1:2:1:2:1:2 tizimdagi bug‘doy-paxta almashlab ekishning
rotatsion jadvali
2 - Jadval
YILLAR
|
|
|
|
|
DALALAR
|
|
|
|
|
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
2001
|
BUGʼ
|
F¹
|
F²
|
Bugʻ
|
F¹
|
F²
|
Bugʻ
|
F¹
|
F²
|
2002
|
F¹
|
F²
|
Bugʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
2003
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
2004
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
2005
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
2006
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
2007
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
2008
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
2009
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
F²
|
BUGʻ
|
F¹
|
Eslatma: F¹ - Gʼo‘zaning birinchi yili; Bugʼ - bug‘doy
II.1. ALMASHLAB EKISHNING ILMIY ASOSLARI
ALMASHLAB EKISHNING ILMIY ASOSLARI- Ekinlar surunkasiga ekilganda, hosili kamayib ketishini ibtidoiy odamlar sezishgan, ammo uning sabablarini bilmaganlar. Tabiiy fanlar rivojlanishi bilan ekinlarni navbatlab ekishni ilmiy asoslari paydo b oʼla boshladi. Birinchilardan boiib shunday urinishlarni shveysariyalik botaniklar Dekandollar qilishdi. Ularning nazariyasi bo‘yicha o ʼsimliklar tuproqdan kerakli va keraksiz moddalarni o‘zlashtiradi. Keraksiz moddalar tuproqqa qayta chiqarib tashlanadi. Bu moddalar tuproqda toʼplanib, keyingi yillarda shu ekinga salbiy ta’sir etadi. Bu nazariya Maker tomonidan tekshirilib, o‘simliklar ildizidan zararli organik moddalar chiqarishi aniqlandi. Uning fikricha, ana shu moddalar tuproqda qancha ko‘p to‘plansa surunkasiga ekilayotgan ekin shuncha ko‘p zararlanadi, boshqa o‘simlik uchun esa ular zarar qilmaydi, aksincha oziq boiib hisoblanadi. XIX asrning boshlarida Albert Teer organik moddalarni kamaytiruvchi va ko‘paytiruvchi ekinlarni navbatlab ekishni tavsiya etdi. 1840 yilda Germaniyalik olim Yustus Libix ekinlar hosildorligini pasayishiga asosiy sabab, tuproqdagi oziq elementlarini hosil bilan olib chiqib ketilishi ekanligini ko‘rsatdi. U oziq elementlariga talabi har xil boʼlgan ekinlarni navbatlab ekishni tavsiya etdi. Fosfor, kaliy va kalsiyga bo'lgan talabiga ko‘ra ekinlar uch guruhga b o ‘lindi. Hosildorlikni pasayishi ana shu elementlardan birortasining kamayishi bilan izohlanadi.
Dukkakli ekinlarning oziqlanishda simbiozni aniqlanishi dukkakli va boshqa ekinlarni navbatlab ekishni asoslab berdi. Dukkakli ekinlarni surunkasiga ekish natijasida tugunak bakteriyalar to'plagan ortiqcha azot bu ekinlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Boshqa ekinlar aksincha, bu azotdan foydalanib yaxshi oʼsadi.Keyinchalik ekinlarni navbatlab ekish nazariyasida yangi yo‘nalish rivojlana boshladi.
Bu nazariyaning tarafdorlari (P.A.Kostichev, V.R.Uilyams) ekinlar hosildorligining kamayishiga sabab oziq elementlarining kamayishi emas, balki bir yillik g'alla ekinlarining ekilishi ta ’sirida tuproqning fizik xususiyatlarini yomonlashuvi deb ko‘rsatdilar. Tuproq strukturasining buzilishi uning suv, havo va oziq rejimlarini buzilishiga olib keladi. Bu nazariya asosida bir yillik don ekinlarini ko‘p yillik dukkakli ekinlar bilan navbatlab ekish tavsiya etildi. Bu almashlab ekish o ‘t dalali almashlab ekish nomi bilan ataldi.
Yuqoridagi nazariyalarning kamchiligi ularning bir tomonlamaligida, ya’ni ekinlarni navbatlab ekishni taqozo etuvchi barcha omillarni hisobga olinmaganligidadir. D.N.Pryanishnikov bu omillarni 4 ta guruhga bo‘ladi: kimyoviy, ya'ni o‘simliklami azot va kul elementlari bilan oziqlanishiga taalluqli omillar; fizik, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlari va ularning agrotexnikasini tuproqning fizik xususiyatlari hamda eroziyaga chidamligiga ta’siri; biologik sabablar, ya’ni o‘simliklaming boshqa o‘simliklarga, begona o‘tlarga, kasalliklarga, hashoratlarga munosabati; iqtisodiy, ya’ni xo'jalikning iqtisodiy va tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekinlar strukturasi va ularning joylashuvi bilan bog‘liq omillar.
Almashlab ekishda, ekinlar yillar davomida dalalar bo’icha yuqori agrotexnik
sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida to’g’ri navbatlab ekiladi. Almashlab ekishda olinadigan mahsulotlarning turiga qarab dala, yem-xashak va maxsus turlarga bo’linadi va ular tuproqni fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, yer osti suvlarini sathini pasaytirib tuproqlarni sho’rlanishini oldini oladi, har xil kasallik va zararkunandalarni yo’qotadi, ko’plab organik massa qoldirib, tuproq unumdorligini oshiradi hamda undan keyin ekiladigan ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydi.
II.2. ALMASHLAB EKISHNING KIMYOVIY ASOSLARI
Almashlab ekishning kimyoviy asoslari - Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish mobaynida tuproqda organik
moddalarning sintezlanishi, to‘planishi va parchalanishi yuz beradi. Bu jarayonlar va oziq elementlarini o‘zlashtirilishi turli ekinlar ekilgan dalalarda har xil oʼtadi. Tuproqda organik modda qoldirishi bo‘yicha ekinlami quyidagicha joylashtirish mumkin: ko‘p yillik o‘tlar - kuzgi g‘alla — bahorgi g‘alla — makkajo‘xori — dukkakli don ekinlari.
Har xil ekinlar ekilgan maydonlar nisbatini o‘zgartirib, dalalarda
organik moddalarning to ‘planishini boshqarish mumkin. Qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar surunkasiga ekilganda tuproqda organik moddalar kamayib ketadi. Bu gumus miqdorini pasayishiga olib keladi. Ko‘p yillik o‘tlarni surunkasiga ekish natijasida organik m oddalar toʻplanishi ko‘payadi. Bu suvda eriydigan mineral moddalami etishmasligiga olib kelishi mumkin. Mamlakatimizda deyarli 90 yil mobaynida paxta yakka, hokimligi hukm surdi. Bu tuproq unumdorligini pasayishi, ekologik muvozanatning buzilishiga ham sababchi bo‘ldi.
Rotatsiya davomida tuproqda to‘planadigan organik moddalar miq-dorini oraliq ekinlar ekish orqali ham ko‘paytirish imkoni mavjud. Oraliq ekinlar ekish natijasida gektariga 10 tonnagacha organik qoldiq to‘plash mumkin.
Qishloq xo‘jaligining har xil ekinlari qoldirgan organik massa gumus balansiga turlicha ta’sir etadi. Qator oralari ishlanadigan ekinlar o‘stirilayotgan dalalarda gumusning kamayishi ko‘proq, kuzgi g‘alla ekilgan yerlarda kamroq boiadi. Ko‘p yillik o‘tlar ekilgan maydonlarda gumus miqdori ortadi.Tuproqqa tez-tez ishlov berish ham organik moddaning tez parcha-lanishiga sabab boiadi.
Germaniya sharoitida organik moddaning defitsitsiz balansiga 75% maydonda dukkaklilar va g‘alla ekinlarini aralashtirib ekilgan almashlab ekishda erishilgan.
0 ‘simlik qoldiqlari va organik moddalarning bir qismigina gumusga aylanadi. Katta qismi oddiy mineral moddalargacha parchalanib ketadi va keyingi yili ekiladigan ekinlar uchun oziq modda boʼlib xizmat qiladi.
Oziq elementlari balansining kirim qismi o‘simlik qoldiqlarining chirigan mahsuloti va tuproqqa solingan o‘g‘itlardan lborat. Bundan tashqari, azot dukkakli ekinlaming ildizidagi tugunakli bakteriyalar hisobiga toʼplanadi. Ko‘p yillik dukkakli ekinlardan keyin azotli o‘g‘itlarni solish m e’yori kamaytiriladi, fosforli o‘g‘itlar miqdori, aksincha, oshiriladi.
Наг xil ekinlarni navbatlab ekish oziq elementlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydi. 0 ‘simliklarning oziq elementlarga boigan talabi ularning turiga, hosiliga va o‘sish sharoitiga bogiiq boiadi.G ‘o‘za g‘allaga nisbatan oziq elementlarini ko‘proq talab qiladi. Azot, fosfor va kaliyning nisbati ham bu ekinlarda bir-biridan farq qiladi.G ‘alla ekinlari o‘zlashtirgan oziq moddalarning bir qismi somon bilan tuproqqa qaytadi.
Yem-xashak ekinlari oʼzlashtirgan oziq elementlarining deyarli hammasi go‘ng, o‘simlik qoldiqlari bilan tuproqqa qaytadi. Paxta va kanop hosili bilan olib chiqib ketilgan moddalar tuproqqa qaytarilmaydi. Ularning o‘mini o‘g‘itlash bilan toʻldirish mumkin.Hech qaysi ekin tuproqni kul elementlari bilan boyitmaydi, ulardan foydalanish xususiyati har xil ekinlarda turlicha boiadi. Ba’zi ekinlar oziq elementlami qiyin o‘zlashtiriladigan birikmalardan olsa, boshqalari yengil o‘zlashtiriladigan shakllardan foydalanadi. Masalan, marjumak fosforni qiyin o‘zlashtiriladigan shakllardan olibgina qolmay, uni keyingi ekinlar uchun ham qoldiradi.
Tuproqdagi oziq elem entlaridan unumli foydalanishda ildiz sistemasi tuproqqa kirib borishi turlicha boigan ekinlarni navbatlab ekish ham muhim ahamiyatga ega. Rus olimlari V.G.Rotmistrov vaA.P.Modestov tuproqdagi oziq elementlaridan samarali foydalanish uchun har xil ildiz sistemasiga ega boigan ekinlarni navbatlab ekishni tavsiya etishgan.
III.BOB LALMIKOR YERLAR
Lalmikor yerlar² - Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori boʻlgan hududlarda tarqalgan. Tuproqda tabiiy namlikni toʻplash va uni saqlash, oʻgʻitlash, begona oʻtlarga qarshi kurash, tuproq eroziyasi oldini olish kabi tadbirlar qoʻllaniladi. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya,
Oʻrta Osiyo, Jan. Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida suv chiqarilgach, Lalmikor yerlarning katta maydonlari sugʻorma dehqonchilik rayonlariga aylantirildi.
Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan (2003).2
III.1. LALMIKOR YERLARDA ALMASHLAB EKISH
Lalmikorlikda toza shudgor-almashlab ekishning asosiy elementi.Ang’izni haydab yil davomida ekin eqilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgordeyiladi. Shudgorga yil davomida yoki yezning yarmigacha ekin ekilmay faqat begona o’tlarni yo’qotish uchun quruq ishlov berib turiladi. Ishlov berish natijasida shudgor yumshoq va begona o’tlardan xoli bo’ladi, unda nam ko’proq to’planadi, oziq moddalar ko’payadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi.
Lalmikorlikda tuproq unimdorligini oshirish g’alla ekinlari hayoti uchun qulay sharoit yaratish uchun u toza shudgor bilan almashlab ekiladi. Toza shudgor tuproqni chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshilaydi, qurg’oqchilikni zararli ta’sirini kamaytiradi.Qamashida toza shudgor kuzgi bug’doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan.
Yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug’doyni o’sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik begona o’tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi. Jizzax viloyatidagi «G’alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi dalalarida toza shudgorga ekilgan bug’doy hosili 14-22 s, ang’izda 4-8 s tashkil etgan. Lalmi yerlarni shudgorlashning eng qulay muddati tekislik mintaqada martning ikkinchi yarmi, tekislik-adir mintaqasida martning oxiri aprelning birinchi yarmi, tog’ oldi mintaqasida aprel va tog’li mintaqada aprelning oxiri va mayning boshi hisoblanadi. Toza shudgor yez davomida 2-3 marta 10-12sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Bu ish KRN-3.5, KRN-3, KPN-4.3, KP-4a, PPL-10-25 rusumli kultivatorlar va KPL-2-150 rusumli yuza yumshatgichlar (ploskorezlar) bilan ishlanadi.
Quruq shudgor. Ko’p yillik benona o’tlar - kakra, kampirchopon va boshqalar ko’p bo’lganda, yerlar quruq shudgorlab qo’yiladi. Bu xildagi shudgor qo’yidagicha ishlanadi.
Mayning ikkinchi yarmida yer boronalanmasdan haydaladi. Yez davomida begona o’tlar hosil bo’lishiga qarab shudgor PL-5-25 markali lushchilnik bilan 16-18 va 8-10sm chuqurlikda o’zaro navbatlab bir necha marta yumshatiladi. Bunday shudgorni mumkin qadar kam qo’llash kerak, chunki u 1m dan ortiq chuqurlikdagi tuproqni quritib yuboradi. Hozir gerbisidlar mavjudligidan shudgorni ishlashning bu tizimi deyarli qo’llanmaydi.
Band shudgor, uni o’tkazish sharoitlari va yetishtiriladigan ekinlar.Yerlarni ishlash sonini kamaytirish va uning ahamiyati Ma’lumki, har-xil operasiyalarni bajarish vaqtida agregatlar daladan ko’p marta yurib o’tadi, natijada tuproq zichlashadi, suv o’tkazuvchanligi, havo almashinuvi yomonlashadi. Besh korpusli plugni traktorga tirkab yer haydalganda uning g’ildiraklari yer yuzasining 40-50 % ni bosadi. Bundan tashqari, ekin ekishdan oldin yerni ko’p marta ishlash ekishni kechiktiradi hamda hosildorlikka salbiy ta’sir etadi.
Respublikamizning ayrim paxtakor xo’jaliklarida, g’o’za 5-8 marta kultivasiya qilinadi, unga 2-3 marta o’g’it solinadi, 5-7 marta sug’orish uchun egat olinadi va kasallik hamda zararkunandalarga qarshi 2-3 marta har xil kimyoviy dorilar purkaladi. Natijada, agregat mavsumda daladan 15-20 marta va undan ham ortiq yurib o’tadi. Bahor noqulay kelgan yillari hamda dala begona o’tlar bilan ifloslangan bo’lsa, yerni ishlash soni yana ham ortadi.
O’zPITI da olib borilgan tajribalar natijalariga ko’ra, yerlarni ishlash sonini kamaytirish qo’yidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.
1)yerni haydash chuqurligini tabaqalashtirish.
2)yerlarga asosiy ishlov berishda haydalma qatlamining uvoqlanishini yaxshilaydigan va dala tekis bo’lishini ta’minlaydigan faol qurollardan (freza kabilardan) foydalanish.
3)bahorgi va ekin ekish oldidan alohida-alohida amalga oshiriladigan ishlar sonini kamaytirish va ularni birga qo’shib, bir vaqtda bajarish;
4)dalada traktor bir yurib o’tishida zarur ishlarni bajaradigan kombinasiyalashtirilgan agregatlardan foydalanish;
5)g’o’za va boshqa ekinlarni parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarini qo’shib o’tkazash hisobiga kultivasiya hamda boshqa ishlar sonini kamaytirish.
Paxta ekiladigan maydonlarda bahorda va ekin ekish oldidan yerlarni ishlash soni buyicha olib borilgan kuzatishlar, ishlash soni kamaytirilganida tuproq yaxshi uvoqlashishni, uning suv-fizik xossalari yaxshilanishini, dalalar begona o’tlar bilan kam ifloslanishini va paxta hosildorligini ortishini ko’rsatdi. Yerlarni ishlash sonini kamaytirish uchun ekinlarning o’suv davrida bajariladigan tadbirlarni, sharoitdan kelib chiqqan holda moslashtirib bir-biriga qo’shib olib borish, dalaga agregatlarni kamroq kiritish zarur. Chunonchi, begona o’tlarga qarshi kultivasiya o’rniga gerbisid qo’llash, o’g’it solishni egat olish va mavsum oxirida egat olishni esa chekanka va boshqalar bilan bir vaqtda o’tkazish kerak. Natijada sarflanayotgan yeqilgi va mablag’ tejaladi, yetishtirilgan mahsulot tannarxi arzonlashadi.
Band qilinmagan shudgorlar. Band qilinmagan shudgorlarga toza shudgor (qora va ertagi) va kechki shudgor, quruq shudgor kiradi. Band qilinmagan shudgor yil buyi ishlanadi, Lekin ekin ekilmaydi. Kechki shudgor ekin yig’ishtirib olingandan so’ng kelgusi yil yozining ikkinchi yarmida ishlanadi bu usul 1917 yilgacha tarqalgan edi, hozirgi vaqtda esa hech qayerda qo’llanilmaydi. Qora va ertagi shudgor ekinlar hosili yig’ishtirilib olingandan so’ng yoki yig’ishtirib olish bilan bir vaqtda o’tkaziladi.
Dastlab ang’iz 5-6sm chuqurlikda lushchilnik bilan yuza yumshatiladi, bu esa yerda namning saqlanishiga, begona o’tlar urug’ining unib chiqishiga va kasallik hamda zararkunandalarni kamaytirishga, yerni sifatli qilib ishlashga imkon beradi. Qora shudgor chimqirqarli plug bilan, shu yilning o’zida yig’im terimdan so’ng lushchilnik bilan 10-12sm yumshatishdan bir necha xafta keyin 22-25sm chuqurlikda haydalishi bilan ertagi shudgordan farq qiladi. Qora shudgor
O’zbekistonda yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun qo’llanilmaydi. Ertagi shudgor qilishda yer, asosan, kelgusi yil bahorida bir vaqtda boronalash bilan o’tkaziladi. Qora shudgor va ertagi shudgor keyinchalik bir xil ishlanadi. O’zbekistonning sizot suvlar 20-30m chuqurlikda joylashgan sug’orilmaydigan mintaqalarida bunday suvdan o’simliklar foydalana olmaydi.
XULOSA
“Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, Shudgorlashdan asosiy maqsad, yerda imkoni boricha ko’proq nam to’plash va uni saqlash, begona o’tlarni, kasallik va zararkunandalarni imkoniyat darajada kamaytirish yoki butunlay yo’qotishdan iborat bo’lib, buning uchun band qilinmagan yoki band qilingan shudgorlash turlaridan foydalaniladi.
Dehqonchilikda yerlarni kuzda shudgorlash bilan bir qatorda bahorda ham ishlov
berish respublikamizning shimoliy hududlaridagi sho’rlangan yerlarda o’tkaziladi. Tuproq unumdorligini oshirishda bedaning ahamiyati juda yuqori bo’lib, uni buzish jarayoni sifatli qilib o’tkazilgandagina ta’siri yanadi samarali bo’ladi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror hosil yetishtirishda ekiladigan nav, urug’lik va uni sifatli qilib ekish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda ekinlarni ekish usullari: yoppasiga qatorlab, tor qatorlab, shaxmat usulida, lenta shaklida, egat tagiga, keng qatorlab, pushta ustiga ekishlardan foydalanilib, ekinlarni ekish muddatini, me’yorini va chuqurligini to’g’ri belgilash orqali erishish mumkin.
Almashlab ekishda, ekinlar yillar davomida dalalar bo’yicha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida to’g’ri navbatlab ekiladi. Almashlab ekishda olinadigan mahsulotlarning turiga qarab dala, yem-xashak va maxsus turlarga bo’linadi va ular tuproqni fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, yer osti suvlarini sathini pasaytirib tuproqlarni sho’rlanishini oldini oladi, har xil kasallik va zararkunandalarni yo’qotadi, ko’plab organik massa qoldirib,tuproq
unumdorligini oshiradi hamda undan keyin ekiladigan ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
I. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2014. -39 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-2270-sonli qarori.
II. O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-1675-sonli qarori.
III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. - 485 b.
2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahvar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. “O‘zbekiston” NMIU, 2017.- 103 b.
IV. Asosiy adabiyotlar
1. Mohidil Yusupova, Rahmatillo Akbarov. "Dehqonchilik va melioratsiya". Fargʻona - 2018.
2. Mohidil Yusupova. "Umumiy Dehqonchilik". Maʼruza, seminar,darsliklar.
V. Qoʻshimcha adabiyotlar
1. Sobirjon Arifjonovich Azimboyev.DEHQONCHILIK, TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO ASOSLARI. Toshkent «IQ T IS O D -M O L IY A » 2006
2.Sheraliev H SHodmanov M. Dehqonchilik. Ma’ruza matnlari. T.: 2004. -39 bet.
VI. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar
1. O‘zbekiston biologiya jurnali. T., 2009-2015.
2. O‘zMU xabarlari. - Toshkent, 2008-2014.
3. Журналы Почвоведение, Агрохимия, Агро-Илм.
VII. Internet
1. www.gov.uz. - O‘zbekistan Respublikasi xukumat portal
2. www.lex.uz - O‘zbekistan Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5.google.com - halqaro maʼlumot qidiruv dasturi
6. Yandeks.com - xalqaro maʼlumot qidiruv dastur
Do'stlaringiz bilan baham: |