Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Unversituti Qarshi



Download 27,6 Kb.
bet3/3
Sana25.04.2020
Hajmi27,6 Kb.
#47046
1   2   3
Bog'liq
falsafa.oraliq

Sabab va oqibat — narsa va hodisalar oʻrtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida oʻzidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigani sabab , paydo boʻlgan hodisa esa oqibat deyiladi.

S. va o. oʻrtasidagi aloqadorlik sababiyat sanaladi. Sabab, birinchidan, vaqt jihatdan oqibatdan oldin keladi, ikkinchidan, oqibatni tugʻdiruvchi, yaʼni oqibatning vujudga kelishida zaruriy shart boʻlib xizmat qiladi. Mac, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, yaʼni ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli koʻrinish, shakl va holatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar oʻzaro sababiy bogʻlanishda deb biluvchilar deterministlar (qarang Determinizm), buni inkor etuvchilar indeterministlar (qarang Indeterminizm) deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy boʻlmagan, tashki va ichki, obʼyektiv va subʼyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga taʼsir koʻrsatishi mumkin. S. va o. aloqadorligi boʻyicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolar maxsus asarlar yozishgan. Diniy taʼlimotlarda esa, birlamchi sabab yoki hamma narsaning sababchisi xudo deb taʼkidlanadi.[1]

4.  – savol: Logika so’zi yunoncha – logos so’zidan olingan bo’lib, so’z, tushuncha, fikr, tafakkur ma’nolarini bildiradi. Osiyo xalqlarida logika mantiq shaklida qo’llaniladi. Mantiq – fikr yuritishning qounun-qoidalari, usullari, shakllari haqidagi fan.

Logika so’zi hozir ko’p ma’nolarda qo’llaniladi. An’anaviy jihatdan logika tushunchasining uch tomoni bor: birinchisi – ontologik tomoni – u ob’yektiv dunyo hodisalari o’rtasidagi o’zaro zaruriy aloqani o’rganadi va narsalar mantiqi deb yuritiladi, ikkinchisi – gnosologik, ya’ni bilimlar mantiqi tushunchalar o’rtasidagi zaruriy aloqani tekshiradi, uchinchisi esa, sof mantiqiy tomoni isbotlash va rad etish logikasidir. Ma ntiqning dastlabki ikki tomoni falsafa va dialektik mantiqqa mansubdir, uchinchisi tomoni – formal logikani tashkil etadi.

Biz ijtimoiy taraqqiyot mantiqqa asoslanib, jamiyat o’z-o’zidan rivojlanuvchi tizimdir, degen xulosaga kelamiz. Albatta, bundan so’z hayot taraqqiyoti qonuniyatlarining ichki zaruriyati, ya’ni mantiq haqida boradi. Agar so’z biror odamning nutqidagi mantiqning kuchi yoki, aksincha, uning muhokamasida mantiq yo’qligi haqida boradigan bo’lsa, u vaqtda so’z ichki zaruriy qonuniyatli bog’lanish, borlikdagi narsalar va hodisalar haqida emas, balki bizning fikrimiz, buyumlar haqidagi muhokama haqida boradi.

Fikrimiz bog’lanishi va taraqqiyotidagi ichki zaruriy qonuniyat inson irodasi uning psixik holati va boshqalarga muhtoj bo’lmagan qonuniyatdir. Bu qonuniyatlar moddiy olamdagi narsalar va ular o’rtasidagi bog’lanish hamda munosabat xarakteriga bog’liq va ular inson tafakkuri mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun ham tafakkur mantiqi mazmunini narsalar mantiqi tashkil etadi. Demak, tafakkur mantiqi narsalar yoki mantiqin’ikosidir.

Biz tafakkurimizdagi muhokama yordami bilan bir hukmdan ikkinchi hukmni chiqarib, fikrda aks ettirilgan buyumlar va ular munosabatini uzviy bog’laymiz. Chunki hayotimizdagi narsa va hodisalar bizning muhokamamizda o’zaro aloqadorlikda o’z ifodasini topadi. Masalan, hamma vaqt chigit bahorda ekilib, paxta kuzda teriladi deb muhokama qilsak, bunday muhokama mantiqiy bo’lishining asosiy sababi shundaki, biz haqiqatdagi bog’lanish qanday bo’lsa, uning o’zini xuddi shunday iyaodalaymiz.

Tafakkur ko’p qirrali, murakkab, shu bilan birga, bir butunni tashkil etadigan aqliy jarayondir. Demak, mantiq deganda biz insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida, ya’ni amalda namoyon bo’lib turuvchi to’g’ri, tartibli, aniq, asosli,ya’ni mantiqiy fikr yuritishni tushunamiz.

Shu ma’noda, mantiq ob’yektiv olamning rivojlanishi va o’zgarishining inson tafakkuridagi in’ikos qonunlari va shakllari haqidagi fandir. Demak, uning predmeti tafakkurning shakl va qonunlarini o’rganishdan iborat. Tafakkurning uch xil: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish kabi shakllari mavjud.

1. Tushuncha deb, buyum va xodisalar xususiyatlari, umumiy va muxim belgilarining yaxlit holda ifodalanishiga aytiladi.

Masalan, «odam» tushunchasini olaylik. Uning birinchi xususiyati – mehnat qurollarini, vositalarini tayyorlaydi; ikkinchi xususiyati – ijtimoiy hayot mahsuli; uchinchi xususiyati – odam ongli mavjudot. Demak, tushuncha olamning tafakkurda in’ikos etish shakllaridan biri, uning yordamida hodisalarning, jarayonlarning mohiyati bilib olinadi, ularning muhim tomonlari va belgilari umumlashtiriladi.

2. Hukm esa buyum va hodisalarning belgilari to’g’risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikrdir. Masalan, mehnatkashlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash hozirgi kun talabi, inson ijtimoiy mavjudot.

Hukm tushunchalarda tashkil topadi va u hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarning ongimizdagi in’ikosi, ya’ni o’z shakliga ko’ra hukm odatda ikki tushunchaning bog’lanishidan iborat.

3.xulosa chiqarish tafakkurning asosiy mantiqiy shaklidir. Xulosa chiqarish muhokamaning shunday jarayoniki, bir necha hukmdan chiqarilgan yangi hukm aqliy xulosadir. Ma ’lum xulosa chiqarishga tayanch manba bo’ladigan hukmlar mantiqiy asos deyiladi. Ulardan ma ntiqdan kelib chiqadigan yangi hukm xulosa deyiladi. Masalan, ustozlarni hurmat qilish olijanob fazilat, har bir mutaxassisning o’z ustozi bor va hokazo. Ammo shunday xulosalar borki, ularning amalda sezgi organlarimiz orqali his qilishimiz mumkin emas. Masalan: yerningo’z o’qi atrofida aylanish tezligi taxminan 1650 km. soatga teng; 2) ekvatorning uzunligi 40000 km ga teng. Demak yer o’z o’qi atrofida 24 soatda bir marta aylanib chiqadi, (40000:1650q24 soat 25 minut).

Xulosaning to’g’ri bo’lishi uchun xulosa asosida yotgan hukm to’g’ri bo’lishi, hukm xlosada o’z aksini topishi kerak. Masalan, «Jamiyat ob’yektiv qonuniyatlar asosida rivojlanadi», «Bozor munosabatlari – jamiyat rivojlanishining ob’yektiv qonuniyatlaridan biridir». Demak, jamiyat bozor munosabatlari asosida rivojlanadi.

Bilish jarayonida til muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, inson moddiy mavjudot sifatida buyumga xos shaklda mavjuddir. Bilish til shakliga kirgandagina hissiy qabullanadigan buyumlar – belgilar sistemasi bilan ifodalangandagina u bilan ish ko’rish mumkin. Demak, tafakkur voqelikni abstraksiyalashgan va umumlashgan obrazlarda aks ettiradi. Bilim til belgilarida mavjud bo’lib, ular olamdagi u yoki bu hodisalarning, jarayonlarning bildiruvchilik tasviriga ega.

Ammo bilimlarimizning hammasi ham haqiqat bo’lavermaydi. Masalan, ertalab quyosh juda yaqindan, tepalik ortidan chiqib kelayotgandek ko’rinadi. Aslida bunday emas, bunda narsa, hodisalarning haqiqiy munosabatini va hislatlarini to’g’ri aks ettirmaydi. Bilimlarning haqiqatligi insonning amaliy faoliyatida, tajribada aniqalanadi.

Inson amaliyoti bilish asosi va haqaiqat mezonidir. Amaliyot dastavval: insonning mehnat faoliyatidir, mehnat esa sanoatda: qishloq xo’jaligida, mada niyatda, ilmda turli shakllarda namoyon bo’ladi.

Tafakkur qonunlari esa fikr yuritishning barcha shakllarida sodir bo’ladigan ichki zaruriy bog’lanishlarni aks ettiruvchi eng umumiy qonunlardir. Mantiqda tafakkurning to’rtta qonuni o’rganiladi. Ular ayniyat, ziddiyat, uchinchisi istisno hamda yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga rioya qilib fikr yuritish, xulosaning aniq, izchil, asosli bo’lishini ta’minlaydi va xato fikrlar hosil qilishdan saqlaydi.

Tafakkur shakllari va qonunlari ob’yektiv xaraketrga ega.

Mantiqning fan sifatida shakllanishi qadimgi grek faylasufi Aristotel nomi bilan bog’liq. Aristotelning «Organon»nomli asari tafakkur shakllari haqidagi 6 asarni o’z ichiga olib, bu asarlarda tushuncha va hukm, sillogistik xulosa chiqarish va isbotlash, tafakkur qonunlari chuqur tahlil qilingan bo’lib, ular keyinchalik formal mantiq dnb nomlanadi.

Aristotelь ta’limoti keyinchalik bir qancha jihatlarda dialektik mantiq, formal mantiq sifatida rivojlantirildi. Ayniqsa, ingliz faylasuflari F.Bekon (1561-1626) va D.S.Millning (1806-1873) induksiya nazariyasi, fransuz faylasufi R.Dekartning (1596-1650) deduksiyaga oid ta’limoti, nemis mutafakkiri G.V.Leybnitsning tafakkur masalalarini matematik metod bilan yechish haqidagi g’olari va shu kabilar mantiq ilmining turli tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishida muhim rolь o’ynaydi.



Nemis klassik falsafasining asoschisi I.Kant (1724 – 1804) tafakkur tuzilishini izchil formalistik talqin qilish bilan birinchi marta formal mantiqning predmetini va qo’llanish sohasini qat’iy chegaralab berdi. Natijada falsafa oldiga tafakkur dialektikasini o’rganuvchi yangi mantiq yaratish vazifasi paydo bo’ldi. Dialektik mantiqni sistemali tarzda Gegelь ishlab chiqdi va uni mutloq ruhning umumiy taraqqiyoti haqidagi ta’limot deb atadi.
Download 27,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish