Zulfiya va Oydin Hojiyeva ijodida bahor mavzusi



Download 58 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi58 Kb.
#779892
  1   2
Bog'liq
O‘zbek adabiyotidagi o‘rni




Oydin Hojiyeva ijodining bugungi o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati
Asatjanova Iroda Maqsudbek qizi
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi


Annotatsiya: Maqolada hozirgi o‘zbek she’riyatining iste’dodli vakilasi Oydin Hojiyevaning lirikasi tahlil qilindi. Shoira she’riyatidagi o‘ziga xoslik, poetik mahorat va badiiy tasvir vositalari ochib berildi, lirik qahramon yaratish mahorati o‘rganildi.


Annotation: The article analyzes the poems of Aydin Hojiyeva, a talented representative of modern Uzbek poetry. The originality of the poet's poetry, his poetic skill, his artistic means were revealed, his skill in creating a lyrical hero was studied.


Аннотация: В статье анализируются стихи Айдын Ходжиевой, мастера современного узбекского шариата. Выявляется своеобразие поэзии поэта, поэтическое мастерство, художественные средства, изучаются навыки создания лирического героя.


Kalit so‘zlar: lirik qahramon, badiiy obraz, poetik ijod, inja tuyg‘ular, badiiy til imkoniyatlari, xalqona unsurlar


Keywords: lyrical hero, artistic image, poetic creativity, subtlety, possibilities of artistic language, folk elements


Ключевые слова: лирический герой, художественный образ, поэтическое творчество, тонкость, возможности художественного языка, фольклорные элементы.
Falak ayvonida burji farahman,
Gahi baxtdan, gahi darddan karahtman.
Qayu oftob o‘tibdi boshingizdan,
Mehr bog‘idaku ko‘m-ko‘k daraxtman.

Barchamizga ravshanki, kelajak avlodning kelgusida tafakkur dunyosi boyishida, chuqur mulohazalar ummonida suza olishida, har qanday qiyinchilikni sabr-toqat ila yenga olishida adabiyot fanining o‘rni havodan ham kerakli, suvdan ham zarur. Adabiyotning quroli esa, hech shubhasiz, so‘zdir. “Adabiyot, avvalo, tildan boshlanadi. Rangsiz tasviriy san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf etadi. Biroq bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi.”1


Bu olam va undagi sir-sinoatlarni tushungan, anglagan, olamning baxtli va baxtsiz daqiqalarini qalamga olgan, qahramonning eng epkin ichki kechinmalarini eng chiroyli ifodalar bilan tasvirlagan shoira bu Oydin Hojiyevadir. Ijodkor hozirgi davr o‘zbek adabiyotida o‘z so‘ziga, o‘z yozuv uslubiga, mavzusiga egadir. Xalq shoiri Uyg‘un aytganidek: “Shu mayizdekinna qizaloqda she’riyatning nafasini ko‘rayapman. Uni tarbiya qilsa binoyiday shoira bo‘ladi”, 2degan edi. Haqiqatdan ham, Oydin Hojiyeva she’riyati bamisoli ayollar qismatiga, jamiyat hayotini yoritishga qaratilgandek go‘yo. Shoiraning she’riyat maydoniga kirib kelishiga ulug‘ ustozlar ko‘makdosh bo‘lgan. Jumladan, shoira o‘z “Esdalik”larida shunday yozadi: “Gulxan” jurnali meni bolalik davrasiga olib kirdi. Umrimning 21 yili “Saodat” bilan bog‘liq kechdi. Sevimli ustozim Zulfiyaxonim, Shuhrat, Mirtemir domla, To‘xtasin Jalolov kabi donishmand olim, Uyg‘un, Toshpo‘lat Hamid kabi mendan mehrini, mehnatini, madadini ayamagan ulug‘ insonlardan bir umr qarzdorman.”3
Uning “Shabnam”, “Manzillar”, “Men sevgan qo‘shiq”, “Orzu guli”, “Nazokat”, “Mushfiq onajon”, “Chashmalarni izlayman” kabi to‘plamlarida hayotga bo‘lgan muhabbat, inson matonati, xalqimizning oliyjanob hislatlari ifodalangan. Shoira ijodiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ona, Vatan madhiga, bahor, yor go‘zalliga tasviriga duch kelishimiz mumkin.
Filologiya fanlari nomzodi Naim Karimov aytganidek: “Oydin o‘z she’rlarida inson va tarix, inson va jamiyat, inson va tabiat mavzusini doim mahorat bilan yoritadi. Biz uning she’rlaridagi ko‘hna Buxoroning serbo‘yoq koloritli manzaralari va shu zaminda yashagan ajdodlarning lirik tasviri osha shoira yashagan va yashayotgan Vatan tasvirini ko‘z o‘ngimizda ko‘rgandek bo‘lamiz.”4
Oydin Hojiyeva ijodini o‘rganish, umuman ayollar ijodini o‘rganish adabiyotimizda XX asrning boshlarida yetakchi pallaga ko‘tarildi. Oydin Hojiyeva ijodi ham bugungi o‘zbek adabiyotida ahamiyatli va salmoqlidir.
Hayollarim goho bir epkin,
Quvar dilning tumanlarini.
Barq urdirar tuyg‘ular mulkin,
Turfa gullik chamanlarini.5
Hayol, o‘y haqida yozmagan, uning jozibasi haqida hikoya qilib, qalam tebratmagan ijodkor bo‘lmasa kerak. Bilamizki, hayol atama sifatida yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining noyob mahsuli hisoblanadi. Uning mohiyatini, tafakkur va hayol o‘rtasidagi farqni anglagan ijodkor shunday chiroyli misralarni bitgan. Uning hayollarini epkini dilning tubidagi bir tug‘yon kabi tumanga aylanib ketgan. Shu hayollar orqali shoirani tuyg‘ulari go‘yo barq uryapti. Shoirning qalbdagi tuyg‘ulari esa o‘z so‘zi bilan aytganda go‘zal va betakrordir. Hayol obrazi orqali shoira bevosita o‘z qalbiga o‘zi yo‘l topishga harakat qilmoqda. Insonni mana shunday hissiy kechinmalarini murakkab tasviriy vositalarsiz ifodalayotgan ijodkor boshqa bir ijod mahsulida shunday so‘z yuritadi:
Mening ma’mur umrim, mangu yosh umrim,
Ertaklarda qolgan yonar tosh umrim.
Charxpalak yo‘lida teskari tushgan,
Ko‘zaday bo‘lyapsan oh odosh umrim.6
Biz yashayotgan dunyo qanchalik go‘zal bo‘lmasin u baribir o‘tkinchi. Ushbu misralarda inson umri haqida gap borar ekan, shoira uning ma’lum yillar, ma’lum oylar, ma’lum kunlar va ma’lum lahzalardan tashkil topishini aytadi. Bugun biz dunyoning barcha ishlariga ulgurayotgandek tuyulamiz. Afsuski, vaqt ham, umr ham o‘tib borayapti. She’rda umr borliqdagi turli “vaj”larga qiyos qilinadi. Jumladan, ma’mur, yosh, yonar tosh, ko‘za, odosh, charhpalak, gul, tikan, chaqirtosh kabi obrazlar umrga qiyoslanadi. She’rda lirik qahramon yashayotgan umri davomida chaqirtoshday chaynalib kun kechirayotganini aytadi, yuragi ob, dili serob bo‘lgan qahramon chingiltob bo‘lgan ko‘za kabi garangligini aytadi. Nihoyat, umr ohirida ko‘zani ichiga qamalgan devday kuchi-qudrati ham qolmay sob bo‘lganini hikoya qiladi. Charxpalak-umr hamon tezkorlik bilan aylanadi. Ko‘zasida qolgan eng so‘nggi tomchi tugaydi deb lirik qahramonning qalbi halak, yuragida ozgina qo‘rquv bor. Zero, umr insoniyat uchun berilgan eng bebaho ne’mat. Boshqa bir she’rida shoira umr haqida shunday yozadi:
Umr bu – Allohdan bizga omonat,
Allohning farzi bor aziz jonlarda,
Omonatga qilma hargiz xiyonat. 7
Inson umri cheklangan. Umr Alloh tomonidan bandalarga berilgan bir sinov hisoblanadi. Biz umrimizni bekorga o‘tkazmasligimiz lozim. Shoira she’r orqali umr bu Ollohdan bizga omonat ekanligi, unga xiyonat qilmaslikni uqtiradi. Umrning toledan baraka, hirmonligini, uni g‘urbat va g‘iybatda o‘tkazmaslikni bot-bot takrorlaydi.
Oydin Hojiyeva she’riyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda inja tuyg‘ular nafasi bilan birga yoshlik, go‘zallik, da’vat ruhida she’rlarni ham kuzatishimiz mumkin. Jumladan, ”Yoshlarga deganim” deb nomlangan she’rda shoir yoshlarga murojaat qiladi. Har qanday jamiyatning ertasi, tom ma’noda eng katta bebaho xazina, millatning buguni bu – yoshlardir. Dastlabki baytlarda shoira orzu-hayolli ozodalar, toj-u taht egasi shahzodalar, yalpizli, rayhonli shabbodalar, qosh-u ko‘zi orasi qabog‘lar, jon pligi, yetti shajaraning halqasi, Xizr nazar solgan tug‘yonlar, fikri hur, maqsadi nekbin ozodalar deya ta’riflaydi:
Yigitlik davroni toj-u taxtlidir,
Inson yurti bilan baxtli-bojlidir.
Begona ellarda sulton bo‘lguncha,
Ostonada bir kaft tufroq bo‘lgaysiz,
Qarg‘ish-xohishlardan yiroq bo‘lgaysiz.8
Butun millatning sha’ni, yurt madhini umr bo‘yi she’rlarida tarannum etgan asl shoira she’rlari sharhga muhtoj emas. Xalq ardog‘idagi shoira Vatanini hurmatini joyiga qo‘yadi. Istiqlol haqida, ozod ruh haqida gapirgan shoiraning ko‘ksida chinorday buyuk bir kuch o‘sadi. Ruhi, sha’ni uyg‘oq shoirani Vatanga bo‘lgan muhabbati yuragida tug‘yon urmoqda. Ozodlik nonday aziz, umrning toza daftari hisoblanadi.
Issiq yuzlarimga peshvoz bir mehr,
So‘zimga yarashiq tansiq bir kalom.
Shu elim, shu Vatan ko‘zlaridadir,
Abadiy sevinchim, tuganmas ilhom. 9
She’rda o‘zlik, g‘urur, erk tuyg‘ulari birlamchi o‘rinlarga chiqadi. Vatanga bo‘lgan muhabbat har bir ijodkorni qalbida bong uradi. Vatanni e’zozlash har bir yurt farzandining burchidir. Shoira bu burchni oqlash uchun she’rlar, go‘zal alyorlar yaratdi. Bu she’rlar insonlar, kitobxonlar qalbidan chuqur joy olmoqda.
Xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov: “Har bir tilning qudrati va afzaliyatlari shu tilni yaratgan xalqning o‘zi bilan birga yashasagina rivojlanib, o‘sib boradi. O‘z xalqidan va sarzaminidan uzilib qolgan til tabiiy kuchini, boyligi va go‘zalligini yo‘qota boshlaydi. Demak, el borki, til bor. Eldan uzilmagan odam tildan ham ayrilmaydi”10, deb ta’kidlaydi. Ijod ahli ya’ni shoir va yozuvchilar chiroyli baytlarni eldan, xalqdan uzilmagan holda oladi. Oydin Hojiyeva poetik ijodining xalqona qirrasi shoirning keng xalq ommasi uchun tushunarli badiiy til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati bilan bog‘liq, albatta.
Dupur-dupur ot keladur,
Askargina bolammi?
Bo‘m-bo‘shgina bag‘rim to‘lur,
Shovqin tutar olamni. 11
Ushbu she’rda ijodkor qishloq hayoti va muhitini tasvirlaydi. She’r yaratilishida xalqona unsurlar birlamchi manba hisoblanadi. Ushbu she’rda shoira xalq qo‘shiqlaridan bandma-band ifodalangan. Qizlarning shodon kulgulariyu, o‘yin-kulgu qilishlari she’r orqali go‘zal ifodalangan.
Xulosa qilib aytganda, Oydin Hojiyeva abadiyatga muhrlangan shoira siymosini muazzam bir teranlik ila tasvir etganki, kitobxon beixtiyor Oydin Hojiyeva ijodini yana qayta-qayta o‘qigisi, she’rlariga ko‘nglini bergisi, yuragiga yana-da ko‘proq jo qilgisi kelganini o‘zi ham sezmay qoladi.


Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish