Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

b
a

,
)
(
d
c

garchi
uzun (ABCD) ariqqa nisbatan ancha arzonga tushsa – da, texnika – iqtisodiy hisoblarning
ko’rsatishicha, ko’plab burilishlarni yo’qotadigan ancha uzun ariqlar afzal hisoblanishi
kerak. 
Daryoning biror uchastkasi juda kichik nishabli yoki chuqurlikdan iborat bo’lgan
hollarda, ayni o’zanda suvni kamaytirish tadbiri ko’riladi. Bahorgi toshqin paytlarida
daryo o’zanida suv kengayib ketadi. Bunday hollarda ortiqcha toshqin suvlarining bir
qismini qo’shimcha (tabiiy yoki sun’iy) o’zan orqali ushlab qolish yo’li bilan qabul
qilgichdagi suv sarfi va sathi kamaytiriladi. Qo’shimcha o’zandan foydalanish usuli
o’zanning nishabi kam yoki ko’ndalang kesimi yetarli bo’lmasligi sababli toshqin suvlar
qabul qilgichga sig
,
may qolgan hollarda yoki boshqa usul texnika – iqtisoldiy
ko’rsatqichlari jtihatidan maqsadga muvofiq bo’lgan hollarda qo’llaniladi. 
Zarur topilgan paytlarda sohil bo’yidagi qayir yerlar aylanma kanaldan sug
,
orilishi
mumkin. Aylanma kanal ko’pincha qo’sh (ikkita) ko’ndalang kesimli (bermali) qilinadi.
Pastki kesimi suv kamaygan davrda sizot suvlarini oqizib yuborishga mo’ljallangan
bo’lib, toshqin davrida esa ikkala kesma baravariga toshqin suvlarini o’tkazib yuboradi.
Aylanma kanalning etak qismida suv oqimining tezligi, suv kamaygan davrda kanalni
o’t bosishiga yo’l qo’ymaslik uchun, kamida 0,40 m/sek bo’lishi kerak. 
Shuningdek, daryo suvi juda loyqa (oqizindilari ko’p) bo’lgan va uning o’zanga
cho’kib qolishi mumkin bo’lgan hollarda ham ushlab qolish (aylanma) kanal qurildi.
Zero bunday holda daryoning tubi asta – sekin ko’tarila borib, uning suv o’tkazish
qobiliyati kamayib qoladi. 
Ba’zan daryoga kelib quyiladigan barcha yon tarmoqlarning suvini maxsus kanal
bilan ushlab qolish va uni etak tomonda daryoga tushirib yuborish usuli ham uchrab
turadi (76 - rasm). 


Bunday kanallardan sohillarni sug
,
orishda foydalanish mumkin. Oqib keladigan
ortiqcha suvlarni ushlab qolish, past – tekisliklarning botqoqlanish oldi olinadi. Ushlab
qolish kanalining terassasi odatda zaxi qochiriladigan territoriyaning eng baland joyidan
o’tkaziladi. Bu kanalning sarflari suv kamaygan davrda ozmi – ko’pmi doimiy bo’lib,
toshqin davrida keskin o’zgaradi. 
Sun’iy inshoatlar – to’g
,
onlar, tegirmonlar, baliq qopqonlari olib tashlansa, deyarli
hamisha suv sathi shu qadar pasayadiki, natijada boshqa tadbirlarni ko’rish xojati
qolmaydi. 
Suv qabul qilgichni yaxshilashning ҳar qanday usuli qo’llanilganida ҳam qirgoqlar
albatta mustaҳqamlanishi (qiyaliqlariga chim bostirish, o’t eqish, tubiga fashinalar
yotqizish, chetan devorlar o’rnatish va ҳ.q.) qeraq. 
Suv qabul qilgichni tartibga solish faqat bosh kollektordan suvning qabul
qilinishini osonlashtiribgina qolmay, balki suv qabul qilgichning o’zi ham ayni joydagi
ortiqcha suvni olib ketuvchi zax qochirish kanaliga aylanib qoladi. Shu tufayli bunday
yerlarda ba’zan zax qochirish tarmoqlari qurishga xojat ham qolmaydi. 
Nishabi kam uchastkalarda kollektor suvini suv qabul qilgichga oqizib yuborish
ko’pincha mumkin bo’lmasligi yuqorida aytib o’tilgan edi. Bunday hollarda nasos
stansiyalardan foydalaniladi, ular kollektorning etak qismidan suvni ancha baland
joylashgan qabul qilgich kanaliga ko’tarib beradi, bu kanaldan esa suv oqib borib
asosiy qabul qilgichga tushadi. 

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish