MAVZU: “DASTURXON ODOBI”.
Maqsad: Dasturxon atrofida oʻtira bilish, odoblilik belgisi ekanligi. Oʻzbek xalqi urf-odatiga koʻra dasturxon atrofida oʻtirish odobi haqida tushuncha berish. Dasturxonga qoʻl uzatish, ovqat yeyish, choy uzatish va soʻzlashish odobi. Ota-onaga dasturxondagi nozu-neʼmatlar uchun minnatdorchilik bildirish. Dasturxon atrofida odatlar haqida tushuncha berish. Bolalarga dasturxon atrofida oʻtirganda ham oʻziga xos qoidalari borligi haqida soʻzlash. Mavzuga mos hikoya va rivoyatlar oʻqib berish.
Jihoz: “Dasturxon odobi” mavzusida surat.
Mashgʻulot borishi:
Tarbiyachi bolalarga “Dasturxon odobi” mavzusidagi suratni koʻrsatadi.
Dasturxon odobi deganda nimani tushunasiz?
(Bolalarning javoblari).
Tarbiyachi: Toʻgʻri bolajonlar, eng avvalo dasturxon atrofiga oʻtirishdan oldin qoʻlimizni sovunlab yuvib, soʻng sochiqqa quriguncha artamiz.
Bolajonlar dasturxon odobi dasturxon atrofiga oʻtira bilish degani. Oʻzbek xalq urf-odatiga koʻra dasturxon atrofida oʻtirishning ham oʻziga xos tartib-qoidalari bor. Bilasizmi? Kim aytadi?
(Bolalarning javoblari).
Tarbiyachi: Oʻtirishda eng toʻrdagi oʻringa keksalar, ota-onalar, aka-opalar taklif qilinadi. Ovqatlanayotganda shoshmasdan oz-ozdan olish odob bilan chaynash lozim. Suyuq ovqatni toʻkmasdan, sachratmasdan xoʻrillatmay ichish kerak.
Sochiq va salfetkadan foydalanish, ovqatdan keyin ogʻizni chayish lozim. Hozir bolalar siz bilan surat boʻyicha hikoya tuzamiz. Surat boʻyicha tarbiyachining savollari.
Suratda kimlar tasvirlangan?
Ular nima qilishyapti?
Dasturxon qanday tuzalgan?
Siz dasturxon tuzashda ota-onangizga yordam berasizmi?
Tarbiyachi mavzu boʻyicha hikoya yoki sheʼrlar oʻqib berish bilan mashgʻulotni yakunlaydi.
“Dasturxon odobi”.
Bolajonlar dasturxon atrofida chiroyli oʻtira bilish ham odobdandir. Har bir bola dasturxon atrofida oʻtirayotgan paytda har doim, har vaqt qoʻllarimizni toza yuvib oʻtirishlari kerak.
Dasturxonga ovqat olib kelinganda kattalardan oldin qoʻl uzatmaslik kerak. Dasturxon atrofida koʻp gapirmaslik kerak. Ovqatni chalpillatmasdan, toʻkmasdan yeyish kerak. Kattalardan ruxsatsiz turib ketmasligi kerak. Tishlagan nonini tashlab yoki shirinliklarga botirmasligi kerak.
Taom vaqtida sanchqi, pichoq, sochiq va qoshiqni toʻgʻri ishlating. Pichoqni oʻng qoʻlda, sanchqida chap qoʻlingizda foydalaning. Qoshiq, sanchqilarni tovoqqa sharaqlatib qoʻymang. Taom yegandan soʻng qoʻllaringizni yuvib, soʻng sochiqqa artish kerak.
Tarbiyachi: Bolajonlar hozir men sizlarga Yu.Tolipovning “Odob” nomli sheʼrini oʻqib beraman.
Qoʻyildi dasturxonga,
Chinni laganda palov.
Qoʻl uzatdi Shodiboy,
Birinchi boʻlib darrov.
Tarbiyachi: Bolajonlar, Shodiboyning ishi toʻgʻrimi? (Shodiboyning ishi notoʻgʻri, ovqatni oldin kattalar boshlab beradilar, kichiklar hammadan oldin ovqatga qoʻl uzatsa odobsizlik boʻladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |