154
8.4. Qushlar sinfi
Uchib ketuvchi qushlar.
Bunday qushlar kuzda
birmuncha sovuq
yoki mo‘tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va
o‘sha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan
oldin ular gala hosil
qiladi.
Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg‘och, bulbul, zarg‘al-
doq va laylaklar ancha barvaqt, ya’ni yoz
oxirlarida yoki erta kuz-
da, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo‘l bo‘li
shiga qara-
masdan uchib ketadi. O‘rdak, g‘oz va oqqush kech kuzda,
yashash
joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so‘ng
uchib
keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo‘ldan uchib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: