Oyijonim Q.Muhammadiy
Ukam yotganda doim,
Alla aytadi oyim.
Uxla, qo‘zim allayo,
Shakar so‘zim allayo.
Alla aytadi oyim,
Qo‘shiqlari muloyim.
Alla qilgin, allayo!
Uxlab qolgin, allayo!
ONA
T. Yo‘ldosh
Oftobday kulib ona, – Nega men oq emas-ku,
Qiziga oppog‘im, der. Oppog‘im derlar oyim?..
Qizi oynaga qarab, Oqmi, qora bolasi,
Uyatidan bosar ter: Onaga oppoq doim.
Men sizga ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab qolib, uyga kech qaytgan Ahmadjon degan bola haqida hikoya o‘qib beraman. Diqqat bilan eshiting.
Kechiring, oyijon!
Hikoya
Ahmadjon ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab qolib, uyga kech qaytdi. Onasi tashvishlanib o‘tirgan ekan. U onasining holatini ko‘rib hijolat bo‘ldi va:
- Oyijon, meni kechiring, endi bunday qilmayman, – dedi. Onasining chehrasi biroz yozildi va:
-Ahmadjon, sen aqlli bolasan, men senga ishonaman, – dedi.
Tarbiyachi hikoya haqida savol-javob o‘tkazadi.
1. Ahmadjon nima uchun ko‘chadan kech keldi?
2. Ahmadjon nima uchun oyisidan kechirim so‘radi?
3. Siz ko‘chada qanday o‘ynaysiz? Ko‘chadan kech kelganingizda oyingizdan kechirim so‘raysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |