Muhammad al-Xorazmiy nomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 713-20 guruh talabasi Ismoilov Izzatilloning Dinshunoslik fanidan “ diniy sektaktalar va ularning faolyatining oqibatlari mavzusida yozgan mustaqil ishi.
Reja:
1.Diniy sekta deganda nima tushuniladi?
2.Diniy sektalar va ularning faolyatining oqibatlari
1.Diniy sekta deganda e’tirof etilgan yirik diniy yo’nalishlarning rasmiy aqidalaridan farqli tarzda faoliyat olib boradigan diniy guruhlar tushuniladi. Shuningdek, ushbu tushuncha mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsayadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo’nalishga mansub bo’lgan ko’plab sektalar faoliyat yuritmoqda. Mutaxasislar ularning sonini tahminan 5000 atrofida deb baholaydilar. Aytish joizki, zamonaviy voqelik diniy- ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo’lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganligini ko’rsatmoqda. Sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida ish olib boorish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektlarga asos solgan “avliyo”lar o’z izdoshlarini aldash yo’li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar. Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo’layotgan voqealarning ko’pchilikka ma’lum bo’lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.
Aksariyat musulmonlar “sekta” deganda o’rta asrlarda yuzaga kelgan “Assasinlar”yoki “Aum Sinrike” kabi yangi paydo bo’lgan soxta diniy firqalarni tushunadilar. Bunday adashgan guruhlar asrlar davomida paydo bo’lgan. XX asrga kelib, ular soni, turlari chunonam ko’paydiki, bu hol o’tmishga nisbatan xavotirli ko’rinish oldi. Sektalarning barchasiga xos bo’lgan xususiyat-e’tiqod va ibodat masalalarida dastlabki din yoki o’zlarini qarashi qo’yayotgan dib bilan ixtilofda bo’lishdir. Aynan mana shu xususiyat uni sektaga aylantiradi. Alohida ta’kidlash lozimki, har bir sekta o’zini “yagona to’g’ri etuvchi yo’l” deb tariflaydi. Sektaning dastlabki din bilan munosabatlari rivojlanishining bir necha yo’nalishini farqlash mumkin:
Sekta o’zini dastlabki dinning bir qismi, deb hisoblaydi. Bu dinning boshqa vakillari ham buni e’tirof etadilar;
Sekta o’zini dastlabki dinning bir qismi deb hisoblaydi. Biroq, bu dinning boshqa vakillari buni rad etadilar;
Sekta faqat kelib chiqishiga ko’ra dastlabki din bilan bog’lanadi, lekin alohida din hisoblanadi;
Sekta avvaldan boshqa dinlar bilan bog’liq bo’lmagan holda yoki turli dinlarning xos belgilari birlashishi natijasida paydo bo’lgan. Shunga qaramay, har kim bir sektani e’tiqod va ibodat masalalaridagi bir qator muhim jihatlar ajratib turadi. Sekta a’zolarining yana bir asosiy xususiyati shundaki, ular xoh yashirin, xoh oshkora yoki xoh faol, xoh passiv yo’l bilan bo’lsin, iloji boricha ko’proq odamlarni e’tiqodiy masalada chalg’itish payida bo’ladilar. Haq dinga ergashuvchilarning kam ahamiyatli ayrim masalalar yuzasidan bahs va munozaralardan unumli foydalanib qolish esa sektantlarning asosiy uslublaridan hisoblanadi. Natijada ahamiyatsizdek ko’ringan masalalar yuzasidan paydo bo’lgan kichkinagina shubha mo’min kishing qalbida aqidaviy masalalariga nisbatan ishonchlilik paydo qilishi ehtimoldan xoli emas.
Sektalar jahon dinlarining asl asoslarini suistemol qiladilar va o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida firib, nayrang va g’irrom o’yinlari amalga oshiradilar. Ular insonni Xudoga emas, balki psixologlar ta’rifi bilan aytganda kul’tlarga, aniqrog’I soxta ma’budlarga bog’lab qo’yishga urinadilar! Sektantlik, ya’ni, guruh bo’lib ajralish Islom dinida keskin qoralangan. Muqaddas Islom dini insonlarga turli yo’llar bilan ko’plab zulm o’tkazish kabi jihatlarni aslo kechiktirmaydi. Psixolog mutaxassislarning aytishlaricha, insonda uchta tabiiy ehtiyoj-g’arazilalar bor. Sektalar ana shu g’arizalarni qondirishga chorlash orqali tuzoqlarini qo’yadilar. Bu g’arizalar quyidagilardan iborat: biroz narsa bilan umumiylikda bo’lish, tizimlilik, muntazamlik xususiyatiga ega bo’lish, atrofdagi insosnlar o’rtasida alohida e’tiborga, ahamiyatga ega bo’lish.
Sektalarga ko’pincha yakkalanib qolgan o’smirlar, baxtsiz oilalar, bolalari tomonidan qarovsiz qolgan qariyalar, kasbidan, ishxonasida hamkasabalaridan norozi xodimlar, beva qolgan onalarning kirib qolishlari oson bo’ladi. Chunki umumiylikda bo’lish, jamiyat bilan bog’langan bo’lish kabi qondirilmagan ehtiyojlar kishini yaltiroq shiorlar bilan qurollangan missonerlar qaramog’iga ilintiradi. Inson yakka holda, jamiyatdan alohida yashay olmaydi. U o’ziga yoqqan kishilar jamoasini izlaydi, insoniy xislatdan uddaburonlik bilan foydalanib, soddadil fuqarolarning yo’llariga tuzoq yasaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |