Ziyonet doc


Beruniyning tarix falsafasi (973-1048)



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana07.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#753358
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
2 5260229790975136459

Beruniyning tarix falsafasi (973-1048)
Ulug’ Sharq mutafakkiri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 
Sharq tafakkur olamining o’ziga xos yo’nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi, 
uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga 
aniqlik kiritdi. Turli zidtsiyatli qarashlarni butun mohiyati bilan o’rganib, unga 
o’ziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning o’zanini 
o’zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi, 
insonning vujudga kelishi, xalqlarning taraqqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar, 
tabiiy hodisalar, ularning mohiyatini ilmiy asosda o’rganish maktabini yaratdi. 
Ushbu maktab bugun mohiyat-e’tibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik G’arb 
falsafiy tafakkurining tamal toshini qo’ydi. 
Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashhur 
bo’lgan «Tahqiq mo lil-hind min ma’qula maqbula fil-aql av marzula», ya’ni 
«Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash» deb 
nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy g’oyalar odam va olam haqidagi 
tasavvurlarni keskin o’zgartirib yubordi. Bu asar butun mohiyati bilan tarix 
falsafasining o’ziga xos va noyob ko’rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti, 
uning omillari va mohiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan 
xulosalar ilmiy asoslangan holda o’rtaga tashlandi. 
Asarning o’ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon 
jahon xalqlari tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda va tarix 
falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bo’lmas 
cho’qqi darajasiga chiqdi. Darhaqiqat, bu asarga Mag’ribu Mashriq olimlari, yirik 
mutaxas-sislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta extiros bilan 
o’qiydilar. Shuning uchun ham taniqli olim V. R. Rozen «Sharq va G’arbning 
qadimgi va o’rta asr-dagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar 
yo’q», degan edi. 
Asar garchi «Hindiston» deb nomlansada, «hindlarning aqliga sig’adigan 
va sig’maydigan ta’limotlarni aniqlash»ga bag’ishlangan bo’lsa-da, uni butun 
mohiyati bilan insoniyat o’tmishining tarixiy-falsafiy talqinini, ilmiy-nazariy 
echimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu yo’nalishda G’arbu 
Sharqning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur o’lchovlarining 
sintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida ham shunday. 
Zotan, unda inson kelib chiqishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat 
taraqqiyotining turli bosqichlari, davrlari, podsholiklar va payg’ambarlarning 
dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, ma’naviy, madaniy 
va axloqiy ta’sirlari, qarashlari va munosabatlari qiyosiy tarzda o’rganiladi. 


52 
Beruniyning ushbu asari o’z davrining mutlaq yagona voqeligi emas edi. 
Chunki bu paytda podsholiklar va payg’ambarlar hayotiga bag’ishlangan turli-
tuman xotiralar, afsonalar va rivoyatlarga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy asarlar, 
sayohatnomalar, badialar ko’pdan-ko’p yozilgan edi. Beruniyning daholik 
qudrati shundaki, u o’zigacha yaratilgan va mavjud bo’lgan manba hamda 
adabiyotlarning eng asosiylarini mumkin qadar chuqur o’rganib, ularning har 
biriga munosib baho berib, eng asosli xu-losalarni ilgari surdi. Bu xulosalar 
hozirga qadar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, nazariy asoslanganligi, muhim 
kontseptual ahamiyatga egaligi va ulkan ijtimoiy mohiyat kasb etganligi bilan 
alohida qadrli. 
Tarixni o’rganar ekan, insoniyat kelib chiqishi va uning rivojlanish 
dinamikasini tahlil qilar ekan, Beruniy haqiqatga ishonmovchi kishilar bilan 
munozara qilib, ularni skeptitsizmda ayblaydi va bular «qatiy hujjatlarni qabul 
etishda xuddi sherdan qo’rqib qochgan eshaklardek qochadilar», – deydi. 
Sharq tarix falsafasining o’ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda hukm 
surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va 
ana shu davrda yuz bergan barcha voqealar, ma’naviy-axloqiy mezonlar, 
madaniy va ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning 
sulolalari yurgizgan siyosat asosida o’rganiladi. 
Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. U o’zining «Osor al-
boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda hukm surgan podsholiklar va 
sulolalarning ko’pdan-ko’p jadvallarini kiritgan: Makedoniyalik batlimuslar 
(ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron, sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab 
xalifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabilarning o’z davriga xos shajaraviy-
tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o’ta aniq va ishonchli manbalardan olingan bo’lib, 
podshohlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli to’g’ri ko’rsatilgan. Ular 
boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida to’la isbot etilganligi bilan 
alohida ajralib turadi. Beruniyning ushbu asari insoniyat tarixini o’rganuvchi 
mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar, faylasuflar, etnograflar va demograflar 
uchun muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda. 
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullaev Beruniyning «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari xususida fikr yuritar ekan, alloma o’z 
davrining ijtimoiy muhiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti, xalqlar, urf-odatlar, 
madaniyatlar va olamni ayaylash borasidagi qarama-qarshi fikrlarni ancha 
chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar, rumliklar, 
eroniylar, sug’diylar, xorazmliklar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha 
bo’lgan arablar va musulmonlarning vaqt o’lchovlari, yil xisoblari, hayitlari va 
muqaddas kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan ancha chuqur 
o’rgangan. Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy o’rganish, mantiqiy xulocalar 
chiqarishga asos bo’lgan. 
Beruniyning tarix falsafasi ayni ana shu turli xalqlar, mamlakatlar, 
mintaqalarda mavjud turmush tarzi orqali rivojlanish omillari, taraqqiyot 
yo’nalishlarini o’rganadi va tegishli xulosalar chiqaradi. Bu bevosita 
antropologiya, antropogenez, demografiya va etnografiya bilan bog’liq bo’lgan 
qomusiy tadqiqot usulini taqozo etadi. 


53 
Beruniy qadimgi xalqlar tarixi, ularning ma’naviy-madaniy yodgorliklari, 
ijtimoiy-axloqiy qarashlari xususidagi ushbu asarini qanday maqsadda yozganini 
quyidagicha ifoda etadi: «Adiblardan biri mendan (turli) xalqlar haqidagi tarixlar, 
ularning boshlanishlari va shoxobchalari, ya’ni oylar va yillari ustida u tarix 
egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, (har xil) vaqtlar 
va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba’zisi amal qilib, ba’zisi 
amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida so’radi va meni imkon boricha 
ularni juda ravshan bayoy etib, o’quvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va 
shu kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qolmaydigan (bir asar yozishga) da’vat 
etdi». 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish