1. Ishlab chiqarish funktsiyasi



Download 16,38 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi16,38 Kb.
#734051
Bog'liq
15 bilet


1.Ишлаб чиқариш функцияси. Ишлаб чиқариш имкониятилари ва унинг ўсиши.
2. Эркин рақобат шароитида нархнинг шаклланиш хусусиятлари
3. Товар ва унинг хусусиятлари
4. Тадбиркорлик капитали ва унинг ҳаракат босқичлари
5. Эҳтиёжларни юксалиш қонуни
1. Ishlab chiqarish funktsiyasi - bu o'ziga xos texnologiyasi uchun mo'ljallangan, chunki ishlab chiqarish funktsiyasi har doim, ma'lum bir shakl bor. Yangi texnologik ishlanmalarni joriy bir o'zgarish sabab yoki qaramlik bir yangi turdagi yaratish.
Ushbu funktsiya tovarlar ma'lum miqdorda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xarajatlar, optimal (eng kam) miqdori topish uchun ishlatiladi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyatning qobiliyatidir ishlab chiqarish texnologiya rivojlanishining ma'lum darajasida barcha mavjud resurslardan to'liq va samarali foydalanish bilan iqtisodiy foyda. Resurslar cheklanganligi sababli, jamiyat texnologik tanlov qilishga majbur bo'lib, qaysi ehtiyojlar qanoatlantirilishi va qaysi biri qondirilmasligi kerakligi haqida qaror qabul qiladi. Shunday qilib, cheklangan resurslar ulardan foydalanishning muqobilligini aniqlaydi, bir-birini istisno qiladigan imkoniyatlarni muqobil tanlashni talab qiladi. Eng yaxshi variant jamiyat maqsadlari nuqtai nazaridan. Resurslardan foydalanish yo'nalishlari orasidagi muqobil tanlov ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i shaklida aks ettirilishi mumkin.
2. Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
3. Tovar va uning xususiyatlari.

Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta`rifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22 Bundan kwrinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi. Tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.


4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari

Tadbirkor ixtiyorida bo’lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mеhnat tomonidan harakatga kеltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag’lari birgalikda tadbirkorlik kapitali dеb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo’lib, uning qiymati – ko’pchilikka ma’lum bo’lganidеk, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mеhnat sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko’plab turdagi va miqdordagi nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta’minlashda; v) qisman qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida; g) eng muhimi, qo’shimcha mahsulotni yaratishda va o’zlashtirishda to’liq ishtirok etishi orqali namoyon bo’ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo’lishidan qat’iy nazar, u barcha ko’rinishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni kеltirib chiqaruvchi sabab – tovarda gavdalangan mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo’lib, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
5.Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni



Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning ri­voj­lanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi. Jamiyat ehtiyojlari kishilar, ya’ni ja­miyat a’zolari, korxonalar va davlat ehti­yojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom­pyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Ushbu ketma-ketlik ehtiyojlarni yuksalish qonuniga misol bo’la oladi.
Download 16,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish