Zumradoylar davrasi



Download 12,45 Mb.
bet14/66
Sana11.04.2022
Hajmi12,45 Mb.
#543760
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
@Latin kirill bot

MAVZU: ROSTGOʻYLIK.


Reja:



  1. Rostgoʻylik haqida tushuncha.

  2. Boshga qilich kelsa ham rost soʻzla.

  3. Yolgʻonchilikning oqibati.



Maqsad: Bolalarni rostgoʻy va kamtar boʻlishga oʻrgatish. Rost soʻzlash insonlarni murod – maqsadiga yetkazishni, uning mardlik va xaqgoʻylik hislarini shakllantirishda hissasi katta ekanligi, rostgoʻylik yaxshi fazilat ekanligi, rost soʻzlamasdan, yolgʻon soʻzlash bu yomon odat ekanligi, yolgʻon soʻz insonlarni ranjitishi, oʻrtadagi ishonchning yoʻqolishini, yolgʻonchi degan nom olishini, rostgoʻylik esa insonlarning qalbida ishonch hurmat va eʼtiqodini oshirishini bolalar ongiga singdirish. Bolalarning nutqini rivojlantirish toʻgʻrisidagi bilimlarini boyitish. Bolalarni tez fikrlashga, zukkolik, chaqqonlik va his qilish qobiliyatlarini shakillantirish, xotira va tafakkurini rivojlantirishga koʻmaklashish.


Kerakli jihozlar: Rostgoʻylik haqidagi hikoya, ertak va ustozlar oʻgʻitlari.


Faoliyatning borishi:

Tarbiyachi: Bolalar bilan salomlashib oldilar. Bolalar stol atrofiga joylashib oʻtirib oldilar.


Tarbiyachi: Bolalardan fasllar, yilning qaysi fasli, hafta kunlari, bugun haftaning qaysi kuni ekanligini soʻraydilar.


Bolalar: Tarbiyachining savoliga ketma-ketligda qoʻl koʻtarib javob beradilar.


Tarbiyachi: Bolalar yaqinda qaysi buyuk adiblarimizni tavallud ayyomi ?

Bolalar: Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur bobomizning tavallud kunlari.


Tarbiyachi: Barakalla bolalar darhaqiqat Fevral oyida ikki buyuk insonni tavallud kunlari keng nishonlanadi.


Tarbiyachi: qani bolajonlar Alisher Navoiy bobomiz qayerda tavallud topganlar.


Bolalar: Alisher Navoiy bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shaxrida tavallud topganlar.


Tarbiyachi: Alisher Navoiy bobomizni qalamiga mansub gʻazallardan oʻqib beradi.


Bolalar: Har kimgi vafo qilsa, vafo topgusidir.


Har kimki jafo qilsa, jafo topgusidir.
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonlik hargiz
Har kimki yomon boʻlsa jazo topgusidir.

Tarbiyachi: Barakalla bolalar bobomizning hikmatli soʻzlaridan kim aytib beradi.


Bolalar: Chin soʻz – moʻtabar


Yaxshi soʻz muxtasar

Bolalar: Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim,


Orlanib soʻramagan oʻziga zolim.

Tarbiyachi: Barakalla bolalar, buyuk bobolarimizning xotirasi har doim yodimizdadir. Ana endi bolalar eng kuchli hayvonning nomini ayting ?


Bolalar: Oʻrmon qiroli boʻlgan Sher.


Tarbiyachi: Toʻgʻri eng kuchli va qoʻrqmasdir bu hayvonlar oʻz qabiladoshlari bilan uzoq oʻrmonda yashaydilar. Ular goʻshtxoʻr hayvon boʻlib oʻzidan kuchsiz boʻlgan hayvonlarni tutib oziqlanadilar.


Bolalar: Bir bola topishmoq aytadi.


Toʻni yul-yul sariq taroq,


Oʻzi kuchli tishi oʻroq.
Oʻrmonda u eng qudratli,
Nomin bilsang aytchi oʻrtoq.

Bolalar: Sher


Tarbiyachi: Bogʻda, dalada uchar.


Qanotlari misli zar.

Bolalar: Durroj qush.


Bolajonlar: Tarbiyachidan durroj qush haqida soʻraydilar.


Tarbiyachi: Savollarga javob beradi.


Tarbiyachi: Ana endi bolalar sizlarga sher va durroj haqida soʻzlab beraman. Sizlar diqqat bilan tinglang soʻngra sizlar ham eslab qolganlaringizni qayta hikoya qilib berasizlar.


Tarbiyachi: Hikoya tugagach Fazilat, Feruza, Zebo, Mehroj, Otabek va Boburlardan hikoyani soʻraydi.


Bolalar: Bolalar javob berdilar.


Tarbiyachi: BarakallaDoʻstlik, yolgʻonchilik, rostgoʻylikodatlarinibilibolibdingiz. Demaksizlarhechqachonyolgʻonsoʻzlamaslikniyonatrofdagiinsonlarnialdamaslikni, undaoʻzingizjabrkoʻrishingizniyaxshibiliboldingiz. Rostsoʻzlagandaesadurrojbuahvolgatushganboʻlaredi. Qanibolalarrostgoʻylikvayolgʻonchilikhaqidakimmaqollaraytadi.


Bolalar: Boshinga qilich kelsa ham rost gapir


Doʻstsiz boshim – tuzsiz oshim.


Yolgʻonchilik yomon odat – keltirar falokat.


Yolgʻonchining rost gapi ham yolgʻon.


Yolgʻon uyaltirar – rost suyuntirar.


Tarbiyachi: Juda yaxshi maqollar aytingiz, sher oʻzining oldiga maqsad qoʻyib yashaydi. Hech kimga ozor bermadi. Durroj esa oʻzining takabburligi uchun pand yeb qolganligini bilib oldingiz.


Tarbiyachi: Bolajonlar endi oʻrnimizdan turib olamiz


Sher oʻrmonda yashaydi xa xa xa


Hech kimga ozor bermaydi xa xa xa
Yur oʻrmonga boraylik tez tez tez
Mehmonga chaqiraylik biz biz biz

Tarbiyachi: Mavzuni mustahkamlash uchun savol – javob oʻtkazadi.


Tarbiyachi: Sher qayerda yashaydi ?


Bolalar: Sher oʻrmonda yashaydi.


Tarbiyachi: Durrojning yolgʻonchiligi nima bilan tugadi ?


Bolalar: Oʻz boshiga falokat keltirdi.


Tarbiyachi: Yolgʻonchilik va rostgoʻylik haqida nimalarni bilib oldingiz.


Bolalar: Rost soʻzlasak insonlarnining ishonchi ortishini, hurmat hissi oshishini.


Bolalar: Yolgʻon soʻzlash bu falokatga olib kelishini.


Tarbiyachi: Barakalla bolalar, rostgoʻylik yoki doʻstlik haqidagi sheʼr bilan mashgʻulot yakunlanadi.



Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish