Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

3. Tarixiy kartografiya
Tarixiy kartografiya —
ilmiy fan bo‘lib, u asosan tarixiy kartalar 
va atlaslami tuzish, ularning uslubiyatini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadi. Kartografik uslubning tarix fanida qo‘llanilishi 
tarixiy kartalardan keng foydalanishga, tarixiy-geografik 
monografiyalar, maqolalar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratilishiga 
olib keldi. Tarixiy kartalarda tarixiy jarayonlar, voqea-hodisalar, 
tarixiy davrlarni tavsiflovchi jarayonlar, shuningdek, geografik
41


oqibatlar k o ‘rsatib o ‘tiladi. Um um iy tarixiy kartalar bu 
jarayonlami yanada to‘liqroq ko‘rsatishga, ochib berishga harakat 
qiladi. Tarixiy kartalarning turli xillari bo‘ladi: 
tarixiy-iqtisodiy,
tarixiy-siyosiy, tarixiy etnografik, arxeologik, milliy-ozodlik
harakati, dehqonlarqo‘zg‘oloni, inqilobiy harakatlar, harbiy-tarixiy,
madaniyat tarixi
bo'yicha va boshqa kartalar kiradi. O'quv-tarixiy 
kartalar o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilayotgan tarixiy davrlarga 
mos bo‘ladi.
Tarixiy kartografiyaning rivojlanishi har doim tarixiy geogra- 
fiyaga bog‘liq bo‘lib kelgan. 1579 yili Abraxam Orteliy geografik 
atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo‘shimcha tuzdi. Orteliyning 
bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta kartadan iborat bo‘lgan 
antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo‘ldi.
XVII asrning ikkinchi yarmida fransuz geograflari Sansonlar 
va V.Dyuval atlaslarida ham tarixga oid kartalar bo‘limi bor edi.
XVIII asr oxirida fransuz kartografi J.B. D ’Anvil tomonidan 
tayyorlangan tarixiy kartalar bosilib chiqdi. Orteliydan tortib to
XIX asr oxiriga qadar tuzilgan kartalarda xalqlarning hududiy 
joylashishi, siyosiy chegaralar, harbiy yurishlar, janglar, tarixiy 
voqealar bo‘lib o'tgan hududlar, geografik sayohatlar yo'nalishlari 
aks ettirilgan edi. Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan 
tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar 
tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg‘ambarning 
sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo‘llar 
tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy m a’lumotlar 
ham qayd qilina boshlangan.
Tarixiy k a rta la r tu zish d a tarixiy davrlar k o ‘p in ch a 
chalkashib ketgan, milliy-ozodlik harakatlari aks ettirilmagan. 
Ba’zi tarixiy kartalarda m a’lumotlar ataylab buzib ko‘rsatilgan. 
Masalan, 1910 va 1936-1938 yillarda Germaniyada chop etilgan 
Pusger atlasida, avvalo buyuk davlatchilik shovinizmi va 
keyinroq fashistcha g‘oyalar avj olishi bilan kartalardagi nemis 
va slavyan yerlari o ‘rtasidagi chegaralar sun’iy ravishda sharqqa 
surilib berilgan.
42


XX 
asrning ilmiy tarixiy kartografiyasiga ikkita muhim 
yo‘nalish xosdir. Birinchi yo'nalishga yuksak darajada 
detallashtirilgan kartalar kirib, ularda aholining ma’muriy, ba’zi 
holda cherkov tomonidan bo'linishigacha bo‘lgan aniq dalillar 
aks ettirilgan. Bunday kartalar turiga 1895 yilda chop etilgan 
Fabrisiusning nemis atlasi, Rixteming 1906 yilgi Avstriya atlasi, 
A.A.Bekmanning 1913-1938 yillarda chop etilgan Niderlandiya 
atlasi kiradi. Ikkinchi tur kartalariga detallashtirilishi unchalik 
yuqori bo‘lmagan, ammo faqatgina tarixiy-siyosiy emas, balki 
tarixiy-iqtisodiy, madaniyat tarixiga oid ma’lumotlar ham aks 
ettirilgan kartalar kiradi. Bunday kartalar sirasiga 1926 yil chop 
etilgan Aubinning nemis atlasi, Pollin tahriri ostida 1932 yilda 
chop etilgan AQSh atlasi (,,Qo‘shma Shtatlar tarixiy-geografik 
atlasi“)ni misol qilib keltirishimiz mumkin. 1956, 1958, 1962 
yillarda esa Myunxenda o‘quv mashg‘ulotlariga doir „Katta tarix 
atlasi“ chop etilgan.
Rossiya imperiyasida tarixiy kartografiya rivojlanishining 
dastlabki.bosqichi XVIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 
Bu davrdagi tarixiy va tarixiy-geografik asarlarga tarixiy kartalar 
ilova qilina boshlandi. „Rossiya imperiyasining tarixiy kartasi“ 
birinchi bor 1793 yilda chop etilgan.
Tarixiy kartografiya rivojlanishida 1958 yil Polshada bosilib 
chiqqan Plos voyevodligi tarixiga oid atlasning alohida o‘m i bor. 
Bunday atlaslar ishlab chiqarish kuchlarining joylashishi, ishlab 
chiqarish munosabatlari, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini aniq 
tasvirlab beradi. Zamonaviy tarixiy kartografiya rivojlanishining 
muhim elementi — bu tarixni aniq davrlashtirish, turli tarixiy 
jarayonlami to‘la aks ettirish, tarixiy jarayonlarning iqtisodiy 
tomonini ochib berishdir.
Shuni ta’kidlab o'tish joizki, sho‘rolar tuzumi davrida 0 ‘rta 
Osiyo tarixiga doir bir qator tarixiy kartalar tuzilgan bo‘lsa ham, 
ammo ularning ichida 0 ‘rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan 
bosib olinishiga doir kartalar yo‘q edi. Shuningdek, kartalar nashr 
qilinganda ko'proq 
yevrosentrik
nuqtai nazardan yondashilgan edi.
43


0 ‘rta Osiyo hududlari bo‘yicha tarixiy kartalar faqat katta tarixiy 
voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan hollardagina yaratilgan. Masalan, 
mo‘g‘ullaming 0 ‘rta Osiyoni bosib olishiga doir tarixiy kartalar 
mavjud bo‘lsa-da, ammo Amir Temur davlati haqida tarixiy kartalar 
umuman yaratilmagan. Tarixiy atlas va kartalarda XV-XVIII 
asrlardagi 0 ‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan tarixiy jarayonlaming faqat 
Rossiya imperiyasi bilan aloqador bo‘lgan qismlarigina aks ettirilgan, 
ular ham ham aniq detallashtirilmagan edi.
0 ‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid siyosiy-ma’muriy, tarixiy 
kartalar kam yaratilgan bo‘lsa-da, demografik, hududlarning 
iqtisodiy tarixiga oid kartalar esa deyarli bo‘lmagan.
0 ‘rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng 
Turkiston general-gubernatorligi va yarim mustaqil Buxoro 
amirligi va Xiva xonligining o‘sha davrga oid ba’zi kartalari mavjud.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tarixiy kartalar 
soni ko‘paydi. 0 ‘rta Osiyoning eng rivojlangan davri bo‘lgan 
temuriylar davriga bag‘ishlangan kartalar to‘plami chop etildi. 
Shu bilan birga 0 ‘zbekiston tarixiy kartografiyasi oldida ko‘plab 
ilmiy muammolar turibdi. Birinchi galda zamonaviy talablarga 
mos bo‘lgan 0 ‘zbekiston xalqlari tarixining butun davrlarini 
qamrab olgan tarixiy atlas yaratish zarur. Bu borada dastlabki 
qadamlar ham tashlandi. 1999 yilda ,,0 ‘zbekiston tarixi atlasi“ 
nashrdan chiqdi ( 0 ‘zbekiston tarixi atlasi.-0‘zgeodezkadastr, 
1999). Endi uni yangi ilmiy m a’lumotlar asosida to ‘ldirib, 
mukammallashtirib borish zarur.
0 ‘zbekiston xalqlari tarixiga oid kartalar mavjud bo‘lsa-da, 
tarixiy- geografik, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-demografik kartalami 
yaratish o‘zbekistonlik olimlaming birinchi galdagi vazifasidir.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish