1-mavzu Alisher Navoiy hayoti va faoliyati (1441-1501) reja



Download 477.5 Kb.
bet7/13
Sana20.01.2017
Hajmi477.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13

Savol va topshiriqlar
1. Birinchi bo'lib kim „Xamsa'r yozgan? Uning maydonga kelish tarixi, tarkibidagi dostonlar, ularning mazmuni haqida to'xtaling.

2. Alisher Navoiy „Xamsa"sining oldingilaridan farqlarini ko'rsating. Shoirning zamondoshlari uni qanday baholadilar?

3. „Hayrat ul-abror" dostonidagi qarashlarga tayanib, Navoiyning dunyoqarashini tushuntirishga urinib ko'ring. '

4. Navoiyning ,,Layli va Majnun" dostonida ruhiyat tasviriga, psixologik dafillashga qanday o'rin ajratilganligini asoslang.

5. Dostonda ilohiy ishq qanday tasvirlanganiga to'xtaling.

6. Navoiy Bahrom haqidagi doston mualliflariga qanday e'tirozlar bildirdi va o'zi bu kamchilildarni qanday tuzatdi?

7. Dostondan Bahrom halokati tasvirini o'qib, sababini sharhlang.

8. Jahongirning ochiq ketgan qo'li to'g'risidagi rivoyatni sharhlang.


8-MAVZU

Muhammad Shayboniy, Husayn Boyqaro

REJA:


  1. M. Shayboniyxon haqida

  2. Shoir g’azallari tahlili

  3. H.Boyqaro haqida ma’lumot

  4. Uning ijodiy merosi

Muhammad Shayboniy temuriylar sulolasi o'rniga kelgan shayboniylar sulolasining asoschisidir. U 1451-yilda tug'ildi. Yoshligida otasi Shoh Budog' vafot etib, ukasi Mahmud Sulton bilan birga bobosi Abulxayrxon qo'lida tarbiya topti. U zamonasining donishmandlaridan, harbiy sarkardalaridan ta'lim oldi. Buxoroda ikki yil madrasada o'qidi.

90-yillarning so'ngida taxt uchun kurash boshladi. 1499— 1504-yillarda Movarounnahrni Abusaid avlodlari qo'lidan tortib oldi. 1505-yilda Xorazmni, 1507-yilda Xurosonni egallab, temuriylar hokimiyatiga barham berdi. Eron va Iroqni bosib olishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Biroq 1510-yil 10-sentabrda Murg'ob daryosi bo'yidagi lsmoil Safaviy qo'shini bilan bo'lgan jangda halok bo'ldi.

Shayboniyxon ko'p jihatlardan AmirTemur tutumiga ixlos va rioya bilan qarar, jumladan, saroyga olim va shoirlarni, san'at ahlini to'plab, ijodga targ'ib-tashviq etar edi. O'zi esa turkiy va forsiyda yaxshigina she'r yozar, surat chizar, xushovoz qiroatxon edi, musiqa bilan shug'ullanardi. To'ng'ich o'g'lining ismini Temur Sulton qo'ygan edi. Shayboniyxondan bizga bir «Devon» va «Bahr ul-hido» («Hidoyat dengizi») nomli doston yetib kelgan.

Shayboniyxon devoni Istambulda To'pqopi saroyi muzeyida, 1508-yilda yozilgan dostoni esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Uning she'rlaridan ayrim namunalar unga bag'ishlangan turli kitoblarda, jumladan, Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida keltirilgan. Masalan, Nisoriyning ma'lumotiga qaraganda, Shayboniy mo'g'ullar istilosida shahid bo'lgan xoraznilik mashhur Najmiddin Kubroga bag'ishlab «Shahi shuhado» («Shahidlar shohi») degan ta'rix-she'r yozgan. She'r muxlislari orasida keng yoyilgan «yobu» so'zining urug' va otning turi ma'nosini anglatishidan ustalik bilan foydalanib yozilgan quyidagi tajnisli tuyuqni ham Shayboniyxonga nisbat beradilar:

So'g'd ichinda o'lturubdur yobular,

Yobularning mingan oti yobular.

Yobulaming ilgidin cl tinmadi,

Yo bular bo'lsin bu ycrda, yo bular.

Devonidagi g'azallarda o'z taqdiridan mamnun va minnatdor, hayotining har bir daqiqasi uchun Ollohga shukrona keltiruvchi mo'min-musulmon qiyofasi namoyon bo'Iadi. Muallif:

Ey Sha(y)boniy, bandalik tavrin ilikdin bermagil

Kim, jahonning podshohi hazrati jabbor erur, —

deb yozadi va «hazrati jabbor»ga «bandalik» (qullik)ni «ilik» (qo'l)dan bermaslikka chaqiradi. Uning may, ishq haqidagi fikrlari ham ilohiy mazmunga xizmat qiladi. Masalan, ishq shahri - ta'rifiga bag'ishlangan she'riga «barobar» so'zi radif qilib tanlangan. G'azal

Kezdim bu ishq shahrin ayshu tarab barobar,

Ko'rdum aning bozorin har ro'zu shab barobar

bayti bilan boshlanadi. Darhaqiqat, bu shaharda hamma teng («barobar»), hamma ayshu ishratda (Ollohning zavqi va ishtiyoqi bilan band). Selling ham yo'ling bu tomonlarga tushsa, «piri mug'on» (shayx)ga bor, «mayxona»dan «may ich» (shayx suhbatini ol), «jomi shariat» seni «ishq ah1i» bilan «barobar» qiladi. Bu shaharning kishilari barcha g'am-g'ussadan ozoddirlar.

Shayboniyxon she'rlarida Samarqand va Buxoroning baland, ko'tarinki ta'rifi beriladi. U qayerga bormasin, shu ikki shaharni qo'msaydi. Hatto, go'zal Hirot ham unga tatimaydi:

Har kishi kctsa Samarqand shahridin, nochor kelar,

Jannat ul-ma'voda ham bo'lsa, Samarqandni tilar.

Man Hirining shahrida turmoqqa bir yer topmadim,

Vah, Samarqandu Buxoro, qayda bo'lg'aymu ular.

Kirmonu, Shodmonu Qohliqu Darg'om suyi

Na qilay man, ketmadi hargiz ko'nguldin ushbular.

Kim Samarqanddek jahonda bo'lmag'ay xush marg'zor,

Do'stlar, men naylayin, kctmas ko'nguldin sabzalar.

Bu Hirining donish ahli har necha ayb etsangiz,

Qaydakim bo'lsa Sha(y)boniy, ul Samarqand orzular.

Shoir ayrim she'rlarining yozilish tarixini ham qayd etgan. Masalan, u Samarqandga bag'ishlangan «Ko'ngul qoni bilan bitgan o'shul lola yuzungdandur» deb boshlanadigan g'azaliga saj' yo'li bilan shunday izoh bergan: «Samarqandni gul vaqtida qabaduq. Bog'larini gasht qilduq, Bog'lari barcha asbobliq, har tarafi alqobliq, har yoni latofatliq va ichlari mushk-anbar bo'yluq.

Ul gulistonlarning tafarrujgohinda borib turduq. Ko'rarman: dilbar og'zidin g'unchalar bog'lanib turur. Mahbubning la'li labindin ochilgon gullar yoqutrang bo'lub tunir. Va yana yorning alin ko'rub, lolaning ichinda dog' bog'lanib turur. Va sanubarlar ailing qaddining misolinda andak havodan ohista tebranur va taqi taxt al-anhor va jannat ul-ashjortek bu bog'larning qushlari har sanubar, sarvlari bo'stonida qo'nub, har turluk nag'malar birla ishqibozlik qilur.

Faqir bulbulning rangi sarg'arib, gul vasfidin dimog'i qurub, ishq-ushshoq navosinda har turluk nolon qilurman. Faqir bularningbu hollarin ko'rdum, o'zumdin kettim, sanam zulfitek parishon bo'ldum. Ishqim o'tig'a boshimdin shamtek yonib, mijmardek ichimdin kuyub, bu g'azalni ayttim».

Shayboniy va undan boshlangan shayboniylardavri she'riyati adabiy til va ifodaning soddalashuvida, adabiyotning xalq jonli tiliga yaqinlashuvida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Savol va topshiriqlar

1. XVasrning ikkinchi yarmi va XVI asrni nega adabiyotimizning eng yuksak davri deymiz?

Ushbu davrda yuz bergan asosiy tarixiy voqealarni aytib bering.

2. Husayn Boyqaro zamonasida Hirotda bajarilgan qurilish va obodonchilik ishlaridan qaysilarini bilasiz.

3. Mazkur davrdagi xattotlik va uning namoyandalari, musiqaning rivoji haqida nimalar deya olasiz?

Tarix va adabiyotshunoslik ilmi haqida-chi?

4. Turkiy til va adabiyot deganda nimani tushunasiz?

Turkiy tiling Husayn Boyqaro zamonidagi ahvoli va taraqqiyoti, bu boradagi qiyinchiliklar to'g'risida gapirib bering. Navoiyning xizmatlarini ayling.

5. O'zbek tiliga munosabatda, uning qadri, o'rni, zarurati masalalarida ilk mustaqillik davrimiz — bugungi kun bilan Navoiy zamonasi orasida o'xshashlik sezasizmi? Agar sezsangiz, bu o'xshashlik nimalarda ko'rinadi?

6. XVI asrda shayboniylar timsolida dasht o'zbcklarining hokimiyat tcpasiga kclishi adabiy til takomiliga qanday taisir ko'rsatdi?

7. Badiiy ijod bilan shug'ullangan temuriy hukmdorlardan kimlarni bilasiz? Shayboniylardan-chi?

8. Adabiyotdagi zullisonaynlik va uning sabablari haqida nima deya olasiz? Jomiy va Navoiy munosabatlari haqida-chi?

9. XV asming ikkinchi yarmi va XVI asr adabiyotimizning mavzu- mundarijasi haqida so'zlab bering.

10. Bu davr poetik janrlaridan qaysilarini aytib bera olasiz?

11. G'azal haqida ma'lumot bering.

12. Muammo janrini tushuntiring.

13. Bu davr o'zbek (turk) nasri haqida so'zlab bering.

14. Bu davrda yashab ijod etgan va dcvon tuzgan shoh shoirlardan kimlarni bilasiz?

15. Husayn Boyqaroning hayoti va ijodi haqida gapirib bering.

16. Muhammad Shayboniyning hayot yo'li va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilib boring.



Husayn Boyqaro

(1438-1506)

Husayn Boyqaro ham shoh, ham shoirdir. Uning nomini tilga olganimizda darhol Alisher Navoiy esga tushadi. Darhaqiqat, ular zamondosh edilar. Yoshlikdan umrlarining oxirigacha hayotlari birga kechdi. Bir-birlariga hamkor, madadkor bo'lib yashadilar. Husayn Boyqaro qudratli shoh, buyuk homiy sifatida Alisher Navoiy dahosining yuzaga chiqishiga qanday yordam bergan bo'lsa, Navoiy ham, o'z navbatida, Husayn Boyqaro saltanatining qudratini ta'min etishda, ovozasini olamga yoyishda shuncha xizmat qildi. Ma'lum vaqt o'tgach, mashhur ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy (1498—1556) Navoiyni ulug'lar ekan, «Manzuri shohanshohi Xuroson («Xurosondagi shohlar shohiga manzur bo'lolgan shoir») deb ta'rif etadi.

Umuman olganda, Husayn Boyqaro shaxs sifatida ham qator fazilatlar egasi edi. Masalan, u mard, shijoatli bo'lgan, qilichbozlikda temuriylar orasida unga teng keladigani bo'lmagan. Adolatli bo'lgan... Adabiyotni, san'atni sevgan. Uning kamchiliklari ham yetarli edi. Maishatparast edi...

Husayn Boyqaro Hirotda tug'ildi. Otasi Mansur ham, onasi Firuzabegim ham Temur avlodidan edilar. Shu sababli Zahiriddin Bobur uni «karim ut-tarafayn» («ikki tomonlama ulug'») deb atagan edi.

1457-yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etgach, Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga kirishadi. Uzoq kurashlardan so'ng u 1469-yilda temuriylar saltanatining XV asrdagi eng yirik poytaxti Hirotni egallaydi va 1506-yilgacha — vafotiga qadar mamlakatni boshqaradi.

Husayn Boyqaro davrida mamlakatda ilm-fan, adabiyot rivoj topli. Poytaxtga iste'dodli ziyolilar, iqtidorli hunarmandlar to'plandi. Madrasalar tartibga tushdi. Juda ko'p dunyoviy fanlar o'qitila boshlandi. Davrning eng peshqadam olimlari mudarrislikka jalb etildilar. Bu madrasalarda ko'plab xorijiy mamlakatlardan talabalar kelib tahsil ola boshladilar. Obodonchilik, qurilish ishlari amalga oshirildi. Uzoq-yaqin mamlakatlar bilan do'stlik, hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi. Masalan, 1490-yilda Husayn Boyqaro Moskvaga elchi yuborib, do'stlik va inoqlik haqida shartnoma ttizishni taklif etgan. Husayn Boyqaro «Husayniy» taxallusi bilan she'rlar yozgan va undan bizga bir «Devon» va «Risola» meros bo'lib qolgan. Devondagi she'rlarining ko'pchiligi ishq va may mavzuida. Masalan, Husayn Boyqaro «o'ti» radilli g'azalida «o't» («olov») so'zining ohang va ma'nolaridan g'oyat ustalik bilan foydalanadi. Oshiqning ichki kechinmalarini ta'sirchan lavha va manzaralarda ifoda etadi. She'r:

Gar Husayniyg'a bir o'tlug' yuz g'ami o't solmasa,

Bas nechuk olamni kuydurdi Navoiyvor o'ti?

degan hayajonli bayt bilan yakunlanadi.

Husayn Boyqaroning may mavzuidagi she'rlarida esa ilohiy mazmun sezilib turadi. Ya'ni may Ollohni anglash, unga yetishish vositasidir.

Shoirning bir qator she'rlari Navoiyga ergashib yozilgan. Masalan, Navoiyning mashhur:

Ochmag'ay erding jamoling olam aro koshki,

Solmag'ay erding bori olamda g'avg'o koshki, —

matla'li g'azaliga:

Qilmag'ay erdim yuzin ko'rmak tamanno, koshki,

Solmag'ay erdim ko'ngil mulkiga g'avg'o koshki, —

deb boshlanadigan javob she'r bitgan.

Navoiy ham Husayniy she'rlariga naziralar bog'lagani ma'lum. Masalan, Husayniy:

Ey jafo tiyg'i, kelib majruh ko'ksumni yoru,

Qo'l yalang aylab solib, har yon ichimni axtaru.

Navoiy:

Rahm etib, ey do'stlar, majruh ko'ksumni yoring,



Qo'l yalang aylab solib, har yon ichimni axtaring.

Alisher Navoiy Husayn Boyqaro — Husayniy she'riyatiga yuqori baho beradi, «Majolis un-nafois» tazkirasida unga maxsus bir fasl ajratadi.

Husayniy g'azallarining hammasi bir vaznda — ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilon)da edi.

Risola nasrda bo'lib, muallifning o'ziga xos shukronasidir. Bu ixcham risola Olloh inoyat etgan podshohlik shukronasi bilan boshlanadi. Muallif ilm-ma'rifat yo'lida qilingan ishlar, she'riyat ravnaqidan so'z ochadi. Abdurahmon Jomiyni hurmat bilan tilga oladi, Alisher Navoiyning turkiy til va adabiyot rivojidagi buyuk xizmatini zavqu shavq, ko'tarinki bir hayajon bilan olqishlaydi. Uning «Xamsa»sini ko'klarga ko'tarib ta'riflaydi. U bilan zamondosh, yaqin do'st bo'lganidan iftixor etadi, shukronalar keltiradi.

Husayniy g'azallarining XV asr o'zbek she'riyati taraqqiyotida o'z o'rni bor. «Risola» esa, bir tomondan, Alisher Navoiyning turkiy til va adabiyot taraqqiyotidagi buyuk rolini anglashga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan, shakllanib kelayotgan nasrimizning muvaffaqiyatli tajribalaridan biri bo'ldi.

9-mavzu

Muhammad Solih ijodi

(1455-1534)

REJA:


  1. Muhammad Solih haqida

  2. Adib qo’lga kiritgan yutuqlar

  3. “Shayboniynoma” dostoni

Navoiy zamonasining iste'dodli shoirlaridan biri Muhammad Solih naqqoshlik, xattotlik san'atlaridan ham yaxshigina xabardor bo'lgan. Uning „Shayboniynoma" dostoni tariximizning XV—XVI asr voqealariga, temuriylar va shayboniylar orasida kechgan kurash voqealariga bag'ishlangan jangnomadir. Muhammad Solih 1455- yilda Xorazmda tug'ildi. Uning ota-bobolari temuriylar xonado- nining yaqin va e'tiborli kishilaridan bo'lganlar. Bobosi Amir Shohmalik Mirzo Ulug'bekning tarbiyachisi bo'lgan. Otasi Nur Saidbek esa, Mirzo Ulug'bek saroyida xizmat qilgan. Alisher Navoiy u haqda „Majolis un-nafois" asarida yozadj?-„Nur Saidbek xorazmlig'dir. Tab'ining ne miqdor quvvati va latofatini she'ridan bilsa bo'lur. Bu matla' aningdur:

Moro dar in diyor tuyi dilnavozu bas,

Dorem az tu go'shai chashm niyozu bas.

(Bizning bu diyorda dilnavozimiz sen, xolos. Sendan marhamat ko'zi bilan boqishni kutamiz, xolos). Qabri Marv viloyatidadir". Nur Saidbek XV asrning oltmishinchi yillarida Abu Said mirzoning Xorazmdagi noibi edi. 1467- yilda toj-taxt ilinjida Dashti Qipchoqda „qazoqlikda"' yurgan Husayn Boyqaro Xorazmni zabt etadi. Abu Said mirzo yordam yuborib, yurtni qaytarib olishga muvaffaq bo'Iadi. Ayni paytda, bu ishni taftish qilish, aybdorlami aniqlab, jazolashni buyuradi. Shunda bir qancha amaldorlar qatori amir Nur Saidbek ham Husayn Boyqaroning oz sonli qo'shiniga dosh berolmay, jangni tashlab qochgan xiyonatchi sifatida Hirotga keltirilib, siyosiy mahbuslar uchun mo'ljallangan Ixtiyoriddin qal'asiga qamaladi. Abdurahmon Jomiy o'rtaga tushib, shohdan uning gunohini so'rab oladi. Shoh Jomiy yuzidan o'ta olmay, Nur Saidbekning gunohini kechadi. Mol-mulkini qaytarib, yana amirlari qatoridan o'rin beradi va Marv shahriga hokim qilib yuboradi. Lekin ko'p o'tmay, Nur Saidbek sirli bir tarzda o'ldiriladi.

1499- yilda temuriylar saltanati tanazzulga yuz tut sahnasiga yangi sulola chiqib kela boshlagan bir paytda tei dargohini tark etib, Shayboniy huzuriga boradi. Shi temuriylarning ko'zga ko'ringan bu amirzodasini izzat-ikrom bilan kutib oladi. Uni „amir ul-umaro" (amirlar amiri), „ma shuaro" (shoirlar shohi) deb e'lon qiladi. Shayboniy Mul Solihni o'ziga g'oyat yaqin tutadi, safarlarda birga olib yuradi. harbiy yurishlarga ketayotganida eng ishonchli kishisi sift o'rniga qoldiradi. Jumladan. 1500- yilda Boburga qarshi Sar sari otlanar ekan, poytaxt qilib turgan Buxoro hokimligi Muhammad Solihga topshiradi. 1504-1505- yilda Xorazm esa, Muhammad Solih amir ul-umaro sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, uning ma'lum muddat Chorjo'yda, so'ng Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida hokim bo'lgani va shayboniylar tomonida turib, temuriylarga qarshi kurashgani zamondoshlarining kitoblarida qayd qilinadi. Shuningdek, uning Mirzo Ulug'bek nomli Shayboniyxon ayricha mehr bilan qaraganligi, Niso shahr hadya etganligi ham aytiladi. „Tarixi Rashidiy" asari mualli Haydar Muhammad Solihning o'g'li Mirzo Ulug'bekning is shoir bo'lganini aytib, uning bir turkiy g'azali matla'sini keltiradi.

Ey, xush ul kunlarki, ko'nglum vaslidin xushhol edi,

Axtarim farxundau baxtim humoyunfol edi.

Muhammad Solih 1534-yilda shayboniylar saltanati Buxoro shahrida vafot etgan.

Muhammad Solih o'zbek va fors tillarida baravai tebratgan shoirlardan edi. Tarixchi Mirzo Haydar uning devon tartib qilganini tilga oladi. Biroq bu devon bizgacha yetib kelgan emas. Alisher Navoiy „Majolis un-nafois" asarida u haqda shunday yozadi: „Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o'g'li turur. O'zi muloyim yigildur... Tab'ida xeyli choshni (maza) bor. Xatqa ham qobiliyati ko'pdur..." Navoiy fikrini dalillash uchun shoirning forsiy bir g'azali matla'sini ham keltiradi. Umrining yaqin o'n besh yilini Shayboniy bilan kurashib o'tkazgan Zahiriddin Bobur ham Muhammad Solihning salohiyatini e'tirof etadi. „...choshnilik g'azallari borligi"ni ta'kidlaydi. Biroq Navoiy ham, Bobur ham uning shaxsi haqida ijobiy fikr bildirishdan o'zlarini saqlaydilar. Navoiy, garchi unga „o'zi muloyim yigitdur" deb baho bergan bo'lsa-da, Shayboniy tomoniga o'tib ketishini oqlamaydi. Aksincha, mazkur holni „yamon musohib"larning' „yamon yo'lga" boshlashi bilan izohlaydi. Bobur ham uning shaxsini qoralaydi. Bunday munosabat goho uning ijodini bir tomonlama baholashga olib keladi.

Shayboniynoma" dostoni. Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniy (1451 — 1510) haqida bir qator badiiy asarlar yaratilgan. Masalan, Mulla Shodiyning „Fathnomai xoniy", Kamoliddin Binoiyning „Shayboniynomai Binoiy", Ro'z- behxonning „Mehmonnomai Buxoro" va nihoyat, Po'lkan shoirning „Shayboniyxon" dostoni kabilar. Bularning Po'lkan- nikidan boshqa hammasi fors tilida. Muhammad Solihning asari o'zbek tilida yozilgan tarixiy jangnomadir. U, nomlanishidan ko'rinib turganidek, Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan kurashlarini, ularni yengib. taxt tepasiga kelishi voqcalarini, ya'ni 1499 -1505- yillarda yuz bergan real tarixiy hodisalami yoritadi. Shu jihatdan, u o'zbek adabiyotidagi aniq va real tarixiy voqealar tasviriga bag'ishlangan birinchi jangnomadir. Asarning muallif o'z qo'li bilan yozgan nusxasi topilgan emas. 1510- yilda shoir tirikligida Qosim kotib tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. German Vamberi uni 1885- yilda nemischaga tarjima qilib. nashretgan. So'ngroq u boshqa tillarga ham tarjima qilindi. „Shayboniynoma" asari O'zbckistonda 1961 va 1989- yillarda chop etildi.

„Shayboniynoma" 9000 misraga yaqin bo'lib, 76 bobni tashkil qiladi. An'anaga ko'ra hamd. munojot va na't bilan boshlanadi. So'ng so'z ta'rifi keltirilib. Muhammad Shayboniyxon vasfiga o'tiladi. Uning aqli, ilmi, faqirfe'lligi, halimligi, qiroati, tab'i-dididan tortib karam – saxovatigacha, hatto qurol –aslahasigacha birma-bir ta’rif – tavsif etiladi.Nihoyat, o’n beshinchi bobga kelib, kitob nazmining sababi” beriladi. Unda shoir o'z taqdi jumladan otasining temuriylarga xizmat qilgani, muru ko'rmagani, shahid ketgani, o'zining boshiga tushgan savd haqida hikoya qilib, gapni ikki sulola — temuriylar va shaybon haqidagi el-yurt orasida kechayotgan gap-so'zlarga buradi:

Dedilar, borcha manga donolar.

Kim adam bo'lg'usidur mirzolar.

Navbat o'zga kishiga yetgusidur,

Ul kishi bordur Shayboniyxon,

Xoni Shaybondur-u mahdiyi zamon.

Shu tariqa, shoir Shayboniyxonning taxtga chiqishi qoni ekanligini asoslashga urinadi. Jumladan, temuriylar faoliy: muhokama qilib, ularning aysh-ishratga berilib ketganlikla ota-bola, aka-uka o'rtasi tinimsiz janjal-urush bilan kechayotgan „mirzolar"ning din, shariatdan uzoqligi haqida gap ochad „donolar" tilidan „Temur davlati" ketib, o'rniga „Shayboniyx kelishi muqarrar ekanligi uqtiriladi. Asarning qolgan oltmish I Shayboniyxonning harbiy yurishlari tasviriga bag'ishlangan.

Doston markazida Shayboniyxon timsoli turadi. Muallifi asosiy maqsadi uni ulug'lash, diyonatli, adolatli bir shoh sifatida ko'rsatish edi. Shayboniyxonni ko'klarga ko'tarib maqtaydi. Ul davlat tutumini maishatparast temuriylarga zid qo'yadi. Temur asarda imkon qadar qora bo'yoqlarda chiziladi. Muallif manzaralarini, Shayboniyxon va uning atrofidagilarning harakatlarini tasvirlar ekan, goho o'z maqsad va e'tiqodiga bo'lgan ma'lumotlarni ham keltirib qo'yadiki, bu Shayboniyning adolatli va diyonatli hukmdor ekanligi haqidagi ta'riflarni ba'zan chippakka chiqaradi. Bu hol muallifning voqelikni haqqoniy tasvirlashga urinishi natijasidir. Asarda Muhammad Solihning Shayboniyxon oldiga birinchi marotaba bor tafsilotlari haqqoniyligi bilan e'tiborni tortadi:

Kim yetishgan dam ul qo'rg'onga,

Bandalik aylag'amen ul xong'a.

Chun yetishtim, kelibon necha qazoq ,

Borchasi rahm tariyqidin yiroq.

Qahr ila keldilar andog'ki, magar,

Bor edilar bori dilxoh manga.

Borchasini tunadilar...

Adolatli podshoh odamlari bilan dastlabki uchrashuv shu tarzda tasvirlanadi. Yoki Muhammad Solih guvoh bo'lgan ilk urush — Shayboniyxonning 1499- yilda Buxoroni zabt etishi voqeasi tasviri ham qiziq. Xon shahar ahlining mol-mulkini bitta qo'ymasdan talashga farmon beradi. Bu yetmaganidek, Buxoro hukmdori Boqi Tarxonning 12 yashar qizini o'z nikohiga oladi. Shu yili Samarqandni olishda esa, bundan ham g'aroyibroq voqea yuz beradi. Shahar Zahiriddin Boburning amakivachchasi Sulton Ali qo'lida edi. Nima bo'ladi-yu, hokimning onasi Zuhrabegimning Buxoroda turgan Shayboniyxonga ko'ngli ketib, kishi yuboradi. U orqali xonning kanizagi bo'lishni o'zi uchun baxt hisoblashini ta'kidlab, tezroq Samarqandga kelib, yurtni boshqarishini, o'g'lini o'g'illikka qabul qilishini o'tinadi. Tabiiyki, bu Shayboniyxonga ham yoqib tushadi va „o'ldim-kuydim"ni o'rniga qo'yib, xabarchining qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirib, qaytaradi. Benomus, kaltafahm Zuhrabegim esa Shayboniyxon qo'shiniga shahar darvozalarini ochib, xonga:

El — saning, mulk — saning, shahr — saning,

Man — saning, lutf — saning, qahr — saning,

deya yana odam yuboradi. Xon shaharga kirgach, barcha a'yonlarni Bog'i Maydonga to'playdi. Zuhrabegimni chorlab, birovga in'om qiladi. Sulton Alini ,,tinchlik kerak" qabilida o'ldirtirib yuboradi. Yurtni esa ayovsiz talatadi. Mazkur voqeaga niuallif shunday baho beradi:

La'nat ul nav' onag'akim, ul,

Nafsi uchun o'luma berdi o'g'ul...

Kimki xotun so'zig'a solsa quloq,

Joyi ul borki, bo'lg'ay andoq.

Shayboniyxon xalq orasida katta nufuzga ega bo'lgan Xoja Yahyoni Samarqand shahridan chiqartirib yuboradi. Chamasi, xon yonida yurgan Muhammad Solihning o'zi ham bu holga chiday olmaydi. Dostonning bir o'rnida quyidagi so'zni keltiradi:

Xoja Yahyo dedi: „Bobur Mirzo

Koshki kelgay edi ushbu aro".

Boburnoma"da qayd qilinishicha (buni Muhammad Solih ham ta'kidlaydi), Shayboniyxon Samarqandda Jonvafobiy degan kishini qoldirib ketganida, Bobur shaharni ikkinchi marotaba qo’lga kiritadi.

Muhammad Solih:

Aylabon bogiar ichra manzil,

Qildilar komlarini hosil.

Mevalar yetti-yu g'am ketti bori,

Bir-biri so'ngidin yetti bori.

Tut bisyor namoyon bo'ldi,

O'ruk-u olma farovon bo'ldi.

Bo'ldi bisyor uzum birla qovun,

Har biri debki, maning birla ovun...

Tashqari bog'lar ichra anhor,

Ichkari suvsiz ulus yig'lab zor.

Asru ma'mur viloyat erdi,

Ochlig' anda ne hikoyat erdi.


Hazrati mavt1 zuhuri qildi, Malakul mavt huzuri qildi. Boshlarin baski qilichlar bo'ldi, Birisining boshi ikki bo'ldi...

Shoir urush va talon manzaralarini chizar ekan, xalq boshiga yog'ayotgan bu balo va ofatlarning sababchisi kim degan savol o'z-o'zidan o'rtaga chiqadi. Va o'quvchining ko'z oldiga, birinchi navbatda, Shayboniyxon kcladi. Muhammad Solihning niyati bunday emas edi. U xonni yaxshi nom bilan tarixda qoldirish uchun doston yozgan edi. Shayboniy va shayboniylarni iloji boricha zamondoshlariga o'rnak qilib ko'rsatmoqchi, temuriylarni esa, barcha fojia va baxtsizliklar sababchisi demoqchi edi. Lekin Muhammad Solih ham ba'zi o'rinlarda Bobur singari tanti yo'l tutadi. Kezi kelganda, Boburning shijoatini, adolatini, haqgo'yligini, elparvarligini, ayni paytda xalqning ham uni yaxshi ko'rganini yashirmaydi. Ikki qarama-qarshi tarafda turgan ikki davlat va madaniyat arbobining goho bo'lsa-da bir-birlarining fazilatlarini tan olishlari ularning yorqin shaxsiyatidan darak beradi.

Muhammad Solih hukmdorga maddohlik qilmaydi, balki asl shoh qanday boiishi haqida fikr yuritadi:

Shoh uldirki. yesa el g'amini, Doim o'ziga desa el g'amini. lstamay o'zining oroyishini, Istagay xalqning osoyishini. Nafs uchun aylamasa sultonlig', Qilmasa ahli havodek xonlig'... Arsai mulkni2 yobon bilsa, Elni qo'y, o'zni cho'bon bilsa.

Tabiiyki. bu faqat orzu edi. Shoir Shayboniyxonni mana shu talablarga javob bergan shoh sifatida ko'rsatmoqchi edi. Biroq voqealarning xolis tasviri uni boshqa odamga aylantirib qo'ydi. Asarning ahamiyati ham shunda. Doston, birinchidan, tariximizning g'oyat muhim bir davrini, xalqimizning nomdor shaxslari faoliyatini qalamga olgan bo'lsa, ikkinchidan, ular bilan bog'liq voqealarni haqqoniy, butun murakkabligi bilan yoritishga qaramasdan, Shayooniyxon va boour oorazianni yaratisn yc muhim tajribalardan bo'ldi.

Dostonning tili sodda. Chamasi, muallif asarni, b navbatda. dasht o'zbeklari didiga moslashga uringan ko'rinai sababli, mumtoz poetika qoidalariga ko'pda rioya qilavermayd qavatli obraz va murakkab ifodalarni chetlab o'tadi. SI qaramay, asar o'zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o'rin Xususan, tariximizning eng muhim va mas'uliyatli davrl bo'lgan XV asrdan XVI asrga o'tish voqealarini haqqoniy ba va xalq orasiga olib kirishda katta xizmat qildi.



Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik