va G ‘uzor viloyatlari tilga olinadi, xolos. Keyinchalik Imomqulixon
tomonidan Hisor, Toshkent, Turkiston, Faig‘ona, Balx viloyatlari
qayta bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da, Xurosondagi bir necha yirik
viloyatlar (Hirot va boshqa hududlar) va Xorazm butunlay Buxoro
xonligi tarkibidan chiqdi. Xonlikka bo‘ysunuvchi viloyatlar
o‘rtasidagi aniq ma’muriy chegaralar haqida ma’lumotlar saqlanib
qolmagan. Ko'pgina viloyatlar, xususan Hisor, Shahrisabz amalda
yarim m ustaqil boshqarilib, Buxoroga nom igagina tobe
hisoblanardi. Viloyatlar xuddi
shayboniylar davridagidek
tumanlarga va boshqa ma’muriy birliklarga bo'lingan.
Xorazm xonlari (Abulg'ozixon, Anushaxon) Buxoro va
Samarqand atroflarini tez-tez talab turdilar. Eron va Hindiston
hukmdorlari Movarounnahr ichki ishlariga aralasha boshladilar.
Ubaydullaxon davrida (1701-1711 yillar) feodal tarqoqlik
kuchayishidan foydalangan M ahmudbiy otaliq (qatag‘on
urug‘idan) 1706 yili Balxda hokimiyatni qo‘lga oldi. Ubaydullaxon
o‘ldirilgach, uning o£rniga taxtga o‘tirgan Abulfayzxon (1711-
1747 yillar) nomigagina xon bo‘lib, aslida hokimiyat bir guruh
nufuzli amirlar qo‘lida edi. 1740 yili Abulfayzxon
davlati Eron
shohi Nodirshohga qaram bo‘lib qoldi. 1747 yili Abulfayzxon
saroy fitnachilari tomonidan o'ldirildi. Abulfayzxonning taxtga
o‘tqazilgan 9 yashar o ‘g‘li Abdulmo‘min ham bir yildan keyin
o‘ldirildi. Uning o‘miga ukasi Ubaydullo nomigagina xon bo'lib,
aslida davlat ishlari mang‘it urug‘i boshlig‘i, otaliq Muhammad
Rahim qo‘liga o‘tdi. Muhammad Rahim davlat boshliqlari va
ruhoniylami ko'ndirib, 1753 yili Buxoro taxtini egalladi.
Shundan
boshlab Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi boshlandi.
Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo-sotiqni jonlantirish
maqsadida 1507 yilda pul islohoti o‘tkazilib, markaziy shaharlarda
vazni bir xil bo‘lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar
zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy
mavqeini kuchaytirish, shayboniy xonlari
va beklari hukmronligini
mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan
keyin kuchayib ketgan o‘zaro urushlar natijasida yaxshi natija
130
berm adi va pul qadrsizlandi. 1515 yilda oliy hukm dor
Ko'chkunchixon pul islohoti o'tkazishga majbur bo‘ldi. Ayniqsa,
Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy
hayotida katta ahamiyat kasb etib, markaziy hokimiyatning
kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga
yordam berdi. Pul islohotini bosqichma-bosqich o‘tkazgan
Abdullaxon II oltin, kumush, mis pullami otasi nomidan (1560-
1583 yillar) chiqarganda mamlakatda bir qancha shaharlarda pul
zarb qilingan bo‘lsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarda
(1583-1598) asosan Buxoroda markazlashgan pul zarb
qilishni
yo‘lga qo‘ydi. Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba’zan Balx,
Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga
ruxsat bergan.
Iqtisodiy hayotda sun’iy sug‘orish asosiy rol o‘ynaganligi
sababli shayboniylar davrida suv inshootlari qurilishiga ancha
e’tibor berildi. 1502 yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv
ayirg‘ich, 1556-1585 yillarda Qashqadaryo, Zarafshon,
Amudaryo, Murg‘ob va Vaxsh daryolaridan
chiqarilgan kanallar,
suv ayirg'ich va suv omborlari buning yaqqol misoli bo‘la oladi.
Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi,
savdo-sotiq va hunarmandchilik bo‘lib, yer asosiy boylik
hisoblangan. Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda aytarli
o ‘zgarishlar yuz bermadi. Dashti Qipchoqdan kelgan o‘zbeklar
yer egaligi munosabatlarini boshidan kechirayotgan bo‘lib, ular
Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib
kelganlari yo‘q, balki temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-
iqtisodiy tizimni qabul qildilar hamda unga moslashdilar.
Yer egaligining
Do'stlaringiz bilan baham: