O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5 2021
- 233 -
Ushbu sinergetik nazariya rivojlanishning universal mexanizmi
sifatida barcha dissipativ tizimlarga xos bo‘ladi. Jamiyat ham
xuddi shunday tizimdir, shu sababdan ushbu nazariya jamiyat
taraqqiyotiga ham bevosita taalluqlidir” [4; 119-b]. Ushbu
mulohazalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, jamiyatda
yashovchi insonlar taraqqiyoti, yuksalishi, bilimlilik darajasi,
dunyo bo‘yicha baxtli yashash indeksi, turli muammolarga
oson yechim topishi, global tahdidlarga bardosh bera olishi va
butun bir umuminsoniy tamoyillarni o‘zida mujassam etishi va
o‘z-o‘zini tashkillashtirishi uchun samarali taʼlim tizimi
yordami zarurdir. Shuni taʼkidlash lozimki, o‘z-o‘zini
tashkillashtirish jarayoni oddiy tashkillashishdan shunisi bilan
farqlanadiki, u tizimning tabiati bilan uyg‘unlashadi, tizimning
tabiatiga kirib boradi va unga tashqi omillar taʼsir ko‘rsatmaydi.
Bu esa aynan bugungi kunda, turli global tahdidlar insoniyat
kelajagiga xavf solayotgan bir davrda o‘ta muhimdir.
O‘z-o‘zini tashkillash hodisasini o‘rganish XVIII
asrdayoq boshlangan. Bu klassik siyosiy iqtisod asoschisi
Adam Smitning (1723-1790) nazariy izlanishlari bilan
bog‘langan. U o‘zining “Xalqlar boyligining mohiyati va
sabablari” asarida bozorda spontan (yaʼni o‘z-o‘zidan sodir
bo‘ladigan, tashqi omillar emas, balki ichki sabablar tufayli
yuzaga keladigan) tartiblanish turli, ko‘p hollarda qarama-
qarshi maqsad va manfaatlarga ega bo‘lgan qatnashchilarning
o‘zaro taʼsiri natijasidir degan g‘oyani bayon etgan [3; 157-b].
Shuni taʼkidlash o‘rinliki, fazo va vaqtdagi hodisalar, jarayonlar
ham o‘z-o‘zidan tartiblashadi. F.f.d. B.Turayev taʼbiri bilan
aytganda: “Har qanday jismning tanasi va ichki aʼzolarining
tashkil etgan fazoviy nuqtalar shunday tartibda joylashganki,
har bir nuqta o‘zining qatʼiy o‘rniga ega, bu tartib buzilsa, bu
jism parchalanib ketishi yoki ichi bilan tashqarisining farqi
qolmaydi” [7; 59-b]. Tartiblanish ham o‘z-o‘zidan tashkilla-
shishning bir ko‘rinishidir. Koinotdagi barcha narsa va
hodisalar azaldan, yaʼni ilk vujudga kelgan paytlaridan boshlab
o‘z-o‘zini tashkillashtirish orqali bugungi holatiga yetib kelgan.
O‘z-o‘zini tashkillashtira olmagan obyektlar sharoitga mos-
lashmay halokatga uchragan. Insoniyat ham bugungi
tamadduniga aynan asrlar davomida turli muhit va sharoitlarga
moslasha olganligi, yaʼni doimo o‘z-o‘zini tashkillashtira
olganligi uchun ham yetib kelgan. Inson va boshqa tirik
jonzotlarni o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim sifatida keltirish
mumkin. Insoniyat tashqi muhitdan modda va energiyani,
axborotni qabul qilish mobaynida o‘z-o‘zini tashkillashtiradi
hamda ana shu qabul qilgan axborotlarni yoki tashqi muhit
taʼsirini yana axborotga aylantiradi. Taʼlim jarayoni orqali
samarali bilim asosida inson o‘z-o‘zini tashkillashtiradi va
yillar davomida olgan axborotini (bilimi) qayta ishlab
jamiyatga taqdim etadi. Shuni taʼkidlash o‘rinliki, tizim
taraqqiyoti, rivoji manbai o‘z-o‘zini tashkillashtirishdir. Shu
bilan birga professor Sh.S.Qo‘shoqov taʼkidlaganidek, o‘z-
o‘zini tashkillash evolyutsion jarayonning mavjudligini
taʼminlaydigan manba va asosdir. O‘z-o‘zini tashkillovchi
tizim shunisi bilan ajralib turadiki, u tashqi muhitdan olayotgan
modda va energeya hisobidan o‘zining tarkibiy qismlarini
to‘xtovsiz tiklaydi, barqarorlashtiradi, ichki va tashqi taʼsirga
javoban o‘zining strukturasi va funksiyasini yangilatadi [6;
168-b]. Agar taʼlim jarayoni insonga yetarli darajadagi ijobiy
yo‘naltirilgan energiyani bera olsa, inson o‘z hayoti davomida
har qanday moddiy va maʼnaviy muammolarga yechim topadi
hamda har qanday salbiy taʼsirlardan himoyalana oladi.
Sinergetika qonuniyatlaridan bilamizki, o‘rganilayot-
gan sistemamiz ochiq va energiya almashinuvi xususiyatiga ega
bo‘lishi kerak. Shuni inobatga olishimiz kerakki, ochiqlik
deganda, faqat tashqi muhitdan kirib keladigan modda va
axborotni emas, balki sistemadan tashqi muhitga chiqadigan
modda, energiya va informatsiyani ham hisobga olish lozim.
Chunki jamiyat sistemasidagi ochiqlikni ham shunday holatda
ko‘ramiz. Yaʼni jamiyatda yashovchi insonlardan axborot va
energiya tashqi muhitga ham chiqadi, ham qabul qilinadi.
Masalan, taʼlim jarayonida bilim olganda, o‘rganganda, taʼlim
manbalaridan foydalanganda axborot qabul qilinsa, olingan
bilimlarni talqin etilganda, qo‘shimcha maʼlumotlar bilan
boyitilganda hamda maʼlum natijalarni qo‘lga kiritganda
axborot chiqariladi. Qo‘shimcha maʼlumotlar va axborotlar
yaratiladi. Bu axborot o‘z navbatida sistemaning muhim
elementlari ham bo‘lishi mumkin. Chunki O.Fayzullayev
taʼbiri bilan aytganda: “Sinergetik sistemalar ochiqdir. Ochiq
sistemaga tashqaridan hamma narsa kirib kelavermaydi. Faqat
faol hisoblanadigan energiya, modda va informatsiyalar kiradi”
[8; 99-b]. Demak, taʼlim jarayoni inson hayoti va faoliyati,
kelajagi uchun faol hamda muhim bo‘lgan energiya, modda va
informatsiya sanaladi.
Sistemalarning ochiq va yopiqligi haqida fikr
yuritganda, taniqli fransuz faylasufi Anri Bergsonning ochiq
jamiyat haqidagi g‘oyalari ham diqqatga sazovor. Bergson
fikricha, “yopiq jamiyat” “statik” (turg‘un) axloq va dunyo-
qarashga, “ochiq” jamiyatni esa “dinamik” (o‘zgaruvchan)
axloq va dunyoqarashga asoslanadi. Birinchi turdagi “yopiq”
jamiyat kishilik jamiyatini faqat evolyutsion tur sifatida
saqlanishiga xizmat qilsa, “ochiq” jamiyat esa insoniyatning
keyingi evolyutsiyasiga yo‘naltiriladi. Birinchi turdagi jamiyat
boshi berk ko‘chaga kirsa, ikkinchisi hayot jarayonlarining
uzluksizligiga olib keladi [8; 313-b]. His-tuyg‘u mohiyati
sifatida inson hayvondan yuqori, maʼnaviy-ruhiy o‘z-o‘zini
tashkillashtirish nuqtayi nazaridan farishtadan pastda turadi.
O‘z mohiyatining ana shu ikki tomoni bilan ularga qavmdosh
bo‘lsa-da, hayvon ham emas, farishta ham emas. Ularning har
ikkovidan ham ustun tomonlari bor. Bu bevosita Alloh
tomonidan yaralganligi bilan belgilanadi.
Professor B.O.Turayev taʼkidi bilan aytganda,
insoniyat sinergetik tafakkur uslubi kurtaklaridan qadimdan
foydalanib keladi, garchi bunday tafakkur tarzi
sinergetik
tafakkur
deb atalmagan bo‘lsa-da. Sinergetikaning ildizida
o‘zini-o‘zi rivojlantirish, murakkablikning zamirini tahlil etish,
tartibsizlikdagi tartibotning mohiyatini, nochiziqli tafakkur
tarzini, voqelikdagi murakkab jarayonlarning orqaga qaytmas-
ligini izohlash, ochiq sistemadagi tashqaridan energetik zaxi-
rani to‘ldirish mexanizmini ochib berish, sistema va element
dialektikasini yangicha izohlash yotadi. Bu jarayonlarni
o‘rganish zaruriyati insoniyatni haqiqatdan ham murakkab
hisoblangan obyektlarni tadqiq etishga majbur qilgan, bu esa,
o‘z navbatida, insoniyatning tadqiqot imkoniyatlarini kengay-
tirgan. Taʼlim jarayonining insonni o‘z-o‘zini tashkillashtirishi-
dagi o‘rnini tahlil etar ekanmiz, insonlar jamiyati sistemasining
yopiq bo‘lishi turg‘unlikka, rivojlanishdan, taraqqiyotdan
orqaga qolishga olib kelishini qayd eta olamiz. Sistemaning
ochiqligi esa yana-da takomillashuvga, yangi g‘oyalar bilan
boyib boraverishiga qaratiladi. Shuni ham inobatga olishimiz
lozimki, faylasuf Q.Nazarov taʼkidlaganidek, sinergetika ham
fanlarning oxirgi va mutlaq uslubi emas, balki taraqqiyot
natijasida, o‘zgaradigan va takomillashadigan tafakkur
mevasidir [9; 236-b].
«O‘z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yonda-
shuvning muhim tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy
qismlari o‘rtasidagi aloqalar qatʼiy emas, balki ehtimoliy
xususiyatga ega bo‘lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini rivojlan-
tiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm, biologik populyatsiya,
odamlar jamoasi va sh.k.)ni yaratish, rivojlantirish yoki
takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi. Hozirgi zamon fanida
o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o‘z-o‘zini tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |