Ziyonet doc


Tsivilizatsiyalar to’qnashuvi kontseptsiyasi



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

Tsivilizatsiyalar to’qnashuvi kontseptsiyasi.
Siyosatshunos olimlardan yana biri bo’lgan Amerikalik S. Xantington 
“sovuq urush” tugaganidan so’ng o’zgargan dunyoda ijtimoiy madaniy jarayonlar 
dinamikasini tushuntirishga zamonaviy dunyoda ixtiloflarning boshlanibgina 
aniqlashaga yo’naltirilgan yangi paradigmani yaratishga xarakat qiladi. U 
“tsivilizatsiyalar to’qnashuvi” modelini ilgari surdi.
Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va 
“uchinchi dunyo”dan tashkil topgan halqaro sistema endi 8 ta asosiy: g’arbona, 
konfutsian, yapon, islom, induizm, provaslav – slovyan, Lotin Amerikasi va Afrika 
tsivilizatsiyalarini o’z ichiga olgan yangi tizimga o’tmoqda. Raqobat qiluvchi 
harbiy bloklar uning fikricha ushbu tsivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli 
ekanligi bilan farqlanadi. Oxir – oqibat kishilar uchun siyosiy mafkura yoki 


100 
iqtisodiy manfaatlar emas, balki etiqod va oila, qon – qarindoshlik va ishonch, yani 
kishilar o’zlarini qanday anglashlari nima uchun kurashlari va xalok bo’lishlarini 
bilish muximroqdir. Ammo Xantington madaniy – tarixiy maktabning asoschilari 
(Shpengler, Toynbi, Danilevskiy, Sarokinlardan farq qilib, tsivilizatsion o’zlikni 
anglashning yangi mezonlarini ilgari surdi, xususan bu qurol – yarog’, ayniqsa 
ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishi, inson huquqlari va immigratsiya bilan 
bog’liq jahonshumil muammolarni uzil kesil xal etilishi edi. Tsivilizatsiyalar 
o’rtasidagi chegara aynan shu muammolarning xal etilishiga qarab aniqlanadi. 
Bunda G’arb bir tomonda, qolgan tsivilizatsiyalar yani qolgan dunyo esa, boshqa 
tomonda joylashadi. 
Xantington 
G’arb 
tsivilizatsiyasining 
yaxlit 
bir 
butunlik 
sifatida 
sistemalararo ixtiloflar davriga nisbatan dahshatliroq fojea oldida turganligi 
xaqidagi tezis bilan chiqdi. Xantington kontseptsiyasiga binoan kelajakda 
geosiyosatdagi markaziy muammo G’arb va qolgan tsivilizatsiyalar o’rtasidagi 
ixtilof bo’lib qoladi. “ Tsivilizatsiyalar to’qnashuvi jahon siyosatining belgilovchi 
omiliga aylanadi. Tsivilizatsiyalar orasidagi o’tmish chizig’i G’arb va qolgan 
dunyo o’rtasidagi munosabatlar orqali o’tadi” shundan kelib chiqib, u G’arbdagi 
xukmron doiralarga g’arbiy tsivilizatsiya chegaralarida, ayniqsa AQSh va Yevropa 
o’rtasidagi 
munosabatlarni 
mustaxkamlash, 
boshqa 
mamlakatlar 
bilan 
munosabatlarda G’arbning manfaatlarini ximoya qilish maqsadida ularning 
ularning imkoniyatlarini qaytarish zarurligi haqidagi g’oyalar bilan murojaat 
qiladi.“Tsivilizatsiya to’qnashuvi” modeli tsivilizatsion bag’rikenglikka rahna 
soladi. U jahon jamoatchiligiga kelajakda g’arb va boshqa mamlakatlar o’rtasidagi 
ixtilof geosiyosatning markaziy o’q chizig’i bo’lib qolishligini isbotlashga 
qaratilgan. Ushbu model nafaqat olimlar o’rtasida turli mamlakatlar, xususan islom 
dunyosidagi siyosiy doiralarida ham turlicha bazan salbiy munosabatga sabab 
bo’lmoqda. Masalan, Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti Sayyid 
Muhammad Xotamiy tashabbusi bilan tsivilizatsiyalar o’rtasidagi muloqot 
masalasi YUNESKOning 1999 yildagi sessiyasidagi va BMTning 2000 yildagi 53 
– bosh assambleyasida muxokama etildi.Mazkur ming yillik sammitida XXI asr – 
tsivilizatsiyalararo muloqot asri, deb elon qilindi.
Bir qator G’arb ayniqsa amerikalik olimlarning qarashlarida avj olgan 
globalizm g’oyalari, xususan, Ayru L. Strausning 1997 yilda nashr etilgan “Bir 
qutblilik, yangicha dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya” 
maqolasida yangicha dunyoviy tartibotning “birqutblilik” kontseptsiyasi o’z 
ifodasini topdi. U halqaro munosabatda zamonaviy tizimini majoziy manoda oddiy 
yong’oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa halqaro tashkilotlaruning milliy qobig’ini 
tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi 
buyuruq beruvchi markaz – G’arb tashkil etadi. Butun tarixning ilgarilanma 
xarakatini u ko’p qutblilik ikki qutblilik bilan almashinuvida ko’radi. Shundan 
kelib chiqib, u G’arbni butun dunyoni boshqaruv markazi sifatida tavsiflovchi 
kelajak dunyoning bir qutblili konseptsyasini yaratdi. 
Birqutblilik, Straus fikricha, jahon tarixida yuksak salmoqqa ega bo’lgan 
industrial demokratiyalardan tashkil topadi va u doirasida AQSh boshqa 
davlatlarga etakchilik qiladi.


101 
Jahon hamjamiyatida birqutblilikning salmog’i faqat uning yaqqol namoyon 
bo’lgan, iqtisodiy va texnalogik salohiyati bilangina emas, balki qolgan 
jamiyatlarning modernizatsiyasi g’arblashtirish tomon borayotganligi bilan ham 
belgilanadi, deydi Straus. Boshqacha qilib aytganda, birqutblilikning, yani 
G’arbning ustuvorligi, eng avallo, mafkuraviy omilga aynan esa liberalizm 
mafkurasiga bog’liq. AQShning sobiq davlat kotibi Zbignev Bjezinskiy ham 
“sobiq ittifoqning mag’lubiyati va parchalanib ketishi, AQShning yagona va 
haqiqatda birinchi asl umumbashariy davlat sifatida g’arbiy yarimshar 
shohsupasiga tez suratlar bilan ko’tarilishida yakunlovchi akkord bo’ldi. Deb 
takidlaydi. Aksaryat ilmiy va siyosiy doiralarda mazkur kontseptsiyaga, bir 
maydonli, bir qutbli dunyo haqidagi mulohazalarga ilmiy jihatdan ham siyosiy 
jihatdan ham etarlicha asoslanmagan nuqtai nazarlar sifatida tanqidiy munosabat 
bildirildi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan G’arbning ayniqsa, AQShning hozirgi zamonda 
keskinlashib borayotgan barcha umumbashariy muammolarni faqat o’z 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda o’zi xoxlagancha xal etish “huquqini 
asoslovchi kontseptsiyalardan tashqari bunday kayfiyatlardan ogoh bo’lishlilik 
g’oyasini ilgari suruvchi talimotlar xam mavjud, hususan amerikalik tadqiqotchi 
Pol Kenndi o’zining “Buyuk davlatlarning ravnaqi va inqirozi” kitobida 
“imperiyaning zo’riqishi” nazariyasini ishlab chiqdi. U o’z zimmasiga halqaro 
hayotni tashkil etish va yakka holda etakchilik qilish masuliyatini olgan hech bir 
davlat bunday maqomni uzoq vaqtgacha saqlabtura olmasligini ko’rsatib 
berdi.bunday davlat o’zining ichki kuchlarini eng avvalo, iqtisodiy hayotini barbod 
qildi va oxir oqibat oddiy davlat holatiga beixtiyor o’tib qoladi. Fransuz tarixchisi 
Emmanuel Todd “Imperiyadan so’ng Amerikacha tizimning inqirozi haqida esse” 
(2002) kitobida imperiyaning tarixi odatda, talim sohasidagi, so’ngra esa 
iqtisoddagi yuksalishdan boshlanadi, deb yozadi. Ularning asosida harbiy kuch 
shakllanadi. Lekin iqtisodiy baza torayib va qisqarib borgan sari, so’nggi saqlanib 
qoladigan narsa – harbiy mashina bo’ldi. Sobiq Ittifoqda ana shunday bo’lgan 
hozir AQShda shunga o’xshash holat yuz bermoqda. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish