Kichik osiyo va qo‘shni mamlakatlar mavzusimi reja: Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish — taraqqiyot omili



Download 39,26 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi39,26 Kb.
#473736
Bog'liq
Kichik osiyo va qo‘shni mamlakatlar mavzusimi


Kichik osiyo va qo‘shni mamlakatlar mavzusimi
REJA:
1.Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish — taraqqiyot omili
2. “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik”
3. Kichik osiyo va qo‘shni mamlakatlar mavzusimi

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish — taraqqiyot omili
O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida transport logistikasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish uchun ishonchli zamin yaratdi, deb yozadi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik sohasidagi siyosati mintaqa mamlakatlari o‘rtasida savdo va transport logistikasi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga yo‘l ochmoqda, deb yozadi.
Xorijiy davlatlar, xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari faollashganini Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida ish boshlagan davr bilan bog‘lashadi. Bu jarayonda O‘zbekiston yetakchisining amaliy harakatlari va tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etayotgani e’tirof etiladi.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida yuritayotgan tashqi siyosati, avvalo, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minladi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston, shuningdek, mintaqamizning investitsion jozibadorligiga yo‘l ochdi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga so‘nggi murojaatnomasining tashqi siyosat bo‘limida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat yetakchisi tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash alohida e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tgan yili Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etilib, joriy yil 15−16 iyul kunlari poytaxtimizda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidentining Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining yillik maslahat uchrashuvlarini tashkil etish tashabbusi ham mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Birinchi shunday uchrashuv 2018 yili Nursultonda, ikkinchisi 2019 yili Toshkentda o‘tkazilgan bo‘lsa, uchinchisi pandemiya sabab 2021 yilga qoldirilgan.
Shunisi ahamiyatliki, davlatimiz rahbari ilk xorijiy tashriflarini 2017 yilning mart oyida Markaziy Osiyo davlatlaridan boshladi: avval Turkmaniston va Qozog‘iston, so‘ng Qirg‘iziston va Tojikistongatashriflar amalga oshirildi. Ushbu tashriflar chog‘ida biznes forumlar o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo bitimlarning salmoqli paketlari imzolandi. Bu esa O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq, kooperatsion aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Bundan tashqari, qo‘shni davlatlarning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va mintaqaviy iqtisodiy forumlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining O‘zbekistonga javob tashriflari esa ko‘p tomonlama hamkorlik poydevorini yanada mustahkamladi hamda iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirdi.
Birgina 2021 yilning mart oyida Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonga, shu yil iyun oyida esa mamlakatimiz rahbari Tojikistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashriflar chog‘ida sanoat kooperatsiyasi yo‘li bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yirik investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish va qo‘shma ishlab chiqarish obyektlarini yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Xususan, keyingi yillarda Qirg‘iziston va Tojikiston bilan o‘zaro tovar aylanmani ikki baravar ko‘paytirish maqsadlari qo‘yilib, O‘zbekistonda suv ta’minotini sezilarli darajada yaxshilaydigan gidroenergetika loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mahsulotlarimizni Markaziy Osiyo bozorlarida targ‘ib qilish maqsadida qo‘shni davlatlarda O‘zbekiston savdo uylari ochila boshladi.
Shu tariqa O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnilik, do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash siyosati savdo-iqtisodiy, kooperatsiya, investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida transport logistikasi sohasidagi aloqalarni kengaytirish uchun ishonchli zamin yaratdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2016 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan savdo aylanmasi 2 barobardan ziyod oshib, 2,5 milliard dollardan 5,2 milliard dollargacha o‘sdi. O‘sish ko‘rsatkichi Qozog‘iston bilan — 1,8, Qirg‘iziston bilan — 5, Turkmaniston bilan — 2,7 va Tojikiston bilan — 2,4 barobarni tashkil etdi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan umumiy savdo aylanmasidagi ulushi hajmi ham 10,2 dan 12,4 foizga oshdi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy faollikning umumiy susayishi sabab 2020 yil yakunlariga ko‘ra Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi qisman, ya’ni 2019 yildagiga nisbatan 5,4 foiz pasaydi, biroq O‘zbekistonning umumiy tovar aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlari ulushi 12,4 foizdan 13,6 foizga oshdi.
2021 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foiz o‘sdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning umumiy tovar aylanmasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ulushi 17,2 foiz ortdi. Bu mamlakatimizda ichki mintaqaviy savdo-sotiqning kengayganidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston ulushi O‘zbekiston tovar aylanmasining eng katta hajmiga ega. 2020 yilda O‘zbekiston bilan mintaqaviy tovar aylanmasida Qozog‘istonning ulushi 61, Qirg‘izistonniki 18,2, Turkmaniston ulushi 10,6, Tojikiston ulushi esa 10,1 foizni tashkil etdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasing eng asosiy ko‘rsatkichi eksport hajmi bo‘lib, bunda eksport qilinayotgan tovarlarning chet el bozorlarida kirib borish imkoniyatlarni hamda ularning raqobatbardoshlik darajasini ko‘rsatadi.
2016 yildan 2019 yilgacha O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti qariyb 2 barobardan yoki 1,3 milliard dollardan 2,5 milliard dollargacha va O‘zbekiston umumiy eksportida Markaziy Osiyo davlatlari ulushi 10,8 dan 14,5 foizga o‘sdi. Shuningdek, eksport hajmi Qozog‘istonga — 1,5, Qirg‘izistonga — 5,5, Tojikistonga — 2, Turkmanistonga 1,8 baravar oshdi.
Koronavirus pandemiyasiga qaramay, 2020 yilda Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport mos ravishda 13 hamda 23,5 foiz ko‘paydi.
2021 yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foiz oshdi. Shuningdek, O‘zbekistonning umumiy eksportida Markaziy Osiyo davlatlari ulushi sezilarli — 19,9 foiz oshdi, ya’ni eksportning deyarli beshdan bir qismi mintaqa mamlakatlariga to‘g‘ri keldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlariga asosan qayta ishlash sanoatining tayyor mahsulotlari eksport qilinishini hisobga olsak, yetkazib beriladigan xomashyo eksportini hisobga olmagan taqdirda ham mintaqa davlatlarining umumiy eksport hajmidagi ulushi ancha yuqori bo‘ladi.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlariga 454 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yoki sohadagi umumiy eksportning 45 foizi, 365 million dollarlik to‘qimachilik tovarlari yoki ushbu mahsulotlar umumiy eksportining 20 foizi yetkazib berildi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlariga qariyb 150 million dollarlik yengil avtomobillar eksport qilingan, bu esa barcha avtomobillar eksportning 85 foizidan ortiqdir. Shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlar ichida yengil avtomobillar eksport ulushining asosiy qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, eksport qilinayotgan elektrotexnika mahsulotlarining 20 foizga yaqini Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berilmoqda va mintaqa bozorlari ayrim tovar pozitsiyalari, xususan, maishiy texnika uchun «qaynoq manzil» hisoblanadi.
Masalan, 2020 yilda mahalliy «Artyel» kompaniyasi mahsulotlarining Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi yarim avtomatik kir yuvish mashinalari bozoridagi ulushi 50, Tojikistonda 70 foizga, oshxona plitalari uchun: Qozog‘istondagi ulushi 65, Qirg‘izistondagi ulushi 20 foizga, suv isitgichlar uchun: Tojikistondagi ulushi 58, Qozog‘istondagi ulushi 37 foizga yetdi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga eksport qilish hajmini yanada oshirish istiqbollari ulkan. Ta’kidlash joizki, 2020 yilda mintaqa davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasi 142,6 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 12,7 milliard dollari yoki 8,9 foizi ichki mintaqaviy savdo ulushidir. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarining xomashyo eksportini hisobga olmagan taqdirda ham foydali qazilma hisoblanmaydigan tovarlar uchun mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo ulushi ancha yuqori bo‘ladi.
Shuningdek, ichki mintaqaviy savdo hajmini, ayniqsa, tayyor mahsulotlar hisobiga oshirish ulkan istiqbolga ega, deb hisoblanmoqda. Xalqaro savdo markazi metodologiyasi bo‘yicha qilingan hisob-kitoblar Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdoda 1,1 milliard dollar, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari borasida 530 million, kimyo sanoatida 180 million, metallurgiya sanoatida 120 million, yengil sanoat tovarlari borasida 110 million dollarlik amalga oshirilmagan eksport salohiyati mavjudligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston ham Markaziy Osiyo mamlakatlariga 600 million dollardan ko‘proq, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha 350 million, yengil sanoat mahsulotlari bo‘yicha 90 million, kimyoviy mahsulotlar bo‘yicha 80 million dollarlik hamda metallurgiya mahsulotlari bo‘yicha 48 million dollarlik amalga oshirilmagan eksport salohiyatiga ega.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining ichki bozorlarga o‘zaro kirishining kengaytirilishi, asosan, tayyor mahsulot eksportini oshirish bo‘yicha ko‘p jihatdan ular tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Chunki xomashyo bo‘lmagan ko‘pgina tovarlar o‘zaro savdosida ular raqobatchi emas, balki sheriklar bo‘lishi mumkin.
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti va aholisining o‘sishi bilan ichki hududiy bozorning umumiy salohiyati ham yuksaladi, mamlakatlararo kooperatsion aloqalar va o‘zaro savdo-sotiq kengayishi esa uning investitsion jozibadorligini oshiradi.
BCG xalqaro konsalting kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, keyingi 10 yil davomida Markaziy Osiyoning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyati 170 milliard dollarni tashkil etadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining investitsion jozibadorligi oshishi bilan O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan investitsion hamkorligi ham kengayib bormoqda. Masalan, so‘nggi yillarda Qozog‘iston kapitali ishtirokida O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan korxonalar soni 856 tadan 999 taga, Qirg‘iziston korxonalari 169 tadan 217 taga, Tojikistonniki 171 tadan 205 taga, Turkmaniston korxonalari esa 155 tadan 159 taga ko‘paydi.
O‘zbekiston sarmoyalari ham Markaziy Osiyo davlatlarida faol ishtirok eta boshladi. Masalan, Tojikistonda maishiy elektronika ishlab chiqarish bo‘yicha «Artel Avesto Elektroniks» qo‘shma korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Transformator ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalar tuzish rejalashtirilmoqda. Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida plastik eshik va deraza romlari, maishiy texnika ishlab chiqarish qo‘shma korxonalari ishlamoqda, hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtotransport ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Qozog‘istonda avtomobillarni yig‘ish qo‘shma korxonasi, to‘qimachilik fabrikasi faoliyat yuritmoqda, maishiy texnika ishlab chiqarish zavodi ochilishi ko‘zlanmoqda. Bundan tashqari, ishlov berish sanoati, qurilish, avtomobillar savdosi va servis xizmati sohalarida o‘zbek kapitali ishtirokidagi 1200 dan oshiq kichik biznes korxonasi ishlamoqda.
Oliy darajadagi tashriflar doirasida imzolangan kelishuvlar asosida tashkil etiladigan O‘zbek-qirg‘iz investitsion jamg‘armasi va O‘zbek-tojik investitsion kompaniyasi mablag‘lari investitsion hamkorlikning yangi shakli sifatida hamkorlikdagi investitsion loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti hududida Markaziy Osiyo xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishi boshlanib, u ikki davlatning hamkorlikdagi investitsion loyihalarini amalga oshirish uchun yirik sanoat va savdo-logistika maydoniga aylanadi. Markaz 400 gektar maydonni egallaydi va u bir kecha-kunduzda ikkala yo‘nalishda 35 ming odam va 5 mingta yuk avtomobilini o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligi rivoji transport sohasida ham o‘z aksini topdi. Jumladan, mintaqada xalqaro transport yo‘lagi va infratuzilmasini shakllantirish mintaqa davlatlarining eksport mahsulotlarini jahon bozorlariga yetkazishda transport xarajatlari pasayishiga imkoniyat yaratadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston uchun ishonchli va xavfsiz transport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish o‘ta muhim masala. Chunki mahsulotlarni ochiq dengiz portlariga yetkazib berish uchun yuk tashuvchilarimiz istalgan yo‘nalishda kamida ikkita mamlakat hududini kesib o‘tishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘zining Turkmanistonga qilgan ilk tashrifi chog‘ida Amudaryo orqali o‘tgan Turkmanobod — Farob avtomobil va temir yo‘l ko‘priklarining ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu ko‘priklar yuk tashish hajmini 2,5 baravar oshirish imkonini beradi va O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagining muhim qismi hisoblanadi.
Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda qurilgan Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li ham O‘zbekiston uchun muhim loyiha hisoblanadi. U amaldagi yo‘nalishlarga nisbatan masofani 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish vaqtini esa 7−8 kunga qisqartirish imkonini beradi.
Qozog‘iston bilan shimol-janub va teskari yo‘nalishda to‘g‘ri, multimodal transport yo‘nalishlarini yagona tarif siyosatida shakllantirish transport sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi va u ikki mamlakatning tranzit salohiyatini oshiradi.
O‘zbekistonning geografik jihatdan Markaziy Osiyo markazida joylashuvi mintaqadagi savdo-sotiq doirasida tovarlarni qo‘shni mamlakatlar bozorlariga qisqa yo‘nalishlar bilan yetkazib berish va transport xarajatlarini minimallashtirishga yo‘l ochadi. Bu esa mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport hajmini ko‘paytirish uchun qulay imkoniyatlarni taqdim etadi.
Siyosatdonlar nazarida mintaqaviy birlik azaliy va tobora ommaviylashib borayotgan tushuncha. Iqtisodiy-siyosiy nufuzga ega bo’lmagan davlat xalqaro sahnada o’z o’rnini topishga qiynaladi.
Markaziy Osiyo Rossiya va Xitoydek katta davlatlar soyasida qolib ketishni istamasa va yirik siyosiy o’yinchi sifatida ko’tarilmoqchi bo’lsa, deydi ayrim tahlilchilar, birlashishga majbur.
Buning ustiga qo’shnilari bilan yaqin aloqada bo’lmagan davlatning tashqi dunyo bilan hamkorlik qilishi qiyin.
Madaniy va iqtisodiy jihatdan yaqin mamlakatlar bir-biriga suyansa tezroq taraqqiy eta olishini Yevropa Ittifoqi misolida ko’rish mumkin.
G’arb nazarida bugun Qozog’iston - Markaziy Osiyodagi yetakchi iqtisodiy kuch bo’lsa, demokratiya va erkinlik bobida Qirg’iziston ancha oldinda.
Ammo shimoldan Rossiya, sharqdan Xitoy, g’arbdan Eron va janubdan Afg’oniston kabi davlatlarga qo’shni mintaqa siyosiy-iqtisodiy jihatdan tarqoq hudud sifatida tilga olinadi.
Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi mintaqaga birdamlikni nasihat qila boshlagan.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati Pyer Morel fikricha ko’p narsa hukumatlarning irodasiga bog’liq.
Markaziy Osiyo yirik derjavalar uchun “hovli” sifatida xizmat qilishni istamasa, erkin savdo va raqobat uchun zamin hozirlashi lozim, deydi u.
Morelning aytishicha, Yevropa bunda mintaqaga yordam berishga tayyor.
G'arbda yangrayotgan umumiy mulohaza shuki, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikiston aholi turmush darajasini ko’tarish uchun chegara va suv taqsimoti bobida, boj va savdo yuzasidan kelishib olishi va umumiy iqtisodiy zona yaratishi lozim.
“Mintaqaviy ittifoq tuzish kerak”, - deydi o’zbekistonlik mutaxassis Abdumannob Po’lat. Amerikada yashovchi bu tahlilchi fikricha, mintaqa birdam emas ekan, Markaziy Osiyo uchun taraqqiyot yo’llari ham yopiq.
"Iqtisodiy tomondan oyoqqa turgan Markaziy Osiyogina siyosiy erkinliklar sari jiddiy qadam qo'ya oladi".
Qirg'izistondek cho’ntagi bo’sh xalq demokratiyaga erishdi, deydi Abdumannob Po’lat, lekin baribir uzoqqa bora olmayapti.
O’zbekiston rasmiylari, jumladan mamlakatning tashqi savdo va sarmoya bo’yicha vaziri Elyor G’aniyev respublika qo’shni davlatlar bilan o’nlab kelishuvlar imzolagani va ular asta-sekin amalga oshirilayotganini ta’kidlab keladi.
Biroq mintaqaviy yig’inlarda hatto prezident Islom Karimovning o’zi ham bitimlar ish bermayotganini qayd etadi.
Karimov 10 yil oldin olg’a surgan mintaqaviy ittifoq masalasi bugun Qozog’iston tomonidan yangilangan va prezident Nursulton Nazarboyev ushbu taklifni bir necha bor o’rtaga tashlagan.
Karimov ta’biricha O’zbekiston uchun bu hozir eng muhim masala emas. Davlatlarning taraqqiyot darajasi turlicha, deydi Karimov.
Bu ikki yirik qo’shnining fikri bir joydan chiqmas ekan, deydi tahlilchilar, qolgan davlatlar hech narsa qila olmaydi.
Markaziy Osiyo integratsiyasi mavzusida Fransiyaning Monpelye Universitetida doktorlik ishi ustida ishlayotgan yosh tadqiqotchi Iqbol Qoraboyev fikricha regional birliksiz mintaqa dunyodagi yangi tartibda o’z o’rnini topa olmaydi.
“Hozir xalqaro munosabatlarda bir-biriga yaqin joylashgan, siyosiy, madaniy, etnik, diniy yoki iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqin davlatlar o’zaro bir hududiy tashkilot tuzib, shu tashkilot atrofida yagona hududiy birlik va o’zlik yaratish harakati kuchayib bormoqda”,- deydi Qoraboyev.
Markaziy Osiyo davlatlari bugun Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati kabi tashkilotlarga a’zo. Ularning maqsadi ham iqtisodiy-siyosiy hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratish.
“Lekin bu tashkilotlarning bir xususiyati borki, ular ichida dunyo darajasida siyosat yuritadigan Rossiya va Xitoy bo’lsa, ikkinchi tomonda Markaziy Osiyoning kichik davlatlari bor”,- deydi Qoraboyev.
Yuqorida tilga olingan tashkilotlarga a’zolik Rossiya va Xitoydek yirik qo’shnilar bilan yaqinlashishga yordam berishi mumkin.
Ammo, deydi Iqbol Qoraboyev, aynan mintaqa ravnaqini ko’zlovchi, aynan uning xalqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot tuzish – zamon talabi. Toki mintaqa xalqaro sahnada o’z o’rniga ega bo’lsin.
Masalan, deydi tadqiqotchi, Janubi-Sharqiy Osiyo Davlatlari Uyushmasi, qisqacha, ASEAN deya tanilgan mintaqaviy tashkilot bugun dunyo minbarida 11 mamlakat nomidan gapiradi. Singapur va Malayziya kabi tez rivojlanayotgan davlatlar unga a’zo. Qolaversa, deydi Iqbol Qoraboyev, Yevropa Ittifoqi ham mintaqaviy hamjihatlikka asoslangan.
“Yevropa Ittifoqi davlatlari regional mantiqni juda yaxshi o’zlashtirib olgan. Shu jihatdan ular Markaziy Osiyo davlatlariga bu mantiqni tushuntirib berishda, uning foydasini ochib berishda katta rol o’ynashi mumkin”,- deydi u.
AQSh Markaziy Osiyoni Afg’oniston bilan hamkorlikni kuchaytirishga chorlab, maxsus loyiha ishlab chiqqan.
“Bu Buyuk Markaziy Osiyo loyihasi, Afg’oniston notinch ekan, hali-beri foyda bermaydi”,- deydi Iqbol Qoraboyev.
Lekin AQSh siyosatchilariga Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat yuzasidan maslahat beruvchi Frederik Starr deydiki, mintaqa faqat shimol yoki sharq bilan emas, har tomonlama, xususan, Hindiston va Pokiston kabi yirik portlarga ega, dunyo suvlariga olib chiquvchi davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirishi kerak.
Biroq, deydi Frederik Starr ham, Markaziy Osiyo hudud sifatida o’zini mustahkamlab olishi kerak. AQSh mintaqaga har tomonlama yordam berishi va hukumatlarga bir yoqadan bosh chiqarib ishlash uchun yo’l ko’rsatishi lozim.
Bir yoqadan bosh chiqarish uchun esa Markaziy Osiyodagi har bir davlat avvalo ittifoqdan unga nima naf tegishi, konkret foyda nimada bo’lishini aniqlab olishi kerak.
O’zbekistonlik yana bir yosh tahlilchi, AQShning Vayoming (Wyoming) Universiteti magistranti, siyosatshunoslikdan tahsil olayotgan Ahad Abdurahmonov fikricha hozirgi kunda biror mintaqaviy birlashmani amalda ko’rish qiyin, chunki Markaziy Osiyo xalqlari va hukumatlari qator murakkab savollarga javob topishi kerak.
“Agar birlashish kerak bo’lsa, qaysi platformada birlashadi? Kim unda asosiy rol o’ynaydi"? - deya so'raydi Abdurahmonov.
Tashqi siyosatda mintaqadagi hukumatlar o’zaro kelishib yo’l tuta oladimi, yaqin hamkor-davlatlar bunga nima deydi?
Ahad Abdurahmonov nazarida bular bugungi siyosiy manzarani hal etayotgan muhim faktorlar.
“Markaziy Osiyodagi siyosiy institutlar bir-biri bilan yaqin aloqada bo’lib, bir-birini qo’llab-quvvatlashi kerak bo’ladi. Ikkinchidan, bizga yaqin bo’lgan, katta geopolitik kuchga ega bo’lgan davlatlar bor. Bu masala ularning ham ixtiyoriga, bu narsaga moyil yoki moyil emasligiga ham bog’liq”,- deydi Abdurahmonov.
“Amerika Ovozi” bilan muloqotda bo’lgan mutaxassislar va rasmiylar bir fikrda kelishadi – mintaqaning siyosiy-iqtisodiy-madaniy jihatdan birlashishi oson bo'lmaydi, lekin teng huquqli birlikka erishish unga jahon sahnasida o’ziga xos kuch va nufuz beradi.
Erkin iqtisodiy hudud barpo etilishi esa mintaqa xalqlari uchun katta imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yana bir muhim omil, deya eslatadi sharhlovchilar, birlik avvalo o’zaro hurmat va ishonchdan boshlanadi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida qayd etish mumkinki, O‘zbekiston yuritayotgan ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Qo‘shni davlatlar O‘zbekistonning ishonch va yaqin qo‘shnilik muhitini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholamoqda, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror, xavfsiz, hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarning tezkor taraqqiyotiga yordam beradi.
Download 39,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish