1-jadval Ekinlarning turiga qarab 1t hosil bilan chiqib ketadigan oziq elementlar (kg)
Ekinlar
|
azot
|
fosfor
|
kaliy
|
G’o’za
|
56
|
23
|
53
|
Kuzgi bug’doy
|
37
|
13
|
23
|
Arpa
|
29
|
11
|
20
|
Bahori bug’doy
|
47
|
12
|
18
|
Suli
|
33
|
14
|
29
|
Makkajo’xori (don uchun)
|
34
|
12
|
37
|
Javdar
|
31
|
14
|
26
|
Sholi
|
21
|
8
|
26
|
Tariq
|
33
|
10
|
34
|
Ko’k nuxat
|
66
|
15
|
40
|
Zig’ir
|
80
|
40
|
70
|
Qand lavlagi
|
5,9
|
1,8
|
7,5
|
Kartoshka
|
6,2
|
2,0
|
8,0
|
Kungaboqar
|
50
|
27
|
228
|
Tamaki
|
24
|
7
|
51
|
Soya
|
71
|
16
|
18
|
Makkajo’xori (silos uchun)
|
2,4
|
0,9
|
3,6
|
Poliz ekin
|
5,5
|
1,6
|
5
|
Ildiz mevalar
|
2,7
|
1,9
|
4,8
|
O’simlik hayotida makro va mikroelementlar hamda o’simliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli.
O’simliklar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar anchagina (0,01% gacha) bo’ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda (0,01-0,001 %) bor, mis, rux, marganes, kobalt, molibden kabi elementlar uchraydi, ular mikroelementlar deb ataladi. O’simliklar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy elementlar topilgan.
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayetgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnika tadbirlarining qo’llanishiga ham ko’p jihatdan bog’liq. O’simliklarning oziqlanishi 3 hilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullari. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. O’simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi.Azot tuproqda eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi Tuproqdagi oziq moddalar miqdorini azotni muhim oziqlanish manbalardan bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3)dan va ammoniy tuzlari(NH4)dan o’zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish prosessii ammonifikasiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib , nitrit va nitrat kislotalarga aylanish prosessinitrofikasiya prosessii deyiladi.
Azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o’simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati.
Azot: Azot tuproqda eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanishi manbalaridan bo’lgan nitratlar (NO- , NO ) dan va ammoniy tuzlari (NH) o’zlashtiradi. Bunday shakldagi azot tuproqda kam bo’ladi, chunki ular suvda yaxshi eriydi, o’simliklar va mikroorganizmlar ularni to’la o’zlashtiradi. Faqat dukkakdosh o’simliklar tuproqdagi azotdan tashqari, tugunak bakteriyalar yordamida atmosferadagi molekulyar azotdan ham oziqlanadi.
Fosfor: Tuproqda fosfor kam harakatchan bo’ladi, tuproqqa singadi, suvda yomon eriydi, o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Tuproqda uning yalpi miqdori juda ko’p. Agar ular o’simliklar o’zlashtira oladigan holatga o’tkazilsa, yerlarga fosforli o’g’it solinmasdan ham 40-50 yil davomida ekinlardan mo’l hosil olish mumkin bo’lar edi.
O’simliklar vegetasiyasining dastlabki davrlarida fosfatlarni ko’plab o’zlashtiradi. Ular fosfor bilan yetarli darajada oziqlanmasa, ekinlarning keyingi rivojlanishi susayadi. Dastlabki davrda fosfor yetishmasligi oqibatlarini keyinchalik ekinlarni normal oziqlantirish bilan tuzatib bo’lmaydi.
O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish yoki qo’ng’irroq tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi.
Kaliy: Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va xarakatini faollashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal va qand lavlagi ildizida shakar to’planishida hamda o’simliklar organizmida oqsillarning taqsimlanishiga tasir etadi.
O’simliklarni kaliyga muxtojligi sezilganda umuman barglari, barglarning cheti va uchi sarg’ayadi yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi, guyo kuygandek ko’rinadi. Dastlab pastki shoxlaridagi qari barglar, keyin esa yesh barglar kasallanadi. Bunga sabab o’simlik yerdan kaliy ololmagandan keyin yangi barglar chiqarish uchun shoxlarining barglaridagi kaliydan foydalanadi. Qo’ng’ir tusga kirgan barglar so’liydi va qurib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |