Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi.
Reja:
Kirish.
1.Markaziy osiyoda xavsizlik
2.Markaziy osiyoda terrorizm
3.Odam savdosiga qarshi kurashish
4.Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari
Xulosa.
Adabiyotlar.
KIRISh. Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda milliy-diniy qadriyatlarning ahamiyati katta. Xalqimiz diniy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy bilimlarini oshirish, ayniqsa, yoshlarimizni buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lishi, islom dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari yoshlar qalbidan joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, uni jadallashtirish omili bo‘lmish fanning turli sohalari jumladan, davrni, zamonni falsafiy mushohada qilishning ham tubdan yangilanishini taqozo qilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda «Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari» fani ham shu maqsadlarga qaratilgan faoliyatlardan biri bo‘lib, unda fanning mavzusi, muammolari, obyekti, vazifalari, uning jamiyatdagi o‘rni ilmiy-nazariy va uslubiy jihatdan tadqiq qilinadi hamda yoshlar ongida diniy mutaassiblik, ekstremizmning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’kidlash lozimki, yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash asosida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo alohida e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda 4 dunyo hamjamiyatida mafkuraviy poligonlarning yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri har bir mamlakat, davlat, xalq oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyat kelajak poydevori sifatida o‘z siyosatida yosh avlod tarbiyasini yetakchi o‘ringa qo‘yishi tabiiy hol. Globallashuv deganda, eng avvalo ko‘z oldimizda rivojlanish, taraqqiyot gavdalanishiga qaramay, bunday sharoitda o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongini turli xil yot g‘oya va mafkurafiy xurujlardan saqlash muammosi ham muhim vazifalardan sanaladi. Ushbu masalalarga to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Bunday g‘arazli kuchlarning asosiy niyati – hali hayotiy tajribasi, siyosiy-ijtimoiy saviyasi yetarli bo‘lmagan, sodda va g‘o‘r yoshlarni yo‘ldan urish, o‘zining qabih niyatlari yo‘lida foydalanish ekanini hech qachon unutmasligimiz kerak. Faqatgina mustaqil fikrlaydigan, iymon-e’tiqodi mustahkam, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu qadriyatlarga sadoqatli bo‘lgan insongina bunday qutqularga uchmasligi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi mumkin. Buning uchun, albatta, birinchi navbatda farzandlarimizni yuksak bilim va ma’naviy fazilatlar bilan qurollantirishimiz lozim. Ularga biz uchun muqaddas bo‘lgan islom dinining chinakam insoniy mohiyatini, uning tinchlik, yaxshilik, mehr-shafqat, hamjihatlik dini ekanini to‘g‘ri tushuntirib berishimiz kerak. Bizga yot va begona bo‘lgan turli zararli oqimlardan himoyalanish uchun odamlarga bu boradagi bor haqiqatni yetkazish zarur. Ta‘bir joiz bo‘lsa, bunday xavf-xatarlardan odamlarni, avvalambor, yosh avlodni haqiqat bilan himoya qilish kerak»1, deya alohida ta’kidlaganlar. G‘oyalar kurashi avj olayotgan XXI asrda dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab muammolar yuzaga kelayotgani, kishilarning osuda hayotini izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakldagi tahdidlarning paydo bo‘layotgani va buning natijasida buzg‘unchi g‘oyalar mafkura maydonini qurshab olayotgani barchamizdan ogohlik va hushyorlikni talab et1 Аждодлар хотираси му³аддас. – «Тошкент о³шоми» газетаси. 2013-йил 1-сентябрь, 177-сон. 5 moqda. Ayniqsa, farzandlarimiz ma’naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib, diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan ekstremistik va missionerlik harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bunday kuchlar yoshlar ongi va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih yo‘llardan foydalanishga urinmoqda. Din bayrog‘i ostida talonchilik va bosqinchilik, terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etayotgan, jamiyatga har tomonlama zarar yetkazayotgan bunday harakatlar yosh avlod orasida millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarining shakllanishiga zamin yaratmoqda. Bunda yoshlarni ma’naviy tahdidlar ta’siridan asrash, ularning ongida, tarbiyasida yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «... farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi»1. Darhaqiqat, zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining tez sur’atlardagi taraqqiyoti, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi uslub va vositalarning takomillashuviga turtki bo‘lib, ma’naviy tahdidlar global muammoga aylandi. Bu dolzarblik Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda mafkuraviy poligonga aylantirilayotgani bilan ham belgilanadi. Zamonaviy voqelik inson qalbi va ongi uchun bo‘lgan kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada yuqorida qayd etilganidek, din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan, XXI asrda qabohat o‘chog‘iga aylangan ekstremizm va har xil shaklu shamoyildagi mutaassiblikka yo‘g‘rilgan 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 4-б. 6 buzg‘unchi urinishlarga qarshi hayotimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar haqidagi chuqur tahliliy ma’lumotlarni yosh avlodga yetkazish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma «Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari» maxsus kursi uchun tayyorlangan bo‘lib, unda yoshlar ongida ekstremizm, mutaassiblik hamda missionerlikning salbiy oqibatlari haqida atroflicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Shuningdek, kelajak avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda diniy va dunyoviy qadriyatlar uyg‘unlashuvi, oiladagi va jamiyatdagi muhitning tarbiyaviy ta’siri beqiyos o‘rin tutadi. Ota-bobolarimiz tomonidan ming yillar davomida shakllantirilgan va asrlar osha sayqallanib kelayotgan, ma’naviy merosimiz bo‘lgan diniy qadriyatlar yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Farzandlarni dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyalash orqali amalda sog‘lom e’tiqod shakllanadi hamda har xil bid’at-xurofot amallarni farqlash, turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siri hamda aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish imkonini yaratadi. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda ushbu fan doirasidagi xorijiy adabiyotlardan keng «istifoda» etildi. Zotan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining «2016–2017-o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish va fanlarning zamona
O‘zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a’zo bo‘lib kirdi. I. Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo‘lib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‘zlashi va uning 10-iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o‘tkazishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va navqiron davlat sifatida tanitdi. O‘zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo‘shilmaslik harakatiga qabul qilindi. Bo‘lg‘usi jahon Parlamentining timsoli bo‘lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi. Mamlakatimiz Parlamentlararo Ittifoqning 93- va 94-konfe-rensiyalarida hamda YXHT Parlament Assambleyasining har yili o‘tkaziladigan sessiyasida muntazam qatnashmoqda. Oliy Majlis Raisi YXHT Parlament Assambleyasining Vitse-prezidenti etib saylandi. Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston vakillari ma’ruza va axborotlar bilan chiqdilar, qator takliflarni o‘rtaga tashladilar. SHu tariqa respublika Parlamenti a’zolarining ovozi xalqaro maydonda baralla yangramoqda. Davlatimizning obro‘-e’tibori mustahkamlanib, xalqaro miqyosda tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. Mustaqillikning ilk damlaridayoq Oliy Majlis Raisi E.X. Xalilovning Avstriya, Germaniya, Ispaniya, SHveysariya, Belgiya, Bol-gariya, Pokiston, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa bir qancha mamlakatlarning davlat boshliqlari, parlament va vakolatxonalar boshliqlari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlisda o‘n uchta parlament delegatsiyasi, shu jumladan GFR, Yaponiya, Quvayt, Litva, Latviya, Pokiston, Bolgariya va Turkiya mamlakatlarining parlament delegatsiyalari, SHveysariya, Xitoy, GFR va Litvaning rasmiy hukumat delegatsiyalari, turli xalqaro tashkilotlarning o‘n uch nafar vakili, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari va elchixo-nalari hamda vakolatxonalari xodimlaridan 28 kishi, shu jumladan, Fransiya, GFR, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya, Hindiston namoyandalari qabul qilin-di. O‘z navbatida O‘zbekiston parlamenti a’zolarining delegatsiyalari bir qancha davlatlarda, shu jumladan, AQSH, GFR, Turkiya kabi mamlakatlarda bo‘lishdi. O‘zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy tashkilotlar - Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Osiyo va Tinch okean havzasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Qo‘mitasi (UNESKO) va boshqa tashkilotlar a’zosidir. 1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda Markaziy
Osiyo Xavfsizlik va Hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar Kengashi bo‘ldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31 mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavfsizligi va mojarolar-ning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi. 1995-yil oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50 yilligi va uning yubiley sessiyasi O‘zbekistonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan yangi imkoniyatlarini ko‘rsatishga sharoit yaratdi. Birinchi Prezident I. Karimovning ana shu mo‘tabar minbardan turib so‘zlagan nihoyatda qisqa va lo‘nda nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan qarashlarini o‘zgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitishga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo, mintaqalararo va qit’alararo munosabatlarni chuqurlashtirish, har bir mintaqada vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishidan oldin-dan ogoh bo‘lish, ularni o‘z vaqtida o‘rganish va zarur xulosalarga kelish, shu asosda umumbashariy muammolarni chigallashtirmasdan hal etish masalalarini ko‘tardi. I.A. Karimov asosli va ahamiyati jihatidan dolzarb nutqi zamin va zamon taqdiriga, olam-u odamlar tashvishiga daxldor bo‘lgan har bir siyosiy arbob, har bir davlat rahbari va ayniqsa, xalqaro tashkilot-larning mas’uliyatini oshirish, ularni hushyorlikka chaqirish, olamga sergakroq va tiyrakroq qarash zarurligiga diqqatni qaratadi. Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbarining faqat o‘z mamlakati va xalqi doirasida o‘ylashi kabi hodisalarni unchalik ham xush ko‘rmaydi. Yangi yuz yillik o‘z tabiati va ehtiyojiga ko‘ra endi tor «mahalliy» doiralardan keng dunyoviy may donga chiqishni, mamlakatning kundalik tashvishlariga o‘ralashib qolmasdan, olam minbarlaridan turib dunyo kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda umumbashariy muammolar hamda xalqaro masalalarni hal etishning umuminsoniy va Yer kurrasining istiqboliga daxldor bo‘lgan keng miqyosli fikrlash tarzini taqozo etadi. Bularning bari yangi dunyoning va yangi yuz yillikning jahon siyosatiga olib kirayotgan g‘oyat insonparvar, hayotiy va ezgulikka tayangan, dunyo siyosatining yangi madaniyat darajasini belgilaydigan omillardir. Birinchi Prezident Islom Karimov dunyoviy jarayonlarni doimiy ravishda kuzatadi. Olis istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini, ularning kelib chiqish manbalarini ancha oldindan kuzatadi va ularning na-tijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko‘plardan oldinroq ilg‘aydi, oldinroq qarorga keladi.
Bularning bari uning keng qamrovli tafak-kur egasi ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishini yaqqolroq ko‘rsatadi. O‘zbekiston rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida ko‘targan dolzarb masalalari butun jahon siyosatdonlari va ulkan davlat arboblarini jiddiyroq o‘ylashga, masalalar mohiyatini ancha chuqurroq anglashga, yangi asr osto-nasida turib, yuz yilliklar ortini yorqinroq va ravshan roq ko‘rishga da’vat etayotgani bejiz emas. Birinchi Prezident I. Karimov bu ulkan minbardan turib, birinchidan, davlat arboblari va siyosatdonlar diqqatini milliy xavfsizlik masalasini hozirgi zamon talab va ehtiyojlari nuq-tayi nazardan qaytadan ko‘rib chiqishga qaratdi. CHunki hozirgacha Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lgan besh davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga kirgan 187 davlat tashvishlarini, ularning muammolari va taqdirini hal etishga qodir emasligini, keng dunyoning bir-biriga o‘xchamagan, bir-birini takrorlamaydigan va hatto bir-biriga zid muammolarining barchasini qamrab olishga kuchi yetmasligini, bu keng miqyosli ishga qodir emasligini ko‘rsatib berdi. SHuning uchun ham Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari doirasini, ularning faoliyat maydonini kengaytirish va mazmunini chuqurlashtirish zarur ekanligiga hamjamiyat a’zolarining e’tiborini qaratmoqda. Ana shu kengash a’zoligiga Yaponiya va Germaniya mamlakatlarini ham qo‘shish zarurligini aytdi va ularning nomzodini ko‘rsatdi. Birinchi Prezident I. Karimov ko‘targan ikkinchi masala Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vakolatlarini kengaytirish, uning jahon mamlakatlari taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasidan kelib chiqib, o‘z maqomini kuchaytirish masalasidir. Bosh kotibga ko‘proq imkoniyat berilsa, uning dunyoviy muammolarga ko‘proq aralashib, samarali ishlashiga sharoit yaratiladi. Masalalarni hal etishda xalqaro tashkilotlar mavqeyini kuchaytirish mamlakatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklarga Bosh kotib ta’sirini kuchaytirish, ularni umuminsoniy va umumjahon manfaatlari tomonga burib yubori0shdagi rolini oshiradi. Oila boshlig‘i qanchalik katta imkoniyatga ega bo‘lsa, moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkam bo‘lsa, siyosiy va huquqiy jihatdan vakolatlari keng bo‘lsa, oilada barqarorliq tinchliq farovonlik ta’minlanishi shubhasiz. Yagona zamin, yagona makon hammamiz uchun najot maydoni. Uning qaysidir burchagida tutun burqsishi yoki qon to‘kilishi boshqa biron-bir burchagida tinchlikni kafolatlay olmasligini chuqurroq anglagan va hammadan oldinroq sezgan Birinchi Prezident I. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga-ulkan dunyoviy oila boshlig‘iga ana shunday keng imkoniyat berish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. Uchinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti olti milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish. Bu osonlik bilan ko‘chmaydi. Buning uchun qator mamlakatlararo va mintaqalararo faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar maqomini biroz o‘zgartirib, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doi-rasiga kiritish zarur. Ana shunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u shug‘ullanadigan masalalar konkretlachadi. Joylarda unga bo‘ysunuvchi xalqaro tash-kilotlarning mintaqaviy muammolar va mamlakatlararo munosabatlarda yuz berayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish imkoniyati tug‘iladi. BMTning turli mintaqalardagi, jumladan, Markaziy Osiyo-dagi vakolatxonalari imkoniyatlarini kengaytirish ularning maqomini oshirish zarurati haqida gapirar ekan, Prezident I. Karimov «Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaerda? Amerikada, Nyu-Yorkda joylashgan. O‘zbekiston qaerda? Markaziy Osiyoda! SHuning uchun bu yerdagi tashkilotning tarkibi, albatta, kengroq bo‘lishi kerak. Unga hali ko‘proq huquq berish va iqtisodiy nuqtayi na-zardan imkoniyatlarini kengaytirish kegak» - deydi, O‘zbekiston televideniesi muxbiri savollariga javob bera turib. Ayni paytda turli mintaqalarda, turli doiralarda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar ancha-muncha. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, arab davlatlarida Islom Tashkiloti, Janubiy-SHarqiy Osiyoda Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va huquqiy doirada ish olib borayotgan xalqaro tashkilotlar mavjudki, ana shularning hammasini birlashtirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasiga kiritish, xalqaro tashkilotlar yagona tizimini vujudga keltirish XXI asr taqdirini belgilaydigan muhim omil ekanligini ko‘rsatib berdi. Hozirgi davrda O‘zbekistonning SHanxay Hamkorlik Tashkiloti-dagi ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu tashkilot (1996-y. SHanxay da chegara hududlarida harbiy sohada o‘zaro ishonchni mustahkamlash choratadbirlari to‘g‘risida imzolangan Bitim doirasida) Xitoy bilan qo‘shni davlatlar o‘rtasida chegaralarga doir masalalarni hal etishga qaratilgan norasmiy forum sifatida tashkil etilgan yedi. SHHT - submintaqaviy xalqaro tashkilotga oltita davlat -Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. SHHT tarkibiga kiradigan davlatlarning umumiy hududi Yevroosiyo hududining 61 foizini, umumiy demografik (nu-rusiy) jihatdan dunyo aholisining to‘rtdan bir qismini tashkil etadi, iqtisodiy salohiyati nuqtayi nazaridan AQSHdan keyingi eng qudratli - Xitoy iqtisodiyotini qamrab oladi. Rasmiy tillari - rus va xitoy tili. Qarorgohi Pekinda joylashgan. SHHTga a’zo davlatlar hududining umumiy maydoni 30 mln. kv. km. yoki Yevroosiyo qit’asi maydonining beshdan uch qismini tashkil etadi. Ushbu davlatlar aholisining soni - 1,455 milliard kishi yoki dunyo aholisining taxminan to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. SHHT tashkil etilishi tarixan umumiy chegaralarda qurolli kuchlar va qurolaslahalarni qisqartirish to‘g‘risida bitim qabul qilingan Moskva sammiti bilan uzviy bog‘liqdir. 1998-yildan Markaziy Osiyo mintaqasi, mintaqaviy xavfsizlik va ko‘ptomonlama hamkorlik masalalari «SHanxay beshligi»ning diqqat markaziga aylana boshladi. Terrorizm, separatizmga qarshi kurashish, mintaqa doirasida iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish «SHanxay beshligi»ning asosiy maqsadlari sifatida e’lon qilinadi. Islom Karimov ishtirok etib, XXR Raisi Szyan Szemin bilan uchrashgan edi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, «Duchanbe dekloratsiyasi» qabul qilindi. Bu hujjatning ahamiyati shundaki, unda taraflar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi birgalikda kurashish, uzoq yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish hamda bu borada tegishli kelishuvlar tuzishga kelishib olish bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish tashabbusi qo‘ llab-quvvatlandi. 2001-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan sammitda «SHanxay beshligi» unga a’zo bo‘lgan davlat - O‘zbekiston Respublikasi ishtirokida SHanxay Hamkorlik tashkilotiga aylantirildi. O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi ma’qullangach, mamlakatimiz shakllantirilayotgan yangi tashkilotning maqomi va ahamiyati, maq-sad hamda vazifalarini aniqlashtirish, jumladan, SHHT hech qachon harbiy yoki harbiy-siyosiy tashkilotga aylantirilmasligiga oid takliflarni ilgari surdi. 2003-yilning mayida SHHT Mokvadagi sammitida davlat bosh-liqlar Kengashi, hukumat boshliqlari Kengashi, tashqi ishlar vazirlari Kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi, ministrlik va ido-ralar rahbarlari Yig‘ini, Kotibiyat, shuningdek MATT hamda SHHT kotibiyati qoshidagi a’zo davlatlarning doimiy vakillari haqidagi tfizomlar tasdiqlandi. Davlat boshliqlari tomonidan Mintaqaviy antiterroristik tuzilma Ijroiya qo‘mitasi qarorgohini Bishkekdan (Qirg‘iziston) Toshkent shahriga ko‘chirish, shuningdek 2004-yil 1-yanvaridan tashkilotning doimiy faoliyat yurituvchi organlari - SHHT Kotibiyatining Pekin shahrida, MATT Ijroiya qo‘mitasining Toshkent shahrida ish boshlashi haqida qaror qabul qilindi.
SHHT tashqi ishlar vazirlari Kegashining 2003-yil sentabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish SHanxay Konvensiyasi, SHHT Xartiyasi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi MATT to‘g‘risida Bitimga o‘zgartirish kiritish protokoli imzolanib, tegishli kommyunike qabul qilindi. SHHT asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash; mintaqada tinchliq xavfsizlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, yangi demokratiq adolatli va oqilona siyosiy hamda iqtisodiy xalqaro tartibni shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish; terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha ko‘rinish-lariga qarshi birgalikda kurash olib borish, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosi hamda transmilliy jinoiy fao-liyatning boshqa turlari, jumladan, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish; siyosiy, savdo-iqtisodiy, mudofaa, huquq-tartibotni saqlash, ta-biatni muhofaza etish, madaniy, ilmiy-texnikaviy ta’lim, energetiq transport, moliyakredit va boshqa sohalarda samarali mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash; a’zo davlatlar xalqlari turmush darajasi va sharoitlarini uzluk-siz yaxshilash maqsadida teng sherikchilik asosida mintaqada har tomonlama va barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy hamda madaniy taraqqiy otga ko‘maklashish; jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvda yondashuvlarni mu-vofiqlashtirish; a’zo davlatlarning xalqaro majburiyatlari hamda milliy qo-nunchiligiga mos ravishda insonning huquq va erkinliklarini ta’minlashga ko‘maklashish; boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; xalqaro nizolarni oldini olish hamda ularni tinch yo‘l bilan hal etilishida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash; XXI asrda vujudga keladigan muammolarning yechimini birgalikda izlab topish. SHHTga a’zo davlat quyidagi tamoyillarga tayanadi: davlatlar suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, davlat chegaralarining daxlsizligini hurmat qilish, tajovuz qilmasliq ichki ishlarga aralashmasliq xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish va kuch bilan tajovuz qilish, chegara hududlarda bir tomonlama ustun-likdan voz kechish; barcha a’zo davlatlarning teng huquqliligi, har birining nuqtayi nazarini e’tirof etish va hurmat qilish asosida yagona yondashuvlarni izlash; umumiy manfaatlar doirasida birgalikdagi xatti-harakatlarni bosqichmabosqich amalga oshirish; a’zo davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘llar bilan hal etish; SHHT boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotga qarshi qaratil-magani; Xartiya hamda SHHT doirasida qabul qilingan boshqa hujjat-lardan kelib chiqadigan majburiyatlarni to‘liq hamda vijdonan baja-rilishi. SHHT doirasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagi-lardan iborat: mintaqada tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash; barcha a’zo davlatlar umumiy manfaatlari mos bo‘lgan tashqi siyosiy masalalar yuzasidan xalqaro tashkilot va xalqaro forumlarda yaxlit nuqtayi nazarni izlab topish; terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand moddalar va qurolyarog‘ning noqonuniy savdosi hamda transmilliy jinoiy faoli-yatning boshqa turlari, jumladan, noqonuniy migratsiyaga qarshi bir-galikda kurashish choratadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; qurolsizlanish va qurol-yarog‘ ustidan nazorat qilish masalala-rida sa’yharakatlarni muvofiqlashtirish; mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mahsulot, kapital, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydigan sav-do hamda investitsiyalar uchun qulay shart-sharoit yaratilishiga ko‘maklashish; transport va kommunikatsiya sohasidagi infratuzilmadan samarali foydalanish, a’zo davlatlar tranzit imkoniyatlarini takomil-lashtirish, energetika tizimini rivojlantirish; tabiatdan, xususan, mintaqa suv zaxiralaridan oqilona foydala-nishni ta’minlash, tabiatni muhofaza etish borasida maxsus dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish; tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatish; SHHT doirasida hamkorlikni rvojlantirishga xizmat qiladigan huquqiy ma’lumotlar bilan almashish; fan, texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohala-rida o‘zaro munosabatlarni kengaytirish. SHHT a’zo davlatlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlik sohalarini kengaytirishi mumkin. O‘z maqsad hamda vazifalarini bajarish uchun SHHT doirasida davlat rahbarlari Kengashi, hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) Kengashi, Tashqi ishlar vazirlari Kengashi, vazirlik va (yoki) idoralar rahbarlari Yig‘ilishi, Milliy muvofiqlashti-ruvchilar Kengashi, mintaqaviy antiterroristik tuzilma (MATT), Kotibiyat faoliyat yuritadi. O‘zbekiston xalqaro terrorizm, ekstremizm, separatizm va nar-kotrofikka qarshi kurash SHHT faoliyatini ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganini shakshubhasiz qo‘llab-quvvatlaydi. Mintaqaviy antiterroristik markaz faoliyati aynan xuddi shu masalalarning hal etili-shiga qaratilgan. Birinchi galda, nafrat va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib etayotgan turli radikal va ekstremistik markazlarga qarshi kurashish zarur ekani ta’kidlandi. SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish haqida to‘xtalib, Prezident Islom Karimov ushbu masalani hal etishning asosiy yo‘li sifatida Markaziy Osiyo umumiy bozorini shakllantirish zarurligiga e’tibor qaratadi. Zero, bu masalaning hal etilishi mintaqa mamlaktlari va xalqlar tub manfaatlariga mos keladi. Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlarning faol sheriklik ishtirokida umumiy bozorning tashkil etilishi tor milliy doiradan tashqarida yagona yondashuv va muvofiqlashtirilgan qonuniy me’yorlar amal qiladigan mahsulot va xizmatlar, mehnat va kapitallar yirik bozorini shakllantirishga imkon beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo hududidan o‘tadigan hamda SHHT a’zo davlatlarning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Yevropa Ittifoqi (YI), Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga xizmat qiladigan yirik transportkommunikatsiya loyihalari, yo‘lak va marshrutlarni amalga oshirishga qaratilgan g‘oya va takliflarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, «SHanxay Hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi 2007-2009-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi» qabul qilingan. A’zo davlatlarning «SHarq - antiterror -2006» terrorizmga qarshi birgalikdagi mashg‘ulotlari, terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi simpoziumlar o‘tkazib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda SHHT xalqaro hamkorlikning qudratli instituti, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatish kabi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishning chinakam tayanchiga aylanib bormoqda. Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida ko‘p tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar ko‘rib chiqildi. Unda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari bilan birga, kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari - Mo‘g‘uliston Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif AH Zardoriy, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Manuchehr Muttaqiy, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Somanaxalli Malayya Krishna hamda sammit mehmonlari - Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Hamid Karzay, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi. SHuningdek majlisda SHHT Bosh kotibi Muratbek Iman-aliev, SHHT MATT Ijrochi direktori Jenisbek Jumanbekov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Yan Kubish, MDH Ijroi qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev, ODKB Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, YevrAzES Bosh kotibining o‘rinbosari Murat Musataev, ASEAN Bosh kotibining o‘rinbosari Sayakan Sisovong Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda.
2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi – mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Davlatimiz rahbari tashqi siyosatda amalga oshirilishi moʻljallangan birinchi navbatdagi vazifalar xususida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi.
Chorak asrdan koʻproq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida bir qator muammolar vujudga kelgan edi. Suv-energetika resurslari va transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish va chegara punktlarini kesib oʻtish kabilar shular jumlasidandir.
Tanlangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishiga mos ravishda, Oʻzbekiston rahbari soʻnggi 3 yil mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalik hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga oid dolzarb masalalarni birgalikda hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqotni olib bormoqda.
Prezidentning Parlamentga har yili murojaat qilish amaliyoti dunyoning koʻplab mamlakatlarida mavjud. Unda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak boʻlgan strategik maqsad va vazifalar belgilab beriladi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil dekabr oyida Oliy Majlisga murojaat qildi va tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi yaqin qoʻshnilar bilan konstruktiv muloqot va kuchli tashqi siyosat olib borish ekanligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston rivojlanishining besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʻnalishi ochiq, konstruktiv va oʻzaro manfaatli tashqi siyosat olib borishni, shu jumladan, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik kamarini yaratishni koʻzda tutadi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun juda muhim ekanini yana bir bor koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan boʻlib, mintaqadagi barcha davlatlar oʻrtasidagi muhim boʻgʻin hisoblanadi va mintaqaviy hamkorlikning asosiy katalizatori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi 3 yil mobaynida olib borilgan muloqot natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan munosabatlar mustahkamlanmoqda. 2017-yildan buyon mamlakatimiz oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash maqsadida barcha yoʻnalishlarda ochiq tashqi siyosat olib bormoqda.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va oʻzaro ishonchni kuchaytirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida hal etishning muhim mexanizmi sifatida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil noyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil qilishni taklif qildi va bu tashabbus mintaqa mamlakatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-mart kuni Ostonada (hozirgi Nur-Sulton) boʻlib oʻtdi. Sammitda siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki yagona madaniy va sivilizatsiya makonidir, deya eʼtirof etildi.
2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh assambleyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish" rezolyutsiyasini qabul qildi. Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati hujjatga hammualliflik qildi va rezolyutsiya BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
Rezolyutsiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi, shuningdek mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini eʼtirof etadi.
Hujjatda Bosh assambleya Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlangan.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuv uchrashuvlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbuslarini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, rezolyutsiya mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal qilish uchun bunday maslahat maydonidan samarali foydalanishga chaqiradi.
2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezidentlari transchegaraviy suvlardan foydalanish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, chegaralarni tartibga solish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar. Toshkentda boʻlib oʻtgan maslahat uchrashuvi Oʻzbekiston yangilanish va mintaqaviy hamkorlik yoʻlidan borishni davom ettirayotganligini namoyish etdi. Mintaqa davlat rahbarlarining keyingi uchrashuvini Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida oʻtkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasi minbaridan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishda muhim amaliy qadamlardan biri - bu 2017-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo: bir oʻtmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va oʻzaro farovonlik uchun hamkorlik” mavzuidagi anjumandir. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari boshchiligida delegatsiyalar, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerikadan kelgan yuqori martabali rasmiy delegatsiyalar, 10 dan ortiq xalqaro tashkilotning rahbarlari, shuningdek 100 dan ortiq xorijiy ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Anjumanda Oʻzbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo chegara hududlari hokimlari va ishbilarmon doiralari uyushmalarini tuzish taklifini ilgari surdi. Ushbu tashabbus hozirda chegara hududlarida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda oʻz ifodasini topmoqda.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun Oʻzbekiston qoʻshni Afgʻonistondagi mojaroni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu mamlakat bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisida muhim shartnomalar imzolandi, yangi iqtisodiy loyihalar boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tinch Afgʻoniston Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hind okeani va Fors koʻrfazi portlariga chiqish imkoniyatini beradi hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Yevropa bozorlari bilan birmuncha arzon va qulay yoʻl bilan bogʻlaydi.
Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil 27-mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida yuqori darajadagi Toshkent xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani, BMTning Afgʼonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, 25 ta davlat va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Anjuman yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Ushbu hujjat mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada kengaytirish kabi ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etdi.
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan munosabatlarni rivojlantirishni davom ettiradi, ushbu mamlakatda vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarda bundan buyon ham faol ishtirok etadi. Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash, uning transport, ishlab chiqarish, energetika va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Zero, barqaror va gullab-yashnayotgan Afgʻoniston Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik barqarorlikning muhim omillaridan biridir.
Shu bilan birga, global tusga ega boʻlgan ekstremizm, separatizm, giyohvandlik va qurol kontrabandasi muammolari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrimizning eng dolzarb muammosi boʻlib qolmoqda. Taʼkidlash joizki, ushbu yoʻnalishda SHHT doirasida yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda.
Shu oʻrinda Prezidentimiz dunyo aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarni ekstremizm va radikalizm taʼsiridan himoya qilish hamda ularning huquqlarini yanada toʻlaroq taʼminlash borasida qator tashabbuslarni ilgari surganligini taʼkidlash joiz. Jumladan, davlatimiz rahbari yoshlarni ushbu salbiy taʼsirlardan himoya qilishda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyilini oʻrtaga tashladi va BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqida “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan rezolyutsiyani hamda Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” haqidagi rezolyutsiya 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi va Yoshlar huquqlari haqidagi konvensiya boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda. Bu esa Prezidentimizning tashabbuslari naqadar dolzarb xalqaro ahamiyatga ega ekanligi va ularning jahon hamjamiyati tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi.
Mintaqaning barcha mamlakatlarida bevosita dengizga chiqish yoʻllari yoʻqligi sababli, quruqlik transportini rivojlantirish va tranzit salohiyatni oshirish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonning eksport geografiyasini va qoʻshni davlatlar bilan transport yoʻlaklari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz 2018-yilda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazish taklifini bildirdi. Unda dunyoning 37 mamlakatidan va 27 xalqaro tashkilotdan 500 nafardan ortiq xorijiy mutaxassis ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy maqsadi – mavjud transport yoʻlaklarini takomillashtirish va yangi transport yoʻlaklarini yaratish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, shuningdek transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish edi. Uchrashuv natijasida transport va logistika xizmatlarini koʻrsatish jarayonida qoʻshma transport-logistika korxonalarini tashkil etish va raqamli texnologiyalarni jadal joriy etishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Mintaqada yangi transport inshootlarining ishga tushirilishi mazkur sohada belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, muhandislik xususiyatlari va geostrategik ahamiyatiga koʻra noyob hisoblangan Turkmanobod-Farob koʻprigining ishga tushirilishi nafaqat Oʻzbekiston va Turkmaniston, balki butun Markaziy Osiyo hayotida muhim oʻrin tutadi.
Koʻp yillar davomida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi nazorat punktlarining aksariyati fuqarolar uchun yopiq edi. Shuningdek, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida qator jiddiy muammolar mavjud edi. Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi davomida 2017-yil 5-sentyabr kuni Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Shuningdek, 2018-yil 9-mart kuni Oʻzbekiston Tojikiston bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida shartnomasini imzoladi.
Ushbu muhim hujjatlarning amalga tadbiq etilishi natijasida, qoʻshni mamlakatlar bilan chegara punktlarida barcha cheklovlar olib tashlandi. Qirgʻiziston va Tojikiston bilan imzolangan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish shartnomalari mamlakatimizga iqtisodiy hamkorlikni va transchegaraviy savdoni rivojlantirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish va, eng muhimi, chegara hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Jumladan, agar besh yil oldin Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasini kuniga 200-300 kishi kesib oʻtgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 30 mingdan oshdi. Tojikiston bilan shartnoma imzolangandan soʻng, ilgari yopiq boʻlgan barcha 17 chegara oʻtkazish punkti toʻliq ishlay boshladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasini kuniga 20 ming fuqaro kesib oʻtmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim oʻrnatilgani ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik ochiqlik va doʻstona qoʻshnichilik aloqalariga tayanishidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Prezidentining ochiq va konstruktiv siyosati tufayli Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasidagi davlat chegaralarini bir-biriga tutash hududi masalasida murosaga erishildi. Tegishli shartnoma 2017-yil noyabr oyida Samarqandda Markaziy Osiyo boʻyicha yuqori darajadagi xalqaro anjuman doirasida imzolandi.
Mintaqaviy hamkorlikning yana bir strategik muhim yoʻnalishi – savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdir. Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2018-yil 15-mart kuni poytaxtimizda mintaqa mamlakatlari Bosh vazirlari oʻrinbosarlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 200 dan ortiq davlat idoralari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy savdoni ragʻbatlantirish, shuningdek sayyohlik jozibadorligini oshirish, transport va tranzit salohiyatini oshirish muammolarini muhokama qildilar. Uchrashuvlar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 35 foizdan koʻproqqa oʻsgani va 12,2 milliard dollarni tashkil qilgani, ammo mamlakatlar mintaqadagi iqtisodiy salohiyatidan hali toʻliq foydalanilmayotganligi taʼkidlandi.
Investitsion muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun investitsiya forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Shu bilan birga, Prezidentning har yilgi murojaatida ekologik xavfsizlikni taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, Orol muammolari va ekologik muhit buzilishining oqibatlari alohida taʼkidlanadi. Mazkur muammolarni hal etish va Orol dengizi aholi turmush tarziga salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan Moliya vazirligi huzurida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgani maqsadga muvofiqdir, unga 200 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, turmush sharoitini yaxshilash masalalari hal etilmoqda.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni takidlashimiz mumlinki Oʻzbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasida ilgari surilgan tashabbusining amaliy tadbiqi sifatida Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligi boʻyicha BMTning koʻp tomonlama sheriklik Trast jamgʻarmasi tashkil etildi. Mazkur jamgʻarmaning taqdimoti 2018-yil 27-noyabr kuni Nyu-York shahrida BMT bosh qarorgohida boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbari 2018-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlis deputatlari oldida soʻzlagan nutqida fond faoliyatining naqadar muhim ekanini yana bir bor taʼkidladi. 2019-yil oktyabr oyida Orol muammolarini hal etishga bagʻishlab Nukus shahrida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda Prezidentimiz tomonidan Orolboʻyini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish va BMT Bosh assambleyasining maxsus resolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi. Hozirda ushbu tashabbusni amalga oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Madaniy va gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari umumiy tarix va yakdil madaniyatga ega. Ularning bir-biriga ulashib ketgan oʻxshash urf-odatlari, qadriyatlari va yagona dini bor. Shu bois, Oʻzbekiston madaniy va yaqin qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev universitet forumlari va mintaqaviy sport oʻyinlarini oʻtkazish, shuningdek, fan, madaniyat va sanʼat sohasidagi ulkan yutuqlari uchun Markaziy Osiyo mukofotini taʼsis etishni taklif qildi. “Biz har yili Navroʻz arafasida har bir mamlakatda navbatma-navbat Markaziy Osiyo madaniyati kunlarini tashkil etishni muhim, deb hisoblaymiz. Bularning barchasi qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga imkon beradi”, deb taʼkidladi Prezidentimiz.
Ushbu tashabbusning amaliy tadbiqi sifatida 2018-yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili, deb eʼlon qilindi. Uning doirasida 80 dan ortiq madaniy va sport tadbiri, kino kunlari va turli festivallar oʻtkazildi. 2019-yil esa Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili boʻldi va uning doirasida koʻplab madaniy tadbirlar tashkil etildi. Bu mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy muloqotning yuqori darajasini koʻrsatadi.
Mintaqa davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahat uchrashuvi muzokaralari davomida Oʻzbekiston rahbari xalqaro sayyohlik konferensiyasini oʻtkazish va Markaziy Osiyoda yagona sayyohlik brendini yaratish tashabbusini ham ilgari surdi.
Mintaqaning sayyohlik salohiyatini oshirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida Silk Road (Ipak yoʻli) viza tartibini joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu rejim umumiy vizani nazarda tutadi va chet el fuqarolariga bir vaqtning oʻzida Markaziy Osiyoning bir nechta mamlakatlariga toʻsiqlarsiz borishga imkon beradi. Ushbu tashabbus sayyohlarning Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishini yengillashtirish uchun ilgari surilgan. Loyihada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Turkiya va Ozarboyjon ham qatnashishi rejalashtirilgan.
Prezidentimizning bu boradagi tashabbuslari nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Jumladan, 2019-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasi Oʻzbekiston tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va barqaror turizm” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashabbuslari bilan nafaqat mamlakatni, balki butun mintaqani rivojlantirish borasida izchil saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Bizning bosh maqsadimiz – umumiy saʼy-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat”.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining barcha sohalarda teng huquqli sheriklik va hamjihatlik asosida hamkorligi mintaqa rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari, faol va pragmatik diplomatiya hamda tashqi siyosat tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, konstruktiv siyosiy muhit vujudga keldi va transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib oʻtish, transchegaraviy savdoni rivojlantirish kabi eng dolzarb muammolarni hal qilish uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Bularning barchasini Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida keyingi uch yil mobaynida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan yaqin va oʻzaro manfaatli qoʻshnichilik aloqalarini rivojlanish borasidagi izchil tashqi siyosatning hosilasi hamda mustaqil oʻzbek diplomatiyasining katta yutugʻi, deb aytish mumkin.
2020 yil 29 oktyabr kuni bo'lib o'tgan davra suhbatida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun milliy qayta yo'naltirish mexanizmlarni joriy etishning muammolari, o'lingan saboqlar va ilg’or tajribalar muhokama qilindi. Aralash formatdagi tadbir YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi tomonidan YXHT/Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (DIIHB) va Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha milliy komissiya hamkorlikda tashkil etildi.
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha milliy komissiya, Ichki ishlar vazirligi va fuqarolik jamiyati vakillari odam savdosiga qarshi kurashish va jabrdiydalariga yordam berish bo'yicha milliy qonunchilik va siyosatga oid muhim masalalar yuzasidan fikr bildirishdi.
"Odam savdosi to'g'risida so’z borganda, biz ko’proq huquqni muhofaza qilish organlari, prokuratura va jinoiy odil sudlov tizimini tushunamiz. Aslida, jabrdiydalar huquqlarini himoya qilishning muhim jihati, jinoiy odil sudlov tizim doirasida va boshqa sahalarda ham kam e'tiborn qaratilmoqda», - dedi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor.
“Shuning uchun odam savdosi qurbonlarni himoya qilish bo'yicha xalqaro inson huquqlari standartlariga mos keladigan siyosatni kuchaytirish muhimdir. Yaqinda, O'zbekiston hukumatining iltimosiga binoan, YXHTning loyihalari muvofiqlashtiruvchisi DIIHB bilan hamkorlikda odam savdosi qurbonlari yuzasidan Milliy qayta yo’naltirish mexanizmning YXHT majburiyatlari va inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlariga muvofiqligini oshirish uchun Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo'yicha milliy komissiyaga maslahatlar bilan yordam berdi. Milliy qayta yo’naltirish mexanizm to'g'risidagi siyosiy hujjat va berilgan tavsiyalar O'zbekiston hukumatiga taqdim etilishga tayyor va men bundan juda mamnunman”.
Muhokama davomida Buyuk Britaniyaning Qullikka qarshi mustaqil komissar boshqarmasi, Bolgariyaning odam savdosiga qarshi kurash bo'yicha milliy komissiyasi, Ruminiyaning Odam savdosiga qarshi milliy agentligi va Shvetsiyaning gender tengligi masalalari bo’yicha agentlik mutaxassislari o'zlarining tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |