1-Amaliy mashg’ulot MAVZU: DIELEKTRIKLARNING QUTBLANISHI VA ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI. Amaliy ishning maqsadi: Laboratoriya sharoitida olingan natijalarni texnik adabiyot bildirgichlarida keltirilgan kattalik bilan qiyoslash.
Asosiy qism
Qattiq elektr izolyatsiya materiallari uchun ularning xajmiy va sirtiy o’tkazuvchanligini farqlash zarur. Turli materiallar uchun xajmiy va sirtiy o’tkazuvchanligini tegishlicha baholash uchun solishtirma xajmiy qarshiligi ρv va solishtirma sirtiy qarshiligi ρs qiymatlaridan foydalaniladi.
Solishtirma xajmiy qarshilik kattaligidan solishtirma xajmiy o’tkazuvchanlik, solishtirma sirtiy qarshilik kattaligidan esa solishtirma sirtiy o’tkazuvchanlik kattaligi aniqlanadi.
SI birliklari tizimida solishtirma xajmiy qarshiligi deganda, qirralari 1 m bo’lgan kub bo’lgan tekshirilayotgan materialdan fikran qirqib olinganini (agar tok kubning bir qirrasidan qarama-qarshi qirrasiga ko’ndagang oqqanida) 1 m ga ko’paytirilganiga aytiladi.
Yassi namunaviy materiallar uchun bir jinsli maydonda solishtirma xajmiy qarshiligi (Ω·m) quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
(3.2)
Rv - namunaning xajm qarshiligi [Ω]
s - elektrodlar yuzasi [m2]
h - namunaning qalinligi [m]
Dielektrikning solishtirma xajm o’tkazuvchanligi simens metrlarda o’lchanadi.
Solishtirma sirtiy qarshilik deganda, fikran yuzasi qirqib olingan kvadrat (istalgan o’lchamli) materialning bir tomonidan qarama-qarshi tomoniga tok oqishiga ko’rsatadigan qarshiligi tushiniladi.
Namunaviy dielektrik materialning solishtirma sirtiy qarshiligi (Ω) quyidagicha ifodalanadi. Solishtirma xajmiy qarshiligi (Ω·m) quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
(3.3)
Rs - namunaviy materialning sirtiy aktiv qarshiligi [Ω]
d - parallel turgan elektrodlarning kengligi [m]
l - parallel turgan elektrodlar orasidagi masofa [m]
Dielektrik materiallarning solishtirma sirtiy o’tkazuvchanligi simenslarda o’lchanadi.
Qattiq dielektriklarning elektr izolyatsiyasining qarshiligiga tegishli to’la o’tkazuvchanligi xajmiy va sirtiy o’tkazuvchanliklarini yig’indisini ifodalaydi.
1.1-Topshiriq. Nam holatda rezina quyidagi kattaliklarga ega:
U=800 V – kuchlanishi
h=2 mm – namunaning qalinligi
d1=4 sm – elektrod diametri
d2=6 sm – elektrod diametri
Nam holatdagi rezina materialining solishtirma sirtiy va xajmiy qarshiligini xisoblang va texnik adabiyot bildirgichlarida keltirilgan kattalik bilan qiyoslang.
VARIANT
№
|
U (B)
|
h (mm)
|
d1 (sm)
|
d2 (sm)
|
1
|
800
|
2
|
4
|
6
|
2
|
800
|
2,5
|
5
|
7
|
3
|
800
|
2,4
|
6
|
8
|
4
|
800
|
2,2
|
8
|
10
|
5
|
600
|
3
|
10
|
12
|
6
|
500
|
2,6
|
5,5
|
11
|
7
|
500
|
2,5
|
4,5
|
9
|
8
|
500
|
3,1
|
6,5
|
8,5
|
9
|
500
|
3,4
|
9,7
|
8,9
|
10
|
500
|
3,5
|
9
|
7
|
1.2-Topshiriq. Dielektrik materiallarni ayting va ular qaerlarda qo’llaniladi.
Yog’och –
Rezina –
Qog’oz –
Plastmassa –
.......
Do'stlaringiz bilan baham: |