8. Mo‘g‘uJ (Chig‘atoy) ulusi davrida 0 ‘rta Osiyo
tarixiy geografiyasi
Zabt etilgan o'lka va viloyatlarni Chingizxon hali hayotlik
chog‘idayoq o‘g‘illari va nabiralariga taqsimlab berildi. Janubiy
Sibir, D ashti Q ipchoq, Itil (Volga) b o ‘yi, X orazm va
Darbandgacha bo‘lgan o ‘lka Chingizxonning to ‘ng‘ich o‘g‘li
Jo'ji va uning vafotidan keyin esa nabirasi BotU qo ‘liga
topshirildi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga
118
uning ikkinchi o ‘g‘li Chig‘atoy ega bo‘ldi. Chingizxon o ‘zi
tug'ilib o ‘sgan M o‘g‘ulistonni, shuningdek, Xitoyni uchinchi
o‘g‘li va vorisi 0 ‘qtoyga berdi. Kenja o‘g‘li Tuluga esa Xuroson,
Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, mo‘g‘ullar bosib olin-
gan viloyatlarni uluslarga taqsimlab,
udel
asosida boshqarishga
kirishdi.
Shu tariqa XIII asr boshlaridayoq Chig'atoy tasarrufiga
berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig‘a-
toy ulusi tashkil topdi. Bu feodal davlat XIV asrning 40-yillariga
qadar yashaydi.
XIII asrning 70-80-yillariga kelib, Movarounnahrda asta-
sekinlik bilan bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik
va savdo munosabatlari jonlana boshladi. Shaharlarning ichki
hayoti, ayniqsa, mahsulot va pul munosabatlarining tiklanishida
Ma’sudbek tomonidan amalga oshirilgan pul islohoti muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va
viloyatlarida, jumladan Samarqand, Buxoro, Taroz, 0 ‘tror,
Xo‘jand va boshqa shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof
kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ulami muomalaga
chiqardi. Ikki asr mobaynida Movarounnahrda kumush tangalar
zarb qilinmaganligini nazarga olinsa, Ma’sudbekning pul islohoti
tufayli mamlakatda mahsulot va pul munosabatlari tiklanib,
shaharlar qisman bo‘lsa-da ichki hayotining jonlanishida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan.
XIV asrning birinchi yarmida yana bir chig‘atoy xon'
Kebekxon davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy
hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy hamda pul sohasida
islohot o ‘tkazadi. Kebekxonning islohoti bo‘yicha davlat
viloyatlarga bo‘linib, ular mo‘g‘ulcha ,,tuman“ deb yuritiladi.
Ammo ma’muriy islohot mahalliy hokimliklar va bekliklarga
barham bermaydi, balki ularga moslashadi. Kebekxon joriy qilgan
ma’muriy bo‘linish, garchi qadimiy an’analarga barham bera
olm agan b o ‘lsa-da, u M ovarounnahrda feodal davlatni
mustahkamlashda ijobiy o‘rin tutdi.
119
Kebekxon davrida ichki savdo-sotiqni tartibga solish, qo'shni
davlatlar bilan tashqi savdo munosabatlarini yaxshilash uchun
butun mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. Kebekxon ikki xil
pul:
Do'stlaringiz bilan baham: |