№1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#454912
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 1 2



№ 1-, 2- mavzular. Berilganlar bazasi va uni boshqarish 
Reja: 
1)
Kirish. Asosiy Tushunchalar. Berilganlar bazasi konsepsiyalarining 
evolyutsiyasi.
2)
Berilganlar tuzulishining uch turi.
3)
Berilganlar bazasini boshqarish. Tranzaksiya. Kursor.
4)
Saqlovchi proseduralar va triggerlar. 
 
Tayanch iboralar: 
berilganlar bazasi, berilganlarning global mantiqiy taqdimoti, 
berilganlar modeli, konseptual model, konseptual chizma, berilganlarning tashqi 
tuzilishi, berilganlarning global mantiqiy tuzilishi, berilganlarning fizik tuzilishi, BB 
administratori, berilganlarning mantiqiy mustaqilligi, berilganlarning fizik 
mustaqilligi, «Uch bosqichli» arxitektura, tashqi daraja, ichki darajada, konseptual 
daraja, berilganlar bazasining chizmasi, tashqi chizma, ichki chizma. 
 
Berilganlar bazasi 
(BB) atamasiga mutaxassislar tomonidan turlicha, lekin bir-
biriga juda yaqin va chuqur ta’riflar berilgan. Shulardan biri, 
berilganlar bazasi
— 
bu ma’lum predmet sohaga taalluqli bo‘lgan, maxsus tuzilmaga ega berilganlar 
majmuasining nomi; berilganlar bazasini boshqarish tizimi (BBBT) boshqaruvida 
ishlaydigan, bir yoki bir qancha iiovalarni optimal tarzda ishlatadigan, o'zaro 
bog'langan berilganlar majmuasi; berilganlaming tuzilishi uni ishlatadigan 
programmalarga bog'liq bo'lmaydi; berilganlar shunday tuzilishga ega bo'ladiki, 
bunda ularni kengaytirish, o‘zgartirish, olib tashlash, tanlash va boshqa imkoniyatlar 
bo‘ladi. Berilganlar bazalari tuzilish jihatidan mustaqil bo'lsa, ularni boshqaruv 
tizimi o‘z tarkibida saqlaydi va boshqaradi. 
Ta’rifdan kelib chiqqan holda, boshqaruv tizimi berilganlar bazalari bilan 
mustaqil ishlash va/yoki programma mahsulotlari (ilovalari) orqali ishlash 
imkoniyatini beradi. Berilganlar bazalaridagi har qanday o‘zgarishlar ilovalarga 
mutlaq ta’sir qilmaydi. 
Berilganlar bazasining eng muhim jihatlaridan biri, uning doimiy ravishda 
o'zgarishi va ko‘payishidan iborat. Xo‘sh, shunga o‘xshash imkoniyatlar fayllarda 
ham bor ediku, nega yangi maxsus yo‘nalish yaratildi? 
Buning sababi, fayllardagi har bir o‘zgarishni amalga oshirish uchun 
programmani qaytadan o‘zgartirish va otladka qilish kerak bo‘ladi. Fayllarni 
kengaytirish, yana programmani o‘zgartirish va otladka qilishga olib kelar edi. Bu 
esa o‘z navbatida berilganlarning ortiqchaligiga olib kelar edi, ya’ni bir xildagi 


berilganlar turli fayllarda shaklan o‘zgargan yoki hattoki o‘zgarmagan holda 
saqlangan. Vaholanki, o‘tgan asrning 60- 70- yillarida beriiganlarni saqlash
o‘zgartirish va zaruriy qayta ishlov berish ehtiyoji kun sari o‘sayotgan edi. Chunki, 
korxonalarni boshqarishda elektron hisoblash mashinalarining ahamiyati hamda 
berilganlar bilan ishlash beqiyos ravishda oshib bormoqda edi. Ana shu ehtiyojlarni 
qondirish uchun 
yangi texnologiya zarur edi .BB ana shu talablarni qondirish uchun 
yangi texnologiya sifatida yaratildi. 
Bugungi kunda berilganlar bazasining tutgan o‘rni nihoyatda beqiyos bo‘lib, 
ilmiy-texnika masalalarini yechish, turli tizimlar, axborotlarni boshqarish, ularni 
qayta ishlash va boshqa berilganlar bilan ishlash tizimlarida, berilganlar bazasisiz 
ularning mustaqil faoliyat yuritishini tasavvur ham qilib bo'lmaydi. 
Berilganlar bazasiga asos solgan va uning rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan 
olimlar R. Barker, R.F. Boys, J. Gray, M.M. Zluf, E.F. Kodd, R. Fagin, D.D. 
Chamberlin, P. Chen, K.P. Yesvaran va boshqalar bo‘lsa, xalqaro tashkilot hamda 
kompaniyalardan ANSI, IBM, CODASYL va h.k. bo‘ldi. Berilganlar bazasining 
targ‘iboti va ta’lim jarayonida qo'llanishiga o‘zining yirik hissasini qo‘shgan 
olimlardan birinchisi Dj. Martin, keyinchalik K. Deyt, V.V. Kirillov, G.YU. 
Gromov, T. Konnotli, K. Begg, D. Kiyonke, S.D. Kuznetsov, D. Meyer, M. Nagao, 
T. Katayama, S. Uemura, T.V. Oue, A YU. Pushnikov, T. Tiori, Dj. Frey, D. Ulman, 
Djeffri D. Ulman, Dj. Uidom, Dj. Xabbard, M.SH. Salenko, D. Sikritzis, F. 
Loxovski o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. 
Berilganlaming mustaqilligi berilganlar bazasining asosiy xasusiyatlaridan biri 
sifatida e’tirof etiladi. Buning mohiyati berilganlarning mustaqilligi va ulardan 
foydalanuvchi programma mahsulotlarning bir - biriga bog'liq emasligi, ya’ni 
birining o‘zgarishi ikkinchisining o‘zgarishiga olib kelmasligida. Yana bir jihati, 
berilganlarni saqlovchi fizik qurilmalarning takomillashishi ham programma 
mahsulotlarining yoki berilganlarning o'zgarishiga ta’sir qilmasligi. 
BB tushunchasi o‘tgan asrning 60- yillaming oxirida paydo bo‘ldi. Bu davrgacha 
berilganlarni qayta ishlash sohasida berilganlar fayllari va berilganlar majmua 
(terma) lari ustida ishlar olib borilar edi. Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, yangi 
tushuncha paydo bo'lishi bilan ko‘pchilik programmachilar o‘z fayllarining faqat 
nomini o'zgartirib, xususiyatlarini o'zgartirmagan holda ishladilar. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish