1 Fuqarolik jamiyati qaysi tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi



Download 23.95 Kb.
bet1/3
Sana28.04.2020
Hajmi23.95 Kb.
  1   2   3

8-Seminar

Qonun ustuvorligining ta’minlanishi. Fuqorolik jamiyati shakllanishining xalqaro huquqiy tamoyillari va manbalari (Seminar)

Mavzu bo‘yicha olgan bilimlaringiz asosida quyidagi savollarni yoriting.

1 Fuqarolik jamiyati qaysi tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi.



2 Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat sotsial strukturalarining rivojlanishida yangi tamoyillar .

  1. Nikolo Makiavelli (1469-1527) fuqorolik jamiyati haqidagi g‘oyalari.

1.Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan: - siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; - butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi; - individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqigaasoslangan iqtisodiy mustaqilligi; - qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; - partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; - fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish; - faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi; - davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u o‘z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o‘z-o‘zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.

  1. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat boʼlganzaruriy qadriyatlarni shakllaninishini izdan chiqarib turadi. Shuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning rolini muvozanatlashtirish boshqaruvni modernizatsiyalashning ustuvor yoʼnalishi hisoblanmoqda.Shuning uchun ham davlat boshqaruviga doir (maʼmuriy) islohotlarni amalga oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda bogʼliqdir. Chunki, inson taraqqiyotining asosiy komponentlaridan biri, bu – inson taqdirini hal etish, uning huquq va erkinliklarini taʼminlanishiga doir boshqaruv jarayonida uning oʼzi bosh manfaatdor sifatida ishtirok etishi taqozo etiladi.

Maʼlumki, gʼarbda maʼmuriy islohotlar asosiga subsidiarlik printsipi qoʼyilgan boʼlib, u asosan gʼarbda rivojlangan quyidagi diniy qadriyatni dunyoviylik asosida hal etish bilan bogʼliq boʼldi: “Shaxsning oʼz tashabbusi va kuchi bilan qiladigan narsalardan mahrum qilish va uni jamoatga taalluqli deyish mumkin emas. Xuddi shuningdek, qattaroq va yuqori darajadagi hamjamiyatning kichik va itoatkor hamjamiyat qilishi va oxiriga yetkazishi mumkin boʼlgan ishga daʼvogarlik qilishi ham xuddi yuqoridagidek, ijtimoiy tartibot uchun nihoyatda zararli boʼlgan nosogʼlom muhitdir”.

Hozirgi davrga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanib borishi bilan davlat boshqaruvini nomarakazlashtirish (detsentralizatsiyalash) uchun ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik shart-sharoitlar yaratiladi. Bu jarayon davlat boshqaruvini erkinlashtirish (liberallashtiish) va maʼmuriy islohotlarning eng asosiy sharti hamdir.

Fuqarolik jamiyati shakllanib borgani sari mansabdorlar faoliyatini milliy manfaatlar, jamiyat baroqarorligi va xalq farovonligi asosida kechishi uchun shart-sharoitlar shakllanib boradi. Chunki, jamiyatning manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari uygʼunlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida fuqarolarning huquqlar ham manfaatlar asosida insoniy birliklarga uyushish va shu asosda hokimiyat organlarini nazorat qilish, ularda ishtirok etish mayllari shakllanib va oʼsib bordi.

Fuqarolik jamiyati sharoitida markaziy hokimiyatda milliy manfaatlar bilan bogʼliq yirik vakolatlardan boshqasi mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga uzatiladi. Hududiy oʼzini oʼzi boshqarish organlari, oʼz navbatida, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi oʼz zimmasiga olmagan yoki u rad etganidan boshqa vakolatlarni amalga oshira boshladi. Bu holatda konsensusga erishish printsipiga asoslanildi. Bu printsip koʼpincha maʼmuriy shartnomalarda ifodalana boshlaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo boʼlishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli taʼsir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasinikeng va tor maʼnolardaishlatish rusumga kirdi. Keng maʼnodagifuqarolikjamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqoʼlietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qaramboʼlmagan qatlam sifatidarivojlandi. Shuningdek, fuqarolikjamiyati keng maʼnodafaqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balkiavtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo boʼlishi bilan fuqarolikjamiyati siyosiy hokimiyattomonidan butunlay «yutib» yuboriladi.

3 Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va interpretatsiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan.



3.Fuqorolik jamiyati asoslari Iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko'p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a'zosi, qandaydir mulkka ega bo'lishi, o'z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo'lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste'mol faoliyati erkinligining ta'minlanganligi.


Download 23.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat