Ziyonet doc


O. Shpengler – Yevropaning so’nishi



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

O. Shpengler – Yevropaning so’nishi.
Shpengler falsafasining markaziy mavzusi – tarix lekin tarix madaniyat 
orqali tushuntiriladi. Xar bir madaniyat aylanma harakatga ega, yani tug’iladi, 
ravnaq topadi va halokatga yuz tutadi. Yevropa madaniyati ham oxirgi uchinchi 
bosqichni o’z boshidan kechirmoqda. Tarix taqdirga o’xshamaydi. Har bir 
madaniyat o’z qobig’iga joylashgan boshqa madaniyatga o’z yutuqlarini bera 
olmaydi. Shpengler o’zining tarixiy kontseptsiyasini yaratganda ko’pgina falsafiy 
masalalrni ko’taradi. Jumladan, ijtimoiy – siyosiy muammolar ham o’ziga xos 
ravishda madaniyat tushunchasi orqali o’z echimini topgan.
“Yevropaning so’nishi” asari nashr etilishi nafaqat Germaniyaning turli 
qatlamlari orasida, balki rus ziyolilari orasida ham katta qiziqish uyg’otdi. Tarix 
falsafasini yaratishda u mistik intuitsiyaga tayandi. Huddi ana shu uslub unga katta 
muvaffaqiyat olib keldi. “Yevropani so’nishi” asrida Shpengler etiborini Yevropa 


95 
madaniyati taqdirini ochib berishga qaratilgan. Asarning boshlanishi u ” hali hech 
kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan”, - deydi, 
u o’zining tarixiy talimotini o’zi bilgan talimotlarga qarshi qo’ydi. Lekin ayrim 
g’oyalarni Nitsshe va Gyotedan olganligini tan oladi. Shpengler tabiat haqidagi 
fanlarga ruh haqidagi fanlarni qarshi qo’yadi. Tabiat va tarix faqatgina subektning 
ongidagina kechinmalaridagina o’z voqeligini oladi. Mustaqil reallik sifatida ular 
mumkin emas, faqat ruhdagina mavjud, yani subektsiz obekt mumkin emas” 
subekt “umuman ongdir”, dunyo asosida “men” yotadi, ana shu “men”orqali u 
o’zini nomayon qildi. “Men” – yakka ong emas, balki halq, madaniyat, insoniyat 
va turli kechinmalar Shpenglerning asosiy g’oyasi tarix, alohida yashirin 
madaniyatlarning almashinuvidir. U tarixni uzluksiz jarayon sifatida inkor qiladi 
va tarixiy taraqqiyotni ham inkor qiladi. Shpengler fikricha, G’arb odami uchun 
tarix butunlay o’zgacha ko’rinishga ega. Tarixning markazi “dunyo tarixining” 
bitta kichkina sayyoradagi olti ming yilligini tashkil qildi. Shu manzara, Shpengler 
takidiga mohiyatan, bizning uyg’oq ongimiz mahsulidir. Shu asosda G’arb ruhi 
o’zini anglaydi, shu zaruriy shakl orqali mavjudlikni mushohada qiladi.
Tarixni faqat his etish kerak, tarixda faqat yashash kerak. Shpengler uchun 
tarixni bilish uslubi o’xshashliklardir (anologya) shunday qilib qarixiy voqealarni 
taxlil qilganda, ularning ichki qonuniyatlari, mantiqiy bog’liqliklarini qidirmasdan 
balki, o’xshashlikni paralellarini topishga xarakat qilish ana shu asosda tarixni 
yaratish kerak.
Shpenglerning 
fikricha 
uni 
“Hayot 
falsafasi” 
namoyandalariga 
yaqinlashtiradi, lekin shu bilan bir qatorda farqi xam bordir, yani tabiat bilan tarix 
ziddiyati ularning obektlarida emas, balki bilish uslublarida farqlanadi. “Tabiat va 
tarix – deb yozadi Shpengler – mana shu ikki qarama – qarshi uslub, o’ziga 
borliqni tartibga solishga urinadi. Agar xar bir vujudga kelayotgan jarayonni 
mavjudlik nuqtai nazaridan ko’radigan bo’lsak, borliq tabiatga aylanadi, imkoniy 
vujudni zaruriy vujudga (jarayonga) bo’ysundirsak tarix bo’ladi, deydi Shpengler. 
Jumladan tafakkur ishga solinsa, uning o’lik tushunchalari va qonuniyatlari tabiatni 
tushuntirishga xarakat qiladi. 
Ichki ishlarimizga, hissiyotimizga, intuitsiyamizga murojaat qilsak ko’z 
o’ngimizda tarix namayon bo’ladi. Tabiat tafakkur faoliyati natijasidir, bilish 
oqibatidir. Tarix esa mushohada, intuitsiya natijasidir. Xar bir madaniyatning 
hayotini taqdir boshqaradi. Taqdirni Shpengler fikricha his qilish kerak. Agar kim 
uni his qilmasa, tarix bilan shug’illanmaslik, tabiatni bilishga o’rganish mumkin 
lekin tarixchi bo’lib tug’ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u 
ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har 
qanday inson ham ishlay olmaydi. 
Tarixning mazmuni uning ruhida namoyon bo’ladi. Madaniyat ruhiyatning 
tashqi ko’rinishidir. Shpengler sakkizta madaniyatni sanab o’tadi. Bular Xitoy, 
Bobil, Misr, Hind, antik, arab, g’arb va maya halqining madaniyatidir. Rus 
madaniyati haqida haqida alohida etibor bilan gapiradi. Har bir madaniyat 
qaytarilmas, o’ziga xos va yagonadir. Har bir madaniyatning asosida o’ziga xos 
ruxiyat yotadi. Masalan antik madaniyatda – Apollon ruhiyati arab madaniyatida 
mistik (afsungarlik) ruhiyati g’arb madaniyatida – Faust ruhiyati yotadi.


96 
Shpengler tarixchi va faylasuflarni butun dunyo tarixini “Qadimgi va yangi 
davr” tarixiga ajratishlarni tanqid qiladi. Bu ajratish faqat g’arb mamlakatlariga 
xosligini Shpengler yozadi va shu erda G’arb tarixchilarining Yevropa 
markazchiligi tamoyilini tanqid qiladi.
Shpenglerning “Yevropaning so’nishi” asari nafaqat tarix falsafasiga 
bag’ishlangan, unda siyosiy masalalar ham ko’tarilgandir. U so’z boshida shunday 
yozadi: “ Bu kitobda kelajak tarixni aniqlashga xarakat qilingan, vazifa shundan 
iboratki, nihoyasiga etayotgan er yuzasidagi yagona madaniyatning, yani G’arbiy 
Yevropa madaniyatining taqdirini o’rganishdir”. Muammo G’arb xalokati 
tsivilizatsiya masalasiga kelib taqaladi. U ko’xna tarixning asosiy masalalaridan 
biridir. 
Har bir madaniyatning o’z tsivilizatsiyasi bo’ladi. Tsivilizatsiya eng oxirgi, 
eng suniy holatdir. Tsivilizatsiya eng madaniyatli insonlarga xosdir. Shpengler 
tsivilizatsiya haqida gapirib, shahar to’g’risida ham fikr yuritadi. Yani shahar 
o’zlikni yo’qotishlik sifatida ruhiyatning o’lishi sifatida paydo bo’ladi.
“Madaniyat – ruhiyat, tsivilizatsiya esa tafakkurdir” – deb yozadi
Shpengler. G’arbda madaniyatdan tsivilizatsiyaga o’tish qadimda qadimda – VI 
asrda sodir bo’lgan. Shahar tsivilizatsiyaning oqibatidir.madaniyatli insonda 
quvvat inson ichiga yo’naltirilgan tsivilizatsiya inikosida esa quvvat tashqariga 
yo’naltirilgan. Xayot imkoniyatni amalga oshirishdir, tafakkurli insonlarda 
imkoniyat cheksiz kengdir. Shpengler qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor 
qiladi. U shunday yozadi: “Insoniyat men uchun zoologik birlikdir”. Men G’arbiy 
Yevropa faylasuflarining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo’llarini 
ko’rmayapman. Tarixni ananaviy tarzda qadimgi, o’rta va yangi davrga bo’lishni 
Shpengler juda tor doiradagi provintsializmga kiritadi. Uning uchun yagona 
insoniyat tarixi yo’q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan 
paydo bo’ladi, rivojlanadi va xalok bo’ladi. Misoli dalada o’sgan gul taqdirini 
boshidan kechiradi, o’simliklar, hayvonot olamiga o’xshash morfologik 
organizmlar bo’lgani kabi tarixda ham xuddi shunday organizmlar mavjud, bu tarix 
morfologiyasi har bir madaniy organizm uchun davr va bosqichlarni belgilaydi. 
“har qanday madaniyat – deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. 
Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshi va qariligi bo’ladi”.
Shpengler fikricha yagona falsafiy taraqqiyot yo’li mavjud emas. Shu 
jumladan turli madaniyat mutafakkirlari uchun yagona masalalar ham yo’q. Sanat 
asarlari, ahloqiy tamoyillar kabifalsafiy masalalarni ham faqat o’z dari ruhiyatida 
aks ettiradi. Shuning uchun ham, - deydi Shpengler tabiat bilan ruxning ziddiyati 
faqatgina bizning faylasuflarimizni qiziqtiradi. Boshqa madaniyat faylasuflari 
uchun bu masala qiziqish ham uyg’otmaydi, uni anglamadilar ham. Xar bir masala 
o’z davrining faqat o’z davrining inikosidir. Xar bir shunday falsafa - deb yozadi 
Shpengler - birinchi so’zidan to ohirgi jumlasigacha mavhum mavzulardan o’ziga 
xos xususiyatlarigacha, tarixiy chegaralangan insoniyatning sof belgisidir, shuning 
uchun ham ular o’tkinchidir, ular o’z hayotiy davriyligiga harakat tezligiga ega. 
Har bir davrning o’zining mavzusi bor ushbu mavzu faqat shu davr uchun 
ahamiyatga egadir.


97 
Paydo bo’lgan madaniyatning taqdiri qanday bo’ladi? qanday yo’lni bosib 
o’tadi? Shpengler fikricha, bu yo’l uch davrdan iborat. Birinchisi, eng uzundir. Bu 
davr tayyorlov davridir, yani xaos (tartibsizlik) ning dastlabki xolati, bolalik va va 
kuchning to’planishidir. Keyin madaniyat davri boshlanadi. Bu davr muayyan
madaniyatning berilgan ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amalga 
oshirishdir, suratli ijodiyotdir. Ana shu davrda hamma manaviy qadriyatlar 
shakllanadi, diniy etqodi mustaxkamlanadi, metafizik tizimlar tuziladi, sanatning 
noyob sohalari, asarlari vujudga keladi.
So’ngra, madaniyat o’zining uchinchi oxirgi davriga qadam qo’yadi – 
orqaga ketish davri, yani tsivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda manaviy hayot 
so’na boshlaydi, diniy etiqod susayadi, falsafiy talimotlar yuzaki bo’lib qoladi, 
sanat xam o’ladi. Quruq ratsionalizm va materializm dunyoqarash asosini tashkil 
qiladi. Hayotning tashqi tomonlari ichki ruhiyatni engib boradi.
Har bir madaniyat davri, hayoti, Shpengler fikricha 1000 yilni tashkil qiladi, 
tsivilizatsiyaning oxirgi davri 200-300 yilni tashkil qiladi. Har bir madaniyat, 
taqdir taqozosi bilan bir xil davrni boshidan kechiradi. Shpenglerning tarix 
falsafasini asosiy g’oyasi shulardan iborat.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish