Jismoniy daqiqa.
Endi bolajonlar olgan bilimmimizni faollik markazlarida mustaxkamlaymiz. Bolalar faollik markazlarida jorayonni davom ettiradilar.
Fan va tabiat markazida;
Sanʼat markazi;
Nutq va til markazida.
Yakuniy qism:
Jarayon soʻngida tarbiyachi bolalarni olgan bilimlarini aniqlash maqsadida mustaxkamlovchi savollar bilan murojaat qiladi.
Bu qaysi qushning ovozi?
Bu qaysi hayvon ovozi?
Qaldirgʻochning bolasi nima deb ataladi?
Qushning uyasi nima deb ataladi?
Qaldirgʻoch, turna, laylak qachon uchib keladi?
Faol qatnashgan bolalar ragʻbatlantiriladi.:
MAVZU: «SOGʻLOM TANDA - SOGʻ AQL» MAQOLI YuZASIDAN SUHBAT»
Maqsad:
Bolalarning salomatlik haqidagi tushunchalarini aniqlash. Ularga salomatlikning bosh mezoni toza va ozoda yurish, tartib bilan ovqatlanish, vaqtida dam olish ekanini va bu odatlarni har bir bola bilishi zarurligini oʻqdirish. Maqol mazmunini rasmlar orqali izohlash. Bolalarda suratdagi personajlarning hatti- harakatlarini baholay olish, surat mazmuni asosida xulosa chiqarish kabi xislatlarni tarkib toptirishda davom etish.
Bolalar lugʻatlarini «salomatlik», «sogʻlom», «nimjon», «sogʻlom tanda-soq aql» kabi iboralar bilan faollashtirish.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Bolalarda oʻz salomatliklari hasida qaygʻurish, toza va ozoda yurishga, tartib bilan ovqatlanishga, vaqtida dam olishga intilishni tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
“Sogʻlom tanda-sogʻ aql” maqolining mazmunini tushunadilar.
Toza va ozoda yurish, tartib bilan ovqatlanish, vaqtida dam olish kabi odatlarni har bir bola bilishi zarur ekanini tushunadilar.
Kerakli jihozlar va materiallar: Maqol mazmuni asosida rangli surat.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, «Sogʻlom tanda - sogʻ aql» degan hikmatli iborani qanday tushunasiz?
-Sogʻlom boʻlish uchun nimalarga amal qilish lozim?
-Suratga qarang, bolalar nima qilishyapti?
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bolalar uyqudan barvaqd turdilar. Oʻz oʻrinlarini tartibga keltirib, badantarbiya bilan shugʻullanyaptilar. Suratdagi bolalar qanday dam olyaptilar?
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bolalar, toza havoda yurish, sport bilan shugʻullanish, harakatli oʻyinlar oʻynash dam olishga kiradi.
-Sportni sevmaydigan dangasa bolalarni sogʻlom bolalar deya olamizmi? Qanday yoʻl bilan ularni sportga qiziqtirishimiz mumkin?
(Bolalar javoblari)
-Bolalar, suratda boshqa bolalar ham tasvirlangan. Ularning hatti-harakatlarini qanday baholaysiz? Ular toʻgʻri ish qilyaptilarmi?
(Bolalar javoblari)
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bu bolalar sogʻlom boʻlsalargina biror ishga qiziqadilar, uynaydilar. Kasal odamga hech narsa yoqmaydi. Ular nimjon boʻlib, oʻzlarini kuchsiz hisoblab yuraveradilar. Sogʻlom bolalar esa oʻz vaqtida oʻynaydilar, oʻzlari qiziqqan narsalarni oʻrganib, bilib oladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz “Sogʻlom tanda sogʻ aql” deb bejiz aytmaganlar. Hamma narsa sogʻlom boʻlsangizgina yoqadi.
Bolalar, surat mazmunidan qanday xulosa qilamiz? Surat mazmuni maqolga mosmi? Yana qanday maqolni ushbu suratga mos deb uylaysiz?
(Bolalar javoblari)
Tarbiyachi suhbatni mavzu boʻyicha oʻyin oʻynatish bilan yakunlashi mumkin.
KOPTOK BILAN UYIN
Do'stlaringiz bilan baham: |