Zoologiya uzb 2017. indd


-§.  Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/296
Sana07.01.2022
Hajmi5,19 Mb.
#328255
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   296
Bog'liq
7-sinf zoologiya kitobi

29-§.  Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi
Yashash muhiti va tashqi ko‘rinishi.
 Zog‘ora baliq O‘rta Osi-
yoning tog‘ daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechi-
radi. Uni ko‘l, hovuz va sholiðoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan 
daryolar o‘zanida uchratish mumkin. Zog‘ora baliq 
ning kattaligi 1 
m gacha, og‘irligi 8–16 kg gacha boradi.
Zog‘ora va boshqa ko‘pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki 
yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq 
bo‘ladi (58-rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo‘shilib 
ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va u 
ning 
29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi


102
harakat 
lanayotgan jismga ko‘proq qarshilik ko‘rsatishini bilasiz. 
Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning 
qar 
shiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi.
Suzgichlari.
 Zog‘ora baliq tanasini o‘ngga va chapga biroz bukib, 
suz 
gichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, 
dum, anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suz-
gichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. 
Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich 
yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta 
ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga 
solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to‘xtashiga, shuning-
dek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.
Terisi. 
Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning 
oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o‘zidan keyingi 
tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tash-
qi ta’sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. 
Baliq o‘sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangacha-
lardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniq 
lash mumkin. 
Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqa 
radigan yupqa shilliq 
parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini 
osonlashtiradi. 
Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog‘liq. Chuchuk suv 
havzalarida yashaydigan ko‘pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni 
balchiq rangiga o‘xshash to‘q yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi. 
Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab 
olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan qaralganda suv qatlami-

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish