Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Katta oshqozon, kichik oshqozon, yashil bezlar, murakkab ko‘z, mozaik
ko‘rish, plankton, dafniya, siklop, krab, omar, langust, krevetka, zaxkash.
Javob bering. Daryo qisqichbaqasining ochiq (tutashmagan) qon aylanish
sistemasi yomg‘ir chuvalchangining yopiq (tutash) qon aylanish sistemasidan
qanday farq qiladi?
Topishmoqda keltirilgan hayvonning harakatlanishiga tavsif bering.
17. O‘n oyoqda olg‘a yurar,
Shoshar bo‘lsa, ortga suzar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
7.2.
O‘RGIMCHAKSIMONLAR SINFI
O‘rgimchaksimonlar haqiqiy quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar.
Og‘iz organi 2 juft. O‘pka yoki traxeya orqali nafas oladi. Ayrim
jinsli harakat organlari 4 juft. O‘rgimchaksimonlar sinfi o‘rgimchaklar,
falangalar, chayonlar, kanalar turkumlariga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |