Uyga vazifa:
Bolalarga:
Bolalar, uyga borganda yolg‘onchilik yomon odat eqani haqida ota-onangizga so‘zlab bering. Men aytib bergan ertakni ota-onangizga aytib bering. Ota-onangizga doimo rost so‘zlashga va’da bering.
Ota- onangizdan o‘simliklar, qushlarni qanday parvarish qilish kerakligini so‘rab keling. Keyingi mashg‘ulotda «O‘simlik, qush, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish haqida suhbatlashamiz.
Ota-onalarga:
Bolalarning bugungi suhbatda qanday mavzuni o‘rganganliklarini so‘rab, suhbat o‘tkazishlari, ―O‘simlik, qush, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish‖ mavzusida bolalar bilan qisqa suhbat o‘tkazishlarini iltimos qilish. Imkoniyat darajasida bolalar bilan birgalikda qushlarga non uvoqlarini berish, o‘simliklarni parvarish qilish, qo‘ylarga o‘t berish jarayonini uyushtirishni iltimlos qilish. Bu vazifaning zaminida kelgusi suhbat mavzusiga bolalarni tayyorlash, ularni suhbatda faol qatnashishga undash turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |