QO’YXONADAGI YORUG’LIKNI XISOBLASH VA YORUG’LIKNI AXAMIYATI.
Yorug’lik yuqori biologik ta’sirga ega bo’lib chorva molari va qo’ylar organizimiga ijobiy tasir ko’rsatadi.
Qo’yxonalar yetarli miqdorda yorug’lik bilan ta’minlanishi ko’pchilik kasaliklarni olishida muxim faktor xisoblanadi. Misol uchun agar yorug’lik miqdori yetarli bo’lmasa katta yoshli xayvonlarda ostomolyatsiya (suyaklarni mortlashishi ) kassaligi yosh xayvonlarda esa raxit kasaligi kelib chiqadi. Chorvachilik binolari tabiiy va suniiy yorug’lik miqdorlarini aniqlash amaliyotida muxum axamiyatga ega xisoblanadi. Tabiiy yorug’likni quyidagi usullarda ishlatiladi.
Geometrik usul bu usul juda oddiiy usul mbo’lib chorvachilik binolarida loyihalashtirish davrida ishlatiladi. Bu usulda yorug’lik koefesenti aniqlanadi. Yorug’lik koefesenti deb oynalangan deraza yuzasidan tushayotgan yorug’likning pol yuzasiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.
Yorug’lik koefesentining meyorlari quyidagilar
Qo ramollar uchun 1:15 1:10
Qo’ylar uchun 1:20
Yilqilar uchun 1:10 1:15
Cho’chqalar uchun 1:10
Parrandalar uchun 1:10 1:12
Mo’ynali hayvonlar uchun 1:10 1:13
Burdoqiga boqiladigan hayvonlar uchun 1:10 1:13
Misol: 600 bosh sovliqlar, qo’yxona uzunligi 75 m eni 10m, deraza o’lchami (0,8*1m), shundan qo’yxona yuzasi 75*10=750m2, shundan deraza sonini topamiz: 750m : 20 = 37,5m bo’lsa, 37,5m : (0,8x 1) = 46 dona deraza kerak, oynalangan deraza yuzasi esa (0,8*1) * 46 = 36,8 m2 bu paytda yorug’lik koefesenti
TYo = 750m2 : 36,8m2 = 20,3 demak T Yo 1:20 nisbatda bo’ladi.
Svetotexnik usul - bu usulda molxonalarda tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYoK) aniqlanadi. TYoK - deb molxona ichidagi yorug‘likni tashqi atmosfera yorug‘ligiga nisbatan foiz hisobida ifodalanishiga aytiladi. TYoK quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
TYoK =
Yoritilayotgan yuzaga tushayotgan yorug‘lik nurlarining zichligiga yoritilganlik deyiladi. Yoritilganlik - lyuks (lk) bilan o‘lchanadi. Misol: Molxonaning ichki yorug‘ligi 35 lk, tashqi yoritilganlik esa 4500 lk, bunda tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYoK) 0,7 % ga teng bo‘ladi.
TYoK =
Qo’yxonaning ichki yoritilganligi tashqi yorug‘lik miqdorini TYoK ga ko‘paytirib aniqlanadi: Misol: fevral oyida tashqi yorug‘lik 5000 lk ga teng. TYoK esa 0,8%. Bu tashqi yorug‘likni 0,008 qismiga to‘g‘ri keladi. Aniqlanadigan yoritilganlik 5000 x 0,008 = 40 lk ga to‘g‘ri keladi. TYoK molxonaning markazida pol ustida, poldan 1m va 1,6 m balandlikda aniqlanadi.
TYoK ning me’yorlari qoramollar uchun 0,4-1,0%, bo‘rdoqi mollar uchun 0,4-0,5%, profilaktoriy uchun 0,5-1 %, cho‘chqalar uchun 0,5-1,2 %, qo‘ylar uchun 0,3-0,8 %, yilqilar uchun 0,5-0,8 %, parrandalar uchun 0,7 va quyonlar uchun 0,5 - 0,7 % bo‘lishi lozim:
Bizning misolimizda esa bu ko’rsatkich quydagicha:
Tashqi harorat 4500luks, TYoK esa 0,7% shunda hosil bo’ladi 4500lk x 0,007 = 31,5lk teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |