1. Davlatning funksiyalari 2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish 3. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»
1. Davlatning funksiyalari Firmadan tashqari, davlat ham tashkilotning yana bir turi hisoblanadi. Davlatning o`lchamlari katta bo`lsada, iqtisodiyotga davlatning iqtisodiyotga aralashuvini tahlil qilish mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot predmetiga kiradi, davlatni alohida tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko`rib chiqish lozim. Fuqarolar tomonidan o`z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi fakti bunday yondashuvning asosini tashkil qiladi – u o`z faoliyatini aynan shu asosda amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, davlatning tabiati fuqarolar va davlat apparati o`rtasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari bilan belgilanadi. Odatda fuqarolar bilan davlat o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi ijtimoiy shartnoma rolini o`ynovchi konstitutsiyada qayd etiladi. Masalan, Amerikada qo`llaniladigan «Huquqlar to`g`risidagi bill» shaxslardan hech qanday holatda begonalashtirilishi mumkin bo`lmagan huquqlarni va ular tomonidan davlatga topshirilishi mumkin bo`lgan huquqlarni aniq chegaralaydi.
Nima uchun fuqarolar o`zlarining «tabiiy» huquqlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechishadi va ularni davlatga topshirishadi? Hukumronlik munosabatlarining har qanday boshqa variantlari singari ushbu holatda ham fuqarolarni davlatning o`zaro hamkorlikni ta’minlash bo`yicha qator funksiyalarning amalga oshirilishini ularning o`zlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq uddalashiga bo`lgan ishonch harakatlantiradi. Mazkur funksiyalar to`plami u yerda bozor «muvaffaqiyatsizligi» o`rin tutgan, ya’ni u yerda klassik va neoklassik shartnomalar asosida hal etib bo`lmaydigan vazifalar paydo bo`ladigan sohalar bilan belgilangan. Bunday vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish: transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko`rsatadi;
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish: muvozanatli narx bozor ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko`rsatilgan axborot bilan almashish imkonini beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida shakllanadi;
o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish: davlatning ushbu yo`nalishdagi faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o`lchash xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi, yanada keng ma’noda esa universal chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi, chunki almashuvning universal tadbiri – pulning eng muhim funksiyalaridan biri;
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish: bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari (transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan maydonchalar va h.k.)ni ham o`z ichiga oladi;
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish: shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo`lishi sharnoma tomonlarining ulardan opportunistik maqsadlarda foydalanishidan kafolatlash uchun «uchinchi» tomon (sud)ning aralashuvini talab qiladi;
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish «chiptasiz» muammosini keltirib chiqaradi, bu uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan foydalanishni talab qiladi (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog`liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish).
Endi davlatning ushbu sanab o`tilgan funksiyalaridan birinchisini, shuningdek uning mazkur sohadagi qiyosiy ustunliklarini batafsilroq ko`rib chiqamiz.
Davlat – fuqarolarning quyidagi sohalarda o`z faoliyatini nazorat qilish huquqlarining bir qismini topshirishi natijasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlarining alohida varianti: mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish; axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish; o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish; tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish; huquqni muhofaza qilish faoliyati va ijtimoiy farovonlikni yaratish. Ushbu sohalarda davlat legitim, ya’ni ijtimoiy shartnomaga asoslangan majburlash va kuch ishlatish huquqiga ega bo`ladi.