Qushlarning uchib ketish sabablari.
Qushlarning uchib ketishi
yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga moslashishdan
iborat. Shimoliy va o‘rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yil
ning
eng qulay issiq davrida uya qurib, jo‘ja ochadi va uni boqib, voyaga
yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo‘ladigan qish mavsumi
boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlar-
ning bahorda o‘z vatanlariga uchib kelishi ko‘pa
yish instinkti bilan
bog‘liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlar
ning qishlov joyiga uchib
ketishi uchun signal bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |