Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet8/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
2-mavzu

A. Navoiy - xassos shoir

ULKAN LIRIK MEROS

REJA:


  1. Ilk ijodi

  2. G’azal mulkining sultoni

  3. “Yordin ayru ko’ngil” g’azali

  4. “Ko’rgali husningni zoru…” g’azali

  5. “Qizil, soriq, yashil” g’azali

  6. “Ko’rmadim” radifli g’azal haqida

Alisher yetti-sakkiz yoshlaridan she'r mashq qila boshlagan edi. She'riyat umr bo'yi unga hamroh bo'ldi. U 15 yoshida „zamonasining malik ul-kalomi" deb nom olgan Lutfiyni lol qoldirdi. 24—25 yoshlarida muxlislari uning she'rlarini to'plab. devon tuzdilar. Bu devon Navoiy she'rlarining dastlabki to'plamidir. Navoiyning o’zi tuzgan birinchi devon „Badoye' ul-bidoya" deb nomlanadi. „Badoye' ul-bidoya"— badiiylikning-boshlanishi demakdir. Shoir bu devonini do'sti, podshoh Husayn Boyqaroning topshirig'iga ko'ra tuzgan edi. Devon Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan keyin, ya'ni 1469-yildan so'ng tuzilgan. Shoirning ikkinchi devoni „Navodir un-nihoya" („Nihoyasiz nodirliklar") deb ataladi. Va u mutaxassislar fikricha, 1480-1487- yillarda tuzilgan bo'lib, birinchi devondan keyin yozilgan turkcha she'rlardan iborat.

Alisher Navoiy 1492—1498-yillarda yana Husayn Boyqaroning taklif va da'vati bilan o'zining barcha she'rlarini, shu jumladan, oldingi, o'zi tuzgan ikki devoniga kirgan she'rlarini „Xazoyin ul- maoniy" („Ma'nolar xazinasi") nomi ostida bir yerga yig'ib, ular asosida to'rt devon tartib qiladi. Bu to'rt devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom beradi. Shoir 7—8 yoshidan 20 yoshigacha bo'lgan davrini umrining ko'klami hisobladi va shu davr devonini „G'aroyib us-sig'ar" („Bolalik g'aroyibotlari") deb atadi. 20 yoshidan 35 yoshigachasini umrining yozi deb belgiladi va „Navodirush-shabob" („Yigitlik nodirliklari") deb atadi. 35—45 yoshini umrining kuziga qiyos etdi va „Badoye' ul-vasat" (,,O'rta yosh badialari") deb nomladi. 45—60 yoshini umrining qishiga o'xshatib, „Favoyid ul-kibar" („Keksalik foydalari") deb nomladi. Har bir devoniga 650 tadan g'azal kiritadi, shunga muvofiq boshqa she'riy janrlarga ham joy ajratadi.

„Xazoyin ul-maoniy" Navoiy she'riy merosining kulliyoti (to'plami)dir. Unda 45 ming misraga yaqin 3200 dan ortiq she'r bor. Bu she'rlar o'sha davrda keng tarqalgan o'n olti lirik janrga mansub. Tabiiyki, „Xazoyin ul-maoniy" 1498-yilda yakunlangani uchun shoirning so'nggi 2—3 yillik she'rlari kirgan emas. Holbuki, hazrat Navoiy biror kun bo’lsin ijoddan to'xtagan emas. Shu jihatdan, „Xazoyinul-maoniy" ulug' shoirning barcha o'zbekcha she'rlarini qamrab oladi, deb aytib bo'lmaydi. Shunga qaramasdan, Chiqishda „Chor devon" nomi bilan shuhrat topgan mazkur to'plamni Navoiyning ona tili—turkiydagi she'riy merosining kulliyoti deyilsa, mubolag'a bo'lmaydi.

Navoiy forscha she'rlarini ham yig'ib, „Devoni Foniy" nomli to'plam tuzdi. Unda g'azal, musaddas, tarkibband, ruboiy, qit'a, tarix, muammo, qasida, lug'z kabi janrlardan tashkil topgan 1131 she'r bor edi. Devondagi she'riy merosning umumiy miqdori 12 ming misradan ortiq edi. Shu tariqa, buyuk shoirning she'riy merosi hayotlik chog'ida sakkiz devonda jam bo'lgan, shulardan birini muxlislari tuzgan edilar. Bunday ulkan she'riy meros mumtoz adabiyotimiz tarixida ko'rilgan emas edi.

Alisher Navoiyni mashhur olim va adib Maqsud Shayxzoda „G'azal mulkining sultoni" deb atagan edi. Haqiqatan ham, u turkiy g'azalchilikning eng buyuk vakilidir. Faqat turk emas, umuman, Chiqish g'azaliyotida u mumtoz o'rinlardan birini egallaydi. Chunki g'azal uning qalamida yangi bosqichga ko'tarildi. Aslida g'azalning Navoiygacha ham maqomi juda baland edi. Fuzuliy shoirlar haqida to'xtalganida, arab adabiyotidan Abu Nuvosni, forsiy she'riyatdan Nizomiyni, turkiydan Navoiyni tilga oladi. Jumladan, Navoiy haqida fikr yuritib, uni „Navoiyi suxandon" , „Manzuri shahanshohi Xuroson" deb ta'rif etadi. Buyuk Navoiy Xuroson shahanshohi Sulton Husaynga g'azallari bilan ham, dostonlari bilan ham manzur bo'lgan edi.

G'azalga xos muhim xususiyatlardan biri—undagi har baytning mustaqilligidir. Bu mustaqillik gohida shu darajaga boradiki, har bir bayt alohida asar darajasiga ko'tariladi. Bu - bir tomondan yaxshi. Lekin, ikkinchi tomondan, she'rning yaxlitligiga putur yetadi. Muayyan fikr yoxud nozik ma'noni g'azalning boshidan oxirigacha rivojlantirishga xalaqit beradi. Shu sababli, g'azaliyotda baytlarni bir-biriga bog'lab borish, fikr yoxud obrazni darajama- daraja o'stirish tamoyili ham bo'lgan. Buni tadrij deganlar. Mumtoz adabiyotda bu yo'ldagi g'azallar kam edi. Alisher Navoiy g'azaldagi bu usulga alohida e'tibor berdi va tadrijdan foydalanib o'nlab go'zal she'rlar yaratdi. Bu xildagi g'azallarning eng mashhurlaridan biri „Yordin ayru ko'ngul..." she'ridir. Shoir butun bir she'rda yoridan ayrilgan ko'ngilning ahvoli va manzarasini sekin-asta kuchayib boruvchi tashbihlar yordamida chizib beradi:

Yordin ayru ko'ngul mulkedurur sultoni yo'q,

Mulkkim sultoni yo'q, jismedururkim joni yo'q.

Matla'da yorsiz ko'ngil—sultonsiz mamlakatga, sultonsiz mamlakat—jonsiz jismga mengzaladi. Bu hol ohorli fikrdan tashqari, o'ziga xos kayfiyat ham hosil qiladi. Lekin na fikrda va na hissiyotda to'la tugallikka erishilgan. Buning uchun keyingi baytga ehtiyoj seziladi. Keyingi baytda oldingi fikr va tuyg'u yanada kuchaytiriladi:

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul,

Bir qaro tufrog'dekdurkim, gulu rayhoni yo'q.

Bu baytda ko'ngil va ruh kengliklaridan vujud hamda yerdagi unsurlarni aks ettirishga tutinilgan. Jonsiz jism— gul-u rayhonsiz, ya'ni hosilsiz tuproq. Keyingi satrlarda oldingi baytdagi o'xshalmish o'xshatilmishga aylanadi:

Bir qaro tufrog'kim, yo'qtur gul-u rayhon anga,

Ul qarong'u kechadekdurkim, mahi toboni yo'q.

Lirik qahramon gul-u rayhonsiz tuproqni oysiz qorong'i kechaga o'xshatadi. Bunday holat yetti baytlik g'azalda to'liq davom etadi. Tasvir shunchaki davom ettirilmaydi, balki baytdan baytga ifoda muayyanlashib, tasvir kuchayib boradi. Shuning uchun ham maqta'da qahramonning nadomati avjiga chiqadi, hijron ohanglari cho'qqiga ko'tariladi:

Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki bor,

Hajridin dardi va lekin vasldin darmoni yo'q.

G'azal xotimasida tazod san'atidan ham foydalaniladi. Unda bor bilan yo'q bir-biriga qarshi qo'yiladi. Lekin qahramondagi „bor" narsalarning „yo'q" bo'lgani avloroq edi. Chunki unda uqubat — „bor". hajr —..bor", dard —„bor", „yo'q" narsa esa birgina - visol!

G'azalning har bir baytida yorsiz ko'ngilning bir qiyosi berilgan va bu qiyos, o'z navbatida, yorsiz ko'ngilning g'ayri- insoniy, g'ayritabiiy mohiyatini ochishga yordam beradi. She'r Navoiy ijodi uchun bosh masala bo'lgan insonlikning mohiyati unda ishqning borligidir degan xulosaga olib keladi. Shoir boshqa bir o'rinda:

Bo'lmasa ishq ikki jahon bo'lmasun,

Ikki jahon demaki. jon bo'lmasun,-

deb ochiq yozgan edi. Ishq degani oshiq va ma'shuqa deganidir. Oshiq bor joyda yor—ma'shuqa ham bor. Ma'shuqani oshiqsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. She'r mana shu mantiq asosiga qurilgan. Ikkinchidan, yorni faqat bir ma'noda tushunmaslik kerak. Bu yerdagi yorni lirik qahramon bir ko'rib, sevib qolgan qiz deb qabul qilish juda ham to'g'ri deb bo'lmaydi. To'g'ri, g'azalda bunday ma'no ham yo'q emas. Lekin shoir ko'zda tutgan ma'no bundan ancha keng. Shu yerda shoirning ishq haqidagi qarashlarini keltirish o'rinlidir. U „Mahbub ul-qulub"da ishqni avom ishqi, xos ishga, siddiq ishqi tarzida uchga bo'ladi. Avom ishqi, shoir fikricha, yigit bilan qizning bir-biriga bo'lgan, nari borsa, shar'iy nikoh bilan yakunlanadigan tabiiy intilishidir. Xos ishq undan farq qiladi. Navoiy uni shunday izohlaydi: „...xos ishqqa mansub shaxslar pok ko'zni pok niyat bilan pok yuzga soladilar va pok ko'ngil u pok yuzning shavq-zavqi bilan beqaror bo'ladi. Va bu pok yuz vositasi bilan pok oshiq haqiqiy mahbubning jamolidan bahra oladi". Bu toifadagi oshiqlar uchun visol emas, ishqning o'zi—maqsad. Yorning qiyofasida Alloh jamolini ko'radigan shoir-u valiylar ishqi xos ishqdir. Siddiqlar ishqi valiylar, ya'ni avliyolardan yuqori, ammo nabiylar, ya'ni payg'ambarlardan pastroq martabadagi yetuk shaxslarning yaratganga bo'lgan beg'araz muhabbatlarini ifodalaydi. Ishqning uchinchi turi oliy —Alloh jamoliga eltuvchi bosqichdir. Tasavvufda majoz va haqiqat degan tushuncha bor. Unga ko'ra, dunyo go'zalliklari ilohiy go'zallikning belgilariginadir. Zotan, dunyoning o'zi Allohning tajallisidir. Shu jihatdan, nihoyatda mukammal yaralgan inson o'zida haqni mujassam etadi. Demak, unda ilohiylik bor. Xos ishq dunyoga mana shu nuqtayi nazardan qarashdir. Go'zal ma'shuqaning ta'rifini bermoq, aslida Allohni vasf etmoqdir. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan xulosa shuki, „yorsiz ko'ngil" deyilganda, ishqqa begona ma'nosidan tashqari, haqqa intilmagan, muqaddas narsasi yo'q, e'tiqodsiz odam degan ma'no ham yashiringan.

Alisher Navoiy g'azaliyotining asosiy mazmun-mohiyatini ishq tashkil qiladi. Hamma fikrlar mana shu „ishq" tushunchasi atrofida aylanadi. Uningcha, dunyoga kelmoqdan murod komil inson bo'lmoqdir. Komillikning birinchi belgisi esa, oshiqlikdir. Bu fikr xilma-xil hayotiy timsollar orqali ifoda qilinadi:

O'tg'a solg'il sarvni ul qaddi mavzun bo'lmasa,

Yelga bergil gulni, ul ruxsori gulgun bo'lmasa.

Sarv daraxtining qimmati uning „qaddi mavzun", ya'ni tikligida. Qaddi „mavzun" (kelishgan, tippa-tik) bo'lmasa, uning sarvligi bir pul. Uni o'tga yoqish kerak, o'tinlikdan boshqaga yaramaydi. Gul — qip-qizil bo'lib yashnab turganligi, ya'ni gulgunligi bilan gul. U qizil bo'lmasa, uni shamolga sovurish kerak. Kelib chiqadigan xulosa: inson insondek yashashi kerak. Agar odamdek yashay olmasa. uning insonligi bekor. Bu qarash Navoiyning butun she'riyati, ijodi uchun xos bo'lgan xususiyat. Mazkur g'azalda ham lirik qahramon xos ishq vodiysida sargardon kezadi. U o'zini adoqsiz g'amlar qo'yniga tashlaydi va hijrondan zorlanmaslikka intiladi.

Oshiqning muhabbati shunchalar olovli, hijron tufayli chekadigan ohlari shunchalar kuchliki, u tap tortmay, ohning quyunlari bilan g'ani tog'ini tekislikka aylantirishni niyat qila oladi:

Sarsari ohim esar g'am shomi hijron tog'ig'a,

Yaxshidur tong otqucha bu tog' homun bo'lmasa.

Oshiq o'zini muhabbatdan, demakkim, darddan ayri ko'rolmaydi. Shu bois ham faqat tentakligimning dardi ko'p bo'lgandagina yor ishqidan dardim ko'p bo'lmasligi mumkin, deydi:

Telbalikdin,vahki, har dam dardim afzundur, agar

Ul pari ishqida har dam dardim afzun bo'lmasa.
Shoirning mahorati, o'ziga xos tasvir uslubi shundaki, u oldin oqibatni tasvirlaydi, so'ng ikkinchi misrada sababni ko'rsatadi. Aslida, tasvir aynan aksincha bo'lishi lozim edi. Oshiq ishq yo'lida hamma narsa — hatto o'limga ham shayligini bildiradi. Uning uchun ma'shuqa istagini bajarish, uni mamnun qilish jonini asrashdan ko'ra muhimroq. Uning jonini tongda qurbon qilishi ma'shuqani qoniqtirmasa, hoziroq berishga tayyor:
Gar ko'ngul qatl istabon sen va'da qilding, tong-la deb,

Ushbu dam o'ltur, bu ehson birla mamnun bo'lmasa.


Ehtimol, oshiqning bu holati qizga g'alati ko'rinar va uni telba deb bilar. Xo'sh nima qilibdi? Telba bo'lmagan odam pariga ko'ngil qo'yarmidi

Ey Navoiy, tonma gar der ul pari majnun seni,

Oshiq o'lg'aymu parig'a ulki majnun bo'lmasa.
Alisher Navoiyning ishqiy g'azallarida ma'shuqadan mehr, ayash talab etilmaydi, uning oldiga masala qo'yilmaydi. Ayni shu o'rinda Navoiy she'riyatining so'fiyona mohiyati ayon bo'ladi deyish mumkin. Chunki ma'shuqa—bir bahona. Aslida, ko'proq Yaratganga muhabbat, uning sinovlariga tayyorlik, u tayin etgan qismatga sabr, bergan rizqqa qanoat singari holatlar she'riy satrlarga aylantirilgan bo'ladi. Shoirning „Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening" satrlari bilan boshlanadigan g'azalida ham ayni shu kayfiyat tasvirlanganligini ko'rish mumkin. E'tibor qilinsa, Jafo" so'zi „vafo"dan oldin kelganligini ko'rish mumkin. Bu—shunchaki tasodif emas. O'zini hech bir jihatdan cheklamaydigan ma'shuqaning tabiatiga, jilovsiz istaklariga muvofiq keladigan holatni ifodalovchi so'z topib ishlatilgan. Ikkinchi qatorda „o'ltur"moq bilan „tirguz"moq sanalganda ham shu ketma-ketlikka rioya qilinadi.

Oshiq — barcha ixtiyor ma'shuqada ekaniga ko'nikkan. Yor — ketishda ham, oshiq qoshiga kelishida ham tamomila erkin. Hijron azoblariga, adadsiz sinovlarga ko'nikkan yigit faqat ma'shuqa uning oh-u afg'onlari ko'pligini aybsitishidan cho'chiydi:

Jilva aylab har zamon, afg'on-u ohim qilma ayb,

Ham sen-o'q chun boisi oh-u fig'onim sen mening.


Oshiq afg'onlari va ohlarining sababchisi ma'shuqaning o'zi („sen- o'q") ekanini aytishga jur'at qiladi. Lekin u salabkorni topmoqchi, o'zini oqlamoqchi emas, balki yorga iltijo qilmoqda, xolos. Ishq otashi tufayli qahramonning joni arang turibdi. Shu bois ma'shuqa unga bir-ikki so'z aytib, marhamat qilsa bo'lardi. Negaki, yigit bir necha damlik mehmon. Ayni so'zlarni, sen menga bir-ikki damlik mehmon, deb ham tushunish mumkin. Shuncha jafolarga qaramay, g'azal oshiqning kutilmagan e'tirofi bilan tugaydi:

O'ldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,

Ertaki nozuk mizoji badgumonim sen mening.

Ma'shuqa yetkazgan sitamlarning chegarasi yo'q. Ishq yo'lida shuncha jabr ko'rib, sabr qilgan oshiq evaziga „bevafo" degan nom oladi. Lekin u: ,,O'ldi mehringdin Navoiy",— deyishga o'zida kuch topa oladi. Haqiqiy muhabbat odamni manmanlikdan, kibr-u havodan, nafsdan tozalashi g'azalda shu yo'sin aks ettiriladi.

Hazrati Navoiyning ishqiy g'azallari kutilmaganda ijtimoiy ma'no kasb etishi, unda tasvir maromi, belgilangan estetik mo'ljal tezgina o'zgarib ketishi ham o'ziga xos mahorat belgisidir. Chunonchi, shoirning:

Men jahondin kechdimu kechmas mening jonimdin el

Men ilik jondin yudum, chekmas ilik qonimdin el

matla'si bilan boshlanadigan g'azalida shu holni kuzatish mumkin. Bu asarda ko'pchilikning ruhiyatini g'oyat puxta bilgan, uning adoqsiz tashvishlarini deb ozurdajon bo'lgan shaxsning kayfiyati katta mahorat bilan bo'rttirib ko'rsatilgan. Matla'ning o'zi ruhiy dramatizm ifodasi, mazmun teranligi, badiiy garmoniyaning qudrati jihatidan tugallangan bir asarday taassurot qoldiradi. Ehtimol, elning nazarida komil shaxs bo'lib tuyulgan shoir o'ziga talabchanlik bilan qarab, tabiatidagi sifatlarni tanqidiy nuqtayi nazar bilan taftish qilish oqibatida ushbu g'azal bitilgandir. Chindan-da jon ham, jahon ham lirik qahramonga doir. Lekin ularga el, ya'ni shoirni tushunmaydigan begonalar da'vogar. Shu bois garchi qahramon jahondan kechib qo'ygan bo'lsa-da, o'zgalar uning jonidan kechmaydi. Jamiyatda yashayotgan odam undan ozod bo'Ia olmasligi matla'da g'oyat go'zal ifodasini topgan. Lirik qahramon jonidan qo'Iini yuvib qo'ltiqqa urgan bo'lsa-da, uning joniga hech bir aloqasi yo'qlar shoirning qonidan kechmaydi. Hayotning g'alati adolati, odamning jamiyat oldidagi burchi g'azalda lirik yo'sinda go'zal suratlantirilgan.

Shoir o'zining nuqsonli, kamchiliklari ko'p „To'sh-to'shidin rasvolig' o'ti lov-lov yona"digan odamligini biladi. Shu bois ham uning yonidan o'tgan el „yo'ldin chiqarlar". Qahramonni tubanlik. abgorlik shunchalar chulg'aganki, uning oldiga hoi so'rashga kirib chiqqanlar undan yog'ilayotgan pastlik g'uboridan bir-birlarini tanimay qoladilar. Shoir xotiijamlik, orom istaydi. Uning tashvishlari, dardlari o'ziga yetarli. Uning ko'nglidagi pinhona qonli dog'larjinnilikka qarshi bitilgan tumor yanglig' o'ram-o'ram bo'lib taxlanib yotibdi, lekin dasturxon qilinmagani uchun ham el undan xabarsiz:

Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,

Har taraf ko'nglumda qonlig’ dog'i pinhonimdin el.

G'azalning maqta'sida shoir o'zini bir qadar oqlaganday, mavjud holatga qo'l siltaganday bo'ladi. Zero, el shoirning muhabbat devonidan u oshiq bo'lgan parivashning ta'rifini o'qigan sayin yigit telbaJigi sababini anglab, uni aybsitmasalar kerak:

Ey Navoiy, qilmag'aylar ayb agar devonamen,

Ul pari vasfin o'qug'on soyin devonimdin el.

E'tibor qilinsa, eldan shikoyat qilib boshlangan g'azal an'anaviy yo'sinda yorgo'zalligining beqiyos ekanligini tasvirlash bilan yakun topgan. Belgilangan shakliy qoliplar doirasidabu xildagi kutilmagan mazmuniy kashfiyotlar qilish uchun chinakam she'riy iste'dod lozim bo'ladiki, hazrati Navoiyda u yetarlicha edi.

Shoir g'azaliyotining ko'lami va yo'nalishi haqida to'liq tasavvur hosil qilishda hazrati Alisher Navoiyning „Ko'rgali husnungni zor-u mubtalo bo'ldum sango" satri bilan boshlanadigan she'ri alohida ahamiyat kasb etadi.

Ko'rgali husnungni zor-u mubtalo boidum sango,

Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sango.

Ko'rinadiki, g'azal ishqiy mavzuda. Unda iztirob va tasalli ajib bir uyg'unlikda tasvirlangan. She'r an'anaviy, oshiqning ma'shuqaga dil izhori bilan boshlanadi: oshiq—yor husnini ko'rishga zor. U ishq deb atalgan dardga mubtalo bo'lgan. Shu sababli, u yor bilan oshno bo'lgan kunni „balolig"' (balo keltirgan kun) deb hisoblaydi. Baytdagi so'zlarni tushunish qiyin emas. Ularning ko'pchiligi bugungi kunda ham tez-tez ishlatiladi. Shoir, bir tomondan, yor husnini ko'rishga zor bo'lganini aytadi. Ikkinchi tomondan, unga yo'liqqan kunini „balolig' kun" (balo keltirgan, baxtsiz kun) deydi. Buni qanday tushunish kerak? Bu ycrda tazod bor. Bu tazodni birinchi satrdagi „mubtalo" (oshiqlik, bog'lanib qolish) va ikkinchi qatordagi „balo" so'zlari ta'kidlab turibdi. „Mubtalo"likka esa, chindan ham „oshno"lik sabab bo'lgan. Shu bois yorga oshno bo'lgan kun „balolig"'dir. Baytning mazmuni asosan „zor-u mubtalo", „balo", „oshno" so'zlari orqali berilgan.

Oshiq bu mubtalolikdan qutulishga urinadi. Har kun uni o'ziga mubtalo qilgan yordan ko'ngil uzishga harakat qiladi. Lekin kundan kun yordan uzilish o'rniga, aksincha, unga batarroq bog'lanib boradi:

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko'ngul,

Vahki, kun-kundin battarroq mubtalo bo'ldum sango.

Shoir yordan vafo qilmog'ini so'raydi, biroq jafo ko'radi. ,.Sen menga fido bo'lgil, deganingda bo'lmadimmi?!"— deya undan gina ham qiladi. Ma'shuqa esa, vafo o'rniga zulm qilishda davom etadi:

Men qachon dedim vafo qilg'il. manga zulm aylading,

Sen qachon deding, fido bo'lg'il mango, bo'ldum sango.

Yor—juda beparvo. U beparvogina emas, o'zini bilmaslikka solib, „bu qadar telbalarcha sevib qolgan pari paykaring kim o'zi?"—deb o'yin ham qiladi. Betoqat oshiq o'zini tamom unutib, „U—sen! Seni deb telba bo'ldim!"—deya hayqiradigan holatga keladi:

Qay paripaykarga, dersen, telbabo'ldung bu sifat,

Ey, paripaykar, ne qilsang, qil mango, bo'ldum sango.

Oshiq sevgisi uchun rag'batdan umid qilmaydi, jazolanmog'i mumkinligini ham biladi. Shu bois: „...ne qilsang, qil...",—deya xitob aylaydi. Har bir insonning asl hamdami — ko'ngli. Keyingi baytda shoir shu bois o'z ko'ngli bilan muloqotga kirishib, o'zining qaysarligidan, nasihatga quloq osmaganidan noliydi. Uning ishqi sabab sanoqsiz Ozorlar tortgan ko'ngilga yordam bcrish o'rniga, necha yuz ranj-u balo ustiga o'zi ham qo'shimcha „bir balo" bo'lganidan o'ksinadi:

Ey ko'ngul, tarki nasihat ayladim ovora bo'l,

Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sango.

Oltinchi baytda jomi Jam va Xizr suvi haqida gap ketadi. Ishqdagi dunyoviy belgi yo'qolib, ilohiy-tasavvufiy mazmun namoyon bo'la boshlaydi. Shoir soqiyga murojaat etib, mol-dunyodan kechib huzuringga kelganimdan buyon nasibam „Jomi Jam birla Xizr suyidir",— deydi:

Jomi Jam birla Xizr suvi nasibimdur mudom,

Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sango.

Rivoyatlarga ko'ra, jomi Jam, ya'ni Jamshid jomiga quyilgan may ado bo'lmaydi. Sehrli qadah esa o'z egasiga ikki dunyo sirlarini namoyon etadi. Xizr suyi tiriklik suvidir. Uni ichgan kishi abadiy yashaydi. Baytdan „gado boT'ish, ya'ni Alloh jamolidan o'zga narsalardan yuz o'girish oshiqni dunyo saodatiga erishtirdi,— degan so'fiyona ma'noni uqish mumkin bo'lganidek, senga ko'ngil qo'yganimdan buyon nasibam g'am mayi to'latilgan, hech tugamaydigan qadah va tinimsiz oquvchi ko'z yoshlar bo'ldi tarzidagi mazmunni ham anglash mumkin.

G'azalning so'nggi bayti—maqta'da so'fiyona fikr yanada kuchayadi. Navoiy yorga „asir-u benavo" bo'lganidan buyon ishq ahli (ushshoq) orasida „g'ussa changidan navo", ya'ni g'am- qayg'udan zarracha ham asar topmaganini ma'lum qiladi:

G'ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro

To Navoiydek asir-u benavo bo'ldum sango.

G'azalda „bo'ldum sango" birikmasi qofiyadan so'ng takrorlanib, radif vazifasini bajargan. Matla'dagi qofiya (mubtalo—oshno) g'azalning butun mazmuniga yo'nalish berib turibdi. Ramal bahrida yozilgan (ramali musammani mahzuf: foilotun foilotun foilotun foilun foilotun foilotun foilotun foilun). She'rda tazod, tajnis, talmeh san'atlaridan samarali foydalanilgan.

Mutafakkir shoirning go'zal g'azallaridan yana biri inson ruhiy holatlari nozikligi, sirliligi tashqi dunyo va odam surati bilan uyg'unlikda g'oyat nozik tasvirlangan:

Xil'atin to aylamish jonon qizil, sorig' yashil,

Shu'layi ohim chiqar har on qizil sorig', yashil

matla'li she'ridir. Birinchi baytdagi misralarda sabab va oqibat mutanosiblik bilan beriladi. Ya'ni Jonon qizil, sorig', yashil" kiyim kiyib, oshiqning usiz ham o'rtangan ko'ngliga bezovtalik solgani bois uning ohlari ham shunga monand „qizil, sorig', yashil" shu'lalar chiqaradi. Bu tasvirda teran mantiqqa asoslangan holda quyuq mubolag'adan foydalanilgan. Bu tasvir maromi keyingi baytda o'shanday shiddat bilan davom etadi. Oshiqning iztiroblari kuchayib boradi va ishq sahrosini ohlarining to'foni bilan „gulshan et"adiki, muhabbat samumi har tarafga qarab, „qizil, sorig', yashil" ranglarda esadi:

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin.

Kim csar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.

Bu oh alangasidan ishq sahrosi gulshanga aylanadi. Zero, gulzordagi gullarning orasida eng ko'p tarqalgan ranglar ham „qizil, sorig’, yashil"dir.

Ma'shuqaning husn-u jamoligina emas, balki uning yodi ham oshiq ko'nglida xuddi tuynukdan tushib turgan nurlar kamalagi singari „qizil, sorig', yashil" ohlar hosil etadi. Shoir tuyg'ulami sezdiribgina qolmaydi, balki ularga rang beradi, moddiylashtiradi, she'rxon ko'z oldiga keltirishi mumkin bo'lgan qiyos topadi:

Shishadek ko'nglumdadur gulzori husning yodidin,

Tobadonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.

Yorning yuzi, xoli, labi ustidagi xati xayolida dunyo oshiq ko'zi oldida goh qizil, goh sariq, goh yashil rangda tovlanadi. Chunki ma'shuqa jamoli ta'sirida qahramon hushidan ayrilayozgan:

Oraz-u xoling bila xatting xayolidin erur,

Ko'zlarimning ollida davron qizil, sorig', yashil.

Shoir, chamasi, do'stga murojaat etib, undan ko'klamda oltin jomda qirmizi may tutishni so'raydi. Uningcha, „yashil" o'tloqzorda „qizil" may ichishgina „sorig"' yuzli oshiqqa hijron azobini kamaytiradi. Unda bundan o'zga imkon yo'q. Shoir ruhiy holat va vaziyatni berishda ranglandan qanday ustalik bilan foydalanganligiga e'tibor bering:

La'lgun may tutqil oltun jom birla sabzada,

Kim bulardin yaxshi yo'q imkon qizil, sorig', yashil.

Navoiy ishq iztiroblari tasviridan sezdirmaygina charx adolatsizligidan yozg'irishga o'tib ketadil Faqir, ya'ni yo'qsilning hayoti rangsizligi bilan qiyin (dushvor). Uning turmushiga baxtsizlikdan boshqa rang kiritish o'ta mushkul. Garchi uning to'niga „qizil, sorig', yashil" yamoqlar solishdan oson ish yo'q! Ya'nikim, kiyimga rang berish oson-u, turmushga rang kiritish qiyin:

Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek,

Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig', yashil.

G'azalning maqta'sida tamomila boshqa fikr, o'zga ohang, bo'lakcha ifoda bor. Salgina oldin hajr azobi tufayli jafo chekkanidan yozg'irgan lirik qahramon bu o'rinda shoirga murojaat etib, uning she'rlari ranglarga boyligi bois, devonini bezash uchun „qizil, sorig', yashil" ranglar izlab yurishvshart emasligini eslatadi. Shu o'rinda shoirning faxriya tuyg'usi ham bo'y ko'rsatadi. Zotan, uning devoni, chindan ham, bezakka muhtoj emas. Negaki, undagi she'rlar sabab devonning o'zi „qizil, sorig', yashil" ranglarga to'la:

Ey Navoiy oltun-u shingarf-u zangor istama,

Bo'ldi nazming rangidin devon qizil, sorig', yashil.

She'rda boshdan-oyoq ranglar jilva qiladi. Shoir tanlagan uch rang: qizil, sariq, yashil — o'zining barcha tovlanishlari bilan namoyon bo'ladi. Tabiatdagi oddiy rang-tusni anglatishdan ijtimoiy, hatto siyosiy ohanglarni ifodalashgacha ko'tariladi. Shoir butun borliqda shu uch rangni ko'radi. Va olamni shu ranglar vositasida ko'rsatadi.

G'azal yor tavsiflga bag'ishlangan. Lekin bu tavsifda boshqa ko'p g'azallaridan farqli tarzda tabiat, jamiyat, ruhiyat baravar ishtirok etadi. Shoir tabiat manzaralaridan ruhiy manzaralarga, tabiat tamsillaridan jamiyat hodisalariga tomon boradi. Va shu tariqa, butun olamning yaxlit va birligini namoyish etadi. Qizil, sariq, yashil so'zlarining radif darajasiga ko'tarilishi bu ranglarning barcha ma'no va ifoda imkoniyatlarini ko'rsata olishga imkon beigan. She'rda tashbih, tanosub, dalillash san'atlaridan samarali foydalanilgan. Qofiyadosh so'z va birikmalar: „jonon—har on", „har yon— alvon" „davron — imkon" „oson — devon" shoirning asosiy fikrini ifodalashga yordam bergan. Vazni — ramali musammani mahzuf: foilotun foilotun foilotun foilun.

Buyuk shoirning she'rxon tuyg'ularini titroqqa solib, uning tafakkur tarziga o'zgarishlar kiritadigan she'rlaridan biri

Kimki, bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa, obod aylagay:

matla'li g'azalidir. G'azial ishqiy-tasavvufiy mavzuda. Lekin u faqat shu doirada cheklanib qolmagan. Odatdagidek, unda ham ko'pdan-ko'p hayotiy muammolar, hissiy lavhalar, dunyoviy manzaralar, axloqiy solishtirish va xulosalar aks etgan. Shoir xilma-xil vositalarni ishga solib, o'zining isfiqdan mahzun holini sharhlaydi. Kimki ko'ngli buzilgan bir mazlumning dodiga yetsa, buning savobi vayron qilingan Ka'bani tuzatgan bilan tengdir. Bir tomonda— „ko'ngli buzug'" (siniq) inson, ikkinchi tomonda — „vayron Ka'ba". Mana, shoir solishtirish uchun nimalarni tanlab oladi! Navoiyning insonni hamma narsadan muqaddas va musharraf tutganligiga, hamma narsani uning xizmatiga qo'yganligiga bundan ortiq yana qanday dalil keltirmoq mumkin?! Tazodning chiroyli namunasi bo'lgan bu bayt ushbu g'azalning shoh baytidir. Aslida, u yordan lutf-marhamat ilinjida aytilgan edi. Lekin u o'z holicha naqadar kcng miqyosli insonparvarlik madhiyasiga aylangan.

Avval aytilganidek, g'azallardagi har bir bayt mustaqil, o'z ma'nosiga ega bo'ladi. Nazariyotchilar g'azallardagi fikr izchilligi hamda obraz tasvirining tadrijiy berilishiga qarab ularni, ko'pincha ikki guruhga ajratadilar: voqeaband yoxud yakpora g'azallar va parokanda g'azallar. Shu jihatdan ..Kimki, bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay" she'rini parokanda g'azallar guruhiga kiritish to'g'riroq bo'ladi. Birinchi bayt benihoya jiddiy, chaqiriq ohangida. Ikkinchi baytda bu ohang, rub o'zgardi. Shuning o'zida tazod namoyon bo'lib turibdi. Ikkinchi baytda oshiqning yorga sadoqati yengil so'z o'yini, qarshilantirilgan mantiq yordamida ifodalanadi: garchi men xalqning erkin (ozod) farzandi esam-da, yor agar meni „bandam (asirim, qulim)",— degudek bo'lsa, bir bandasini „ozod" qilgandan ortiq ekanini yaxshi bilgil:

Garchi xalq ozodasimen, yor agar bandam desa,

Andin ortuq anglakim, bir banda ozod aylagay.

Navbatdagi baytda oshiq yorga intiqlik darajasi aks etgan. U faqat yorni o'ylaydi, u to'g'risida so'ylaydi. Agar biror kishi yor haqida so'z ochib qolguday bo'lsa, gapi tugamasidan burun yana qayta boshdan eshitishni istaydi. She'rda bu holat juda ta'sirli berilgan:

Yordin har kimki, bir so'z der, tuganmasdin bugun,

Istaramkim, avvalidin yona bunyod aylagay.

To'rtinchi baytda shoirning yor hajridan o'lishi shubhasizligi — birovga o'rganib, unga bog'lanib qolgan kishining jazosi shunday bo'lishi kerakligi jo'ngina hayotiy mantiqqa muvofiq tasvirlanadi. Shu o'rinda shoir shaxs erki, rub ozodligi masalasiga ham bildirmaygina e'tibor qaratadi:

Yor hijronidin o'lgumdur, bu nav' ermish sazo,

Ul kishigakim, biravga o'zni mu'tod1 aylagay.

Yorning beparvoligi oshiq ko'nglida tugunlar paydo qilgan. Ularni yechmoq (yozmoq) uchun sabrning varaqlariga ko'nglidagilarni bitsa (yozg'ay) bo'ladi, biroq bir ohdan hosil bo'lgan ishq shamoli varaqlarni to'zg'itib, barbod qiladi. Shu baytdagi „yozg'ay" so'zi yechgay va bitgay kabi ma'nolarda kelgan:

Necha sabr avroqi yozg'ay ko'nglumi bir oh ila,

Sarsari ishqing yetib borini barbod aylagay.

Keyingi baytda so'fiyona ma'no ifodalangan bo'lib, shayx uzlatga chekinib, ikkiyuzlamachiligini boshlayotgani, tariqatning tartibini ta'minlab, haq yo'lida yo'qlikka ketish yo'lini ko'rsatadigan yo'lboshchi qayerdaligi so'ralib, Yaratganga munojot qilinadi. Yettinchi bayt tasavvufiy misralaming davomiday yangraydi: odamlar orasida odamiylik kam. Kimda odamiylikka mayl bo'lsa, uni odam sanamaydilar. Hazrati Navoiy odam va odamiylik haqida hamisha o'ylanganlar. Butun ijodi, imoni ham, qalbi ham, tili ham „tamom" komil insonni shakllantirishga yo'naltirilgan. Shoirning mashhur: ..Odainiy ersang demagil odami, Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami" misralari ham shundan dalolat beradi:

Odam avlodida kamdurodamiyliq shevasi,

Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.

Oshiq falakning adolatsizligidan yozg'iradi: bu qanday balodirki, falak kimgaki adovat tig'ini ko'tarsa, yanglishib awal mening jonimga daxl qiladi? U adoqsiz zulmning sababini bilmoqchi bo'ladi:

Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tiyg'i kin,

Yongilib. awal mening jonimg'a bedod aylagay.

G'azalning maqta'si bo'lgan baytda shoir oldingi baytlarda gap nima haqda ekanini go'yo unutadi. Zero, parokanda g'azalning har bir bayti o'z holicha mustaqil mazmun ifoda etadi. Shu bois, tasvir birdaniga o'ta shaxsiy, aytish mumkinki, taijimayi holga doir ma'no kasb etadi. Navoiy agar yana Astrobod sari borishga istak bildirsam, to'qaydagi devlar qoiidan o'lim topay, degan qarorini bildiradi. Demak, bu she'r shoir Astroboddan qaytgan mahallar bitilgan bo'lib. o'sha vaziyatdagi kayfiyatini ham ifoda qiladi:

Besha ichra devlar maqtuli o'lsun, ey pari,

Gar Navoiy yonar azfni Astrobod aylagay.

Ushbu g'azalda, garchi, oldingi she'rdagidek ranglar tilga olinmagan bo'lsa-da, mazmun va ifodasiga ko'ra uning g'oyat rang- barangligini inkor qilib bo'lmaydi. Unda Ka'badan boshlangan so'z Astrobodgacha kelgan. „Yorga banda"likdan mayxonadagi „fano rasmi"gacha bor. She'rga „aylagay" so'zi radif qilib olingan, „Shod — obod", „ozod — bunyod", „mu'tod — barbod", „irshod—odami¬zod" „bedod — Astrobod" so'zlari qofiyadosh bo'lib kelgan.

Alisher Navoiyning sevgi tuyg'ulari o'zgacha yo'sinda aks etgan g'azallaridan yana biri „Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o't" satri bilan boshlanadigan she'ridir. Tadrij asosida yaratilgan bu yakpora g'azalda olamdagi barcha narsalarda faqat ma'shuqasini ko'radigan, u haqdagina o'ylay oladigan oshiqning ruhiy iztiroblari ifodalangan. Lirik qahramon yoki shoir ko'klamda poyonsiz lolazor ichida turib, uning tengsiz go'zalligidan hayajonga tushar ekan, undan lazzat olmaydi. Bil'aks, bu holat unga yorga bo'lgan miqyossiz muhabbatini eslatadi:

Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o't,

Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushti o't.

Lolazordagi ufqlarga tutashib ketgan poyonsiz qizillikni shoir inkor etib, uni dunyoga tushgan o't deydi. Jahonga o't ketishi bejiz emasdi, u oshiqning yengilgina ohidan paydo bo'ldi. Lolazor cheksiz bo'lganidan qizillik osmon bilan qo'shilishib ketganday tuyuladi. Nihoyat, ko'kda ham bir qizillik paydo bo'ldi. Ehtimol, bu shafaqdir. Yo'q! U oshiqning ohi tufayli Yer yuzini yondirib yuborgan olovning huv ufqda, osmon bilan tutashgan joyda, ko'kka ilashib ketgani tufayli paydo bo'lgan rang!

Shoir keyingi baytlarda tasvirni kuchaytirib, ruhiy holat ifodasini oldingi avj nuqtasidan tushirmaydi. Yorning yuzi uni ko'rgan davlatli kishilarni o'rtashini eshitiboq, shu vaqtga qadar yorni ko'rmagan kambag'al oshiq bag'riga o't tushdi. Shoir ma'shuqa yuzining shu'lasi oshiq sabrini kuydirganligf, ofat chaqmog'i, ya'ni suyuklining ko'zi ishq karvoniga o't qo'yganligi tasvirini berar ekan, matla'dagi tasvir tarangligini saqlab qoladi. Shoir g'oyat baland, turmush tashvishlaridan yuqori tushun- chalar haqida qalam surar ekan, ularni hayotiy hodisalarga qiyoslab tasvirlaydi:

O'qlaring ko'nglumga tushgach, kuydi ham ko'z, ham badan,

Kim, kuyar o'lu quruq chun nayistong'a3 tushti o't.

Shoir yor nigohini o'qqa qiyoslaydi, lekin u ko'zga emas, ko'ngilga tushgani bois ham ko'zni, ham badanni kuydirdi. Zero, qamishzorga o't ketsa, ho'l-u quruq baravar yonadi-da! G'azalning oltinchi baytida oshiqning hammadan ko'proq qiynalayotganligi an'anaviy yo'sinda tasvirlanadi. Ma'shuqa boshqalarni kuydirmoqchi bo'lib, yuz ochgandi. Elga solingan o't yana kelib notavon oshiqni yondirdi. Shu bois qahramonning:

Ey Navoiy, bilki ohe chekmisham beixtiyor,

Desalarkim, beshayi Mozandarong'a tushti o't

deya nola qilishida mubolag'a yo'q. Oshiq shunchalar ko'p kuydiki, endi olamning qayerida bo'lsa ham yongan o'tga u oh chekaveradigan holatga kelgan. Shoir o'zganing dardini o'ziniki qadar sezadigan, birovlar uchun qayg'ura oladigan ezgu ma'naviyatli kishi holatini shu tarzda esda qoladigan qilib aks ettirgan.

Alisher Navoiy hazratlarining muhabbat mavzusidagi she'rlari orasida:

Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach

Sham' ravshanroq bo'lur torin parishon aylagach

matla'si bilan boshlanadigan g'azali ham alohida salmoq kasb etadi. Unda yordan jafolar ko'raverib ozurdajon bo'lgan oshiq holati yor siymosiga daxldor muchalar bilan muvoziy tarzda tasvir etiladi. Go'yo shamning piligi tirnab to'zg'itilsa, u yaxshiroq yonib yorugiik tarqatgani kabi, yor yuziga tushib turgan zulflarini salgina to'zg'itib yoqimli is taratsa, uning husni chandon ortadi. Oshiq yor yuzining qip-qizilligini ko'rdi-yu, qurboni bo'ldi. U faqat bir narsani bilolmay hayron: ma'shuqaning chehrasi gullar bilan bezangani sababli qizilmi yoki uni qurbon qilayotganda qoni sachrab ketgani uchunmi?

Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,

Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?

Oshiq ko'nglini zabt etgan yor jabrini o'zga yurtni bosib olgan hukmdorlarning odatlari bilan qiyoslab ko'radi. Ular vayron qilingan mamlakat yerlariga ekin ektirganlari kabi yor ham qarashining tig'i bilan ko'ngilni vayron qilib bo'lgach, unga umid urug'ini sepib qo'yadi. Ma'shuqa shunchalar go'zalki, u yuzini ochishi bilan oshiq ko'zlari hayron qoldi va bu orada qiz uning ko'nglini bildirmasdan olib qo'yishga ulgurdi. Dillarda muhabbat tuyg'usi paydo bo'lgan onlarni bu qadar jonli va original tarzda ifodalash uchun faqat daho shoir bo'lish talab etiladi. Shunday sanamga ko'ngil berish — xavfli. Chunki visolning hijroni bor.

Xazinani yashirtirgan sulton yaqin kishisi (mahrami)ni o'ldirganiday, go'zallar ham ko'nglini olgach, beparvoligi bilan uni halok qiladi:

Jong'a qo'yg'ach naqdi ishqing qildi ko'nglumni halok.

O'lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.

G'azalning maqta'sida tasvir yanada quyuqlashib, ruhiy holat shiddati ortib boradi. Negaki, shoir qanchalar qiynalmasin. yor tufayli azob chekkanini tan olgisi kelmaydi. Shu bois haqli savol tug'iladi:

Ey Navoiy, ishq agar ko'nglungni majruh etmadi.

Bas nedurkim, qon kelur og'zingdin, afg'on aylagach?!

Buyuk mutafakkirning dunyo, hayot, inson, uning umri va tiriklik mazmuni haqidagi teran o'ylari, anduhli niulohazalari shoirning „Junun vodiysig'a moyil ko'rarmen joni zorimni" satri bilan boshlanadigan g'azalida adoqsiz bir dard va tengsiz mahorat bilan berilgan:

Junun vodiysig'a moyil ko'rarmen joni zorimni,

Tilarmen bir yo'li buzmoq buzulg'on ro'zgorimni.

Tiriklikning tuganmas tashvishlari, charxning o'lchovsiz qilvirliklari va odamlarning riyokorliklaridan bezgan donishmand kishi holati matla'da o'ta ta'sirchan aks etgan. Qahrambn o'zini telbalikka, ya'ni Junun vodiysig'a moyil ko'ra"di. Chunki u dunyoni tuzatmoqchi, odamlarni komil qilmoqchi, yurtni obod etmoqchi edi. Hayotning tartibi shunday bo'ldiki, nafaqat ezgulikni olamga yoya oldi, balki o'z „ro'zgori"ni ham omon saqlab qola bilmadi. Garchi, mazkur g'azal „G'aroyib us-sig'ar" devoniga kiritilgan bo'lsa-da, undan katta hayot tajribasiga ega, turmush to'g'risida asosli xulosalar chiqarib olgan kishining ruhi sezilib turadi.

Shoir falakning adolatsizligi sabab tuproqqa aylanganidan zorlanar ekan, endi uni to'tiyoliqqa izlaganlar ham biror zarrasini topolmasliklarini tilashini bildiradi. Bu o'rinda dunyodan ko'ngli qolgan kishi holati bo'y ko'rsatib turibdi. Qahramon qismat oldida ojiz ekanligini sezadi va o'zini tasodif (qazo)ning qo'liga topshirishni ixtiyor etadi. Chunki dunyoning adolati shundayki, odamda biror yo'Ini o'z ixtiyori bilan tanlash imkoni yo'q. Hayotning zulmi izsiz ketmagan:

Tugandi ashki gulgun emdi qolmish za'faroniy yuz,

Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.

Tortgan azoblar sabab lirik qahramon ko'zidan to'kilayotgan qonli yoshlar ham tugab bo'ldi. Endi faqat sarg'aygan yuzgina qoldi. Chunki falakning zulmi kuzning evaziga uning umri ko'klamini olib qo'ydi. Bu tasvirlardagi hayotiy haqiqat, ohang ma'yusligi, timsollarning ta'sirchanligi o'quvchini o'ziga roni etadi.

G'azalning oltinchi baytiga kelib, asarga yor obrazi kelib qo'shiladi. Lekin bu yerda ham u oshiqqa zahmat yetkazuvchi sifatida beriladi. U tufayli boshig'a yuz mehnat (tashvish, azob) tushgan oshiq yordan ham, diyordan ham kechib, bosh olib ketishga qaror qiladi. Keyingi baytlardayoq ma'shuqa timsoli tasvirdan tushib qoladi. Yana inson hayoti va uning mazmuni haqida o'ylayotgan fikrchan kishi obrazi gavdalantiriladi. O'ychil bu kishi shunday abgor ahvoldaki, uning bag'ri parchalanganidan qonga belangan yuzini ko'rib ichi achimagan odam yo'q. Hayotning achchiq sharobi oshiq boshini aylantirgan. Shu bois zahri qotil quyishlarini o'tinadiki, uni ichib, xumor — bosh og'riqdan bir yo'la qutulsin. G'azal maqta'sida shoir tirik odam dunyo tashvishlaridan qutulishi mumkin emasligiga yana bir bor iqror bo'ladi va bor-yo'g'ini olib bo'lsa-da, ozodlik, ketish imkonini ber deya iltijo qiladi:

Jahon tarkini qilmay, chunki tinmoq mumkin emasdur,

Navoiy, qil meni ozod o'rtab' yo'q-u borimni.

Alisher Navoiy g'azallari orasida qanoat, shukronalik tuyg'ulari aks etgan asarlar ham anchagina. Garchi, Navoiy „yoshli ko'z — buloq", „dardli qalb — charog'" degan va insoniy dard-u alamni baland pardalarda kuylagan" esa-da, hayotiy qoniqish tuyg'usi unga begona emas edi. Shoirning „Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko'rmadim" misrasi bilan boshlanadigan she'rida esa mana shu kayfiyatga ters holat, yaxshilikka yomonlik ko'rgan kishi tuyg'ulari aks etganligini ko'rish mumkin. Shoirning mahorati shundaki, go'yoki tasdiqqa o'xshab tuyuladigan va shukronalikni ifodalashga xizmat qilishi lozim bo'lgan so'zlar so'roq ohangi berilishi bilan shoir ko'zda tutgan nolish ma'nosini ifodalaydigan bo'ladi. She'rdagi:

Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko'rmadim,

Ko'rguzub yuz mehr, ming dard-u balosin ko'rmadim

satrlari so'roq ohangisiz o'qilsa, shoirning yaxshilikka yomonlik ko'rmadim degan qanoatini bildirganga o'xshaydi. Lekin xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak bo'ladi. Chunki ikkinchi baytdayoq tasvir pallasi boshqa tomonga og'ayotganini sezish mumkin bo'ladi. Qahramon fido qilingan bosh evaziga „har tarafdan yuz tuman tig'i jafo" ko'rganidan zorlanadi. Shoir kimga mehr-u muhabbat ko'rsatgan bo'lsa, qilgan har bir vafosi uchun yuz jafo ko'rib, jazosini tortganidan yozg'iradi. Qahramon ishq ichra kimdan ko'zining oq-u qorasini ayamagan bo'lsa, ulardan xiyonat qaytgani sabab to'kilgan qonlar orasida yotgan o'z ko'zining ,,oq-u qarosin" ko'rgan. Bu hoi quyidagi baytda o'z ifodasini topgan:

Kimga soldim ko'z qora-vu oqini ishq ichrakim,

Qon aro pinhon ko'zim oq-u qarosin ko'rmadim?

Dunyoning adolatsizligi haqidagi falsafiy o'ylar g'azal yakunida mutasawifning qanoatiga aylanadi. Shuncha adolatsizliklami ko'ra turib ham u jannat ilinjidagi shayx oldida tavba qilishni istamaydi. Negaki, „dayr piri"—mayxonachi yoki tasavvuf lug'atida ustoz ma'nosini anglatuvchi shaxs bu tavbani ma'qullamagandi.

Navoiyning minglab g'azallari orasida „Bizing shaydo ko'ngul bechora bo'lmish" deb boshlanadigan g'azal ohangining yengilligi, o'qilishining osonligi va mazmunining salmoqdorligi bilan ajralib turadi. Bu she'rda ko'ngul obrazi shunchaki detal errias, balki mustaqil personaj darajasida tasvirlangan. Chorasiz qolgan ko'ngil qiyinchilik (malolat) dashtida ovora bo'ladi. Uning boshiga „tosh ustiga tosh" yog'iladi, tanida „yara uzra yara" paydo bo'ladi. Alamdan boshini tosh (xoro)ga uraverganidan „so'ngaklari pora-pora" bo'lgan. U bemorligidan balo tog'ida yotib qolganda tikanlar po'stin (sinjob) vazifasini o'tagan ekan. Navoiy o'ynoqi ohangli g'azalida g'amlarni shunchalik tizib tashlaydiki, oxirida o'ziga murojaat qilib:

Navoiy, choradin ko'p dema so'zkim,

G'amingga chorasizlik chora bo'lmish

deydi. Buyuk mutafakkir insonning oh-u nolalari chora bo'lolmasligini lirik qahramon qismati timsolida juda ta'sirli ko'rsatib beradi. Shoir „g'am", „chora", „chorasizlik" singari turli ma'noli so'zlarni yonma-yon keltirish orqali kuchli tasviriy samaraga erishgan. Alisher Navoiy chindan ham g'azal mulkining sultoni edi. Oradan shuncha vaqt o'tganiga qaramay, hanuzgacha turk tilida g'azal yozish bobida u kabi darajaga erishgan boshqa shoir yo'q.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish