Zokirjon saidboboyev


 0 ‘zbekistonda kartografiya fani tarixi



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

4. 0 ‘zbekistonda kartografiya fani tarixi
XX 
asrga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan 
o ‘rganilganlik ancha past bo‘lgan. Chor Rossiyasi Turkistonni 
bosib olgandan keyin iqtisodiy jihatdan muhim bu o‘lkani kartaga
44


olish ishlari boshlandi. Zotan, hududning ichki qismlari hali ham 
yaxshi o‘rganilmagan, manbalar yetarlicha darajada to‘liq va aniq 
bo‘lmagan, plan olish asboblari, kartografik tasvirlash usullari va 
karta ishlash texnikasi rivojlanmagan edi.
1934 yili 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘istonda yagona bo‘lgan Toshkent 
kartografik fabrikasi tashldl etildi. Unga davlat muassasalari va 
jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma’muriy va ma’lumotnoma 
kartalari bilan, shuningdek, maktab o‘quvchilarini o‘quv karta va 
atlaslar bilan ta’minlashdek katta vazifa yuklatildi. Ko‘p o‘tmay 
alohida sug‘oriladigan tumanlar qishloq xo‘jalik kartalari, 
0 ‘zbekistonning ma’muriy kartasi va 0 ‘rta Osiyo xalqlari milliy 
tillarida o‘quv kartalari tuzildi va nashr etildi.
Mintaqa, xususan 0 ‘zbekiston hududi tasvirlangan kartografik 
materiallar o‘sha yillari nashr etilgan sobiq Ittifoqning katta-kichik 
va qishloq xo‘jaligiga oid maxsus qomuslari tarkibida ham berilgan.
1939-1940 yilari barcha 0 ‘rta Osiyo respublikalarining devoriy 
siyosiy-ma’muriy, tabiiy va iqtisodiy kartalari tayyorlandi va chop 
etildi. Ular ichida, ayniqsa, 0 ‘zbekiston va Turkmanistonning 
qishloq xo‘jalik kartalari alohida ajralib turadi. Ularda qishloq 
xo‘jaligining ixtisoslashuvi, ekilayotgan g‘o ‘za navlarining 
joylanishi, davlat xo‘jaliklari va ulaming ixtisoslashuvi ko‘rsatilgan. 
Belgilar usuli bilan foydali qazilma konlari, muhim industrial 
markazlar va gidroelektrostansiyalar ko‘rsatilgan.
Urushdan keyingi yillarda kartograflaming asosiy vazifasi 
qishloq xo‘jaligida, boshqaruv va rejalashtirish organlarini zarur 
kartografik materiallar bilan ta’minlash, ilg‘or xo‘jaliklar va ilmiy 
tadqiqot muassasalarining yutuqlarining targ‘ibot qilish hamda 
amaliyotga joriy etilishini tezlatish edi.
1963 yili respublikamizning birinchi „Tabiiy-geografik atlasi“ 
chop etildi. Atlasning formati 44x30 sm, asosiy kartalarning 
masshtabi 1:3500000 va 1:500000, iqlim kartalari 1:7500000 va 
1:10000000 masshtablarda tuzilgan.
1968 yili 0 ‘zbekiston Yer tuzish va loyihalash instituti 
tomonidan 0 ‘zbekistonning yagona dastur asosida bir-biri bilan
45


o ‘zaro bog‘langan, bir-birini o ‘zaro to‘latadigan ixtisoslashgan 
aniq maqsadli «Devoriy qishloq xo‘jalik kartalari“ tizimi tayyorlandi 
va nashr etildi. Mazkur tizim masshtabi 1:1000000 bo‘lgan 21 ta 
kartadan iborat bo‘lib, ularda respublikamiz qishloq xo'jaligiga 
atroflicha kartografik tavsif berilgan. Barcha kartalaming mazmuni 
turli xil diagrammalar, grafiklar va jadvallar bilan to‘ldirilgan.
1980 yili 0 ‘zbekistonning birinchi ,,0 ‘quv-o‘lkashunoslik 
atlasi“ chop etildi. Mazkur atlas keng jamoatchilik tomonidan 
yuqori baholandi. U respublikamiz geografiyasi, tarixi va 
madaniyatini o‘rganishda o‘quvchilaiga yordamchi qo‘llanma bo‘lib 
xizmat qildi.
1983 yili respublikamiz poytaxti Toshkentning 2000 yillik 
yubileyi munosabati bilan kompleks “Toshkent geografik atlasi“ 
chop etildi. Atlasning formati 25x35 sm, asosiy kartalarining 
masshtabi 1:400 000 va 1:650 000. Atlas kirish va 6 bo‘limdan 
iborat bo‘lib, u 48 ta karta va sxemalarni o ‘z ichiga olgan. Atlas 
Leningrad shahrining (1977 yil) tarixiy-geografik atlasidan keyin 
sobiq Ittifoqda nashr qilingan ikkinchi shahar atlasi hisoblanadi.
1982-1985 yillari ikki qismdan iborat umumiy kompleks 
geografik ilmiy-malumotnoma ,,0 ‘zbekiston atlasi“ chop etildi. 
Mazkur atlasning umumiy hajmi va mazmunining qamroviga 
ko‘ra milliy atlasga yaqin deb hisoblash mumkin. Atlasning formati 
61x42 sm, asosiy kartalarining masshtabi 1: 2 500 00 va 1: 3 500 000. 
Atlas 28 ta alohida-alohida bo‘limdan iborat bo‘lib, unda 322 ta 
ko‘p rangli karta berilgan. Atlasni loyihalashtirish va kartalami 
tuzishda mualliflar asosiy e’tiborini tizimli yondashgan holda 
respublikamizning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, xalq xo'jaligi 
va uning tarmoqlari, madaniyati va tarixining o ‘ziga xos 
xususiyatlarini saqlab qolib, ularning haqiqiy holatini aks ettirishga 
qaratdilar. Mazkur atlas sobiq Ittifoqda chop etilgan barcha 
kompleks ilmiy-ma’lumotnoma atlaslardan farq qilib, 0 ‘zbekiston 
qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i — paxtachilikka alohida 
bo‘limda birinchi marta to‘liq kartografik tavsif berildi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, respublika 
rahbariyati mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab
46


chiqarish kuchlaridan oqilona foydalanish va uni butun mamlakat 
hududi bo'ylab ilmiy asosda to‘g‘ri joylashtirish masalalariga jiddiy 
e’tibor qaratmoqda. Shu bilan biiga mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib 
qilish, aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
to ‘la-to‘kis qondirish, mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish, 
uning hududida geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni keng 
ko‘lamda, aniq reja va ilmiy asosda tashkil etishga katta ahamiyat 
berib kelmoqda. Shu maqsadda 1997 yilning 25 aprelida 
„Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida“gi 0 ‘zbekiston Respublika­
sining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi 
0 ‘zbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiyaga oid 
faoliyatning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda davlatning, yuridik 
va jismoniy shaxslarning geodeziya va kartografiya mahsulotiga 
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratishga 
qaratilgan.
0 ‘tgan qisqa muddat ichida respublikamizning 1:1000000 va 
1:1500000 masshtabli qator devoriy siyosiy-ma’muriy, tabiiy, 
ekologik, umumiqtisodiy, iqlim va aholi kartalari chop etildi.
1999 
yili 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 
buyurtmasiga binoan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy 
Universitetining geografiya fakulteti jamoasi umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalari uchun ,,0 ‘zbekiston geografik atlasi“ni nashrga 
tayyorladi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish