Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Unversituti Qarshi



Download 27,6 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2020
Hajmi27,6 Kb.
#47046
  1   2   3
Bog'liq
falsafa.oraliq


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent

Axborot texnologiyalari Unversituti Qarshi

Filiali Kompyuter injenering fakulteti

DI-11-19 guruh talabasi Baxtiyorov Dostonning

Falsafa fanidan oraliq nazorat

Ishi


Bilet. N°2

1.Axloqshinoslik fanining prinsiplarini tushuntiring?

2.Estetik ong tushunchasiga ta'rif Bering ?

3.Sabab va ong katagiriyasini tushintiring ?

4.Mantiq faning maqsad va vazefalari

1. Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so`ng) alohida falsafiy yo`nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma`lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning tadqiqot ob`ektini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yohud ezgulik falsafsi deb atash mumkin.

Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo`nalishda ish olib boradi, ya`ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o`rgatadi. Shunga ko`ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me`yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunoslikning bo`lishi mumkin emas. U insoniyat o`z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o`rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Yani, axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Cicyeron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G`azzoliy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauyer, Foyyerbah, Kirkegaard, Nitchhe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta`limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning « Mahbub ul - qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulhaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag`ishlangan asarlar ham o`z mustahkam o`rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o`ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning umumligidadir.

Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan o`zaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning nafosatshunoslik (estetika) bilan aloqasi qadimiy va o`ziga xos. Avvalo, insonning har bir hatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo`ladi, ya`ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go`zallik) ham nafosat (tashqi go`zallik) hususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko`p hollarda axloqiylikni ichki go`zallik, nafosatni tashqi go`zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ma`lumki, sanat nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Har bir sanat asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko`tariladi va san`atkor doimo o`zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali bevosita yohud bilvosita aks ettiradi. Demak, nafosatshunoslik o`rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma`lum ma`noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo`ladi.

Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo – axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo`lgan ma`lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta`sir ko`rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta`sir o`tkazganlar.

Chunonchi, islom dinini oladigan bo`lsak, Quroni karim, Hadisi sharif, Ijmo` va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondoshadi.

Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma`lumki, juda ko`p hollarda axloq me`yorlari bilan huquq me`yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo`ladi. Shunga ko`ra, axloqni jamoatchilik asosdagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob`ektlari ko`p jihatdan o`xshash, ular faqat yondoshuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya`ni huquq me`yorlarining bajarilishi, odatda, mahsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo`lga qo`yiladi: axloq me`yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo`lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.

Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta`lim berish jarayonlarini pand-nasixatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o`zining nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta`lim-tarbiya o`zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.



  1. EEEE 
    stetik ong va estetik faoliyat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, estetik 
    faoliyat estetik ong asosida  vujudga keladi, shakllanadi, ya’ni 
    estetik faoliyat ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirishdir. 
    Agar muayyan talab-ehtiyojlar bo‘lmasa, inson faoliyatining 
    muayyan shakli ham vujudga kelmaydi. 
    Estetik talab-ehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi. 
    Faoliyat esa yangi talab va ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Es- 
    tetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini — 
    mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab 
    oladi. Estetik faoliyat san’atda eng sof holda ko‘rinadi. Chunki 
    mehnat va san’at go‘zallik qonunlariga rioya qilgan holda 
    yaratiladi. 
    Olimlarning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va sama- 
    ralari ularning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq 
    bo‘ladi. Faraz — estetik his-tuyg‘u bilan birgalikda kechadigan 
    jarayondir. Fahm-farosat — bu haqiqatni bevosita mushohada 
    etishdir. 
    Fahm-farosatsiz ijodiy faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Ilmiy 
    ijodning estetik mazmuni quvonch, shodlik hissini qondi- 
    rishdagina emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari va ularga 
    erishish usullarida ham ifodalanadi. Bular estetik his-tuyg‘u bilan 
    bevosita aloqada va bog‘liqlikda amalga oshadi. 
    Insonning har qanday faoliyatida estetik manba manbayi 
    mavjud bo‘lib, u o‘z faoliyati davomida moddiyat bilan birga 
    ma’naviyatga, ya’ni shodlik, sevinch, orzu-umid, erk-ozodlik 
    tuyg‘ulariga suyanib yashaydi, voqea-hodisalarni ijtimoiy
  2. 62 
    baholashga harakat qiladi. Inson o‘zining bu xususiyatini yo‘qotib 


    qo‘ysa, uning faoliyati mohiyat tabiatidan mahrum bo‘lib 
    qoladi. 
    Inson amaliy faoliyati jarayonida voqelikka bo‘lgan muno- 
    sabatining amaliy-nazariy, axloqiy va estetik shakllari vujudga 
    keladi. Insonning voqelikka bo‘lgan munosabati xilma-xil, ko‘p 
    qiyofali va rang-barangdir. Ular, bir tomondan, voqea-hodisa- 
    larning o‘zi ko‘p qiyofaliligi, serqirraliligi, ko‘p sifatliligidan, 
    ikkinchi tomondan esa faoliyat jarayonida tug‘iladigan inson 
    ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqadi. 
    Estetik ong (go‘zallik, xunuklik haqidagi tasavvurlar) hamda 
    san’atning voqelikka munosabati to‘g‘risidagi masala estetika va 
    san’atshunoslikning tub masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu ma- 
    salani faylasuflar, san’at nazariyotchilari, rassomlar turlicha 
    hal qilib kelganlar. 
    Estetik ong kishining tabiat va jamiyat bilan o‘zaro aloqasi 
    jarayonida, mehnat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. 
    Masalan, dastlabki davrda stixiyali, keyin ongli ravishda ehtiyojni 
    qondirish uchun san’atkorona ish bajarish orqali rivojlangan. 
    Hayotning o‘zi go‘zallik manbayidir. Ong esa uni aks ettiradi. 
    Estetik ong hayotning hamma sohalarini — tabiatni ham,
    kishining olamni o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyatini ham 
    qamrab oladi. 
    Estetik ong bir necha turlarga bo‘linadi: 
    1. Estetik his-tuyg‘u. 
    2. Estetik did. 
    3. Estetik baho. 
    4. Estetik ideal yoki estetik orzu. 
    5. Estetik nazariya (konsepsiyalar va boshqalar). 
    Insonning olamni estetik o‘zlashtirishi bir-biriga chambarchas 
    bog‘liq bo‘lgan uch jihatdan iboratdir: 
    1. Obyektiv voqelikdagi estetiklik. 
    2. Subyektiv estetiklik (estetik ong). 
    3. San’at (subyektiv va obyektiv estetiklikning o‘ziga xos 
    birligi). 
    Estetika bu jihatlarning mohiyatini, qonuniyatlarini va 
    muayyan ko‘rinishlarini ularning dialektik birligida o‘rganadi. 
  3. 63 


    Download 27,6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish