktabdor domla sifatida faoliyat ko'rsatdi, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullandi, ayni paytda, qizg'in badiiy ijodga berildi. U Ozodiy taxallusi bilan qo'shiq va g'azallar yozdi. Uning, ayniqsa, pandnoma ruhidagi olti mingga yaqin misradan iborat «Va'zi Ozod» manzumasi katta ma'rifiy ahamiyatga egadir.

Maxtumquli 1733-yilda Turkmanistonning janubi-g'arb tomonida, Atrek daryosiga yaqin Hojigovshon degan joyda Davlatmamad Ozodiy oilasida tug'ilgan. U ham otasi singari yoshligida ovul maktabida ta'lim oldi. Maxtumquli o'qishdan tashqari vaqtlarda poda boqdi, to'qqiz yasharligida qo'shiqlar to'qiy boshladi. U o'z tahsilini Xivadagi Sherg'ozi madrasasida davom ettirdi. U keyinchalik Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko'kaldosh madrasalarida o'qiganligi haqida ma'lumot bor. Maxtumquli badiiy ijod bilan birga asosiy hayotiy mashg'uloti bo'lmish zargarlik hunarini o'rgandi. U she'rlarini «Firog'iy» taxallusi bilan ham yozdi.

Shoirning muhabbat tuyg'ulariga limmo-lim she'rlarida go'zal Mengli obrazi bot-bot e'tiborni tortadi. Bu esa shoir Mengli ismli hamqishlog'ini sevganidan dalolat beradi:

Parda torlib yuzlarimga,

Pardoz berib so'zlarimga,

Maxtumquli, ko'zlarimga —

Yolg'iz Menglixon ko'rinur.

Lekin shojrga Menglixon bilan baxtli turmush qurish nasib etmaydi. Menglini badavlat bir kishiga katta qalin evaziga uzatishadi. Maxtumqulini Oqqiz ismli ayolga uylantirishadi. Shoirning Sori va Ibrohim ismli o'g'illar ko'rgani va ularning bevaqt vafot etganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Shu ko'yi musibatdiyda Maxtumquli uchun baxtli hayot armon bo'lib qoladi va she'riyatida qayg'uli aks-sado beradi. Maxtumquli XVIII asrning 80-yillari oxirida vafot etadi.

Maxtumquli she'riyatida Vatan qayg'usi, bosqinchilarga nafrat, mag'lubiyat alamzadaligi jo'shqin kuylangan:

Qayg'u-g'amda aziz umrim so'ldirib,

Shum falak azobim roygon ayladi.

Yozgan kitoblarim sclga oldirib,

Ko'zlarim yo'lida giryon ayladi.

G'aflatda u dushman oldi elimni,

Tarqatdi har yonga do'stu tengimni,

Besh yil bo'yi yozgan kitob-she'rimni

Qizilboshlar olib, vayron ayladi.

Milliy birlikka erishish Maxtumquli badiiy tafakkurining markaziy g'oyalaridandir. Shoir lurkman urug'larining yovga qarshi birlashishini, mustahkam davlat barpo bo'lishini orzu etar edi:

Turkmanlar bog'lasa bir bo'lib belni,

Quritar Qulzumni, daryoyi Nilni,

Taka, yovmut, go'klang, yazir, alili

Bir davlatga xizmat etsak beshimiz.

Maxtumqulining bu ulug' orzulari XX asr oxirida ushaldi. Bir qancha turkiy xalqlar mustamlaka zulmidan qutuldilar va milliy mustaqil davlat yaratish baxtiga muyassar boidilar. Endilikda barcha turkiy qavmlar umumturkiy birlik orzusida «Turkiston — umumiy uyimiz» g'oyasi tevaragida jipslashmoqdalar.




Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik