«MEN OTA-ONAMNI YAXSHI KO‘RAMAN»
Maqsad: Bolalarga ota-onasini yaxshi ko‘radigan bolalar muloyimlik bilan gapirishlari, ota-onalarining iltimoslarini, topshiriqlarini bajarishlarini, ko‘rsatmalariga quloq solishlari kerakligini tushuntirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar muloyimlik bilan gapirishga, ota-onalarining iltimoslarini, topshiriqlarini bajarishga, ko‘rsatmalariga quloq solishga o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: Mavzu bo‘yicha rasmlar.
Suhbatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, ota-ona dunyodagi eng aziz, eng yaqin qishimiz. Ular o‘z farzandlarini juda yaxshi ko‘radilar.
Biz ham ularni yaxshi ko‘ramiz-a? Biz ota-onamizga salom berishni kanda qilmasligimiz, so‘zlarini qunt bilan tinglashimiz, nasihatlariga quloq solishimiz,ularga injiqlik qilmasligimiz kerak. Ota-onasini yaxshi ko‘radigan bolalar ota-onalariga muloyimlik bilan gapiradilar, ota-onalarining iltimoslarini, topshiriqlarini bajaradilar, aytgan gaplariga quloq soladilar. Yaxshi bolalar ota-onasiga o‘rgangan she’rlarini aytib beradilar. Biz qanday she’rlarni o‘rganganmiz?
Bolalarning javoblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |