MAVZU: “ShIRINSOʻZ BOʻLISh”
Kerakli jihozlar: Kitoblar, shirinliklar, oʻyinchoqlar, musiqa asbobi, rasmli suratlar.
Maqsad: Bolalarga shirin soʻzlik haqidagi tushunchalarni singdirish maqol, sheʼr va qoʻshiqlar orqali singdirish. Soʻzlaganda soʻz ohangiga eʼtibor berish, koʻngil davosi shirin soʻz ekanligini tushuntirish.
Tarbiyachi: Inson odobini, xulq- atvorini koʻz-koʻz qiladigan bu tildir. Bolalarga shirin soʻz boʻlishni, soʻzlash qoidasini tushuntirishi kerak.
Bola: “Soʻzing kumush boʻlsa, qilganing oltin, “Avval oʻyla, keyin soʻyla”, kabi maqollar xalqimizda aytiladi. Avvalambor shirin soʻz nima ekanligini tushuntirish. Shirin soʻzlik bu kishining dilini yayratadigan koʻngilni koʻtaradigan qilib soʻzlash ekani ogʻizdan doim yaxshi soʻz chiqishiga xarakat qilish kerakligini tushuntirish. Bola: Inson xatoni koʻproq oʻz tili bilan sodir etadi.
Bola: Abu Ali Ibn Sino bu haqida shunday deganlar:
Bola: “Bergan dorim shifo boʻladi desang xato qilasan. Davo, avvalo shirin til, xushmuomala, kulgu-tabassum bilan qilinadi.
“YaXShI SOʻZ”
Gapirganda “sizlab” gapir, “sen”, “san” lama.
Bola: Xammani xam sen oʻzinga,
Bola: teng sanama.
Bola: Katta-kichik degan axir soʻzimiz bor.
Yendi siz bilan mehmon-mehmon oʻyinini oʻynaymiz.
Mehmon-mehmon oʻyini
MAVZU: “OʻRTOQ BOʻLISh ODOBI”
Maqsad: Doʻst va doʻstlik haqida tushuncha berish
Taʼlimiy maqsad: doʻstlarni yaxshi va yomon kunlarida yonida boʻlishlari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: doʻstlarga hiyonat qilmaslik va ularga ozor bermasliklari haqida tushuncha berish.
Mashgʻulotning borishi: Qani bolajonlar aytinglarchi sizning doʻstingiz kim? Biz shu haqida suxbat yuritamiz.
Dilnoza:mening doʻstlarim, ota-onam. Men ularni hurmat qilaman. Barcha buyurgan topshiriqlarini oʻz vaqtida bajaraman. Ularni hech qachon ranjitmayman.
Suxrob: Mening doʻstim Aziz. U bilan birga bogʻchaga boraman, biz birga oʻynaymiz. U bilan hech qachon urush qilmayman. Aziz ham menga sodiq doʻst. Bir-birimizga yolgʻon gapirmaymiz.
Shaxina: mening doʻstim oʻyinchoqlarim. Men oʻyinchoqlarim bilan har kuni oʻynayman. Ular bilan zerikmayman.
Aqida: Opajon qushlar ham bizning doʻstimiz. Koʻpqushlar zararli hasharotlarni va ularning tuxumlarini yeb, bizga foyda keltiradi. Shuning uchun biz bolalar ularni inlarini buzmasligimiz kerak. Qushlarga doim gʻamxoʻrlik qilishimiz shart.
Dilnura: Opajon mening doʻstlarim kitoblarim. Men doʻstlik qanday boʻlishini kitoblarimdan oʻqib oʻrganaman.
Tarbiyachi: Qani endi doʻstlik haqida tushuncha bering.
Moxina: Doʻsti koʻp odam doimo sogʻlom boʻladi, yuki yengil boʻladi.
Solixa: Hech kim doʻstidan yaxshiligini ayamasligi kerak. Doʻsti koʻp odamlar baxtli xisoblanadilar.
Mirshod: Doʻst boʻlish oson, lekin doʻstlikni saqlash qiyin. Yaxshi doʻst topish uchun avvalambor oʻzi vafoli va sadoqatli boʻlishi shartdir.
Tarbiyachi: Qani bolajonlar doʻst haqida maqol va sheʼrlar ham bilasizmi?
Humoyun:Daraxtni tomiri saqlar,
Odamni doʻsti.
Temur: Doʻst achitib gapirar,
Dushman kuldirib.
Asad: Mard dushman,
Sotqin doʻstdan yaxshiroq.
Shoxrux: Oʻzinga yoqqan narsani ,
Doʻstinga ham ulashgin.
Zuxra: Doʻst bilan obod uying,
Gar boʻlsa u vayrona ham.
Doʻst qadam quymas ekan,
Vayronadur koshona ham.
Tarbiyachi: Yaxshi bolajonlar. Endi men sizga “Ikki doʻst” ertagini aytib beraman...
Ertak savol-javoblar bilan mustaxkamlanadi.
“Doʻstlik” qoʻshigʻi bolalar tomonidan yangradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |