Uyinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qoʻliga olib, uyinni boshlab beradi. U «Qoʻlni sovunlab yuvish-foydali odat» yoki «Qoʻlni yuvmaslik-zararli odat» deb toʻpni xohlagan bir bolaga otadi. Koptokni ilib olgan bolaga oxirgi jumla «foydali odat» deyilgan boʻlsa, koptokni ilib olgan bola biror-bir foydali odatni aytishi kerak. Aksincha «zararli odat» deyilgan boʻlsa, bola biror-bir zararli odatni aytadi-da, koptokni boshqa bolaga otadi. Koptokni otayotgan paytda jumla oxirida albatda «foydali odat» yoki «zararli odat» deyilishi kerak. Uyin shu tarzda davom etadi.
Izoh: Tarbiyachi uyin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik toʻgʻri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Sogʻlom boʻlish uchun nimalarga amal qilish lozim?
Siz har kuni badantarbiya bilan shugʻullanasizmi?
Qanday foydali odatlarni bilasiz?
Mashgʻulotning yakuni: Bolajonlarni ragʻbatlantirish va bolajonlar bilan birgalikda DMTT da joylashgan tibbiyot xonasi olib borib, hamshira bilan suhbatlashish.
MAVZU: KATTALAR MEHNATINI QADRLASh.
Raja:
1.Kattalarga hurmat koʻrsatish.
2.Kattalar mehnatini qadrlash.
3.Kattalarga koʻmaklashish.
Maqsad: Bolalarga kattalar mehnatiga hurmat, qiziqish hissini rivojlantirish. Har bir kasbning oʻz vazifasi borligini tushuntirish atrofidagi barcha narsalar mehnat bilan bunyodga kelishi, ular oʻtirgan stol – stul, tarbiyalanayotgan muassasalari, yashayotgan uylari, kiygan kiyimlari – barcha – barchasi ota – onalaridan tortib quruvchi – yu, tikuvchi, ishchi – yu xizmatchining mehnati bilan yaratilganligi haqida tushuncha berish, Bolalarga kattalar mehnatini qadrlashga oʻrgatish.
:
Faoliyatning borishi
Tarbiyachi: Bolalarga kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʻlishlarini oʻrgatadi. Kattalar mehnatini qadrlashni, uy ishlarida, oyijonlariga koʻmaklashishlarini, bolalarga tushuntiradi. Faqatgina kattalar mehnatini qadrlashni emas, balki atrofidagi buyumlarni ham asrab – avaylash kerakligini ongiga singdirib oʻtish, inson mehnatini qadrlashga oʻrgatish.
Kerakli jixoz: Stol – stullar, rasmli koʻrgazmalar.
Tarbiyachi: Bolajonlar bilan birgalikda taʼlimiy oʻyinlar oʻynaydi, soʻngra bolalarga kattalar mehnatini qadrlash kerakligi haqidagi K. Rahim hikoyasi “ Dilbar ” ni hikoya qilib beradi.
Bolalar: Hikoyani tinglab oʻzlariga kerakli xulosani chiqarib oladilar.
Tarbiyachi: Bolajonlardan bugungi mavzu yuzasida tushunganlarini soʻraydi, bolalar javob beradi, soʻngra bolalarni ragʻbatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |