Ziyonet doc


To’g’on va Sharq tarix falsafasi



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

To’g’on va Sharq tarix falsafasi


56 
Sharqda tarixni o’rganishning asosan ikki yo’nalishi mavjud. Bu 
bevosita tabiat, tabiiy hodisalar, olamning yaralishi bilan bog’liq bo’lgan 
yo’nalishlar, ikkinchisi esa insonning dunyoga kelishi, insoniyat tarixi bilan 
bog’liq bo’lgan kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-tadrijiy 
rivojining bosqichlari, mohiyati, mazmunini qamrab olgan tarixiy-falsafiy, 
ma’naviy-axloqiy hamda bularning barchasini o’ziga mujassam etgan 
mantiqiy taxlil va tadqiq tashkil etadi. 
Har bir tarixchi o’z davri ijtimoiy tuzumi, uning mazmuni va qadriyatlari 
nuqtai nazaridan o’tmishga yondashadi va ana shu qarashlar hamda ehtiyojlar 
asosi-da tarixiy taraqqiyotga baho beradi. Biroq tarixiy jarayonlarga, ma’lum 
voqea-hodisalarga ichki va tashqi ta’sir – jamiyat ma’naviy, ijtimoiy, 
iqtisodiy asoslari va tabiiy hodisalar mohiyati, ular ta’sirida kelib chiqqan 
real voqelik o’zaro bog’liqlikka tadqiq etilmog’i lozim. Chunki uning zamirida 
tabiiy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning butun mohiyati har ikki yo’nalishda 
namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham atoqli tarixshunos Ahmad Zaki Validiy 
o’zining «Tarixda usul» nomli kitobida «o’z hayotimizni tadqiq etar ekanmiz, 
ko’ramizki, bizning butun borlig’imiz asosan ikki narsaga bog’liqdir. Bir 
tomondan ehtiyojlarimizga muvofiq keluvchi yoki ularga ters keluvchi tashqi 
ahvol, shart-sharoitlar, boshqa tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz 
mavjud. Jamiyat ham xuddi shunday mavjuddir. Umumiy shart-sharoit, 
masalan, zilzilalar, osmondan yog’iladigan har xil ofatlar, urushlar va vabolar, 
iqlimning o’zgarib ketishi kabi tabiiy hodisalar bilan birga alohida individual 
guruhiy istak insoniyatning ichki ta’sir quvvatlari insonlar borlig’ida qatiy 
ta’sir ko’rsatuvchi omillar vazifasini o’taydi», deb yozadi. 
Insoniyat taraqqiyotida va kishilik jamiyati rivojlanishida tashqi ta’sir – 
tabiiy ofatlar, turli yuqumli kasalliklar, urushlar va ommaviy qirg’inlar 
qanchalik kuchli ta’sir etsa, ichki mohiyati bilan ma’lum bir ijtimoiy guruh, 
siyosiy manfaatlar o’rtasidagi ziddiyatlar ham katta ahamiyat kasb etadi. Bular 
esa bevosita tarixda insonning o’rni, roli, maqsad va intilishlari, orzu va 
umidlarining ifodasi sifatida o’zini namoyon etadi. Ba’zi holatlarda ayrim 
shaxslar favqulodda voqelik mohiyatiga ega bo’ladilar. Natijada ular daholar, ulug’ 
sarkardalar, payg’ambarlar timsolida mavjud ijtimoiy tuzumni keskin o’zgartirib 
yuboradilar. O’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy va 
mafkuraviy me’yorlarni o’rnatishadi. Ana shu tarzda «Tarix insoniyatning go’yoki 
bir tarjimai holi va ruxiyati»ning ifodasi sifatida dunyoga keladi. 
Axmad Zaki Validiy To’g’on insoniyat tarixini o’rganish va tarix 
falsafasining nazariy-metodologik jihatlarini ishlab chiqar ekan, quyidagi 
tamoyillarni ilgari suradi: 
—tarixning teokratik va dualistik talqini; 
—tarixni materialistik tushunish; 
—tarixning pozitivistik talqini; 
—tarixni idealistik tushunish; 
—tarixni ekspressionistik talqini; 
—tarixning gumanistik talqini va hokazolar. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Sharq tarix falsafasi metodologiyasining 


57 
o’ziga xos jihatlari mavjud. Bu bevosita tarixiy haqiqat, real voqelik bilan birga 
mavjud bo’lgan afsonalar, rivoyatlarning uyg’unlashib ketishi kabi holatlardan 
o’tmishni tarixiy, falsafiy, mantiqiy tushunishning ilk va noyob tajribasi sifatida 
dunyoga kelgan qarashlardir. Bu davrda tarix juda katta shavqu shuur, quvvai 
hofizani talab etadigan yuksak badiiy tasvirlar, obrazlar, o’xshatishlar bilan ifoda 
etilgan jozibador va hayajonli tarixiy-badiiy uslubni tashkil etadi. Ba’zi bir tarixiy 
asarlarda tarixiy shaxslar, payg’ambarlar, sarkardalar, sipohdorlar, podshohlar 
fe’l-atvori, xarakter belgilari, jang holatlari tasvir-lari yuksak badiiy mahorat 
bilan bayon etiladi (Masalan, Firdavsiyning «Shohnoma», Navoiyning «Tarixi 
anbiyo va hukamo», «Tarixi mulki Ajam», Boburning «Boburnoma»; 
Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» asarlari, turli sayohatnomalar va boshqalar). Ayni 
ana shu san’atning o’zida etnografiya, antropologiya, sotsiologiya, falsafa, 
mantiq, siyosatshunoslik va boshqa fanlar yo’nalishlariga xos bo’lgan qarashlar 
ham uyg’un holda o’z aksini topganki, bu tarixni o’rganishda, voqealar 
moxiyatini anglashda beqiyos shavqu zavq, ajdodlar hayotiga katta qiziqish va 
hayajon bilan qarash, ular turmush tarzi, dunyoqarashi va an’analariga katga 
ehtiyoj sezishga olib kelgan. 
Ahmad Zaki Validiy To’g’on Sharq tarix falsafasining dunyoga kelishi, 
uning rivojlanish omillari va tadrijiy taraqqiyoti xususida fikr yuritar ekan, ulug’ 
islomshunos mutafakkirlardan biri Ibn Miskavayxning ilmiy qarashlariga 
mufassal to’xtaydi va uning «Davlat idorasi, davrning ruhiyati, millatlarning 
uyg’onishi va inqirozlarning sabablari kabi masalalarni ichki bir aloqadorlik 
bilan tushuntirgan, o’rni kelganda ularni oydinlashtirishga jur’at qilgan» buyuk 
muarrix sifatida baholaydi. Demak, Sharq tarixshunosligi va tarix falsafasida 
davlat, jamiyat, boshqaruv va inson tushunchalari atrofidagi mulohazalar, 
mushohada va ilmiy muhokamalar ancha ilgari vujudga kelgan va G’arb tarixiy 
tafakkurining shakllanishida, tarix falsafasi predmeti hamda metodologiyasining 
yangi tsivilizatsiyaviy davr talablari darajasiga ko’tarilishida muxim manba 
bo’lib xizmat qilgan. 
Ahmad Zaki Validiy To’g’on islom olami tarixshunosligi va tarix falsafasi 
predmeti, uning metodologiyasi, o’rganish usullari va uslublari, tadqiqot ob’ekti 
va sub’ekti xususida fikr yuritar ekan, qator Sharq allomalari ilmiy merosini 
chuqur o’rganganini ko’rsatadi. 
Ahmad Zaki Validiy To’g’onning tarix falsafasini yaratishdagi ilmiy 
qadriyati shundaki, u Turkiston tarixiga doir turli qarama-qarshi, ziddiyatli 
g’oyalarga aniqlik kiritdi. Zotan, Turkistonning boy madaniyati va ulkan 
tsivilizatsiyaviy taraqqiyotiga turli manfaatlar orqali qarash, boshqacha qilib 
aytganda, uni talon-toroj qilish, har kim o’zining mulkiga aylantirish ten-
dentsiyasi hukumronlik qilar edi. Jumladan, kimlardir yevropaparastlik, 
g’arbparastlik, yana kimlardir slavyanparastlik, boshqa birovlar esa eronparastlik 
manfaatlari nuqtai nazaridan yondashib, qadimiy Turkiston madaniyatiga egalik 
qilish da’volari bilan yashardilar. Vaholanki, Turkiston azal-abaddan yaxlit makon 
hisoblangan. Turkiston xalqlari tarixi insoniyat tarixi bilan tengdosh, jahon 
tarixining ibtidosi bilan hamohang ravishda rivojlangan va umuman insoniyat 
hayotiga madaniyat olib kirgan buyuk tarix va mo’’jizaviy qadriyatdir. 


58 
Turkiston xalqi o’z hududi doirasida insonning ilk paydo bo’lishi, 
jamoachilikning boshlanishi, ma’lum jamiyat qiyofasiga ega bo’lgan ijtimoiy 
hayot tarzidan boshlab bugungi tsivilizatsiyaviy darajagacha bo’lgan noyob, o’ziga 
xos, jozibador va ayni paytda nihoyatda iztirobli, ziddiyatli, keskin 
vayrongarliklar va buyuk kashfiyotlar, sevinchu iztiroblarni o’zida mujassam 
etgan yaxlit tarihdir. Ahmad Zaki Validiy To’g’on Turkiston tarixiga ana shunday 
yondashadi va uni butun buyukligiyu fojialari bilan yaxlit holda tadqiq etadi. 
Ahmad Zaki Validiy To’g’on tarix fani taraqqiyotini tor doirada 
tushunmadi. U tarix mantig’ini izlashda manbashunoslik, tarixiy tilshunoslik, 
arxeologiya, etnografiya, poleontologiya, epigrafiya, numizmatika, sotsiologiya, 
falsafa va mantiq fanlarining umumiy talablari va metodologik asoslari orqali 
o’rgandi. Tarixni anglash va tushunishda bu juda ulkan va o’ziga xos, ilmiy-
nazariy jihatdan progressiv hodisa edi. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish