Yakuniy kism: Bolalarning sabzavot oʻsimliklari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi bilimlarini mustahkamlash. Sabzavot oʻsimliklarining barglari toʻgʻrisidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, oʻsimliklarni barglariga qarab tanishga, sabzavot oʻsimliklarini tasvirlab berishga oʻrgatish.
Kushimcha kism :Mustaxkamlash uchun savol
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Bugun qaysi sabzavotlar haqida suhbatlashdik?
-Qaysi sabzavotni tasvirlab nomini topdik?
-Qaysi sabzavotni bargini koʻrib nomini topdik?
- Qaysi sabzavotlar haqida topishmoqlar aytdik?
Mavzu: «Mehnat-mexnatning tagi roxat»
Maqsad:Bolalarni ota-onasi, tarbiyachisi, enagasiga sidqidildan yordam berishga odatlantirish. Oʻzi qilgan ishning boshqalarga foydasi borligini bilishga, boshlagan ishini oxiriga yetkazib, hammaga yoqadigan boʻlishga undash. Mehnatning natijasini koʻrganda quvonishni tushuntirish, mehnatga toʻgʻri munosabatni tarbiyalash.
Kerakli jihoz: Mehnat turlari boʻyicha mazmunli suratlar, bolalarning guruhda yoki uyda mehnat jarayonida olingan fotolavhalar.
Suhbatning borishi:Tarbiyachi: biz bugun myehnatsevar bolalar haqida suhbatlashamiz. Qanday bolalarni mehnatsevar bolalar deb ataymiz? (Bolalar javoblari)
Tarbiyachi: Toʻgʻri, kiyimlarini tartibli saqlaydigan, oʻyinchoqlarni oʻz joyiga yigʻishtirib qoʻyadigan, oʻrtoqlariga kiyinishda yordam beradigan bolalarni ham mehnatsevar bolalar deymiz.
Bugun ertalab Lola Nodiraga tuflisining ipini bogʻlashga yordam berib yubordi, kiyimini shkafga ilib qoʻydi. Lola oʻrtogʻiga yordam berib juda toʻgʻri ish qildi. Boʻlmasa Nodira tuflisini ipini bosib, yiqilib tushishi mumkin edi. Men Lolaning oʻrtogʻiga qilgan yordamini koʻrib suyundim va unga “Barakalla, ona qizim” deb aytdim. Lola oʻzining toʻgʻri ish qilganini eshitib juda xursand boʻldi. Unda yana birorta foydali ish qilishga istak hosil boʻldi. «Oʻyinchoqlarni yigʻishtirib qoʻysam maylimi?» — deb soʻradi mendan. «Albatta mayli, men bu orada qolgan bolalarning oʻyinchoqlarni qanday yigʻishtirayotganliklarini kuzatib turaman», — deb javob berdim. Koʻrdingizmi, bolalar mehnatning katta-kichigi boʻlmaydi. Asosiysi mehnatni oxirigacha qilish. Oʻzingizni qilgan ishingizdan xursand boʻlish.
Bilasizlarmi, bolalar ota-onasi, tarbiyachisiga sidqidildan yordam beradigan bolalar ham mehnatsevar bolalar deyiladi. Mana, biz ham har kuni guruhimizda navbatchi boʻlamiz. Navbatchi qanday ishlarni bajaradi? Uning vazifasi nima?
Tarbiyachi:toʻgʻri, navbatchilarning ishi kattalarga yordam berish. Navbatchilar guruhdagi mehnatga qatnashadilar: nonushta vaqtida stollarga non solingan likopchalarni qoʻyadilar, mashgʻulot boshlanishidan oldin qogʻoz, qalamlarni qoʻyib chiqadilar, mashgʻulot tugagach, qalamlarning hammasini stoldan yigʻib olib, soʻngra ochilgan tomonlarini bir tomonga qilib taxlab, ularni ochilmagan tomonini pastga qilib qalamdonga solib, uni tokchaga olib borib qoʻyadilar, poldagi qogʻozlarni terib oladilar. Sayr vaqtida maydondagi barglarni terib oladilar. Bularning barchasi mehnat deyiladi. Siz bu vazifalarni bajarishda yordam bersangiz, demak sizni mehnatsevar bola deymiz.
Mehnatsevar bolalar yana qanday ishlarda kattalarga yordam berishi mumkin? Siz uyda ota-oningizga qanday ishlarda yordam berasiz? Kim uyidan ota-onasiga yordam berayotgan vaqtida tushgan suratlarni olib keldi? Kim koʻrsatadi? (Tarbiyachi bolalarning uylaridan olib kelgan suratlari, yoki ushbu mavzuga mos suratlar yuzasidan suhbat oʻtkazadi)
Tarbiyachi: Mana bu suratga qarang, Eʼzoza hovlini supiryapti. Demak, Eʼzoza uyda onasiga ana shunday yordamlashadi.
Zuxra gullarga suv quyyapti. Demak, Zuxra uyda onasiga ana shunday yordamlashadi.(Tarbiyachi shu tahlilda bolalarning uylaridan olib kelgan suratlarini koʻrsatadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |