Rotasion viskozimetrlar
Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini
o‘rganishda rotasion viskozimetrlardan foydalanish qulay. Bu asboblar
tekshirilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi
momentlarni o‘lchashga asoslangan.
Qovushoq suyuqlikda jism aylanganida qovushoqlik qarshiligi teskari ta’sir
etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu moment
suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushoqlikka
mutanosib bo‘ladi:
M=K∙μ∙ω , (6.50)
bu erda M — aylantiruvchi moment, Nm; K — asbob doimiysi; μ — dinamik
qovushoqlik, Pa∙s; w— aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s.
Rotasion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni
o‘lchash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial
silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan
aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 6.46 - rasmda rotasion
viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko‘rsatilgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
260
Koaksial silindrli viskozimetr (6.46-rasm, a) tashqi silindri tahlil qilinayotgan
suyuqlik bilan to‘ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o‘zgarmas tezlik
bilan aylanganda dvigatel 1 ta’sirida suyuqlik stasionar aylanish holatiga keladi va
aylantiruvchi momentni ichki silindr 3ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash
uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta’sir qilishi
kerak. Bu kuch, rasmda ko‘rsatilganidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil
qilinadi.
Laminar harakatda kuch momenti bilan ko‘rilayotgan suyuqlikning
qovushoqligi quyidagicha bog‘langan
2 2
2 2
R r
M l w R r
-
×
= p × × m × , (6.51)
bu erda, M — kuch momenti, N • m; l — ichki silindrning uzunligi, m; w — tashqi silindr aylaniishining
burchak tezligi, 1/s; R va g — tashqi va ichki silindrlarning radiusi, m.
Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo‘ladi.
Tekshiriladigan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi jism (6.46- rasm, b)
sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida
o‘zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylanishiga
ko‘rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o‘lchanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetr (6.46- rasm, v) tekshirilayotgan suyuqlikka
cho‘ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida ravon
aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga
6.46 – расм. Ротацион вискозиметр.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
261
aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushoqligiga
mutanosib bo‘lib, hisoblash asbobi bilan bog‘langan silindrik prujina 4 yordamida
muvozanatlanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushoqligini uzluksiz
o‘lchashda ham foydalanish mumkin.
Rotasion viskozimetrlarning o‘zgarmas koeffisientlari analitik ravishda yoki
etalon suyuqliklar bo‘yicha tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Rotasion viskozimetrlarning
o‘lchash chegarasi 0,01...1000 Pa s.
Do'stlaringiz bilan baham: |