Inson individualligi – bu kishining individual rivojlanish sharoiti va turg’un omillarining birligini qamrab oluvchi ko’p o’lchovli va ko’p darajali bog’lanishlar, aloqalar sistemasidan iborat. Shunday bo’lishi bilan birga inson individualligi psixologik jixatdan:
birinchidan har bir kishining ichki dunyosi o’ziga xosligi, qaytarilmasligi, yagonaligi bilan ajralib turadi;
ikkinchidan inson ichki dunyosi yaxlitligi, tugallanganligi bilan ajralib turadi, ya’ni yaxshi, yomon, olim, noshud, ikkichi va xokozo.
Qobiliyatlar - shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
• Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, qodisa, xolatlar va insonlarning xattixarakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
• Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z – o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |