Bozor iqtisodiyotida davlatning roli



Download 28,8 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi28,8 Kb.
#36932
Bog'liq
bozor iqtisodiyotida davlatning roli


Aim.Uz

Bozor iqtisodiyotida davlatning roli
Reja:

  • Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari.

  • Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.

  • Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.

  • Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash.

  • Resurslarni qayta taqsimlash.



1. Davlatning bozor iktisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iktisodiy funktsiyalari.
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas.

Bozor iktisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar:



    • bozorni monopollashuvi xavfi;

    • jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;

    • atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi;

    • ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi;

    • resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi;

    • iktisodiyotning bekaror rivojlanishi, iktisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k.

Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iktisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iktisodiyoti sof bozor iktisodiyoti xam, sof davlat iktisodiyoti xam emas. «Iktisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iktisodiyotini boshkarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir»* Ilgor davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iktisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi.

Davlatning iktisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir. SHuning uchun taxlilimizda davlatning asosiy iktisodiy funktsiyalarinigina ko`rib chikamiz.

Davlatning asosiy ikvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:

1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;

2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya kilish.

3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maksadida resurslarni kayta taksimlash;

4. atrof muxitni ximoya kilish;

5. daromad va boyliklarni kayta taksimlash;

6. iktisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iktisodiy o`sishni ragbatlantirish.

Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar o`kuv ko`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi).
2.Iktisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Ixtisodiyot davlat tomonidan ma`muriy, iktisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi.

Ma`muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o`rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub`ektlarini ro`yxatga olish kabilarni o`z ichiga oladi.

Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta`minoti, minimal ish xakini o`rnatish, ishsizlik nafakalarini berish kabilar kiradi.

Iktisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to`gridan-to`gri usullarni va byudjet-solik xamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o`z ichiga oladi..

Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) ko`paytirish yoki kiskartirish orkali mamlakat iktisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taksimlash va kayta taksimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chikish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar kismidagi mutanosiblikni ta`minlash, ishlab chikaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko`rsatish, baxolar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import kilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat axolisini ximoya kilish maksadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.

Davlat tomonidan ko`rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subventsiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.



Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, byudjet va byudjetdan tashkari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital ko`yilmalar, ilmiy tadkikotlar, kadrlarni kayta tayyorlashga ajratilgan mablaglar kirsa, bilvosita subsidiyalarga solik imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshkalar kiradi.

Bundan tashkari davlat axolini davlat transfertlari ko`rinishida ximoya kiladi.

Bozor iktisodiyoti sharoitida ko`p kirrali soliklar tizimidan foydalaniladi. Axoli davlat byudjetiga xar oyda olgan daromadlariga karab daromad soligi to`laydi, korxonalar esa olgan foydasiga karab foydadan solik to`laydilar. SHu kabi juda ko`p mavjud solik turlaridan okilona va ilmiy asosda foydalanish orkali davlat solik siyosatini, solik stavkalari mikdorlarini va imtiyozlari turlarini aniklaydi va shu bilan butun makroiktisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatadi. Soliklarni o`zgartirish orkali investitsiyalar va jamgarmalar ragbatlantiriladi.

Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga karatilgan va uning asosiy vazifasi baxolar va real milliy ishlab chikarish xajmining o`sishiga mos keladigan pul massasini ta`minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan xisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saklaydigan zaxiralari normasini o`zgartirish, kimmatli kogozlar bo`yicha ochik bozordagi operatsiyalarni yo`lga ko`yish va shuningdek, boshka tadbirlardir.

Iktisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iktisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chikish xamda xayotga tatbik etish xisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzok va kiska muddatlarga mo`ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor xajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab chikarish tarkibidagi o`zgarishlar, matematik modellar asosida xisob-kitob kilinadi va iktisodiyotning kaysi yo`nalishda rivojlanishi aniklanadi.


3. Antimonopol faoliyat va rakobatni rivojlantirish.

Davlat monopoliyani cheklash va rakobat muxitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga karshi konunlarga tayanilgan xolda olib boriladi. O`zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chikarish rakobat va tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash Davlat ko`mitasi zimmasiga yuklatilgan.

Monopollashuvga karshi kurash maksadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya xisoblanmagan korxonalarga bo`linadi. Tabiiy monopol bo`lmagan korxonalarni monopoliyadan chikarish chora- tadbirlari ko`riladi.

Tabiiy monopoliyalar ob`ektiv shart-sharoitlarga ko`ra monopol bo`lishi zarur, yoki monopoliyadan chikarish ilojsiz bo`lgan korxona yoki tarmoklardir.

Tabiiy monopolist korxonalar o`z mavke`laridan foydalanib maxsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko`tarib yuborishlariga yo`l ko`ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari ko`llaniladi.

Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo`lsin. Korxona maxsuloti tannarxi 10000 so`m bo`lgani xolda uni 13000 so`mga sotsa belgilangan ma`yoriy chegarani buzgan xisoblanadi. CHunki korxona 20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. SHu sababli ortikcha xisoblangan 1000 so`m (13000-12000) davlat ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga ko`shimcha moliyaviy jazo xam ko`llaniladi.

Davlat bu yo`l bilan iste`molchilar xukuklarini ximoya kiladi. Agar maxsulot baxosi korxonaga boglik bo`lmagan sabablarga ko`ra oshib ketgan bo`lsa va bu isbotlansa konun talablari buzilmagan xisoblanadi.

Rakobat muxitini yaxshilash, tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash maksadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish Davlat Mulk ko`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kitritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, boskichma boskich baxosini tushirib sotish, aktsionerlashtirish kabi usullar ko`llaniladi.

Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki boskichida uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat ob`ektlari va maxalliy sanort korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo`lsa, keyingi boskichda o`rta va yirikrok korxonalarni aktsionerlashtirish yo`li bilan davlat tasarrufidan chikarishga kirishildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan ko`llab kuvvatlash, shuningdek ularning xukuklarini ximoya kilish orkali xam amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrda imzolangan «Tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishni yanada kiskartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`grisida» gi Farmoni nazorat kiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini cheklash, ularning xukuklarini davlat tomonidan konuniy kafolatlashni kuchaytirishga bir misol bo`ladi.



4. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda kayta taksimlash

Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat axolisi oladigan daromadlar va kiladigan xarajatlar o`rtasida nomutanosibliklar paydo bo`ladi. Bu kabi muammolarni xal kilishda davlat asosiy axamiyatga ega. YA`ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi..

Birinchidan, transfert to`lovlari orkali yordamga muxtoj, bokimanda, nogiron va ishsizlarni nafakalar bilan ta`minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orkali daromadlar taksimlanishini o`zgartiradi. Fermerlar maxsulotini kafolatlangan baxolarda sotib olish va minimal ish xaki to`grisidagi konunchilik davlat axolining ayrim guruxlari daromadlarini tenglashtirish maksadida baxoni tartibga solib turishiga misol bo`la oladi. Bundan tashkari axolidan olinadigan daromad soliklarining foizlar bo`yicha tabakalanishi xam kam ta`minlangan axolini ko`llab-kuvvatlash maksadida oli borilayotgan tadbirlaridan biridir.

Davlat daromadlarni axoli o`rtasida kuyidagicha kayta taksimlaydi.

Birinchidan, daromadlar axolining turlicha daromad oladigan katlamlari orasida kayta taksimlanadi. Ko`llaniladigan progressiv solik stavkasi bunga imkon beradi. Masalan, O`zbekistonda axoli daromadlari progressiv solik stavkasi bilan solikka tortiladi. 2005 yildr o`rnatilgan shkalaga ko`ra dastlabki o`rnatilgan 5 minimal ish xakiga teng bo`lgan daromaddan 13 %, bundan ortik bo`lgan keyingi 5 minimal ish xakiga teng bo`lgan daromaddan 21 %, daromadning 10 minimal ish xakidan ortgan kismidan esa 30 % stavka bilan solik undiriladi. O`rnatilgan shkala kam daromad oluvchilardan kamrok solik undirish, ko`p daromad oluvchilardan esa ko`prok solik undirish imkonini beradi. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan turli ijtimoiy yordam to`lovlari esa aynan kam daromadga ega oilalarga ko`rsatiladi.

SHuningdek, davlat Pensiya jamgarmasi, Bandlik jamgarmasi, Kasaba uyushmasi jamgarmalariga ijtimoiy sugurta ajratmasi to`lovlarini ish beruvchilar (korxonalar)dan va ishlovchilardan undiradi. O`zbekistonda korxonalar 2005 yil xolatiga ko`ra sof tushumning 0,7 %i va ish xaki fondining 31 %i mikdorida, ishlovchilar esa ish xakining 2,5 % i mikdorida ijtimoiy sugurta to`lovlarini amalga oshiradi. Bu mablaglar pensiya ta`minoti, vaktincha ishga layokatsizlik bo`yicha kasallik varakasi, ishsizlik nafakasi, ishsizlarni mexnat birjalari orkali kasbga tayyorlash xarajatlarini koplash kabi tadbirlarni moliyalashtirishga sarflanadi. YA`ni sanab o`tilgan yo`nalishlar bo`yicha xam davlatning daromadlarni kayta taksimlash funktsiyasi namoyon bo`ladi.


5. Resurslarni kayta taksimlash.
Mamlakat xududlari va iktisodiyot tarmoklari o`rtasida umumdavlat manfaatlarini xisobga olgan xolda resurslarni kayta taksimlash davlatning muxim funktsiyalaridan biridir.

Iktisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy axamiyatli, ammo foyda ko`rib ishlamaydigan tarmok yoki korxonalarni ko`llab kuvvatlash maksadlari davlat byudjeti orkali daromadlar va resurslarni tamoklar orasida kayta taksimlash zaruriyatini tugdiradi.

Bu vazifa barcha tarmoklardan olingan solik tushumlari xisobiga moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablaglarini ustivor tarmoklarga yo`naltirish, shu tarmoklarga solik imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish orkali amalga oshiriladi.

Kommunal xo`jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi soxalar iktisodiyot tarmoklarining samarali ishlashi, normal xayotiy faoliyatni yo`lga ko`yish uchun zarur xizmatlarni ko`rsatgani xolda rentabelli soxalar bo`lmagani uchun xam davlat byudjetidan dotatsiya oladilar.

Mamlakat xududlarining resurs saloxiyati bir xil emasligi, axoli zichligi, sanoat tarmoklarining rivojlanishi darajalaridagi farklar tufayli axoli jon boshiga to`gri keladigan YAIM, sanoat maxsuloti, pullik xizmatlar, pullik daromadlar kabi ko`rsatkichlar xududlararo fark kiladi. Bu farklarning ukurlashuvi, o`z navbatida milliy iktisodiyot samaradorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, shunday xam rivojlanish darojasi past xududlardan kapital kochishi xolatlari ro`y berishi mumkin. Bu esa turli xududlar o`rtasidagi iktisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo`lgan farkni yanada chukurlashtiradi.

Davlat byudjet-solik va pul kredit siyosati vositalaridan foydalangan xolda iktisodiy ko`rsatkichlar darajasidagi xududiy tengsizlik darajasini yumshatish uchun resurslarni kayta taksimlaydi. Resurslarga boy, sanoati rivojlangan xududlarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi yukori bo`lgani xolda byudjet mablaglari xududlar o`rtasida ijtimoiy extiyojlarni xisobga olgan xolda, kam rivojlangan xududlar riojlanishi darajasini jadallashtirish maksadlarini ko`zlab taksimlanadi.

Markazlashgan byudjetga kelib tushadigan umumdavlat soliklarining xududlar ixtiyorida koldiriladigan ulushini ko`paytirish, ayrim xududlarga kiritiladigan investitsiyalar xisobiga ishlaydigan korxonalarga solik imtiyozlarini berish, ularni imtiyozli kreditlar bilan ta`minlash, erkin iktisodiy zonalar tashkil etish davlat xududiy iktisodiy siyosatining muxim elimentlaridan biridir.

Xozirgi zamon iktisodiyotidagi davlatning muxim funktsiyalaridan biri barkarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funktsiyasi boshka funktsiyalar bilan chambarchas boglik bo`lgani xolda iktisodiy o`sishni, inflyatsiya sur`atlarini cheklashni, ishsizlik darajasini me`yor darajasida ushlab turishni, davlat byudjeti va to`lov balansi mutanosibligini xamda milliy valyuta almashinuv kursi barkarorligini ta`minlash kabilarni o`z ichiga oladi. Bu masalalar o`kuv ko`llanmamizning tegishli mavzularida atroflicha ko`rib chikilishi tufayli bu savolda ularga to`xtalmaymiz.



Kiskacha xulosalar
Bozor kuchlarining iktisodiyotda mavjud resurslardan to`lik foydalanishni, baxolarning barkaror darajasini, ob`ektiv tarzda ro`y deradigan daromadlar darajasidagi tengsizlikni kamaytirishni xamda barkaror iktisodiy o`sishni ta`minlab turish uchun etarli emasligi davlatning bozor iktisodiyotiga aralashuvini zarur kilib ko`yadi.

Bozor iktisodiyoti sharoitida davlat iktisodiyotga aralashar ekan erkin bozor iktisodiyoti uchun xukukiy baza yaratadi,, daromadlar va boyliklarni, shuningdek, resurslarni kayta taksimlaydi va makroiktisodiy barkarorlikni ta`minlab turadi.

Bozor iktisodiyoti ishlab chikarilayotgan tovar va xizmatlarni ularning individual xususiyatlaridan kelib chikkan xolda taksimlaydi va kayta taksimlaydi. Ammo, shunday turdagi tovar va xizmatlar xam borki, ularni ishlab chikarish uchun bozor tizimi rakbat yarata olmaydi. SHuning uchun xam davlat bunday turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chikarish vazifasini o`z zimmasiga oladi. Bunday tovar va xizmatlarni ijtimoiy manfaatlarni ko`zlab ishlab chikarilayotgan maxsulotlar tarkibiga kiritamiz.

Davlatning mamlakat iktisodiyotiga aralashuvi asosan konunlarni ishlab chikib joriy etish, bevosita tovarlar va xizmatlar ishlab chikarish xamda makroiktisodiy siyosat vositalari asosida, ya`ni, byudjet-solik, pul-kredit siyosati vositalari yordamida olib boriladi.



Davlat daromadlarni axolining turli daromad dararjasiga ega katlamlari orasida, daromad va resurslarni esa turli tarmoklar xamda xududlar o`rtasida kayta taksimlaydi. Bunda umumdavlat manfaati ustivorligi doimo e`tiborga olinishi kerak.

Asosiy adabiyotlar



  1. Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 125-134 b.b.

  2. Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika/ Pod redaktsiey

Gryaznovoy A.G. i Dumnoy N.N. M., KNORUS, 2005., 227-257 s. s.

  1. Saidova G., SHadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «SHark» 2003, 49-51 s.s.



** Самуэльсон П., Нордхаус У. «Экономика».15-е изд.., М.,1997. с.75.

Download 28,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish